Taqiqlangan mahsulot va xizmatlar roʻyxati

Yandex Split dan foydalanishda amaldagi qonunchilikka rioya qilish va qonun bilan taqiqlangan faoliyat bilan shugʻullanmaslik kerak. Xususan, quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:

  1. Onlayn kazino, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan maxsus ajratilgan oʻyin zonalaridan tashqaridagi yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi kazinolar faoliyati.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi bukmekerlik idoralarida qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazish.
  3. Moliya bozorlarida Markaziy bankning litsenziyasisiz yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladigan brokerlik yoxud foreks-dilerlik faoliyati.
  4. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida raqamli moliyaviy aktivlar va raqamli valyutalarni sotib olish va sotish.
  5. Pornografik mazmundagi axborotdan foydalanish imkoniyatini berish yoki uni sotish.
  6. Oʻzbekiston Respublikasida yoki Buyurtmachi oʻz faoliyatini yuritadigan boshqa davlatda nazorat qilinishi kerak boʻlgan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni sotish.
  7. Internet orqali qurol va oʻq-dorilar sotish.
  8. Sovgʻa sertifikatlari, sovgʻa kartalari va raqamli toʻldirish kartalarini Xizmat orqali sotish.
  9. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan yoki cheklangan boshqa faoliyat turlari.

Keltirilgan taqiqlangan tovarlar va xizmatlar roʻyxati toʻldirilishi va oʻzgartirilishi mumkin.