Yordam xizmati
Siz Yandex ID hisobini registratsiya qilishingiz va sozlashingiz mumkin. U orqali siz Yandex xizmatlarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin — masalan Pochta ochishingiz, Diskdan foydalanishingiz mumkin.
Savolingiz qaysi mavzuga tegishli ekanini tanlang:
Hisob parolini eslay olmayman
Kirishni maxsus sahifada qayta tiklang
-
Kirish huquqini tiklash sahifasiga kiring. Hisobdagi qo‘shimcha maʼlumotlarni ko‘rsatish lozim: telefon raqami, qo‘shimcha pochta manzili yoki nazorat savoliga javob.
Agar hisobingizdagi bu maʼlumotlar eskirgan bo‘lsa (masalan, telefondan foydalanish imkoni bo‘lmasa), kirish huquqini tiklash uchun so‘rovnomani to‘ldiring.
Saqlangan parolni brauzerda yoki qurilma sozlamalarida tekshiring
-
Agar hisobga kirgan qurilmadan foydalanish imkoningiz bo‘lmasa, saqlangan parolni brauzer yoki operatsion tizim sozlamalarida tekshiring.
Yandex Brauzer uchun ko‘rsatmalar
Boshqa brauzerlar, shuningdek, iOS va Android operatsion tizimlari ham parollarni saqlaydi. Ularni qanday ko‘rish mumkinligi haqida brauzer yoki qurilmaning yordam bo‘limida o‘qing.
Parolni mustaqil qayta tiklay olmadim
Ehtimol, sizga Parolni mustaqil tiklolmayapman yoki Parolni tiklash kodi mos ema bo‘limlari yordam berar. Agar muammo hal etilmasa, bizga yozing.
Hisob loginini eslay olmayman
Bizning Yandex Supportdagi tavsiyalarimizdan foydalaning va loginni mustaqil tiklashga urining.
Loginni mustaqil tiklay olmadim
Agar loginni mustaqil tiklay olmasangiz, bizga yozing.
Kirish vaqtida tekshiruvdan o‘tolmayapman — nazorat savoliga javobni eslolmayman
Bunday tekshiruvning ikkita sababi bo‘lishi mumkin — siz yangi qurilmadan kiryapsiz yoki Yandex parolingizni o‘zgartirishni so‘rayapti.
Agar hisobga kirishda foydalanadigan qurilmangiz qolgan bo‘lsa, hisobga tegishli telefon raqamini ulang va SMS orqali kod orqali boshqa qurilmaga kiring. Agar bu qurilma telefon bo‘lsa, kirish uchun QR koddan foydalaning.
Kirish vaqtida tekshiruvdan o‘tolmayapman — yaroqsiz telefon raqami ulangan
Bunday tekshiruvning ikkita sababi bo‘lishi mumkin — siz yangi qurilmadan kiryapsiz yoki Yandex parolingizni o‘zgartirishni so‘rayapti.
Mening mycompany.uz tashkilotim domeniga ega hisob bo‘yicha savol
Ko‘p savollarni hal qilish uchun tashkilotingizning domen administratoriga murojaat qilishingiz kerak. Agar uning kim ekanini bilmasangiz, sizga pochtangiz logini va parolini bergan xodimdan so‘rang.
Agar domen administratori bo‘lsangiz — asosiy savollar bo‘yicha Biznes uchun Yandex 360 Yandex Supportiga muorojaat qiling.
Agar kirish paytida tekshirishga duch kelsangiz, biz yordam bera olamiz. Bunday tekshiruvning ikkita sababi bo‘lishi mumkin — siz yangi qurilmadan kiryapsiz yoki Yandex parolingizni o‘zgartirishni so‘rayapti.
Tasdiqlash kodi bor SMS kelmayapti
SMS yetkazib berishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar borasida Tasdiqlash kodi kelmayapti bo‘limiga murojaat qiling.
Agar muammo hal etilmasa, shakl orqali yordam bo‘yicha mutaxassis bilan bog‘laning.
Hisobimga buzib kirilgan degan gumondaman
Buzib kirilgan holatlarda nima qilish lozimligi haqida Yandex Supportda o‘qing.
Loginni o‘zgartirmoqchiman
Loginni o‘zgartirish imkonsiz. Lekin yangi hisobni registratsya qilish va bir vaqtning o‘zida bitta pochta qutisida ikkita manzildan foydalanish mumkin. Bu haqda batafsil axborotni Pochtaning Yandex Support sahifasida o‘qish mumkin.
Hisoblarni birlashtirmoqchiman
Hisoblarni birlashtirish yoki barcha maʼlumotlarni bir hisobdan ikkinchisiga o‘tkazish imkonsiz.
Lekin baʼzi Yandex xizmatlari maʼlumotlarni boshqa loginga o‘tkazish imkonini beradi. Batafsil maʼlumotlar bilan ushbu xizmatlarning Yordamida tanishing.
Kartani ulay/ajrata olmayapman
Agar karta uchun Internetda xaridlar qilish taqiqlangan bo‘lsa, karta ulanmasligi mumkin. Karta 3D Secure texnologiyasi yordamida himoyalanmagan bo‘lsa, uni ulab bo‘lmaydi.
Agar boshqa muammoga duch kelgan bo‘lsangiz, quyidagi shaklni to‘ldiring.
Menda boshqa savol bor
Quyida Yandex ID haqida ommabop savollar keltirilgan. Havolalar ko‘rsatilgan mavzudagi foydali axborot bilan Yandex Support bo‘limlariga yo‘naltiradi.
- Ilova parollari qanday sozlanadi
- Bir martalik parol bilan hisobga kirish qanday tiklanadi
- Hisob xavfsizligi qanday boshqariladi
- To‘lov tarixi qanday ko‘riladi
- Yandex xizmatlaridan shaxsiy maʼlumotlarni qanday o‘chirish mumkin
- Hisob qanday o‘chiriladi
Boshqa xizmat haqida savolim bor
Muayyan xizmat haqidagi axborotni o‘sha xizmatning yandex.uz/support sahifasidagi Yordam bo‘limidan topishingiz mumkin.
Yandex obunalari haqida
- Katta ehtimol bilan sizga Xizmatlar va obunalarim sahifasidagi axborotlar yordam beradi. Agar savolingizga javob topolmasangiz, obuna haqida Savol-javoblar bo‘limidagi shakldan foydalaning.
Yandex Plus haqida
- Plus muammolari haqida xizmatning Yandex Support bo‘limida o‘qing.
Yandex Brauzerdagi sinxronlashtirish yoki parollar menejeri haqida
-
Ehtimol, savolingizga javobni Yandex Support bo‘limining sinxronlash yoki parol menejeri haqidagi qismida topishingiz mumkin.
Agar javob topilmasa, Yandex Brauzer yordam xizmatiga yozing.
Yandex Pochta haqida
- Savolingizga tezroq javob olish uchun Yandex Pochta Yandex Support sahifasidan foydalaning.