Parol + bir martalik parol bilan kirish

Yandexning istalgan xizmati yoki ilovasiga rasm orqali, QR kod yordamida yoki Yandex Kalit ilovasidan yoki TOTP RFC algoritmi bazasidagi boshqa ilovadan parol + bir martalik parol orqali kirish mumkin. Doimiy va bir martalik parol birlashmasi bilan kirish — bu hisobga kirishning eng ishonchi usullaridan biridir.

Parol + bir martalik parol bilan kirish uchun avval Yandex Kalit ilovasida hisob qo‘shing. Agar bir nechta hisob kiritgan bo‘lsangiz, kerakli hisobga almashishni unutmang.

Kalit, shuningdek, Yandex + Alisa va Yandex Start ilovalarida ham mavjud. Unga hisobni qoʻshish yoki zaxira nusxasidan tiklash mumkin.

Parol + bir martalik parol bilan kirish

  1. Yandex ID hisobingiz registratsiya qilingan loginni kiriting va Kirish tugmasini bosing.

  2. Ochilgan oynada hisob parolini kiriting va Davom etish tugmasini bosing.

  3. Yandex Kalit ilovasidan yoki TOTP RFC algoritmidagi boshqa ilovadan bir martalik parolni kiriting.

Yandex Kalit ilovasidan bir martalik parol qanday olinadi

Sharh

Bir martalik parolni u ilovada koʻrsatilib turgan vaqt davomida kiritishga ulgurish kerak. Yangilanishga juda kam vaqt qolgan bo‘lsa, unda yangi parol chiqishini kuting.

  1. Yandex Kalit ilovasini oching.

  2. Kerakli hisobga almashtiring.

  3. Ilovasdan bir martalik parolni nusxalang. Yandex Kalit bir martalik parollarni har 30 soniyada hosil qiladi.

Esda tuting:

  • Yandex Kalit ilovasidan joriy parolni nusxalash uchun parol yonidagi belgisini bosish mumkin.
  • Bir martalik parolni biror joyda saqlashdan ma’no yo‘q. U siz u bilan Yandexga kirganingizda yoki 30 soniya o‘tganidan keyin dolzarbligini yo‘qotadi.

QR kod bilan kirish

Diqqat

QR kod orqali kirish 3.0.0 va undan yuqori versiyadagi Kalitda ishlaydi.

Yandex xizmatlariga shunchaki kamerani QR kodga qaratgan holda kirishingiz mumin. Bunda Yandex Kalit ilovasi avtorizatsiya serveri bilan ulanish imkoniga ega bo‘lishi uchun mobil qurilmangiz Internetga ulangan bo‘lishi lozim.

Agar xizmat yoki ilova bunday kirish usulini dastaklamasa, hisobga bir martalik parol bilan kirishingiz mumkin.

QR kod bilan kirish uchun:

  1. Siz Yandex ID hisobingizni registratsiya qilgan loginni kiriting va Kirish tugmasini bosing.

    Ochilgan oynada QR kod chiqadi.

  2. Mobil qurilmada Yandex Kalit ilovasini oching.

  3. Kerakli hisobga almashtiring. Agar ilovada QR kod orqali kirish faolsizlantirilgan boʻlsa, hisob ekranida QR kod orqali kirish tugmasini bosib, keyin login va parolni kiriting.

  4. QR kod orqali kirish tugmasini bosib, ochilgan kamerani QR kodga qarating.

Agar Yandex Kalit ilovasi QR kodni o‘qisa, u Yandexga login va bir martalik parolingizni yuboradi hamda siz brauzerda avtomatik hisobingizga kirasiz. Agar QR kod to‘g‘ri o‘qilmasa, xatolik haqidagi xabarni ko‘rasiz.

Bir martalik parol yoki QR kod orqali kirib boʻlmayapti

  • Shaxsiy kabinetda Yandex Kalit orqali kirish yoqilganini, yaʼni kirish usuli sifatida «Bir martalik parol» yoki «Parol + bir martalik parol» koʻrsatilganini tekshiring. Yandex Kalit ilovasidan yangi bir martalik parolni kiritganingizga ishonch hosil qiling. Ilovada u har 30 soniyada yangilanadi.

  • Bir martalik parollar yaratilganda Yandex Kalit ilovasi qurilmada o‘rnatilgan joriy vaqt va vaqt mintaqasini hisobga oladi. Agar parolni to‘g‘ri kiritganingizga ishonchingiz komil bo‘lib ham kirish imkoni bo‘lmayotgan bo‘lsa:

    1. Qurilmangizda to‘g‘ri vaqt va vaqt mintaqasi o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling. Shundan soʻng, yangi bir martalik parol bilan kirishga urinib koʻring.

    2. Vaqtni server ogʻishi sozlamalari yordamida sinxronlashga urining:

      1. Ilovaning yuqori chap burchagida tugmasini bosib, Vaqt ogʻishini tatbiq qilish opsiyasini faolsizlantiring. Shundan soʻng, yangi bir martalik parol bilan kirishga urinib koʻring.
      2. Agar baribir kirolmasangiz, ilova sozlamalarida Vaqt ogʻishini yangilash tugmasini bosib, Vaqt ogʻishini tatbiq qilish opsiyasini yana faollashtiring. Soʻngra ilovani boshidan yoqing va bir martalik parolni kiritishga urinib koʻring.

    Agar muammo hal bo‘lmasa, quyidagi shakl yordamida yordam xizmatiga murojaat qiling.

Rasm orqali kirish

Diqqat

Rasm orqali kirish 3.6.2 va undan yuqori versiyadagi Kalit ilovasida ishlaydi. Shuningdek, 24.4.2 va undan yuqori versiyadagi Yandex + Alisa va Yandex Start ilovalarida Kalitdan foydalanish ham mumkin.

Xizmatlarga yoki Yandex ilovasiga rasmlar orqali kirishingiz mumkin. Xavfsizlik boʻlimida rasm orqali kirish funksiyasi yoqilganini tekshiring.

Bu kirish usulidan foydalanish uchun:

  1. Yandex ID hisobingizni registratsiya qilgan loginingizni kiritib Kirish tugmasini bosing.

  2. Rasm quyidagi sahifada aks etadi. Xuddi shunday rasmni Yandex Kalit ilovasida tanlash kerak.

  3. Mobil qurilmada Yandex Kalit ilovasini oching.

  4. Kerakli hisobga almashtiring. Ochiladigan ekranda avtorizatsiya jarayoni boshlangan qurilma va to‘rtta rasmni ko‘rasiz.

    Diqqat

    Rasmni tanlashdan avval bu sizning qurilmangiz ekanini tekshiring. Hisobga kirishga urinmagan boʻlsangiz, rasmni tanlamang.

    Yandex Kalit ilovasida rasm koʻrinmayapti
    • Loginni kiritgach, Yandex Kalit ilovasida rasmni tanlash uchun sizga besh daqiqa vaqt beriladi. Vaqt tugagan boʻlsa, boshqa qurilmada Rasmni yangilash tugmasini bosing.
    • Rasm orqali kirish uchun faqat 5 marta urinish mumkin. Barcha urinishlar tugagach, siz bir martalik parol yoki QR kod yordamida kirishingiz mumkin.
    • Yandex Kalit ilovasida rasmlar orqali kirish yoqilgan boʻlsa, hisob ekranida Tezkor kirishni yoqish tugmasini bosib, keyin login va parolni kiriting.
  5. 2-qadamda rasmlar orasidan narigi qurilmada koʻrsatilgan rasmni tanlang.

  6. Rasm xato tanlandi

    Siz xizmatga kiryapsiz.

    Rasm xato tanlangan yoki vaqt tugagan

    Narigi qurilmada Rasmni yangilash tugmasini bosib, qayta urining.

    Rasm orqali kirish uchun faqat 5 marta urinish mumkin. Agar urinishlar soni tugasa, bir martalik parol yoki QR kod orqali kirishingiz mumkin.

Rasm orqali kirishni shaxsiy kabinetda Xavfsizlik boʻlimida faolsizlantirish mumkin.

Yordam xizmatiga yozish