Shartlarni o‘zgartirish haqida tez-tez beriladigan savollar
24-noyabrdan boshlab Biznes uchun Yandex 360 bepul versiyasi endi mavjud emas.
Tashkilotingiz avval bepul versiyadan foydalangan bo‘lsa, 7 kun davomida mavjud tariflardan birini tanlashingiz yoki tomosha rejimida davom etishingiz mumkin.
Nima uchun Yandex 360 pullik xizmatga aylanmoqda?
Ayni damda Yandex 360 — korporativ vazifalarni hal qilish va biznes jarayonlarini tashkil etish uchun barcha xizmatlar jamlangan to‘laqonli onlayn ofisdir. Mahsulot tez rivojlanmoqda — masalan, oxirgi paytda quyidagilar paydo bo‘ldi:
- Alisa Pro bilan matnli hujjatlar muharrirlari,
- mobil Taqvim,
- federatsiyalar va mehmonlar,
- Messenjerdagi biznes vositalari: tredlar, ish joylari va bo‘linmalar chatlari.
Hisob-kitoblarimiz shuni ko‘rsatdiki, mahsulotni qo‘llab-quvvatlash va uni doimiy ravishda takomillashtirish faqat bepul versiyadan voz kechish sharti bilan mumkin.
O‘zgarishlar haqida hech qanday ma’lumot olmadik, bu qachon bo‘larkan?
Mijozlarni asta-sekin va bosqichma-bosqich pullik xizmatdan foydalanishga o‘tkazmoqdamiz. Har bir mijozga birinchi to‘lovni amalga oshirishdan 7 kun oldin pochta orqali xat keladi. Bunday xat olmaguningizcha, Yandex 360 imkoniyatlari siz uchun bepul bo‘lib qoladi.
Pullik foydalanishga o‘tish haqidagi xatni olgandan keyin nima qilish kerak?
- Tariflardan birini tanlang. Qanday tariflar bor
- Tanlangan tarif uchun 7 kun ichida to‘lang. To‘lash tartibi
To‘lamasa nima bo‘ladi?
Xat olgandan keyin Yandex 360 uchun to‘lamasangiz, xizmatlar tomosha rejimida mavjud bo‘lib qoladi. Tashkilotingizning barcha ma’lumotlari saqlanadi, ularga kirish ruxsati sizda bo‘ladi. Masalan, xatlarni Pochta orqali ochish va Disk xizmatidan fayllarni yuklab olish mumkin.
To‘lov amalga oshirilgandan keyin darhol hammasi odatiy ish rejimiga qaytadi.
Yangi qoidalarga istisnolar bormi?
Uch yoki undan kam foydalanuvchisi bo‘lgan tashkilotlarga, shuningdek, notijorat va xayriya tashkilotlariga shartlardagi o‘zgarishlar taalluqli emas. Ularga Biznes uchun Yandex 360 barcha xizmatlari bepulligicha qolmoqda.
Tomosha rejimida yangi ma’lumot qo‘shish imkonisiz bo‘lgan xizmatlarga kirish ruxsati saqlanadi. Bu qanday ishlaydi
Xodimlari Yandex 360 xizmatlarida birgalikda ishlashi mumkin bo‘lgan bir nechta tashkilotlar. Bu qanday ishlaydi
Xodimlaringiz Messenger ish chatlarida muloqot qilishi mumkin bo‘lgan tashqi kontaktlar. Bu qanday ishlaydi
Alisa Pro — matnlarni tezkor tahlil qilish va yaratish, ma’lumotlarni qidirishda yordam berish va boshqa ko‘plab vazifalar uchun.