Test qilish
Foydalanuvchilardan to‘lovlarni qabul qilishdan oldin xizmatni testdan o‘tkazishni tavsiya qilamiz.
Yandex Split zizmatini test qilish
Yandex Split xizmatini test qilishni boshlash uchun sozlamalarni test muhitiga o‘tkazish kerak. Test bosqichlari integratsiya turiga qarab farq qiladi:
Diqqat
Test qilish test muhitida (Sandbox) amalga oshiriladi. Bu holatda Yandex Split xizmati API'iga so‘rovlar https://sandbox.pay.yandex.uz manziliga yuboriladi.
Bevosita QR'ni test qilish
Bevosita QR'ni test qilish uchun:
-
https://sandbox.pay.yandex.uz/api/merchant/v1/ordersso‘rovi yordamida test buyurtma yarating va javobda keladigan to‘lov havolasini oling. -
Olingan to‘lov havolasini QR kodga aylantiring. Buning uchun uchinchi tomon, masalan QR Code Generator xizmatidan foydalanish mumkin.
-
QR kodni chop eting yoki uni kassa dasturi ekranida ko‘rsating.
-
Smartfon kamerasi yoki Yandex Split ilovasi yordamida QR koddan to‘lov havolasini skaner qiling va to‘lov sahifasiga o‘ting.
- Agar Yandex Split ilovasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, QR kod skanerlangandan so‘ng to‘lov jarayoni brauzerda amalga oshiriladi. Bu jarayonda Yandex ID orqali avtorizatsiya talab qilinishi mumkin.
- Agar Yandex Split ilovasi o‘rnatilgan bo‘lsa, QR kod skanerlangandan so‘ng to‘lov jarayoni ilova ichida amalga oshiriladi.
-
To‘lov sahifasida istalgan to‘lov usulini tanlang (masalan, Split orqali bo‘lib to‘lash). Mavjud to‘lov ssenariylarini To‘lov natijalari emulyatsiyasi bo‘limida ko‘rishingiz mumkin.
Sharh
Avtorizatsiya uchun haqiqiy hisobdan foydalaniladi, biroq toʻlov uchun bank kartasi test kartalari roʻyxatidan taklif etiladi.
Toʻlov test ekanligiga ishonch hosil qiling: toʻlov havolasi manzilida
sandboxprefiksi boʻladi. Masalan:https://sandbox.pay.ya.uz/o/nxPUqR. -
Xaridor hisobiga ulangan telefon raqamiga avtorizatsiya kodi bilan SMS yuboriladi.
-
SMS orqali kelgan kodni kiriting. Test to‘lovi amalga oshiriladi va muvaffaqiyatli to‘lov sahifasi ochiladi.
Sharh
Ushbu bosqichda ishchi muhitda ekvayring tanlangan karta bankida amalga oshiriladi. Test muhitida esa ekvayring dasturiy tarzda imitatsiya qilinadi.
-
Muvaffaqiyatli to‘lovdan so‘ng kassa dasturida chek shakllanishi kerak.
-
Test buyurtmasidagi mahsulotlardan biri yoki mahsulot qiymatining bir qismi uchun qisman qaytarishni bajaring.
-
Test buyurtmasidagi mahsulot uchun to‘liq qaytarishni bajaring.
To‘lov natijalari emulyatsiyasi
Test jarayonida to‘lov emulyatsiyasi yordamida to‘lovni qayta ishlashning turli ssenariylarini tekshirishingiz mumkin.
Quyidagi natijalarni emulyatsiya qilish mumkin:
|
Natija |
Qanday takrorlash mumkin |
|
Karta mos kelmadi |
To‘lov sahifasida VISA kartasini tanlang – natijada “Karta mos kelmadi” xatosi chiqadi. To‘lov uchun boshqa kartani tanlash mumkin. |
|
To‘lov amalga oshmadi |
|
|
Yetarli mablag‘ yo‘q |
|
|
To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshdi |
|
Test to‘lovlarini ko‘rish
Yandex Split shaxsiy kabinetda test muhitida yaratilgan to‘lovlar ro‘yxatini va ular haqidagi batafsil ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun:
- Settings bo‘limida do‘koningiz uchun Test dataopsiyasini yoqing.
- Payments bo‘limiga o‘ting – u yerda test to‘lovlari ro‘yxati va test muhiti yoqilganligi haqida xabar ko‘rsatiladi:
Test to‘lovlarini yashirish uchun test muhitini faolsizlantiring. Buni ikki usulda amalga oshirish mumkin:
- Payments bo‘limida sahifaning yuqori o‘ng burchagidagi Disable tugmasini bosing;
- Settings bo‘limida do‘koningiz uchun Test dataopsiyasini faolsizlantiring.
Sharh
Faqat Settings bo‘limida test muhitini yana yoqish orqali test to‘lovlari ro‘yxatiga qayta o‘tish mumkin.