Yandex Map Editor servisidan foydalanish Shartlari

Bu hujjat quyidagi manzilda joylashtirilgan hujjatning rus tiliga (o'zbek tiliga) tarjimasi bo‘lib hisoblanadi: https://yandex.ru/legal/pmap_termsofuse, Mazkur hujjatning rus tilidagi versiyasi bilan ushbu tarjima orasida qarama-qarshiliklar bo‘lsa, faqat rus tilidagi versiyasi ustun yuridik kuchga ega bo'ladi. Ushbu hujjatning faqat https://yandex.ru/legal/pmap_termsofuse manzili bo'yicha joylashgan versiyasi yuridik jihatdan majburiy bo‘lib hisoblanadi.

1. Umumiy qoidalar

1.1. "YANDEX" MChJ (bundan buyon -"Yandex") Internet tarmog'idan foydalanuvchiga quyidagi manzil bo'yicha kirish mumkin bo'lgan Yandex Map Editor servisidan foydalanishni taklif etadi: (bundan buyon — "Servis").

1.2. Ushbu shartlar Yandex servislaridan Foydalanuvchi shartnomasiga Servisdan foydalanish tartibi xususidagi qo'shimcha bo'lib hisoblanadi. Ushbu Shartlarda nazarda tutilmagan boshqa barcha hollarda, Yandex va Foydalanuvchi o'rtasidagi Servisdan foydalanish bilan bog'liq munosabatlar Yandex.Maps servisidan foydalanish Shartlari (https://yandex.uz/legal/maps_termsofuse), Yandex servislarining foydalanuvchi shartnomasi (https://yandex.uz/legal/rules), shuningdek Yandex qidiruv tizimidan foydalanish uchun litsenziya (https://yandex.uz/legal/confidential) bilan tartibga solinadi.

1.3. Servisdan/ uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlar ekan Foydalanuvchi ushbu Shartlarni, shuningdek yuqorida ko'rsatilgan barcha hujjatlarning shartlarini to'liq, hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz va istisnolarsiz qabul qilgan hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi ko'rsatilgan hujjatlarning qoidalaridan biriga rozi bo'lmasa, Foydalanuvchi Servisdan foydalanishga haqli emas.

1.4. Ushbu shartlar Yandex tomonidan hech qanday maxsus xabarnomasiz o'zgartirilishi mumkin, Shartlarning yangi tahriri, agar ushbu Shartning yangi tahririda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu xatboshida ko'rsatilgan manzil bo'yicha Internetda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Shartlarning amaldagi tahriri har doim quyidagi sahifada joylashgan bo'ladi: https://yandex.uz/legal/pmap_termsofuse.

1.5. Agar Yandex ushbu Shartlarning 1.4-bandida nazarda tutilgan tartibda ushbu Shartlarga Foydalanuvchi rozi bo'lmagan o'zgartirishlarni kiritgan bo'lsa, foydalanuvchi Servisdan foydalanishni to'xtatishi shart.

1.6. Servisdan foydalanar ekan Foydalanuvchi, reklama xususiyatiga ega xabarlarni olishga rozilik beradi. Foydalanuvchi Servisning tegishli funksionalidan foydalanish yo‘li bilan reklama xususiyatiga ega xabarlarini olishdan bosh tortish huquqiga ega.

2. Servisdan foydalanish Servisning alohida funksiyalari

2.1. Servis Foydalanuvchiga kontent -jug'rofiy ob'yektlarning (binolar, inshootlar, uylar, yo'llar va hokazo) sxematik belgilari va/yoki tavsifini (bundan buyon- Ma'lumotlar) tuzish va/yoki tahrir qilish, boshqa Foydalanuvchilar joylashtirgan Ma'lumotlarni ko'rib chiqish, va ularga qo'shimcha axborotni va izohlarni ilova qilish, shuningdek Servisdan ushbu Shartlarga shuningdek ushbu Shartlarning 1.2. bandida ko'rsatilgan hujjatlarning qoidalariga zid bo'lmaydigan boshqa usullar bilan foydalanishga bepul imkoniyatni taklif etadi. Servisning hozirgi paytda mavjud bo'lgan barcha funksiyalari, shuningdek, ularning har qanday rivojlanishi va / yoki yangilarini qo'shish, ushbu Shartlarning mavzusi bo'lib hisoblanadi.

2.2. Servisdan foydalanish bo'yicha tavsiyalar quyida keltirilgan: https://yandex.ru/support/nmaps/rules_2.html.

2.3. Servis doirasida Ma'lumotlarni joylashtirishda uni joylashtirgan Foydalanuvchining u ro'yxatdan o'tgan vaqtda yoki uning Servisning tegishli bo'limidagi Shaxsiy ma'lumotlari sozlamalarida ko'rsatgan nomi (taxallusi) ko'rsatiladi.

Foydalanuvchilarning Ma'lumotlari asosida olingan sxema 1995 yil 26 dekabrdagi "Geodeziya va kartografiya to'g'risida" gi 209-FZ-sonli Federal qonun nuqtai nazaridan kartografik asar bo'lib hisoblanmaydi. Yandex Ma'lumotlarning geometrik aniqligi va kartografik proeksiyalarga amal qilinganiga kafolat bermaydi.

2.4. Ma'lumotlar Servisning ma'lumotlar bazasida saqlanadi va ulardan Servis saytida yoki Yandexning boshqa servislarida erkin foydalanish mumkin, bunda Yandex Ma'lumotlarning qandaydir hajmda va/yoki qandaydir muddat mobaynida, shu jumladan Servisning rivojlanishi bilan bog'liq ravishda Ma'lumotlar o'zgarganda bexato saqlanishiga kafolat bermaydi.

2.5. Yandex Foydalanuvchini xabardor qilmasdan va sabablarini tushuntirmasdan Ma'lumotlarni joylashtirishga qabul qilmaslik yoki Ma'lumotlarni Servis saytidan istalgan vaqtda o'chirib tashlash, ularni tahrir qilish yoki boshqa foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan Ma'lumotlar bilan almashtirish huquqiga ega. Xususan quyidagilar Ma'lumotlarni o'chirib tashlash uchun asos bo'lishi mumkin:

2.5.1. Tartibga soluvchi hujjatlarning qoidalarini buzadigan Ma'lumotlarni joylashtirish;

2.5.2. Ma'lumotlar tarkibida reklama joylashtirish

2.5.3. Ma'lumotlar tarkibida jismoniy shaxslarning e'lonlarini joylashtirish

2.6. Foydalanuvchi Servis doirasida o'zi joylashtirgan Ma'lumotlardan boshqa barcha Yandex foydalanuvchilari ko'rib chiqish va tahrir qilish uchun erkin foydalanishiga rozi bo'ladi. Ma'lumotlardan Servis doirasida taqdim etiladigan imkoniyatlardan tashqari o'zgacha usullar bilan foydalanishga yo'lq qo'yilmaydi. Shu bilan birga Yandex Servis doirasida joylashtirilgan Ma'lumotlardan uchinchi shaxslarning (qonuniy yoki noqonuniy ravishda) foydalanganliklari, shu jumladan xuddi Servis doirasida bo'lgani kabi, boshqa mumkin usullar bilan ham qayta ishlaganliklari va hammaga bildirganliklari uchun javobgar bo'lmaydi.

2.7. Foydalanuvchi Yandexga Ma'lumotlardan istalgan usullar bilan to'liq hajmda foydalanish huquqini topshiradi. Foydalanuvchi tomonidan Servis doirasida joylashtirilgan Ma'lumotlar Yandexning boshqa servislari va resurslarida hamda Yandexning roziligi bilan uchinchi taraflarning resurslarida, shuningdek reklama va marketing materiallarida, Foydalanuvchi nomini ko'rsatib yoki ko'rsatmasdan (maxfiy ravishda), Foydalanuvchining maxsus ruxsatisiz va mukofot to'lanmasdan foydalanilishi mumkin. Agar Foydalanuvchi Yandexga qandaydir Ma'lumotlardan yuqoridagi kabi foydalanish huquqini taqdim etishga haqli bo'lmasa, u Servis doirasida ularni joylashtirishga ham haqli emas. Servis vositasida tuzilgan Ma'lumotlarning majmui bo'lib hisoblanadigan ma'lumotlar bazasiga huquqlar Yandexga tegishli bo'ladi.

2.8. Foydalanuvchi Servis vositasida Ma'lumotlar tuzish va joylashtirish bilan bog'liq o'z harakatlari, shu jumladan u joylashtirgan Ma'lumotlarning qonun talablariga muvofiqligi va uchinchi shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi, shuningdek, Ma'lumotlar joylashuvini tanlash, mazmuni, to'liqligi, to'g'riligi va ishonchliligi uchun mustaqil ravishda javobgar bo'ladi.

2.9. Yandex Servis doirasida joylashtirilgan Ma'lumotlar Foydalanuvchining maqsadlari va umidlariga muvofiq bo'lishi, shuningdek Foydalanuvchi profilining va Foydalanuvchi tomonidan Servis doirasida joylashtirilgan Ma'lumotlarning but saqlanishiga kafolat bermaydi.

2.10. Foydalanuvchi Servisdan va unda joylashtirilgan Ma'lumotlardan xavfi va xatarlarni o'z zimmasiga olgan holda foydalanadi. Yandex Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan Ma'lumotlar uchun hech qanday javobgar bo'lmaydi, ularning to'griligi yoki ishonchliligini tasdiqlamaydi va rad qilmaydi. Yandex Servis doirasida joylashtirilgan Ma'lumotlardan foydalanish natijasida Foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan bevosita yoki bilvosita hech qanday zarar uchun uchun javobgar bo'lmaydi va ularning badalini qoplamaydi.

2.11. Yandex o'z xohishiga ko'ra, Foydalanuvchining qayd yozuvidan foydalanib, uning Servisga (yoki Servisning muayyan funksiyalariga, agar texnologik jihatdan mumkin bo'lsa) kirishini cheklashi yoki ushbu Shartlar qayta-qayta buzilgan hollarda, hamda Shart talablarini buzish xavfi aniqlanganida (jumladan Foydalanuvchining harakatlarida shubhali foydalanuvchilik faolligi belgilari namoyon boʻlganida) Foydalanuvchining qayd yozuvini bloklab qo'yishi yoki qonun hujjatlarining talablari yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga amal qilish maqsadida Foydalanuvchiga nisbatan boshqa choralarni ko'rish huquqini o'zida saqlab qoladi.

2.12. Servisda foydalaniladigan har qanday ma'lumot faqat shaxsiy notijorat maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljallangan. Shu bilan bir vaqtda, huquq egasining oldindan yozma ruxsatisiz Ma'lumotlardan har qanday nusxa ko'chirish, ularni qayta ishlab chiqarish, Internet tarmog'ida jamoatchilikka tarqatish (chop etish), ommaviy axborot vositalarida va / yoki tijorat maqsadlarida har qanday foydalanish taqiqlanadi, servisning funksional imkoniyatlari, ushbu Shartlar, boshqa Yandex servislaridan foydalanish shartlari yoki ushbu Shartlarning 1.2-bandida ko'rsatilgan hujjatlarda tog'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

Chop etilgan sana: 16.03.2020

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/pmap_termsofuse/09112018