Yandex.Maps servisidan foydalanish shartlari

Bu hujjat quyidagi manzilda joylashtirilgan hujjatning rus tiliga (o'zbek tiliga) tarjimasi bo‘lib hisoblanadi: https://yandex.ru/legal/maps_termsofuse, Mazkur hujjatning rus tilidagi versiyasi bilan ushbu tarjima orasida qarama-qarshiliklar bo‘lsa, faqat rus tilidagi versiyasi ustun yuridik kuchga ega bo'ladi. Ushbu hujjatning faqat https://yandex.ru/legal/maps_termsofuse manzili bo'yicha joylashgan versiyasi yuridik jihatdan majburiy bo‘lib hisoblanadi

1. Umumiy qoidalar

1.1. “YANDEX” MChJ (bundan buyon “Yandex”) Internet tarmog‘idan Foydalanuvchiga (bundan keyin - Foydalanuvchi) – quyidagi manzil orqali kirish mumkin bo'lgan Yandex.Maps servisidan foydalanishni taklif qiladi. http://maps.yandex.ru/(bundan buyon -"Servis").

1.2. Ushbu shartlar Yandex servislaridan Foydalanuvchi shartnomasiga Servisdan foydalanish tartibiga taalluqli qo'shimcha hisoblanadi. Ushbu shartlarda ko'zda tutilmagan barcha hollarda Yandex va foydalanuvchi orasidagi Servisdan foydalanish bilan bog'liq munosabatlar Yandex servislarining foydalanuvchi shartnomasi (https://yandex.uz/legal/rules), shuningdek Yandex qidiruv tizimidan foydalanish uchun litsenziya (https://yandex.uz/legal/termsofuse), Maxfiylik siyosati (https://yandex.uz/legal/confidential) bilan tartibga solinadi.

1.3. Servisdan/ uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlar ekan Foydalanuvchi ushbu Shartlarni, shuningdek yuqorida ko'rsatilgan barcha hujjatlarning shartlarini to'liq, hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz va istisnolarsiz qabul qilgan hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi ko'rsatilgan hujjatlarning qoidalaridan biriga rozi bo'lmasa, Foydalanuvchi Servisdan foydalanishga haqli emas.

1.4. Ushbu shartlar Yandex tomonidan hech qanday maxsus xabarnomasiz o'zgartirilishi mumkin, Shartlarning yangi tahriri, agar ushbu Shartning yangi tahririda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu xatboshida ko'rsatilgan manzil bo'yicha Internetda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Shartlarning amaldagi tahriri har doim quyidagi sahifada joylashgan bo'ladi: https://yandex.uz/legal/maps_termsofuse.

1.5. Agar Yandex ushbu Shartlarning 1.4. bandida ko'rsatilgan tartibda ushbu Shartlarga Foydalanuvchi rozi bo'lmagan o'zgartirishlarni kiritgan bo'lsa, u Servisdan foydalanishni to'xtatish kerak.

1.6. Servis Foydalanuvchiga dolzarb kartografiya va boshqa ma'lumot beradigan axborotdan bepul foydalanish imkonini taqdim etadi. Servisning barcha mavjud funksiyalari, shuningdek, har qanday rivojlantirish va / yoki yangilarini qo'shish, ushbu shartlarning mavzusi bo'lib hisoblanadi.

1.7. Servisdan foydalanar ekan Foydalanuvchi axborot va reklama xususiyatiga ega xabarlarini olishga rozilik beradi. Foydalanuvchi Servisning tegishli funksionalidan foydalangan holda yoki olingan reklama xabarida ko'rsatib o'tilgan ko'rsatmalarga rioya etgan holda, reklama xususiyatiga ega xabarlarni olishdan voz kechish huquqiga ega.

2. Servisdan foydalanish Servisning alohida funksiyalari

2.1. Servis Foydalanuvchiga xaritalarga mustaqil ravishda va o'z tanlovi bo'yicha foydalanuvchilarga lozim axborotni, shu jumladan belgilar, ishoralar, matnli imzolar, xabarlar va boshqalarni kiritishga fuknsional imkoniyatni tqadim etadi (bundan keyin "Foydalanuvchi obyektlari" deb yuritiladi). Foydalanuvchi obyektlarini tushirish boshlang'ich ma'lumotlarni o'zgartirmaydi va faqat foydalanuvchi Servisdan qulay foydalanishi uchun ruxsat etiladi. Foydalanuvchida Internet tamog'ida Foydalanuvchilarning obyektlariga havolalarni yaratish, saqlash va erkin tarzda joylashtirishga haqli. Foydalanuvchilarning obyektlariga havolalar shuningdek Servisning boshqa foydalanuvchilari tomonidan ham tarqatilishi mumkin.

2.2. Foydalanuvchi Foydalanuvchilar ob'ektlarini joylashtirish yerini tanlash, qo'shilgan Foydalanuvchilar ob'ektlari tavsifining mazmuni, to'liqligi, to'g'riligi va ishonchliligi, qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan barcha xavf va mas'uliyatni mustaqil ravishda va to'liq o'z zimmasiga oladi. Yandex har qanday Foydalanuvchi obyektining belgilanisi va tavsifi uchun hech qanday javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi, har qanday Foydalanuvchi obyekti tavsifining qonun hujjatlariga muvofiqligi, to'g'riligi va ishonchliligini tasdiqlamaydi yoki rad etmaydi. Yandex har qanday Foydalanuvchi obyektini yoki Foydalanuvchi ob'ektlari majmuini ogohlantirmagan holda va o'z ixtiyori bilan, agar uning tavsifidagi axborot Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlariga zid bo'lsa, normaga nomuvofiq leksikani o'z ichiga olsa, shuningdek Foydalanuvchi ob'ektlarining belgisi va/ yoki tavsifi va/yoki Foydalanuvchi ob'ektlariga havolalarni tarqatish ushbu Shartlarni, Yandexning boshqa servislaridan foydalanish qoidalarini yoki ushbu Shartlarning 1.2. bandida ko'rsatilgan hujjatlarning qoidalarini buzadigan bo'lsa, shuningdek Yandexning, servisdan foydalanuvchilarning, boshqa uchinchi shaxslarning manfaatlarinin hmoya qilish maqsadida o'chirish huquqinin o'zida saqlab qoladi.

2.3. Servis foydalanuvchiga kodni olish vaqtida, uning veb-saytiga, blogiga, mobil ilovasiga qo'yishi uchun karta kodini olish uchun funksional imkoniyat taqdim etadi. Ushbu funksiyani foydalanuvchi faqat cheksiz ko'p shaxslar tomonidan bepul ochiq foydalanish uchun ochiq saytlar yoki mobil ilovalar doirasida foydalanish mumkin. Funksiyani to'lovni talab qiladigan yoki uchinchi shaxslarning ularga kirishini cheklaydigan loyihalar uchun ishlatish mumkin emas. Ro'yxatdan o'tish zaruriyati ushbu bandga muvofiq foydalanishning cheklanishi deb hisoblanmaydi.

2.4. Servis Foydalanuvchiga xaritalarda jo'nash nuqtasidan Foydalanuvchi ko'rsatgan borish manziligacha yo'l variantini ko'rsatadigan marshrutlarni avtomatik ravishda tuzish uchun funksional imkoniyatni taqdim etadi (bundan buyon- "Marshrut"). Marshrutlarni tuzish boshlang'ich ma'lumotlarni o'zgartirmaydi va faqat Foydalanuvchining Servisdan foydalanishi qulay bo'lishi uchun foydalaniladi.

Foydalanuvchi Yo'nalish tanlagani va tanlagan Yo'nalish bo'yicha yurish bilan bog'liq barcha xavflar va javobgarlikni to'liq o'z zimmasiga oladi. Yandex Yo'nalishlarning to'g'riligi, qulayligi, muhimligi va/yoki Yo'l harakati qoidalariga muvofiqligini kafolatlamaydi va Foydalanuvchi tanlagan marshrut uchun va shu yo'nalish bo'ylab yurish uchun javobgar bo'lmaydi. Foydalanuvchi yo'nalishni tanlashdan oldin va undan foydalanish paytida foydalanuvchi hushyorlik va ehtiyotkorlik choralarini ko'rishi kerak.

2.5. Servis yo'llardagi tirbandlikning hozirgi darajasi, tirbandlikning qisqa muddatli prognozi, shuningdek kun davomida o'rtacha tirbandlik haqidagi axborotni (bundan keyin Yandex.Tirbandlik servisi) o'z ichiga olishi mumkin.

Yandex.Tirbandlik Servisida erkin foydalanish mumkin bo'lgan axborot anonim ma'lumotlarning tahlili asosida olingan va faqat ma'lumot xususiyatiga ega.

Servisda foydalaniladigan yo'llar tirbandligi darajasining rangli tasviri yo'lning holati, undan erkin foydalanish imkoniyati, haqiqiy ishlashi va o'tkaza olish qobiliyatini ko'rsatmaydi va faqat hozirgi vaqtda yo'l tirbandligi taxminiy darajasining ko'rsatkichi (yashil — bo'sh, sariq — o'rtacha tirbandlik, qizil — yuqori tirbandlik) bo'lib hisoblanadi.

2.6. Servis ma’lum joy xaritasida jamoatchilik transporti harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qidirish va ko‘rish (bundan buyon – «Transport» Rejimi) funksional imkoniyatini taqdim etishi mumkin. «Transport» Rejimidan foydalanganda aks ettiriladigan ma’lumotlar Servis hamkorlari tomonidan taqdim etilgan va/yoki ochiq ommaviy manbalardan olingan va ular ma’lumot berish xususiyatiga ega, taqdim etilayotgan ma’lumotlar, jumladan jamoatchilik transportining marshrutlari va yo‘nalishlari, transportning qatnov jadvali hamda xaritaning ma’lum nuqtasida jamoatchilik transportining bo‘lishining aniqligi, dolzarbligi va ishonchliligi uchun Yandeks javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

2.7. Servisda intellektual mulk ob'ektlaridan foydalaniladi, ularga mulkchilik huquqi tegishli huquq egalariga tegishli bo'ladi, shuningdek servisda ularning egalari taqdim etgan axborotdan foydalaniladi. Huquq egalari va axborot egalarining to'liq ro'yxati ushbu Shartnomaning 5-bandida keltirilgan.

3. Yandex.Business funksiyasidan foydalanish

3.1. Servis Foydalanuvchiga Servisda aks etadigan manzillar (bundan buyon matnda "Yandex.Business") bo'yicha joylashgan tashkilotlar haqida axborotni, shu jumladan manzil, nom haqidagi ma'lumotlar, aloqa ma'lumotlari, ishlash tartibi, ko'rsatiladigan xizmatlar / sotiladigan mahsulotlar va Foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini joylashtirish, ko'rib chiqish va izlash uchun funksional imkoniyatni taqdim etadi. Yandex.Business va uning bo'limlaridan foydalanish Yandex.Business servisidan foydalanish Shartlarida amalga oshiriladi: https://yandex.ru/legal/clients_termsofuse>.

Yandex.Business funksionalligii Foydalanuvchi joylashgan mintaqaga/mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.

3.2.–3.7. Kuchini yi'qotgan (yangi tahrirdagi bandlar Shartlarning 3.1-bandida ko'rsatilgan manzil bo'yicha chop etilgan).

4. Boshqa qoidalar

4.1. Yandex, Servisda taqdim etilgan axborotning (shu jumladan, Foydalanuvchi obyektlari va Yandex.Business, Yandex.Tirbandliklar servisining va boshqa axborot) qandaydir hajmda va/yoki qandaydir muddat mobaynida, shu jumladan Servisni rivojlantirish yoki o'zgartirish sababli ma'lumotlar o'zgargan taqdirda saqlanishini kafolatlamaydi.

4.2. Servis axboroti Yandex tomonidan boshqa Yandex servislari va dasturlarida, shuningdek Internet tarmog'idagi Yandex resurslarida joylashtirilgan reklama yoki marketing materiallarida boshqa foydalanuvchilarning e'tiborini Servisning mazmuniga, umuman Servisga yoki Yandexning boshqa dasturlari va servislariga, uchinchi shaxslarning tovarlari, ishlari va xizmatlariga, axborot muallifini ko'rsatgan holda (bu yerda muallifning nomi sifatida Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tayotgan paytda yoki Servisning tegishli bo'limidagi ma'lumotlarining sozlashlarida ko'rsatgan nomi (taxallusi) ko'rsatiladi), yoki ko'rsatmasdan ham, Foydalanuvchining maxsus ruxsatini olish va mualliflik haqini to'lash zaruratisiz, Yandex tomonidan uchinchi shaxslarga ko'rsatilgan reklama yoki marketing materiallarida foydalanish uchun axborotdan foydalanish huquqini berish huquqi bilan, jalb qilish uchun ishlatilishi mumkin. Bunda, Foydalanuvchi Yandex Servisdagi Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan axborotni ko'rishi shart emasligini tan oladi va rozi bo'ladi. Agar Foydalanuvchi Yandexga qandaydir axborotdan shu tarzda foydalanish huquqini berishga haqli bo'lmasa, u bunday axborotni joylashtirishdan bosh tortishi shart.

4.3. Yandex o'z xohishiga ko'ra, Foydalanuvchining qayd yozuvidan foydalanib, uning Servisga (yoki Servisning muayyan funksiyalariga, agar texnologik jihatdan mumkin bo'lsa) kirishini cheklash yoki Shartlar qayta-qayta buzilgan hollarda Foydalanuvchining qayd yozuini bloklab qo'yish yoki qonun hujjatlarining talablari yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga amal qilish maqsadida Foydalanuvchiga nisbatan boshqa choralarni ko'rish huquqini o'zida saqlab qoladi.

4.4. Servisdan foydalanish chog'ida Foydalanuvchi Servisning maxsus aloqa shaklida tegishli ma'lumotlarni ko'rsatga holda Servisda joylashtirilgan axborotning noto'g'riligi (noto'g'ri nom, xaritadagi holati, ma'lumotlarning dolzarb emasligi, obyektni o'chirish zarurligi) haqida xabar berishi mumkin. Ushbu funksional imkoniyatdan foydalanganda Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan xabarning mazmuni hammabop bo'lib qoladi va bunday servisning ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilarining xabar qilingan axborotning ishonchliligi va dolzarbligi haqidagi bahosini olish maqsadida Yandex.People’s Map servisida (https://n.maps.yandex.ru) ochiq joylashtiriladi. Xabarni yuborayotganda, Foydalanuvchi o'zi to'ldirgan xabar shaklining chop etilishiga roziligini ifodalaydi. Foydalanuvchi xabarda Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlarida kirish cheklangan axborot jumlasiga kiritilgan axborotni, shu jumladan o'zining shaxsiy ma'lumotlarini, uchinchi shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini, shuningdek tarqatilishi taqiqlangan axborotni ko'rsatmaslik majburiyatini o'z zimmasiga oladi.

4.5. Servisda foydalaniladigan har qanday ma'lumot faqat shaxsiy notijorat maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljallangan. Shu bilan bir vaqtda, huquq egasining oldindan yozma ruxsatisiz Ma'lumotlardan har qanday nusxa ko'chirish, ularni qayta ishlab chiqarish, Internet tarmog'ida jamoatchilikka tarqatish (chop etish), ommaviy axborot vositalarida va / yoki tijorat maqsadlarida har qanday foydalanish taqiqlanadi, servisning funksional imkoniyatlari, ushbu Shartlar, boshqa Yandex servislaridan foydalanish shartlari yoki ushbu Shartlarning 1.2-bandida ko'rsatilgan hujjatlarda tog'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

4.6. Servisda taqdim etilgan axborot ma'lumot xususiyatiga ega. Yandex, Servis, Servisdan foydalangan holda olingan har qanday mahsulot, xizmat, axborotning sifati Foydalanuvchining talablariga muvofiqligiga / muvofiq bo'lishiga, shuningdek Servisning funksiyalari uzluksiz, tez, ishonchli tarzda va xatosiz taqdim etilishiga kafolat bermaydi.

Yandex Servisdan foydalangan holda olinishi mumkin bo'lgan axborotning aniqligi, dolzarbligi, to'liqligi yoki ishonchliligiga kafolat bermaydi. Servis axboroti biron-bir maqsadda yoki biron-bir sifatda foydalanish uchun mo'ljallanmagan (masalan, yuridik ahamiyatga ega bo'lgan qarorlarni qabul qilishda dalil sifatida qandaydir faktlarni aniqlash va/yoki tasdiqlash, ma'lumotnomalar berish va aniq hisob-kitoblar, tadqiqotlar o'tkazish, rasmiy nomlar to'g'risida aniq koordinatalar va axborot olish, ob'ektlar yoki hududlarning maqomi bo'yicha pozitsiyani aniqlash va boshqalar).

5. Huquq egalari va axborotga egalik qiluvchilari to'g'risida ma'lumot:

Huquq egalari va foydalaniladigan axborotga egalik qiluvchilar ro'yxati bilan quyidagi manzil bo'yicha tanishishingiz mumkin: https://yandex.ru/legal/right_holders

Chop etilgan sana: 23.06.2021

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/maps_termsofuse/26082020

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/maps_termsofuse/28052020

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/maps_termsofuse/17042020

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/maps_termsofuse/12032020

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/maps_termsofuse/31072019

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/maps_termsofuse/14032018