Yandex.Maps servisidan foydalanish shartlari

Bu hujjat quyidagi manzilda joylashtirilgan hujjatning rus tiliga (o'zbek tiliga) tarjimasi bo‘lib hisoblanadi: https://yandex.ru/legal/maps_termsofuse, Mazkur hujjatning rus tilidagi versiyasi bilan ushbu tarjima orasida qarama-qarshiliklar bo‘lsa, faqat rus tilidagi versiyasi ustun yuridik kuchga ega bo'ladi. Ushbu hujjatning faqat https://yandex.ru/legal/maps_termsofuse manzili bo'yicha joylashgan versiyasi yuridik jihatdan majburiy bo‘lib hisoblanadi

1. Umumiy qoidalar

1.1. “YANDEX” MChJ (bundan buyon “Yandex”) Internet tarmog‘idan Foydalanuvchiga (bundan keyin - Foydalanuvchi) – quyidagi manzil orqali kirish mumkin bo'lgan Yandex.Maps servisidan foydalanishni taklif qiladi. http://maps.yandex.ru/(bundan buyon -"Servis").

1.2. Ushbu shartlar Yandex servislaridan Foydalanuvchi shartnomasiga Servisdan foydalanish tartibiga taalluqli qo'shimcha hisoblanadi. Ushbu shartlarda ko'zda tutilmagan barcha hollarda Yandex va foydalanuvchi orasidagi Servisdan foydalanish bilan bog'liq munosabatlar Yandex servislarining foydalanuvchi shartnomasi (https://yandex.uz/legal/rules), shuningdek Yandex qidiruv tizimidan foydalanish uchun litsenziya (https://yandex.uz/legal/termsofuse), Maxfiylik siyosati (https://yandex.uz/legal/confidential) bilan tartibga solinadi.

1.3. Servisdan/ uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlar ekan Foydalanuvchi ushbu Shartlarni, shuningdek yuqorida ko'rsatilgan barcha hujjatlarning shartlarini to'liq, hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz va istisnolarsiz qabul qilgan hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi ko'rsatilgan hujjatlarning qoidalaridan biriga rozi bo'lmasa, Foydalanuvchi Servisdan foydalanishga haqli emas.

1.4. Ushbu shartlar Yandex tomonidan hech qanday maxsus xabarnomasiz o'zgartirilishi mumkin, Shartlarning yangi tahriri, agar ushbu Shartning yangi tahririda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu xatboshida ko'rsatilgan manzil bo'yicha Internetda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Shartlarning amaldagi tahriri har doim quyidagi sahifada joylashgan bo'ladi: https://yandex.uz/legal/maps_termsofuse.

1.5. Agar Yandex ushbu Shartlarning 1.4. bandida ko'rsatilgan tartibda ushbu Shartlarga Foydalanuvchi rozi bo'lmagan o'zgartirishlarni kiritgan bo'lsa, u Servisdan foydalanishni to'xtatish kerak.

1.6. Servis Foydalanuvchiga dolzarb kartografiya va boshqa ma'lumot beradigan axborotdan bepul foydalanish imkonini taqdim etadi. Servisning barcha mavjud funksiyalari, shuningdek, har qanday rivojlantirish va / yoki yangilarini qo'shish, ushbu shartlarning mavzusi bo'lib hisoblanadi.

1.7. Servisdan foydalanar ekan Foydalanuvchi axborot va reklama xususiyatiga ega xabarlarini olishga rozilik beradi. Foydalanuvchi Servisning tegishli funksionalidan foydalangan holda yoki olingan reklama xabarida ko'rsatib o'tilgan ko'rsatmalarga rioya etgan holda, reklama xususiyatiga ega xabarlarni olishdan voz kechish huquqiga ega.

2. Servisdan foydalanish Servisning alohida funksiyalari

2.1. Servis Foydalanuvchiga xaritalarga mustaqil ravishda va o'z tanlovi bo'yicha foydalanuvchilarga lozim axborotni, shu jumladan belgilar, ishoralar, matnli imzolar, xabarlar va boshqalarni kiritishga fuknsional imkoniyatni tqadim etadi (bundan keyin "Foydalanuvchi obyektlari" deb yuritiladi). Foydalanuvchi obyektlarini tushirish boshlang'ich ma'lumotlarni o'zgartirmaydi va faqat foydalanuvchi Servisdan qulay foydalanishi uchun ruxsat etiladi. Foydalanuvchida Internet tamog'ida Foydalanuvchilarning obyektlariga havolalarni yaratish, saqlash va erkin tarzda joylashtirishga haqli. Foydalanuvchilarning obyektlariga havolalar shuningdek Servisning boshqa foydalanuvchilari tomonidan ham tarqatilishi mumkin.

2.2. Foydalanuvchi Foydalanuvchilar ob'ektlarini joylashtirish yerini tanlash, qo'shilgan Foydalanuvchilar ob'ektlari tavsifining mazmuni, to'liqligi, to'g'riligi va ishonchliligi, qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan barcha xavf va mas'uliyatni mustaqil ravishda va to'liq o'z zimmasiga oladi. Yandex har qanday Foydalanuvchi obyektining belgilanisi va tavsifi uchun hech qanday javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi, har qanday Foydalanuvchi obyekti tavsifining qonun hujjatlariga muvofiqligi, to'g'riligi va ishonchliligini tasdiqlamaydi yoki rad etmaydi. Yandex har qanday Foydalanuvchi obyektini yoki Foydalanuvchi ob'ektlari majmuini ogohlantirmagan holda va o'z ixtiyori bilan, agar uning tavsifidagi axborot Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlariga zid bo'lsa, normaga nomuvofiq leksikani o'z ichiga olsa, shuningdek Foydalanuvchi ob'ektlarining belgisi va/ yoki tavsifi va/yoki Foydalanuvchi ob'ektlariga havolalarni tarqatish ushbu Shartlarni, Yandexning boshqa servislaridan foydalanish qoidalarini yoki ushbu Shartlarning 1.2. bandida ko'rsatilgan hujjatlarning qoidalarini buzadigan bo'lsa, shuningdek Yandexning, servisdan foydalanuvchilarning, boshqa uchinchi shaxslarning manfaatlarinin hmoya qilish maqsadida o'chirish huquqinin o'zida saqlab qoladi.

2.3. Servis foydalanuvchiga kodni olish vaqtida, uning veb-saytiga, blogiga, mobil ilovasiga qo'yishi uchun karta kodini olish uchun funksional imkoniyat taqdim etadi. Ushbu funksiyani foydalanuvchi faqat cheksiz ko'p shaxslar tomonidan bepul ochiq foydalanish uchun ochiq saytlar yoki mobil ilovalar doirasida foydalanish mumkin. Funksiyani to'lovni talab qiladigan yoki uchinchi shaxslarning ularga kirishini cheklaydigan loyihalar uchun ishlatish mumkin emas. Ro'yxatdan o'tish zaruriyati ushbu bandga muvofiq foydalanishning cheklanishi deb hisoblanmaydi.

2.4. Servis Foydalanuvchiga xaritalarda jo'nash nuqtasidan Foydalanuvchi ko'rsatgan borish manziligacha yo'l variantini ko'rsatadigan marshrutlarni avtomatik ravishda tuzish uchun funksional imkoniyatni taqdim etadi (bundan buyon- "Marshrut"). Marshrutlarni tuzish boshlang'ich ma'lumotlarni o'zgartirmaydi va faqat Foydalanuvchining Servisdan foydalanishi qulay bo'lishi uchun foydalaniladi.

2.5. Foydalanuvchi Marshrut tanlagani va tanlagan Marshrut bilan yurish xavfi va javobgarligini o'z zimmasiga oladi. Yandex Marshrutlarning to'g'riligi, qulayligi, muhimligi va / yoki Yo'l harakati qoidalariga muvofiqligini kafolatlamaydi va Foydalanuvchi tanlagan marshrut uchun va shu marshrut bo'ylab borish uchun javobgar bo'lmaydi.

2.6. Servisda intellektual mulk ob'ektlaridan foydalaniladi, ularga mulkchilik huquqi tegishli huquq egalariga tegishli bo'ladi, shuningdek servisda ularning egalari taqdim etgan axborotdan foydalaniladi. Huquq egalari va axborot egalarining to'liq ro'yxati ushbu Shartnomaning 5-bandida keltirilgan.

3. Yandex.Directory funksiyasidan foydalanish

3.1. Servis Foydalanuvchiga Servisda aks etadigan manzillar (bundan buyon matnda "Yandex.Directory") bo'yicha joylashgan tashkilotlar haqida axborotni, shu jumladan manzil, nom haqidagi ma'lumotlar, aloqa ma'lumotlari, ishlash tartibi, ko'rsatiladigan xizmatlar / sotiladigan mahsulotlar (bundan buyon "Tashkilot ma'lumotlari") va Foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini joylashtirish, ko'rib chiqish va qidirish uchun funksional imkoniyat taqdim etadi.

3.2. Yandex.Directory Servisning hamkorlari tomonidan taqdim etilgan tashkilotlar haqidagi axborot, Servis ma'muriyati tomonidan joylashtirilgan ma'lumotlar, shuningdek, Foydalanuvchilar tomonidan Ushbu shartlarning 3.5-3.7.bandlarida ko'rsatilgan shartlarda joylashtirilgan ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

Yandex istalgan vaqtda Servisga joylashtirilgan ma’lumotlarning aniqligining tasdig‘ini va/yoki Servis tashkiloti kartochkalarini boshqarish huquqini amalga oshiruvchi shaxsning tashkilot faoliyatiga tegishli ekanligining tasdig‘ini so‘rash huquqini (biroq majburiyat emas) o‘zida saqlab qoladi.

3.3. Yandex.Directory da ko'rsatilgan axborot faqat ma'lumot xususiyatiga ega. Yandex.Directory da ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligi, aniqligi va ishonchliligi uchun, shuningdek, ko'rsatilgan narxlarning ma'lumotlari Yandex.Directory da joylashtirilgan Tashkilotga Foydalanuvchi tovar sotib olish/ xizmat ko'rsatilishi uchun murojaat etgan payda o'rnatilgan haqiqiy narxlarga muvofiqligi uchun Yandex javobgar bo'lmaydi. Yandex Foydalanuvchi va ma'lumotlari Yandex.Directory da joylashtirilgan tashkilot orasida o'rnatiladigan huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo'lib hisoblanmaydi va uning sotadigan tovarlar yoki xizmatlarning sifati uchun javobgar bo'lmaydi.

3.4. Yandex.Directory da ko'rsatilgan ma'lumotlarni Servisning boshqa foydalanuvchilari (tashkilot haqida mulohazalar bundan mtasno) erkin ko/rib chiqishi va tahrir qilishi mumkin. Foydalanuvchilar tomonidan kiritilgan o'zgartirishlar va shuningdek, tashkilotning ma'lumotlari uchinchi shaxslar tomonidan foydalanganligi uchun Yandex javobgar bo'lmaydi.

3.5. Tashkilotning ma'lumotlarini Foydalanuvchi Servisda https://yandex.ru/support/sprav/add-company/info-terms.html da chop etilgan shartlarda joylashtirishi mumkin. Yandex Foydalanuvchiga xabar bermasdan va sabablarini tushuntirmasdan tashkilotning ma'lumotlarini joylashtirishga qabul qilmasligi, yoki tashkilotning ma'lumotlarini o'z xohishiga ko'ra istalgan paytda o'chirib tashlashi mumkin.

3.6. Servis Foydalanuvchilarga quyidagi manzilda chop etilgan shartlarda tashkilot haqidagi mulohazalarni chop etish imkoniyatini beradi: https://yandex.ru/support/sprav/manage/reviews.html. Fikr-mulohaza Foydalanuvchining tashkilotning mahsulot / xizmatlari haqidagi sub'yektiv baholashlarini va (yoki) tashkilotga murojaatning aniq bayon etilgan haqiqiy holatlarini o'z ichiga olishi kerak. Yandex fikr-mulohazada bayon etilgan ma'lumotlarning to'g'riligi, dolzarbligi, aniqligi uchun javobgar bo'lmaydi. Tashkilot vakilining shikoyatiga ko'ra, quyidagi manzilda joylashtirilgan fikr-mulohazalarni chop etish qoidalari buzilgan hollarda Servisdan o'chirib yuborilishi mumkin: https://yandex.ru/support/sprav/manage/reviews.html.

3.7. Tashkilotning ma'lumotlarini Servisga mustaqil ravishda joylashtirgan Foydalanuvchi, taqdim etilgan ma'lumotlarning mazmuni, uning qonun hujjatlariga muvofiqligi, to'liqligi, to'g'riligi va ishonchliligi uchun barcha xavf va mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi. Yandex, Foydalanuvchi tomonidan haqiqatga mos kelmaydigan, muhim emas, uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan Tashkilot ma'lumotlarini(shu jumladan vijdonsiz maqsadlar uchun) joylashtirganligi uchun javobgar bo'lmaydi, shuningdek tashkilotning Ma'lumotlari qonun hujjalariga muvofiqligi, to'g'riligi va ishonchliligini tasdiqlamaydi va rad ham etmaydi.

4. Boshqa qoidalar

4.1. Yandex, Servisda taqdim etilgan ma'lumotlarning, shu jumladan, Foydalanuvchi obyektlari va tashkilot Ma'lumotlarining (bundan buyon - Ma'lumotlar) qandaydir hajmda va/yoki qandaydir muddat mobaynida, shu jumladan Servisni rivojlantirish yoki o'zgartirish sababli ma'lumotlar o'zgargan taqdirda saqlanishini kafolatmlamaydi.

4.2. Servis ma'lumotlari Yandex tomonidan Yandexning bohqa servislari va ilovalarida, shuningdek Internet tarmog'ida Yandex resurslarida joylashtiriladigan reklama va marketing materiallarida boshqa foydalanuvchilarning diqqatini Ma'lumotlarga, umuman olganda Servisga yoki Yandexning boshqa ilovalari va servislariga, uchinchi shaxslarning mahsulotlari, ishlari va xizmatlariga, Ma'lumotlarning muallifini (bunda muallifning nomi sifatida Foydalanuvchining, ro'yxatdao'tish paytida yoki Servisning tegishli bo'limidagi o'z ma'lumotlarini sozlashlarda ko'rsatgan nomi (taxallusi) ko'rsatiladi) ko'rsatgan holda, yoki busiz ham, Foydalanuvchining maxsus ruxsatini olish zaruratisiz va mualliflik haqini to'lamasdan, Yandexning bunday Ma'lumotlardan foydalanish huquqini uchinchi shaxslarga ko'rsatilgan reklama yoki marketing materillarida foydalanishlari uchun taqdim etish huquqi bilan tortish uchun foydalanilishi mumkin. Bunda, Foydalanuvchi Yandex bunday Ma'lumotlarni ko'rishi shart emasligi va ko'rsatilgan usullar bilan ulardan ko'rsatilgan maqsadlarda foydalanish dasturiy vositalar yordamida avtomatik ravishda amalga oshirilishi mumkinligini tan oladi. Agar Foydalanuvchi Yandexga qandaydir Ma'lumotlarni shu tarzda foydalanish huquqini berishga haqli bo'lmasa, u bunday Ma'lumotlarni joylashtirishdan bosh tortishi shart.

4.3. Yandex o'z xohishiga ko'ra, Foydalanuvchining qayd yozuvidan foydalanib, uning Servisga (yoki Servisning muayyan funksiyalariga, agar texnologik jihatdan mumkin bo'lsa) kirishini cheklash yoki Shartlar qayta-qayta buzilgan hollarda Foydalanuvchining qayd yozuini bloklab qo'yish yoki qonun hujjatlarining talablari yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga amal qilish maqsadida Foydalanuvchiga nisbatan boshqa choralarni ko'rish huquqini o'zida saqlab qoladi.

4.4. Servisdan foydalanish chog'ida Foydalanuvchi Servisning maxsus aloqa shaklida tegishli ma'lumotlarni ko'rsatga holda Servisda joylashtirilgan axborotning noto'g'riligi (noto'g'ri nom, xaritadagi holati, ma'lumotlarning dolzarb emasligi, obyektni o'chirish zarurligi) haqida xabar berishi mumkin. Ushbu funksional imkoniyatdan foydalanganda Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan xabarning mazmuni hammabop bo'lib qoladi va bunday servisning ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilarining xabar qilingan axborotning ishonchliligi va dolzarbligi haqidagi bahosini olish maqsadida Yandex.People’s Map servisida (https://n.maps.yandex.ru/) ochiq joylashtiriladi. Xabarni yuborayotganda, Foydalanuvchi o'zi to'ldirgan xabar shaklining chop etilishiga roziligini ifodalaydi. Foydalanuvchi xabarda Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlarida kirish cheklangan axborot jumlasiga kiritilgan axborotni, shu jumladan o'zining shaxsiy ma'lumotlarini, uchinchi shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini, shuningdek tarqatilishi taqiqlangan axborotni ko'rsatmaslik majburiyatini o'z zimmasiga oladi.

4.5. Servisda foydalaniladigan har qanday ma'lumot faqat shaxsiy notijorat maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljallangan. Shu bilan bir vaqtda, huquq egasining oldindan yozma ruxsatisiz Ma'lumotlardan har qanday nusxa ko'chirish, ularni qayta ishlab chiqarish, Internet tarmog'ida jamoatchilikka tarqatish (chop etish), ommaviy axborot vositalarida va / yoki tijorat maqsadlarida har qanday foydalanish taqiqlanadi, servisning funksional imkoniyatlari, ushbu Shartlar, boshqa Yandex servislaridan foydalanish shartlari yoki ushbu Shartlarning 1.2-bandida ko'rsatilgan hujjatlarda tog'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

5. Huquq egalari va axborotga egalik qiluvchilari to'g'risida ma'lumot:

Huquq egalari va foydalaniladigan axborotga egalik qiluvchilar ro'yxati bilan quyidagi manzil bo'yicha tanishishingiz mumkin: https://yandex.ru/legal/right_holders

Chop etilgan sana: 31.07.2019

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/rules/14032018