Termalar

Tarjimalarni termalarda saqlang: bu xorijiy tillarni oʻrganishga yordam beradi. Termalaringizni boshqa foydalanuvchilar bilan ulashishingiz yoki ularning ochiq termalariga obuna boʻlishingiz mumkin.

Mavjud barcha termalarni ochish uchun sahifa yuqorisida joylashgan belgisini bosing.

Sharh

Termalar bilan ishlash va ularni qurilmalaringiz orasida sinxronlash uchun ilova sozlamalarida Yandex ID hisobingiz kiring.

Tarjimani termaga saqlash

Ilovada tarjima qilingan har qanday soʻz va iboralar Tarix termasiga saqlanadi. Agar tarjima oynasida belgini bossangiz, xizmat avtomatik ravishda tarjimani Saralanganlar termasiga kiritadi.

Agar siz tarjimani boshqa termaga saqlamoqchi boʻlsangiz, ekranning quyi qismida joylashgan Boshqa termaga tugmasini bosing. Kerakli termani tanlang yoki yangisini yarating.

Terma yaratish

Termani tarjimani saqlashdagina yaratilmaydi. Terma yaratish uchun:

  1. Mavjud termalar menyusida tugmasini bosing.
  2. Termaga nom bering.
  3. Boshqa foydalanuvchilarga ulashishni istasangiz, termani ommaviy qiling.
  4. Terma yaratish tugmasini bosing.

Yaratilgan termalardan nusxa olish va ularni tahrirlash mumkin. Termalaringizni barcha qurilmalarda sinxronlash uchun Yandex ID hisobingizga kiring.

Termaga obuna bo‘lish

Yandex Tarjimon jamoasi yoki boshqa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan mavzuli termalarga obuna boʻlishingiz mumkin:

  1. Mavjud termalar menyusida Ommabop termalar boʻlimiga kiring.
  2. Kerakli termani tanlang.
  3. Obuna qilish tugmasini bosing.

Soʻzlarni yodlash

Xizmatdan chet tilidagi soʻzlarni yodlash uchun foydalanish mumkin:

  1. Mavjud termalar menyusida termangizni, Saralanganlar termasini yoki oʻzingiz obuna boʻlgan istalgan termani oching.
  2. Soʻzlarni yodlash tugmasini bosing.
  3. Kartalarni varaqlang, soʻzlarni yodlab, natijani kuzating.

Muammolarni hal qilish

So‘z yoki tarjimani Saralanganlarga kirita olmayapman

Ehtimoliy sabablar:

  • Siz xizmatga kirmagansiz. Yuqori oʻng burchakdagi  → Kirish tugmasini bosib, hisobni tanlang.
  • Birlamchi matn yoki tarjima hajmi maksimal limitdan oshib ketdi — 300 ta belgi.
  • Termadagi so‘zlar soni maksimal miqdordan oshib ketdi. Har bir termada maksimal 2500 ta tarjima saqlanadi. Eski yozuvlarni oʻchirib tashlang va yangilarini saqlang.
Termalarim va obunalarimni koʻrmayapman

Siz xizmatga kirmagansiz. Yuqori oʻng burchakdagi  → Kirish tugmasini bosib, hisobni tanlang.

Termalar sinxronlanmayapti

Sinxronizatsiya avtomatik ravishda amalga oshiriladi, lekin siz buni mustaqil bajarishingiz ham mumkin. Buning uchun Termalar boʻlimiga kiring. Ekranni pastga torting va keskin qoʻyib yuboring.

Yordam xizmatiga yozish
Avvalgisi
Keyingisi