Kirish va chiqish
Kirish
Yandex Disk mobil ilovasidan foydalanishni boshlash uchun unda ro‘yxatdan o‘ting:
- Yandex login va parolingizni kiriting.
- Kirish tugmasini bosing.
Diqqat
Kirish uchun doimiy va bir martalik parollar birlashmasidan foydalansangiz, Yandex Disk ilovasida avtorizatsiyadan o‘tish uchun Yandex Key ilovasida yaratilgan bir martalik parol kerak. Yandex Key ilovasiga bir martalik parolni qanday olish mumkin
Yandex Disk faqatgina Yandex hisobi mavjud foydalanuvchilar uchun ishlaydi. Yandex Disk xizmatiga ijtimoiy tarmoqlar orqali kirish 2023-yil 1-dekabrdan boshlab dastaklanmaydi. Batafsil Yandex ID Ma’lumotnomasida.
Agar ilovaga kira olmasangiz, Yandex Pasport tavsiyalaridan foydalaning.
Hisob qo‘shish
Bir vaqtda bir nechta hisobdan foydalanishingiz va ular orasida tez almashishingiz mumkin. Ilovaga bir nechta hisob qo‘shish uchun:
- Hisob menyusini oching. Buning uchun ekranning yuqori chap burchagidagi portretni bosing.
- Portretlardan o‘ng tomondagi
tugmasini bosing. Agar ulangan hisoblar bir nechta bo‘lsa va belgilar ko‘rinmasa, o‘ngga portretlarni varaqlang.
- Boshqa hisobning login va parolini kiriting va Kirish tugmasini bosing.
Alohida foto va videolarni avtomatik yuklash uchun hisob tanlashingiz mumkin. Ilovadagi joriy hisob boshqa bo‘lsa ham, telefondan barcha fotosuratlar avtomatik yuklanadi. Avtomatik yuklash uchun hisobni qanday tanlash haqida Avtomatik yuklashni yoqish va sozlash bo‘limini o‘qing.
Boshqa hisobga almashish
Ilovaga qo‘shgan hisoblar orasida almashish uchun login va parol kiritish talab qilinmaydi. Almashish uchun:
-
Hisob menyusini oching. Buning uchun ekranning yuqori chap burchagidagi portretni bosing.
-
Kerakli hisob portretini tanlang. Agar portretlar bir nechta bo‘lsa va keraklisi ko‘rinmasa, o‘ng yoki chapga varaqlang.
-
Panelni pastga surib hisob menyusini yoping.
Hisoblar orasida almashsangiz, foto va videolarni avtomatik yuklash uchun hisob o‘zgarmaydi. Avtomatik yuklash uchun hisob nima ekani haqida Avtomatik yuklashni yoqish va sozlash bo‘limini o‘qing.
Chiqish
Ilovadagi hisobni o‘chirish uchun:
-
Hisob menyusini oching. Buning uchun ekranning yuqori chap burchagidagi portretni bosing.
-
Chiqishni istagan hisobga almashing. Buni qanday qilish mumkin
-
tugmasini bosing.
-
Chiqishni tasdiqlang.
Diskdan uzoq vaqt foydalanmasa, nima bo‘ladi?
Diskka kirilmasa va undan ikki yildan ortiq foydalanilmasa, u bloklanishi va ma’lumotlar esa o‘chirilishi mumkin.
Bloklanish haqida ogohlantirish xati
Biz bloklanishi mumkinligi haqida oldindan ogohlantiramiz. Xatni olgan lahzadan boshlab 7 kun ichida bloklanishni mustaqil bekor qilishingiz mumkin. Buning uchun Diskkka kirish yetarli.
Diskni bloklash
Xatni olgan lahzadan boshlab 7 kun ichida bloklanishni bekor qilmasangiz, Disk bloklanadi. Bundan keyin cheklovni olib tashlash uchun 3 oy vaqtingiz bo‘ladi. Diskni blokdan chiqarishga ulgurishingiz uchun ma’lumotlarning o‘chirilishi kutilayotgani haqida muntazam eslatib turamiz.
Cheklovni olib tashlash va Diskka kirishni to‘liq tiklash uchun:
- Qayta aloqa shakli orqali yordam xizmatiga yozing. Xatda bloklangan hisob loginini ko‘rsating.
- Javob xatini kuting – biz Diskni ochib beramiz.
Diqqat
Agar Disk blokdan chiqarilmasa, 3 oydan keyin unda saqlanayotgan ma’lumotlar butunlay o‘chirib tashlanadi.