Bolalarga qidiruvni cheklash
Yandex qidiruv tizimi yordamida internetda taqdim etilgan har qanday ma’lumotni, shu jumladan, seksual xususiyatga ega bo‘lgan internet-resurslarni topishingiz mumkin. Qidiruv natijalarida nomaqbul kontentning aks etishini cheklash uchun Yandex topilgan hujjatlarni filtrlashga oid turli usullarni taklif qiladi:
- Cheklovsiz – qidiruv natijalarida qidiruvga asosan topilgan barcha hujjatlar, jumladan, seksual xususiyatga ega boʻlgan internet resurslar aks etadi.
- Oʻrtacha filtr – agar qidiruv seksual xususiyatga ega boʻlgan resurslarni qidirishga qaratilmagan boʻlsa (bu rejim birlamchi sozlama bilan yoqilgan), qidiruv natijalaridan bunday saytlar chiqarib tashlanadi.
- Oilaviy rejim – qidiruv natijalaridan seksual xususiyatga ega boʻlgan materiallar butunlay chiqarib tashlanadi (hatto soʻrov aynan shunday resurslarni qidirishga qaratilgan boʻlsa ham).
Oʻrtacha filtr va Oilaviy rejim nomaqbul kontentni qidiruv natijalaridan ishonchli tarzda chiqarib tashlaydi, lekin ayrim hollarda ular ishlamasligi yoki adashishi mumkin. Agar Yandex qidiruvida filtrlash rejimi yoqilgan holatda jinsiy aloqaga oid mazmundagi sahifani koʻrib qolsangiz, iltimos, uning manzili haqida bizga xabar bering.
Qidiruv oilaviy rejimini yoqish
Qidiruv sozlamalarida topilgan hujjatlarni filtrlash variantini tanlashingiz mumkin. Buning uchun:
- Qidiruvni sozlash sahifasiga kiring.
- Qidiruvni filtrlashblokida Oilaviy rejimni tanlang.
- Sahifaning pastki qismida joylashgan Saqlash tugmasini bosing.
Istalgan vaqtda Oilaviy rejimni oʻchirish va qidiruv natijalarini filtrlash uchun boshqa variantni tanlash mumkin.
Tanlangan filtrlash rejimini saqlash va yangi sessiyalarda tatbiq etish uchun cookie-fayllar yozuvini yoqing.
Qidiruv oilaviy rejimini oʻchirish
Agar Oilaviy rejimi qidiruv sozlamasida oʻrnatilgan boʻlsa:
- Qidiruvni sozlash sahifasiga kiring.
- Qidiruvni filtrlash blokida kerakli rejimni tanlang.
- Sahifaning pastki qismida joylashgan Saqlash tugmasini bosing.
Agar oilaviy rejim oʻchirilgandan keyin ham qidiruv natijalarida hujjatlarni filtrlashga taʼsir qilishda davom etsa:
-
Brauzer kesh xotirasini tozalang.
-
Yandex cookie-faylini olib tashlang. Buning uchun Yandex Internetometr xizmatiga kiring va sahifaning pastki qismida joylashgan cookie-fayllarni olib tashlash havolasini bosing.
-
Wi-Fi tarmogʻingiz yoki qurilmangiz DNS sozlamasini tekshiring va zarur boʻlsa uni oʻzgartiring. Aynan DNS sozlamasida muammo borligini aniqlash uchun boshqa Wi-Fi tarmogʻiga ulaning yoki mobil tarmoqning hotspot funksiyasidan foydalaning va muammoli qidiruvni takrorlang.
Diqqat
Agar siz Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmadan foydalansangiz, “Ekran vaqti” funksiyasi yoqilgan yoki yoqilmaganligini tekshiring. Settings → Screen Time → Content & Privacy Restrictions → App Store, Media, Web & Games → Web Content boʻlimiga oʻtib, Limit Adult Websites bandini oʻchirib qoʻyishni tavsiya qilamiz.
Kompyuterni sozlashRouterni sozlashKompyuterda Yandex DNSʼni ulash tarmoq aloqasi sozlamasi orqali amalga oshiriladi. Parametrlarni o‘zgartirishga ruxsat kompyuter administratori tomonidan cheklangan boʻlishi mumkin.
Sozlash tartibi foydalanilayotgan operatsion tizimga bogʻliq:
Agar oilaviy rejim boʻyicha savollaringiz qolgan boʻlsa, bizga yozing.