Ishonchli parol yaratish bo‘yicha tavsiyalar
Yaxshi parol — bu taxmin qilish yoki topish qiyin bo‘lgan parol.
Hisobingizga kirishingiz mumkin bo‘lgan parolni hech qachon hech kimga aytmang. Sizning parolingizni qancha ko‘p odamlar bilishsa, firibgarlar uni bilib olish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.
Murakkab parolni yaratish uchun ishlating:
- 
katta va kichik lotin harflari;
 - 
raqamlar;
 - 
tinish belgilari:
- 
``!@#$%^&*()-_=+[]{};:"|,.<>/?ishlatish mumkin - 
faqat
~va'ga ruxsat berilmaydi. 
 - 
 
Qanday parollar ishonchsiz?
Parol sifatida nima ishlatilmasligi kerak:
- 
Siz boshqa saytlarda yoki ilovalarda foydalanadigan parollar. Agar kimdir, masalan, ijtimoiy tarmoq uchun parolingizni bilib olsa, u nafaqat Yandexga, balki boshqa ijtimoiy tarmoqlarga, pochta xizmatlariga, onlayn-banklarga ham ushbu parol bilan kirishga harakat qiladi.
 - 
Oddiy so‘zlar (
margarita,begemot), shuningdek, topishga oson harflar to‘plami (qwerty,123456). - 
Internetda biror bir joyda ko‘rsatgan bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar: ism, tug‘ilgan kun, pasport raqami va boshqalar. Hatto hech kim bilmaydiganday tuyiladigan onangizning qizlik familiyasi ham ishlatilmasligi kerak.