Qidiruvning oilaviy rejimini oʻchiring

Agar qidiruvning oilaviy rejimini oʻchirish bilan muammo yuzaga kelsa:

  1. Qidiruv sozlamasi sahifasida Oilaviy rejimni qayta oʻchiring.
  2. Brauzer kesh xotirasini tozalang.
  3. Yandex cookie-faylini olib tashlang. Buning uchun Yandex Internetometr xizmatiga kiring va sahifaning pastki qismida joylashgan cookie-fayllarni olib tashlash havolasini bosing.

Agar qidiruvning oilaviy rejimi Yandex sozlamasida emas, balki tashqi ilovada yoki brauzer kengaytmasida yoqilgan boʻlsa:

  • “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturida “Ota-ona nazorati” funksiyasi yoqilmaganini tekshiring. Uni faolsizlantiring.

  • Qurilma yoki tarmoqda Yandex DNS oilaviy rejimi sozlanmaganini tekshiring. Uni ishlatganda qidiruvning oilaviy rejimini oʻchirish imkonsiz. Boshqa rejimni tanlash uchun koʻrsatmadan foydalaning yoki tizim administratoriga murojaat qiling.

    Maslahat

    Windows operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarda oilaviy DNS faolsizlantirilgandan keyin ipconfig /flushdns buyrugʻini bajarishni tavsiya qilamiz.

  • Agar NetPolice yoki Safety Minder dasturidan foydalansangiz, ularni vaqtincha yoping. Ular qidiruv sozlamalariga taʼsir qilishi mumkin.

Tavsiyalar yordam bermadi