Qidiruvni sozlash
Kerakli axborotni topish uchun qidiruv satrida so‘rov yozing. Agar qidiruvni aniqroq qilishni istasangiz, unda kengaytirilgan qidiruv filtrlari (qidiruv satrining o‘ng tomonidagi nishoncha) yoki bevosita so‘rov jumlasini terayotganda so‘rov tilidan foydalaning.
Axborotni qidirish va topilgan hujjatlar bilan ishlash jarayonini yanada qulayroq qilish uchun Yandex platformasida qidiruvni oʻzingizga moslashtiring.
- Agar Yandex hisobingizga kirgan boʻlsangiz, u holda sozlama sizning Yandex IDga biriktiriladi. Bundan tashqari, sozlama haqidagi axborotlar kompyuteringizda (cookie-fayl ichida) saqlanadi va u oʻzgartirguningizcha amal qiladi.
- Shuningdek, sozlamalar muayyan brauzerga ham ulanadi – agar brauzer oʻzgarsa, Yandex qidiruvini qayta sozlash talab etiladi. Bundan tashqari, barcha cookie-fayllarni oʻchirib tashlasangiz (masalan, brauzer yoki operatsion tizimni qayta oʻrnatganingizda), sozlamalarni yangilash talab etiladi.
- Agar kompyuterda bir nechta foydalanuvchi ishlasa yoki bir nechta brauzer oʻrnatilgan boʻlsa, unda har bir foydalanuvchi va brauzer uchun sozlamalarni alohida tartibda sozlash mumkin.
Sozlamalarga kirish uchun qidiruv natijalari sahifasini bilan pastga aylantiring va Sozlamalar tugmasini bosing. Bundan tashqari, qidiruvni alohida sahifada sozlashingiz mumkin.
Qanday sozlamalar mavjud?
Interfeys tili va tashqi koʻrinishi
Umumiy ichki sahifasida interfeys tilini va qidiruv sahifasi fonini tanlash mumkin: oq, qora yoki operatsion tizim va brauzer sozlamalariga mos keladigan (birlamchi sozlama sifatida tanlangan).
Yordamchi soʻzlar va qidiruv tarixi
Sevimli saytlarni tavsiya qilish va qidiruv natijalarida mos javoblarni aks ettirish uchun Yandex qidiruv tarixingizdan va qidiruv natijalaridan saytlarga oʻtishlardan foydalanadi. Yordamchi soʻzlarni koʻrsatishni oʻchirib qoʻyish uchun Umumiy ilovasidagi Yordamchi soʻzlardagi tarix blokida Yordamchi soʻzlarni koʻrsatish opsiyasini oʻchiring.
Agar sozlama mavjud boʻlmasa, Yandexʼga kiring. Avvalgi soʻrovlar tarixiga asoslangan maslahatlar endi aks etmaydi.
Shuningdek, qidiruv jurnalini ham tozalash mumkin. Buning uchun Tarixni tozalash tugmasini bosing. Jurnal bir necha daqiqa ichida tozalanadi.
Joylashuv
Joylashuv ichki sahifasida qidiruvni aniqlashtirish uchun oʻzingiz turgan hududni koʻrsatishingiz mumkin. Birlamchi sozlama boʻyicha joylashuv avtomatik tarzda aniqlanadi.
Bosh sahifa
Bosh sahifa ichki sahifasi bosh sahifa koʻrinishini sozlash imkonini beradi.
Qidiruv natijalari
Qidiruv natijalaridan haqoratli soʻzlar va seksual xususiyatga ega hujjatlarni chiqarib tashlash mumkin. Buning uchun Qidiruv natijalari ichki sahifasining Qidiruvni filtrlash blokida kerakli rejimni tanlang:
-
Oilaviy rejim — qidiruv natijalaridan jinsiy aloqaga oid mazmundagi materiallar butunlay olib tashlanadi (hatto soʻrov ochiqdan-ochiq shunday mazmundagi saytlarni qidirishga qaratilgan boʻlsa ham).
-
Oʻrtacha filtr – agar qidiruv seksual xususiyatga ega boʻlgan resurslarni qidirishga qaratilmagan boʻlsa (bu rejim birlamchi sozlama bilan yoqilgan), qidiruv natijalaridan bunday saytlar chiqarib tashlanadi.
-
Cheklovsiz – qidiruv natijalarida qidiruvga asosan topilgan barcha hujjatlar, jumladan, seksual xususiyatga ega boʻlgan internet resurslar aks etadi.
Shuningdek, xavfsiz qidiruvni quyidagi resurslar yordamida ham sozlash mumkin:
- Yandex DNS.
- hosts fayli. Faylda oldindan sozlangan oilaviy rejim bilan Yandex IP manzilini yozish talab etiladi.
Batafsil Bolalar uchun qidiruvni cheklash boʻlimida oʻqing.
Reklama
Reklama ichki sahifasida reklamani shaxsiylashtirishni boshqarish mumkin. Standart boʻyicha reklama koʻrsatishda foydalanuvchining joylashuvi va qiziqishlari hisobga olinadi. Bu keraksiz va qiziq boʻlmagan reklama takliflarini koʻrsatmaslik imkonini beradi.
Agar reklama koʻrsatilishini cheklashni istamasangiz, keraksiz bandlarni oʻchirib qoʻying.
Yandex qidiruv natijalarini qanday joylashtiradi
Yandex topilgan hujjat foydalanuvchining talabiga qay darajada mos kelishini tahlil qiladi. Javob qanchalik foydali boʻlsa, qidiruv natijalari sahifasida shunchalik yuqorida aks etadi.
Natijalar avtomatik tartiblanadi. Bunda sayt navigatsiyaning qulayligi, uning tuzilishi, matn sifati, undagi reklamalarning chalkashligi va saytning boshqa xususiyatlari hisobga olinadi.
Batafsil Yandex qidiruvini tartiblash tamoyillari boʻlimida oʻqing. Vebmasterlar uchun qidiruv natijalarida saytlarni joylashtirish haqidagi maʼlumot vebmasterning Saytni indekslash va Saytni tartiblash nomli axborot boʻlimlarida keltirilgan.