Xatlarning zaxira nusxasi
Oʻchirilgan xatlarni saqlashni yoqing va eng muhim jildlardagi eng muhim xatlarni zaxira nusxasida saqlang. Agar kerakli xatlarni tasodifan oʻchirib yuborsangiz, ularni qayta tiklash mumkin.
Barcha oʻchirilgan xatlarni saqlash
Bu variant yordamida siz qutidan olib tashlangan barcha xabarlarini olti oy davomida oʻqishingiz mumkin boʻladi.
- Ekranni chapdan torting.
- Sozlamalar (jildlar va teglar roʻyxati ostida) tugmasini bosing.
- Xatlarni saqlashni sozlamoqchi boʻlgan hisobingizni tanlang.
- Zaxira nusxasi tugmasiga bosing.
- Oʻchirilgan xatlarni saqlash variantini tanlang.
Sizning telefon raqamingizga yuboriladigan kod yordamida harakatni tasdiqlang. Agar telefonni hisobingizga ulamagan boʻlsangiz, oʻz harakatingizni parol yordamida tasdiqlang. Lekin biz telefon raqamini ulashni tavsiya etamiz – bu hisobingiz va xatlaringizning zaxira nusxasi uchun qoʻshimcha himoya boʻladi.
- Variant ostidagiOʻchirilgan xatlarni koʻrish tugmasini bosing.
- Qayta tiklamoqchi boʻlgan xatlarni tanlang.
- Qayta tiklangan xatlarni oʻtkazmoqchi boʻlgan jildni tanlang, masalan Kiruvchi.
Zaxira nusxasini yaratish
Zaxira nusxasiga nusxa yaratilishi paytida jildlarda mavjud boʻlgan xatlar saqlanadi. Nusxa yaratilgandan keyin kelgan xatlar unga avtomatik ravishda qoʻshilmaydi – buning uchun nusxani boshidan yaratish lozim boʻladi.
- Ekranni chapdan torting.
- Sozlamalar (jildlar va teglar roʻyxati ostida) tugmasini bosing.
- Zaxira nusxasini yaratmoqchi boʻlgan hisobni tanlang.
- Zaxira nusxasi tugmasiga bosing.
- Nusxa yaratish tugmasiga bosing va zaxira nusxasini yaratishni istagan elektron pochta jildlarini tanlang.Restriction: Zaxira nusxasini uzogʻi bilan 100 000 ta xat uchun yaratish mumkin.
- Zaxira nusxasini yaratish tugmasini bosing.
- Sizning telefon raqamingizga yuboriladigan kod yordamida harakatni tasdiqlang. Agar telefonni hisobingizga ulamagan boʻlsangiz, oʻz harakatingizni parol yordamida tasdiqlang. Lekin biz telefon raqamini ulashni tavsiya etamiz – bu hisobingiz va xatlaringizning zaxira nusxasi uchun qoʻshimcha himoya boʻladi.
Xatlarni nusxadan qayta tiklash
Zaxira nusxasidan zaxira nusxasi yaratilgan vaqtdan boshlab oʻchirilgan xatlargina qayta tiklanishi mumkin.
- Ekranni chapdan torting.
- Sozlamalar (jildlar va teglar roʻyxati ostida) tugmasini bosing.
- Xatlarni tiklamoqchi boʻlgan hisobni tanlang.
- Zaxira nusxasi tugmasiga bosing.
- Joriy nusxasini tanlang.
- Oxirgi yaratilgan nusxa sanasi va vaqti yonidagi Xatlarni qayta tiklashni bosing.
- Sizning telefon raqamingizga yuboriladigan kod yordamida harakatni tasdiqlang. Agar telefonni hisobingizga ulamagan boʻlsangiz, oʻz harakatingizni parol yordamida tasdiqlang. Lekin biz telefon raqamini ulashni tavsiya etamiz – bu hisobingiz va xatlaringizning zaxira nusxasi uchun qoʻshimcha himoya boʻladi.
Nusxasini olib tashlash
- Ekranni chapdan torting.
- Sozlamalar (jildlar va teglar roʻyxati ostida) tugmasini bosing.
- Xatlarni tiklamoqchi boʻlgan hisobni tanlang.
- Zaxira nusxasi tugmasiga bosing.
- Joriy nusxasini tanlang.
- Oxirgi yaratilgan nusxa sanasi va vaqti yonidagi Oʻchirish belgisini bosing.
- Sizning telefon raqamingizga yuboriladigan kod yordamida harakatni tasdiqlang. Agar telefonni hisobingizga ulamagan boʻlsangiz, oʻz harakatingizni parol yordamida tasdiqlang. Lekin biz telefon raqamini ulashni tavsiya etamiz – bu hisobingiz va xatlaringizning zaxira nusxasi uchun qoʻshimcha himoya boʻladi.
Obuna tugagach nima boʻladi?
Agar obunani oʻchirib qoʻysangiz, oʻchirilgan xatlarni koʻrish va nusxadan xatlarni qayta tiklash imkoni boʻlmaydi. Shu bilan birga, oʻchirilgan va zaxira nusxasi yana bir muncha vaqt saqlanadi – siz obunani yangilashga ulgurishingiz mumkin boʻladi.