Maxfiylik siyosati

Bu hujjat quyidagi manzilda joylashtirilgan hujjatning rus tiliga (o'zbek tiliga) tarjimasi bo‘lib hisoblanadi: https://yandex.ru/legal/confidential, Mazkur hujjatning rus tilidagi versiyasi bilan ushbu tarjima orasida qarama-qarshiliklar bo‘lsa, faqat rus tilidagi versiyasi ustun yuridik kuchga ega bo'ladi. Ushbu hujjatning faqat https://yandex.uz/legal/confidential manzili bo'yicha joylashgan versiyasi yuridik jihatdan majburiy bo‘lib hisoblanadi.

1. Ushbu maxfiylik siyosati nimalarni tartibga soladi

Ushbu maxfiylik siyosati (bundan buyon — Siyosat) barcha ma’lumotlar, jumladan «YANDEX» MChJ va/yoki uning filiali bo‘lgan shaxslar, jumladan «YANDEX» MChJ (bundan buyon — «Yandex») bilan bitta guruhga kiruvchi shaxslar Siz tomoningizdan istalgan Yandex saytlari, dasturlari, mahsulotlari va/yoki servislaridan (bundan buyon — «Servislar») foydalanilishi jarayonida Siz to‘g‘ringizga olishlari mumkin bo‘lgan qo‘llaniladigan qonun tushinchasidagi shaxsiy ma’lumotlar, Siz yandex.ru, yandex.com, yandex.ua, yandex.by, yandex.kz, yandex.com.tr, yandex.co.ilva Yandex ga tegishli bo‘lgan boshqa saytlarda (bundan buyon birgalikda — «Saytlar») topishingiz mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga nisbatan hamda Yandex / uning filiallari bo‘lgan shaxslar tomonidan Sizning Servislardan foydalanishingiz bilan bog‘liq holda Siz bilan tuzilgan har qanday kelishuvlar va shartnomalarning bajarilishi dav Yandex Shaxsiy ma’lumotlarni o‘z hamkorlaridan (bundan buyon — «Hamkorlar»), Siz foydalanadigan saytlar, dasturlar yoki servislardan (masalan, Yandex reklama beruvchilari yoki taksi xizmatlaridan) ham olishi mumkin. Bunday hollarda Shaxsiy ma’lumotlarning berilishi faqat amaldagi qonunchilikda o‘rnatilgan hollardagina mumkin va u Yandex hamda Hamkorlarning har biri o‘rtasida tuzilgan maxsus shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Shunga e’tibor beringki, Saytlardan va/yoki Servislardan istalganidan foydalanilishi ushbu Siyosatga o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritishi va/yoki bunday Saytlar va/yoki Servislar uchun hujjatlarning tegishli bo‘limlariga joylashtirilgan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan maxsus shartlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha shartlar bilan boshqarilishi mumkin.

2. Ma’lumotlarni kim qayta ishlaydi

Siz tomoningizda Saytlar va Servislardan foydalanilishini ta’minlash uchun Shaxsiy ma’lumotlaringiz Yandex, jumladan Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi bo‘yicha yaratilgan va quyidagi manzil bo‘yicha ro‘yxatga olingan yuridik shaxs «YANDEX» mas’uliyati cheklangan jamiyati yoki boshqa yurisdiktsiyalarda tegishli Servisni taqdim etuvchi uning filiali bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan to‘planadi va foydalaniladi: 119021, Rossiya, Moskva, Lev Tolstoy ko‘chasi, 16-uy («YANDEX» MChJ). U yoki bu Servisni qaysi shaxs taqdim etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan Siz tegishli Servisdan foydalanish shartlarida tanishib chiqishingiz mumkin.

Yevropa iqtisodiy zonasi (YeIZ) yoki Shveytsariya hududida joylashgan foydalanuvchilar uchun Yandex nomidan Finlyandiya qonunchiligi bo‘yicha yaratilgan va quyidagi manzil bo‘yicha ro‘yxatga olingan yuridik shaxsi bo‘lgan Yandex Oy kompaniyasi YeIZ va Shveytsariya hududida xizmat ko‘rsatadi: Moreenikatu 6, 04600 Myantsyalya, Finlyandiya.

Isroil hududida joylashgan foydalanuvchilar uchun Yandex nomidan Isroil qonunchiligi bo‘yicha yaratilgan va quyidagi manzil bo‘yicha ro‘yxatga olingan yuridik shaxsi bo‘lgan Yandex.Go Israel Ltd kompaniyasi xizmat ko‘rsatadi: 148 Menachem Begin St., Tel-Aviv, Isroil 6492104.

3. Ushbu Siyosatning maqsadi nima

Sizning Shaxsiy ma’lumotlaringiz va Sizning maxfiyligingizni himoya qilish Yandex uchun juda muhim. Shuning uchun ham Siz Saytlar va Servislardan foydalanganingizda Yandex Shaxsiy ma’lumotlaringizni tegishli qonunchilikka qat’iy amal qilgan holda himoya qiladi va qayta ishlaydi.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarimizga amal qilgan holda ushbu Siyosatda biz Sizni quyidagi masalalar to‘g‘risida yanada shaffofroq tarzda xabardor qilmoqchimiz:

(a) Siz Saytlar va/yoki Servislardan foydalanganingizda Yandex nima uchun va qay tarzda Shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘playdi va ulardan foydalanadi («qayta ishlaydi»);

(b) Yandex kompaniyasining Shaxsiy ma’lumotlaringizni nima uchun va qay tarzda qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi yuridik shaxs sifatidagi roli va majburiyatlari nimadan iborat;

(c) Yandex tomonidan Siz to‘g‘ringizda to‘planadigan Shaxsiy ma’lumotlar hajmini qisqartirish uchun qanday vositalardan foydalanishingiz mumkin;

(d) o‘tkazilayotgan Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash doirasidagi Sizning huquqlaringiz nimalardan iborat.

4. Yandex Siz to‘g‘ringizdagi qanday Shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi

Saytlarning ishlashi va/yoki Servislarni taqdim etish jarayonida to‘plangan Shaxsiy ma’lumotlar Sizning Saytlar va/yoki Servislarga kirish uchun qayd yozuvingizdan foydalanayotganligingiz yoki yo‘ligiga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin. Siz o‘z qayd yozuvingizga kirishni amalga oshiradigan hollarda Yandex tomonidan Saytlar va Servislardan foydalanishingiz vaqtida to‘plangan Siz to‘g‘ringizdagi Shaxsiy ma’lumotlar Yandex tomonidan Siz tomoningizdan qayd yozuvingizda foydalanilishi doirasida to‘plangan boshqa Shaxsiy ma’lumotlar bilan solishtirilishi va bog‘lanishi mumkin (masalan, Sizning shaxsingiz, kontakt ma’lumotlaringiz, yoshingiz va jingingiz haqidagi ma’lumotlar, agar ular Yandex xizmatiga taqdim etilgan bo‘lsa). Yandex Siz taqdim etgan Shaxsiy ma’lumotlarni tekshirmaydi, alohida servislarning foydalanuvchi bilan kelishuvida yoki foydalanish shartlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno, yana ularning to‘g‘riligi hamda Sizning Shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etish uchun yetarlicha huquqqa egaligingiz yoki yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qila olmaydi. Shunga qaramasdan Yandex Siz to‘g‘ri va yetarlicha Shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etayapsiz hamda ularni o‘z vaqtida yangilab turibsiz degan nuqtai-nazarga asoslangan holda ish olib boradi.

Siz Saytlar va Servislardan foydalangan vaqtingizda Yandex quyidagi toifalardagi Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashi mumkin:

(i) ismingiz, telefon raqamingiz, manzilingiz va yoshingiz kabi Siz ro‘yxatdan o‘tishda (qayd yozuvini yaratishda) taqdim etgan Shaxsiy ma’lumotlar;

(ii) elektron ma’lumotlar (HTTP-sarlavhalar, IP-manzil, cookie fayllari, veb-mayoqlar/pikselli teglar, brauzer identifikatori to‘g‘risidagi ma’lumotlar, apparat va dasturiy ta’minot to‘g‘risidagi ma’lumotlar, wi-fi tarmog'i ma'lumotlari);

(iii) Saytlar va/yoki Servislarga kirish amalga oshirilgan sana va vaqt;

(iv) Sizning Sayt va/yoki Servislardan foydalanishdagi faolligingiz ( masalan, qidiruv so'roqlari tarixi, Servislardagi xaridlar haqida ma'lumotlar, muassasalarga kirganlik haqida ma'lumotlar, layklar va ortiq bilishlar, yozishma olib borayotgan kishilaringizning elektron pochtalari, telefon kitobchasi ma'lumotlari, boshqa foydalanuvchilar bilan aloqangiz haqida axborot, shuningdek, Yandeks tizimida saqlanayotgan fayllar va kontent);

(v) geojoylashuv haqidagi ma’lumotlar;

(vi) Yandex xizmatining aniq bir Saytlari yoki Servislaridan foydalanilishin tartibga soluvchi shartlarga muvofiq holda qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan Siz haqingizdagi boshqa ma’lumotlar;

(vii) Siz hamda tegishli Hamkor o‘rtasida tuzilgan kelishuvlar va Yandex bilan Hamkor o‘rtasida tuzilgan kelishuvlar shartlariga muvofiq tarzda biz Hamkorlarimizdan oladigan Siz haqingizdagi ma’lumotlar.

Yandex cookie fayllari va veb-mayoqlardan (jumladan pikselli teglardan) Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash va bunday shaxsiy ma’lumotlarni qurilmangiz va veb-brauzeringiz bilan bog‘lash uchun ham foydalanadi (ushbu Siyosatning 11-bo‘limiga qarang).

Yandex ta’sirchan shaxsiy ma’lumotlarni (irqiy kelib chiqishi, siyosiy qarashlar, salomatligi haqidagi ma’lumotlar va biometrik ma’lumotlar kabilarni) maqsadli tarzda to‘plamaydi, alohida Servislarning foydalanuvchi bilan kelishuvlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno. Shunga qaramasdan Siz ularni Yandex kompaniyasiga o‘zingizcha taqdim etishingiz mumkin va bunda hollarda Yandex ularni Sizga Seravislarni taqdim etish doirasida qayta ishlaydi (masalan, agar Siz salomatligingizga tegishli bo‘lgan qidiruv so‘rovlarini bersangiz). Bunda Siz shuni e’tiborga olishingiz kerakki, Yandex bunday qayta ishlashga Sizning roziligingizni so‘ray olmaydi, chunki u Siz Yandex kompaniyasiga taqdim etishingiz mumkin bo‘lgan Shaxsiy ma’lumotlarning ehtimoiy ta’sirchan xususiyati to‘g‘risida xabardor bo‘lmaydi.

Yandex bu qo‘llaniluvchi qonunlarga muvofiq Sizning huquq va erkinliklaringizga sezlarli ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan darajada foydalanuvchi «portretini» tuzish maqsadida ma’lumotlar to‘plamaydi.

5. Sizning Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashning huquqiy asoslari va maqsadlari qanday

Yandex Shaxsiy ma’lumotlaringizni buning uchun yetarli huquqiy asoslarga ega bo‘lmagan holda qayta ishlash huquqiga ega emas. Shuning uchun Yandex Shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat quyidagi hollarda qayta ishlaydi:

(i) qayta ishlash Yandex kompaniyasining Sizning oldingizdagi shartnomaviy majburiyatlarini bajarish, jumladan Saytlar va Servislarning ishlashini ta’minlash (masalan, Sizga qidiruv so‘rovlaringiz bo‘yicha qidirish natijalarini taqdim etish) uchun zarur bo‘lgan hollarda;

(ii) qayta ishlash qonunchilikda o‘rnatilgan majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hollarda;

(iii) bu qo‘llaniluvchi qonunchilik tomonidan ko‘zda tutilgan hollarda qayta ishlash Yandex kompaniyasining qonuniy manfaatlarini ta‘minlash uchun zarur, lekin bunday qayta ishlash Sizning manfaatlaringiz, Sizning fundamental huquqlaringiz va erkinliklaringizga jiddiy ta’sir qilmasligi kerak. Shunga e’tibor beringki, Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ko‘rsatilgan asosda qayta ishlaganda Yandex doimo o‘zining qonuniy manfaatlari bilan Sizning dahlsizligingizni himoya qilish o‘rtasida muvozanatni saqlashga intiladi.

Yandex Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni, masalan, quyidagi hollarda o‘zining qonuniy ma’nfaatlarini ta’minlash uchun qayta ishlaydi:

(a) Sizning Saytlarimiz va/yoki Servislarimiz bilan qanday o‘zaro aloqa qilayotganligingizni yaxshiroq tushinish uchun;

(b) barcha foydalanuvchilarning manfaatlari uchun Saytlar va Servislarni takomillashtirish, o‘zgartirish, shaxsiylashtirish yoki boshqa tarzda yaxshilash uchun;

(c) Sizga Yandex yoki boshqa kompaniyalarning fikrimizga ko‘ra Sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlari va servislarini taklif qilish uchun (ya’ni Sizning qiziqishlaringizni hisobga oluvchi reklamani Sizga ko‘rsatish);

(iv) aniq bir maqsadlar uchun yoki qo‘llaniluvchi qonunchilik talablariga muvofiq biz Shaxsiy ma’lumotlaringizning qayta ishlanishiga Sizning alohida roziligingizni so‘rashimiz mumkin. Rozilik alohida huquqiy asos deb tan olinuvchi yurisdiktsiyalar uchun Siz tomoningizdan Yandex Saytlari va/yoki Servislaridan foydalanishning boshlanishi Sizning bunday qayta ishlashga roziligingizni ifodalaydi. Ushbu orqali biz Sizni xabardor qilamiz, Siz esa tasdiqlaysizki, Sizda Saytlar yoki Xizmatlardan foydalanishingizda bizga biror-bir Shaxsiy ma’lumotni taqdim etish majburiyati yo‘q va u faqat Sizning erkin irodangizga asoslanadi. Shu bilan birgalikda Siz Shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishlarsiz bizning Sizga Servislardan foydalanis imkoniyatini taqdim eta olmasligimizni, Siz tomoningizda Saytlarning foydalanishning esa cheklangan bo‘lishini anglab yetasiz.

Yandex Shaxsiy ma’lumotlaringizni doimo ma’lum maqsadlar uchun va faqat bunday maqsadlarga yetishishga oid bo‘lgan Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Xususan biz Shaxsiy ma’lumotlaringizni quyidagi maqsadlar uchun qayta ishlaymiz:

(i) Sizga Saylarga va/yoki Servislarga kirish huquqini taqdim etish (jumladan Sizning qidiruv so‘rovlaringizga javoban qidirish natijalarini Siz afzal ko‘rgan narsalarni hisobga olgan holda, qidirishlar tarixini va Yandex foydalanishi mumkin bo‘lgan Siz haqingizdagi boshqa Shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish);

(ii) agar Siz tegishli Servislarda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, qayd yozuvingizga, jumladan Yandex elektron pochta qutisi va fayllar omboriga kirish huquqini taqdim etish;

(iii) Sizga Saytlar va Servislarning ishlashiga oid bildirishnomalar, so‘rovlar va ma’lumotlarni yuborish, Siz bilan kelishuvlarni bajarish va Sizning so‘rovlaringiz va arizalaringizni qayta ishlash uchun Siz bilan aloqani amalga oshirish;

(iv) Siz afzal ko‘rgan narsalar, qidirishlar tarixi va Yandex foydalanishi mumkin bo‘lgan Siz haqingizdagi boshqa Shaxsiy ma’lumotlarni hisobga olgan holda reklama va takliflarni shaxsiylashtirish;

(v) jumladan qidirishning eng relevant natijalarini ko‘rsatish va ko‘proq darajada shaxsiylantirilgan Saytlar va Servislarni taqdim etish hamda Yandex kompaniyasining boshqa mahsulotlari, ilovalari va Servislarini yaxshilash uchun Saytlar va Servislardan foydalanish qulayligini oshirish;

(vi) Yandex kompaniyasining yangi mahsulotlari, utilitalari va takliflarini yaratish;

(vii) Sizning huquqlaringiz va Yandex huquqlarini himoya qilish;

(viii) statistik ma’lumotlar, katta ma’lumotlar va boshqa tadqiqotlarni to‘plash, qayta ishlash va taqdim etish.

Yandex Servislarida API Google dan olingan ma'lumotlar (bundan keyin "Olingan ma'lumotlar") Google API Disclosure ko'rsatmasiga muvofiq, undagi cheklovlarni hisobga olingan holda amalga oshiriladi, aynan:

Olingan ma'lumotlar mutlaq Sizga pochta mijozi funksiyalarini taqdim etish maqsadida ishlatiladi. Olingan ma'lumotlar uchinchi shaxsga berish, reklama materiallarini namoyish etish va boshqa sizning yozishmangizga qonunga xilof ravishda kirish bilan bog'liq maqsadlarda ishlatilishi mumkin emas.

Olingan ma'lumotlarni qayta ishlash shartlari bilan quyidagi manzilda batafsil tanishishingiz mumkin: https://yandex.com/legal/confidential_google_api.

6. Yandex Shaxsiy ma’lumotlarimni qanday himoya qiladi

Ko‘pchilik holatlarda Shaxsiy ma’lumotlar Yandex xodimlaridan birortasining ularga kirishisiz avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Bunday kirish talab qilingan hollarda bunday kirishga ruxsat faqat Yandex kompaniyasining o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari uchun bunday kirish zarur bo‘lgan xodimlariga beriladi. Ma’lumotlarni himoya qilish va ularning maxfiyligini ta’minlash uchun barcha xodimlar Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga nisbatan ichki qoidalar va proseduralarga amal qilishlari shart. Ular yana Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun amal qiluvchi barcha texnik va tashkiliy xavfsizlik choralariga amal qilishlari shart.

Yandex yana Shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz, tasodifiy toki noqonuniy o‘chirish, yo‘qotish, o‘zgartirish, g‘araz maqsadlarda foydalanish, oshkor qilish yoki kirishlardan hamda qayta ishlashning boshqa noqonuniy shakllaridan himoya qilish uchun yetarli texnik va tashkiliy choralarni qo‘llagan. Ushbu xavfsizlik choralari zamonaviy texnika darajasi, ularni amalga oshirish qiymatlari, Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va ularning xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlarni hisobga olgan holda amalga oshirilgan.

7. Yana kimlar Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanish huquqiga ega va ular kimga berilishi mumkin

7.1 Yandex Guruhi doirasida

Yandex Shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘z xodimlariga berishi mumkin (ushbu Siyosatning 6-bo‘limida ko‘rsatilgan doiralarda). Yandex Shaxsiy ma’lumotlaringizni yana o‘zining filiali bo‘lgan yuridik shaxslarga, jumladan Yandex tegishli bo‘lgan shaxslar guruhidagi («Yandex Guruhi») boshqa kompaniyalarga ham berishi mumkin. Shuni e’tiborga olingki, Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish darajasi ayrim mamlakatlarda yurisdiktsiyangizda o‘rnatilgan darajaga mos kelmasligi mumkin va Yandex Servislaridan foydalangan holda Siz bunday berishga rozilik bildirasiz.

Barcha holatlarda Shaxsiy ma’lumotlar ham faqat ushbu Siyosatning 5-bo‘limida bayon qilingan maqsadlar uchun qayta ishlanadi, Yandex Guruhi kompaniyalari tomonidan taqdim etiladigan Saytlar va/yoki Servislardan foydalanish shartlarida boshqacha o‘rnatilgan hollar bundan mustasno, jumladan:

Siz “Yandex.Classifieds” LLC (ADRR: 5157746192742) Servislari xizmatlaridan foydalansangiz, Sizning xos ma'lumotingiz “Yandex.Classifieds” LLC ga «AUTO.RU» (https://yandex.ru/legal/autoru_terms_of_service), «Yandex.Job» (https://yandex.ru/legal/job_termsofuse), «Yandex.Realty» (https://yandex.ru/legal/realty_termsofuse) servislarining Foydalanish shartlarida belgilab berilgan shartlar va maqsadlarda qayta ishlash uchun «Yandex.Vertikali» MChJ ga berilishi mumkin;

Siz «Yandex.Taxi» MChJ (ADRR: 5157746192731) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma’lumotlaringiz «Yandex.Taxi» (https://yandex.ru/legal/taxi_termsofuse) servisining Foydalanish shartlarida belgilab berilgan shartlar va maqsadlarda qayta ishlash uchun «Yandex.Taxi» MChJ ga berilishi mumkin;

Siz «Yandex.Market» MChJ (ADRR: 1167746491395) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma’lumotlaringiz «Yandex.Market» (https://yandex.ru/legal/market_termsofuse) servisining Foydalanish shartlarida belgilab berilgan shartlar va maqsadlarda qayta ishlash uchun «Yandex.Market» MChJ ga berilishi mumkin;

Siz «Yandex Cloud Technologies» MChJ (ADRR: 1167746432040) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma’lumotlaringiz «Yandex Cloud Technologies» MChJ ga berilishi mumkin;

Siz «Yandex.Drive» MChJ (ADRR: 5177746277385) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma’lumotlaringiz «Yandex.Drive» (https://yandex.ru/legal/drive_termsofuse) servisining Foydalanish shartlarida belgilab berilgan shartlar va maqsadlarda qayta ishlash uchun «Yandex.Drive» MChJ ga berilishi mumkin;

Siz «Yandex.Bus» MChJ (ADRR: 1177746347591) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma’lumotlaringiz «Yandex.Bus» (https://yandex.ru/legal/bus_termsofuse) servisining Foydalanish shartlarida belgilab berilgan shartlar va maqsadlarda qayta ishlash uchun «Yandex.Bus» MChJ ga berilishi mumkin;

Siz «EDADEAL PROMO» MChJ (ADRR: 5157746114477) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma’lumotlaringiz «Edadeal» (http://corp.edadeal.ru/legal) servisining Foydalanish shartlarida belgilab berilgan shartlar va maqsadlarda qayta ishlash uchun «EDADEAL PROMO» MChJ ga berilishi mumkin;

Siz «Kinopoisk» MChJ (ADRR: 1077759854919) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda, Shaxsiy ma’lumotlaringiz «Kinopoisk» (https://yandex.ru/legal/kinopoisk_termsofuse) servisining Foydalanish shartlarida belgilab berilgan shartlar va maqsadlarda qayta ishlash uchun «Kinopoisk» MChJ ga berilishi mumkin;

Siz Yandex Europe AG kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda Shaxsiy ma’lumotlaringiz (https://yandex.com/legal/termsofservice) servisning Foydalanish shartlarida belgilab berilgan shartlar va maqsadlarda qayta ishlash uchun Yandex Europe AG ga berilishi mumkin.

Siz Yandex.Go Israel Ltd (ro‘yxatga olish raqami 515926285) kompaniyasining Servislaridan va xizmatlaridan foydalangan paytingizda Shaxsiy ma’lumotlaringiz (https://yandex.com/legal/yango_termsofuse) servisning Foydalanish shartlarida belgilab berilgan shartlar va maqsadlarda qayta ishlash uchun Yandex.Go Israel Ltd ga berilishi mumkin;

Siz «Shkola analiza dannix» (INO СPE “SDA”) Qo'shimcha Kasbiy Ma'lumot Muxtor notijorat tashkiloti Servis va xizmatlaridan foydalansangiz, shuningdek u tashkil etgan loyihalarda ishtirok etsangiz, Sizning xos ma'lumotlaringiz INO СPE “SDA” (INO СPE “SDA”) ga uning qoidalarida belgilangan shart va maqsadlarda qayta ishlatish uchun yuboriladi;

Siz Yandex.Mediaservices LLC (ADRR: 1187746644920) Servis va xizmatlaridan foydalansangiz, Sizning xos ma'lumotlaringiz Yandex.Mediaservices LLC ga "Yandex.Music" (https://yandex.ru/legal/music_termsofuse), " Yandex.Afisha" (https://yandex.ru/legal/afisha_termsofuse) Servislardan foydalanish shartlarida belgilangan shart va maqsadlarda qayta ishlatish uchun yuboriladi;

Siz Yandex.Fuel LLC (ADRR: 1187746812725) Servis va xizmatlaridan foydalansangiz, Sizning xos ma'lumotlaringiz Yandex.Fuel LLC ga "Yandeks.Fuel" (https://yandex.ru/legal/zapravki_termsofuse) servisdan foydalanish shartlarida belgilangan shart va maqsadlarda qayta ishlatish uchun yuboriladi;

Siz Clinic Yandex.Health LLC kompaniyasi(ADRR: 5177746308394) Servis va xizmatlaridan foydalansangiz, Sizning xos ma'lumotlaringiz Clinic Yandex.Health LLC ga «Yandex.Health» (https://yandex.ru/legal/health_termsofuse) servisdan foydalanish shartlarida belgilangan shart va maqsadlarda qayta ishlatish uchun yuboriladi.

Bundan tashqari sizning xos ma'lumotingiz Yandeks guruhiga kiruvchi va siz bilan bir mamlakatda yashovchi shaxslarga Siz Sayt va Servislardan foydalanishingizda qo'llov ko'rsatish uchun yuborilishi mumkin, masalan, Siz Qozog'iston hududida yashasangiz, sizning xos ma'lumotingiz Yandex.Kazakhstan LLP ga yuboriladi.

7.2 Yandex guruhidan tashqariga

Ushbu Siyosatning 5-bo‘limida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun Yandex Shaxsiy ma’lumotlarni Yandex Guruhiga kirmaydigan uchinchi shaxslarga ham berishi mumkin. Shuni e’tiborga olingki, Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish darajasi ayrim mamlakatlarda yurisdiktsiyangizda o‘rnatilgan darajaga mos kelmasligi mumkin va Yandex Servislaridan foydalangan holda Siz bunday berishga rozilik bildirasiz.

Bunday uchinchi shaxslarga quyidagilar kiradi:

(i) Saytlar va ilovalar, reklama tarmoqlarining egalari kabi hamkorlar hamda Yandex kompaniyasiga bunday hamkorlarga tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan boshqariluvchi saytlar, dasturlar, mahsulotlar yoki servislarga reklama joylashtirish va ko‘rsatish bilan bo‘liq bo‘lgan xizmatlarni taqdim etuvchi boshqa hamkorlar; tashish (taksi) xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar;

(ii) reklama beruvchilar yoki Siz uchun Yandex Saytlari va/yoki Servislarida reklamani ko‘rsatuvchi boshqa Hamkorlar hamda axborot servislarining ta’minotchilari yoki maslahatchilar kabi Hamkorlar.

Yandex Shaxsiy ma’lumotlarni Yandex Guruhiga kirmaydigan quyidagi uchinchi shaxslarga ham berishi mumkin:

(i) tegishli kelishuv bo‘yicha huquq yoki majburiyatlarni berish yoki novatsiya amalga oshirilgan uchinchi shaxslar;

(ii) tegishli qonunchilikka muvofiq tegishli so‘rov bo‘yicha Yandex ma’lumotlarni taqdim etishi shart bo‘lgan har qanday milliy va/yoki xalqaro tartibga soluvchi organ, huquqni himoya qilish organlari, markaziy yoki mahalliy ijroya hokimiyat organlari, boshqa rasmiy yoki davlat organlari yoki sudlar;

(iii) Siz Shaxsiy ma’lumotlaringizning berilishiga rozi bo‘lgan yoki Shaxsiy ma’lumotlarning berilishi Sizga tegishli Servisni taqdim etish yoki Siz bilan tuzilgan ma’lum kelishuv yoki shartnomani bajarish uchun talab qilingan hollarda uchinchi shaxslarga;

(iv) Siz tomoningizdan Yandex servislari Foydalanuvchi bilan kelishuvi (https://yandex.uz/legal/rules), ushbu Siyosat yoki alohida Servislardan foydalanishni tartibga soluvchi shartlarni buzgan hollarda yoki bunday buzish tahdidi mavjud bo‘lgan vaziyatlarda Yandex yoki uchinchi shaxslarni huquqiy himoya bilan ta’minlash maqsadlarida har qanday uchinchi shaxslarga.

8. Sizning Shaxsiy ma’lumotlaringiz qayerda saqlanadi va qayta ishlanadi

Sizning Shaxsiy ma’lumotlaringiz Rossiya Federatsiyasi va/yoki YeIz da saqlanadi.

Rossiyalik foydalanuvchilar uchun: Yandex Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan ma’lumotlar bazasidan foydalanib Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini yozish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), chiqarib olishni amalga oshiradi.

YeIZ, Shveytsariya yoki Isroillik foydalanuvchilar uchun: Rossiya Yevropa iqtisodiy zonasidan tashqarida joylashgan va u Yevropa komissiyasi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarning mos darajadagi himoyasi bilan ta’minlovchi deb topilmagan. Shuning uchun Yandex bunday berishning YeI ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha amaldagi qoidalariga muvofiq holda amalga oshirilishini ta’minlash uchun tegishli choralarni ko‘radi.

Xususan, Yandex Sizning Rossiyaga beriladigan Shaxsiy ma’lumotlaringizning mos darajadagi himoyasi bilan ta’minlash uchun Yevropa komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Standart shartnoma shartlariga amal qiladi. Bu Standart shartnoma shartlarining nusxasini so‘rov bo‘yicha olish mumkin.

Agar Siz Shaxsiy ma’lumotlaringizning boshqa yurisdiktsiyaga berilishi uchun roziligingiz talab qilinadigan hududda joylashgan bo‘lsangiz, Saytlar yoki Servislardan foydalangan holda Siz Yandex kompaniyasiga ma’lumotlarning boshqa yurisdiktsiyalarga, jumladan Rossiyga uzatilishi yoki saqlanishi va/yoki qayta ishlanishiga o‘zingizning yaqqol va bir qiymatli roziligingizni berasiz.

9. Shaxsiy ma’lumotlaringizni qanchalik uzoq saqlaymiz

Yandex kompaniyasi Shaxsiy ma’lumotlaringizni ularni to‘plashdan ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish yoki qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablariga amal qilish uchun zarur bo‘lgan vaqt davomida saqlaydi.

Agar qonun yoki Siz bilan kelishuv bo‘yicha boshqacha talab qilinmasa, Siz Yandex tizimlarida Servisning bir qismi sifatida saqlaydigan elektron xatlar va hujjatlar Sizning qayd hisobingiz mavjud bo‘ladigan vaqt davomida saqlab turiladi, biroq ular Siz tomoningizdan istalgan vaqtda o‘chirilishi mumkin.

Agar Siz biror-bir Shaxsiy ma’lumotingizning Yandex ma’lumotlar bazalaridan o‘chirilishini xohlasangiz, Siz kerakli Shaxsiy ma’lumotlarni qayd yozuvingizdan foydalanib yoki Saytlar va/yoki Servislar (tegishli hollarda) interfeysi orqali mustaqil tarzda o‘chirishingiz mumkin.

10. Huquqlaringiz

10.1 Siz qanday huquqlarga egasiz

Bu amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda Siz Yandex tomonidan ushbu Siyosatga muvofiq holda qayta ishlanuvchi Shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish huquqiga ega bo‘lasiz.

Agar Siz Yandex Siz to‘g‘ringizda saqlayotgan biror-bir ma’lumotni noto‘g‘ri yoki to‘liq emas deb hisoblasangiz, qayd yozuvingizga kirishingiz va Shaxsiy ma’lumotingizni mustaqil tarzda tuzatishingiz mumkin.

Agar bu tegishli qonunchilikda ko‘zda tutilgan bo‘lsa, Siz quyidagi huquqlarga ega bo‘lasiz:

  • Siz haqingizda Yandeks saqlayotgan ma'lumot bilan tanishish;
  • Shaxsiy ma’lumotlaringizning yoki ularning bir qismini o‘chirishni talab qilish hamda Shaxsiy ma’lumotlaringizning qayta ishlanishiga rozilikni chaqirib olish;
  • Shaxsiy ma’lumotlaringizning qayta ishlanishiga cheklanishlarni talab qilish;
  • Shaxsiy ma’lumotlaringizning Rossiyaga uzatilishiga ruxsat beruvchi va mazkur Siyosatning 8-bo‘limida ko‘rsatilgan Standart shartnoma shartlarining nusxasini so‘rash;
  • agar bu tegishli qonunchilikda ko‘zda tutilgan bo‘lsa, Shaxsiy ma’lumotlaringizning qayta ishlanishiga e’tiroz bildirish.

Yandex ko‘rsatilgan so‘rovlarni tegishli qonunchilikka muvofiq holda bajaradi.

Tegishli qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda Siz yana yuqorida ko‘rsatilmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishingiz mumkin.

Siz Servislardan foydalanganingizda Xos ma'lumotingizni uzatish Sizning o'z ixtiyoringiz bilan, o'z manfaatingizni o'ylab bergan roziligingiz asosida (xususan, siz bilan tuzilgan shartnoma asosida) amalga oshiriladi va qonuniy majburiyat bo'lib hisoblanmaydi.

10.2 O‘z huquqlaringizni qanday amalga oshirishingiz mumkin

Yuqorida ko‘rsatilgan huquqlarni amalga oshirish uchun qayd yozuvingizga kiring, interfeysda maxsus funksiya mavjud bo‘lmagan hollarda Yandex bilan bog‘laning (ushbu Siyosatning 13-bo‘limiga qarang).

Agar Siz Yandex kompaniyasining Shaxsiy ma’lumotlaringizning qanday qayta ishlashidan qoniqmasangiz, bizda xabar qiling va biz Sizning e’tirozingizni ko‘rib chiqamiz. Agar Siz Yandex kompaniyasining javobidan qoniqmagan bo‘lsangiz, vakolatli organga shikoyat qilish huquqiga egasiz.

11. Saytlarda yoki Siz tomoningizdan Servislardan foydalanilganda cookie fayllaridan va boshqa shunga o‘xshash texnologiyalardan qanday foydalanamiz

11.1 Qanday cookie fayllar va Yandeks ularni nega ishlatadi

Cookie fayllar ma'lumotning parchasi bo'lib, ular siz Saytlarga kirish uchun foydalanayotgan qurilma tomonidan qabul qilinadi va qayta ishlanadi. Cookie fayllar Sizning Saytlar bilan ishlashingizda yordam beruvchi axborotni saqlab qoladi va saytlarga jo'natadi hamda bizga vaqtlar o'tgach siz nimani ko'proq yoqtirishingizni eslab qolishga imkon beradi, masalan brauzerni sozlash yoki Sizning hisob yozuvingizni bilishga imkoniyat beradi. Cookie fayllar haqida qo'shimcha ma'lumot olish, ularning tavsifi, ulardan foydalanish maqsadlari va ularni boshqarish usullarini bilish uchun Bizning cookie fayllaridan foydalanish Siyosatimizga ergashing (https://yandex.ru/legal/cookies_policy).

Saytlarda cookie fayllarining quyidagi turlaridan foydalaniladi:

  • qat’iy talab qiluvchi cookie fayllari / texnik cookie fayllari: bu cookie fayllari Saytlarning ishlashi va Sizga Servislarni taqdim etish uchun zarur; bulardan tashqari ular Yandex xizmatiga Sizning apparat va dasturiy ta’minotingizni, jumladan brauzeringizni tanib olishga imkon beradi;
  • statistik / analitik cookie fayllari: bu cookie fayllari foydalanuvchilarni tanib olish, ularning sonini hisoblash va Siz tomoningizdan Saytlar va Servislarda bajarilgan bajarilgan operatsiyalar kabi ma’lumotlar, jumladan Siz tomoningizdan tashrif buyuriluvchi veb-sahifalar va Siz oladigan kontent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashga imkon beradi;
  • texnik cookie fayllari: bu cookie fayllari foydalanuvchilarning Saytlar va/yoki Servislar bilan qanday o‘zaro aloqa qilishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashga imkon beradi, bu esa Saytlar va Servislarning unumdorligini oshirish uchun xatolarni aniqlash va yangi funksiyalarni sinab ko‘rishga imkon beradi;
  • funksional cookie fayllari: bu cookie fayllari, masalan, (til va joylashgan joy kabi) afzalliklaringizni saqlab qolgan holda Siz tomoningizdan Saytlardan foydalanilishini osonlashtirish uchun ma’lum funksiyalarni taqdim etishga imkon beradi;
  • (boshqa tomonlarning) kuzatish fayllari / reklama cookie fayllari: bu cookie fayllari foydalanuvchilar, trafik manbalari, tashrif buyurilgan sahifalar va Siz uchun ko‘rsatilgan hamda Sizning reklama qilinayotgan sahifaga o‘tkazuvchi reklama to‘g‘risidagi ma’lumogtlarni to‘playdi. Ular Siz haqingizda to‘plangan Shaxsiy ma’lumotlarning tahlili asosida Sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan reklamani ko‘rsatishga imkon beradi. Ulardan yana statistik va taqqiqot maqsadlarida ham foydalaniladi.

11.2 cookie fayllari qurilmangizda qancha muddat saqlanadi

Yandxex cookie fayllarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan faqat yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalanadi, shundan keyin to‘plangan ma’lumotlar qurilmangizda tegishli cookie fayllariga bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan davr davomida, biroq ulardan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan muddatdan oshirib yubormagan holda saqlanadi, shundan keyin ular tizimingizdan avtomatik tazrda o‘chiriladi.

11.3 Yana kimlar cookie fayllarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega

Qurilmangizga joylashtirilgan cookie fayllari yordamiga to‘plangan Shaxsiy ma’lumotlar Yandex va/yoki ushbu Siyosatning 7-bo‘limida ko‘rsatilgan uchunchi shaxslarga berilishi va ular tomonidan foydalanilishi mumkin. Shaxsiy ma’lumotlardan reklama maqsadlarida (agar shundaylari bo‘lsa) Saytlardan tashqarida foydalanish uchunchi shaxslarning veb-saytlarida mavjud bo‘lgan alohida foydalanuvchi kelishuvlarining mavzusi bo‘lishi mumkin. Yandex va/yoki uchinchi shaxslar Sizga yana bunday mahsulotlar va takliflarga qo‘llaniluvchi qonunchilik va qoidalarning tartibga solish mavzusi bo‘lishi mumkin bo‘lgan reklamani shaxsiylashtirishni rad qilish imkoniyatini ham taqdim etishlari mumkin.

Birinchi marta Saytlarga tashrif buyurganingizda cookie fayllaridan foydalanilishiga Sizning roziligingiz so‘ralishi mumkin. Agar cookie fayllaridan foydalanilishini ma’qullaganingizdan keyin o‘z qaroringizni o‘zgartirishni xohlasangiz, Siz buni brauzeringizda saqlanayotgan cookie fayllarini o‘chirgan holda qilishingiz mumkin (odatda buni brauzer sozlamalarida bajarish mumkin — brauzer bilan ishlab bo‘yicha qo‘llanmaga yoki uning ishlab chiquvchisining saytiga murojaat qiling). Shundan keyin Sizning roziligingizni so‘rovchi suzuvchi oyna yana ko‘rsatilishi mumkin va Siz boshqacha tanlov qilishingiz mumkin. Agar Siz cookie fayllaridan foydalanilishini rad qilsangiz, bu Saytning ayrim funksiyalaridan foydalana olmasligingizga olib kelishi mumkin va bu Sizning Saytlardan foydalanishingizga ta’sir qiladi. Siz yana barcha cookie fayllarini yoki ma’lum saytlar, jumladan Yandex Saytlaridan cookie fayllarini sukut bo‘yicha qabul qilish yoki rad qilish uchun brauzeringiz sozlamalarini o‘zgartirishingiz ham mumkin. Agar Siz Yandex Saytlaridan birida cookie fayllaridan foydalanilishini ma’qullagan bo‘lsangiz, biz barcha Saytlarda cookie fayllaridan foydalanilishi Siz tomoningizdan ma’qullandi, deb hisoblaymiz.

Yandex yana quyidagi maqsadlar uchun qurilmangizga joylashtirilgan cookie fayllariga kirish maqsadida veb-mayoqlardan (pikselli teglardan) ham foydalanishi mumkin:

(i) qurilmangizda saqlanayotgan cookie fayllariga kirish va ulardan foydalanish yo‘li bilan Saytlardagi va Servislardan foydalanish jarayonidagi Sizning harakatlaringizni aniqash;

(ii) Saytlar, Servislar yoki Yandex mahsulotlari, utilitalari va takliflarining ishi bilan bog‘liq bo‘lgan statistik ma’lumotlarni to‘plash.

12. Ushbu Siyosatni yangilash

Ushbu Siyosatgan o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Yandex o‘z ixtiyoriga ko‘ra, jumladan tegishli o‘zgarishlar qo‘llaniluvchi qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda hamda tegishli o‘zgarishlar Saytlar va Servislarning ishlashidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda (biroq faqat bular bilan cheklanib qolmagan holda) o‘zgarishlar kiritish huquqiga ega.

Yandex Sizni xabardor qilmasdan turib ushbu Siyosat tomonidan o‘rnatilgan huquqlaringizga sezilarli o‘zgarishlar kiritmaslik, qo‘shimcha yuklanishlar yoki cheklanishlar solmaslik majburiyatini oladi. Sizga bunday o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar qilinadi. Bunday bildirishnomalar bunday o‘zgarishlar kuchga kirgunicha Saytda yoki Servislarda aks ettirilishi (masalan, suzuvchi oyna yoki banner orqali) yoki boshqa aloqa kanallari orqali (masalan, agar Siz kontakt ma’lumotlaringizni taqdim etgan bo‘lsangiz, elektron pochta orqali) Sizga yuborilishi mumkin.

13. Savollar va takliflar

Yandex ushbu Siyosatning bajarilishi yoki unga kiritilgan o‘zgarishlarga oid bo‘lgan savollaringiz va takliflaringizni bajonidil qabul qiladi. https://yandex.ru/support/common/troubleshooting/main.html manziliga joylashtirilgan teskari aloqa shaklimizdan foydalaning. Siz bu manzildan yana huquqlaringizni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovlar yoki Shaxsiy ma’lumotlaringizning noto‘g‘riligi yoki ularning qayta ishlanishining noqonuniyligiga oid shikoyatlarni yuborish uchun ham foydalanishingiz mumkin.

 

Chop qilish sanasi: 19.10.2020

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/confidential/15082019

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/confidential/15072019

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/confidential/12022019

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/confidential/04042018