Federatsiyalar
Bu imkoniyat Kengaytirilgan va Optimal tariflarida mavjud.
Federatsiyaga kiradigan tashkilotlar — bu Yandex 360 for Business’dagi siz doimiy aloqada bo‘ladigan boshqa tashkilotlar, masalan, bir xolding kompaniyalari yoki biznes hamkorlar. Barcha xodimlarga kontaktlar va taqvimlardan umumiy foydalanish imkoniyatini yaratish uchun federatsiyaga tashkilot qo‘shing — shunda ular Taqvimda bir-birlariga uchrashuvlar belgilashlari va Pochtada kontaktlarni tezda topishlari mumkin bo‘ladi.
Administrator yoki Federatsiya menejeri federatsiyadagi tashkilotlarni kiritishi va olib tashlashi mumkin.
Aloqador tashkilotlardagi kontaktlar bilan amallar
Tashkilotni federatsiyaga qo‘shganingizda, xodimlar bir-birlarining kontaktlarini ko‘radilar va quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
Pochtada
- Oluvchilarni qo‘shish;
- Xatlar bo‘yicha qidiruv natijalarida kontaktlarni topish;
- Kontakt kartochkasidagi ma’lumotlarni ko‘rish.
Taqvimda
- Tadbir ishtirokchilarini qo‘shish;
- Muzokaralarni band qilish;
- Kontakt kartochkasidagi ma’lumotlarni ko‘rish.
Aloqador tashkilot qanday kiritiladi
Aloqa o‘rnatish uchun tashkilotlardan biri so‘rov yuborishi, ikkinchisi esa uni qabul qilishi kerak.
So‘rov yuborish
- 
admin.yandex.ru saytiga kiring va Federatsiyalar bandini tanlang. 
- 
Kiritish tugmasini bosing. 
- 
Aloqa o‘rnatmoqchi bo‘lgan tashkilot ID raqamini kiriting. Tashkilot ID qanday aniqlanadiBoshqa tashkilot identifikatorini uning administratoridan bilib olish mumkin — ID tashkilot nomi ostida Umumiy sozlamalar → Tashkilot profili bo‘limida yozilgan.  
- 
So‘rov yuborish ustiga bosing. Administrator so‘rovni qabul qilganda tashkilot qo‘shiladi. 
So‘rovni qabul qilish
- 
Admin.yandex.ru saytiga kiring va Federatsiyalar bandini tanlang. 
- 
Aloqa o‘rnatmoqchi bo‘lgan tashkilot qarshisidagi So‘rovni qabul qilish tugmasini bosing. 
- 
Tasdiqlash uchun Qabul qilish tugmasini bosing. Tashkilot Federatsiyalar bo‘limida chiqadi. 
Agar so‘rov xato kelib tushsa yoki yaroqsiz bo‘lsa, uni rad etishingiz mumkin, buning uchun Rad etish tugmasini bosing.

Bir nechta tashkilotlarni qanday ulash mumkin
Ikkitadan ortiq tashkilotni o‘zaro bog‘lash uchun har bir tashkilot qolganlarini qo‘shishi kerak.
Masalan, xonangizda uchta tashkilot bor: A, B va C. Har uchala tashkilot xodimlari bir-birlarining kontaktlarini ko‘ra olishlari uchun ularni federatsiyaga qo‘shing:
- 
A tashkilotga o‘ting va B va C so‘rovlarini yuboring. 
- 
B tashkilotga o‘ting, A tashkilotdan so‘rovni qabul qiling va C tashkilotga so‘rov yuboring. 
- 
B tashkilotga o‘ting va A va B tashkilotlardan so‘rovlarni qabul qiling. 
Tashkilotni qanday o‘chirish mumkin
Ikki tashkilot o‘rtasidagi aloqa ulardan birining tashabbusi bilan uzilishi mumkin — ikkinchisini tasdiqlash talab qilinmaydi. Shu bilan birga, xodimlar endi Pochta va Taqvimdagi kontaktlar orasida bir-birini ko‘rmaydi. Allaqachon tuzilgan umumiy uchrashuvlar zoe ketmaydi.
- 
Admin.yandex.ru saytiga kiring va Federatsiyalar bandini tanlang. 
- 
Federatsiyadan olib tashlamoqchi bo‘lgan tashkilotingizni belgilang va qator oxirida  belgisini bosing. belgisini bosing.
- 
O‘chirishni tasdiqlang. 
Biznes uchun Yandex 360 platformasida tashkilot sozlamalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan xodim. Administrator huquqini qanday berish kerak
Biznes uchun Yandex 360 platformasida alohida sozlamalar guruhini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan xodim. Masalan, to‘lovlar va tariflar menejerida “To‘lov va tarif” bo‘limiga, xatlar uchun qoidalar menejerida esa “Xatlarni qayta ishlash qoidalari” bo‘limiga ruxsat bor. Menejerning qanday vazifalari mavjud va ularga xodimlarni qanday tayinlash kerak