Sinxronlash turli brauzerlar orasida ishlamaydi, masalan, Yandex Brauzer va Google Chrome orasida.
Sinxronlash ‒ bu qurilmalaringizdagi brauzerlar o‘rtasida ma’lumot almashish. Ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun Yandex serveri ishlatiladi, u yerga ma’lumotlar himoyalangan kanal orqali, parollar esa ‒ shifrlangan shaklda uzatiladi. Serverdagi ma’lumotlar avtorizatsiya tizimi bilan himoyalangan. Sinxronlash qurilma yo‘qolsa yoki buzilsa, barcha qurilmangizga kirish va ma’lumotlarni tiklash imkonini taqdim etadi.
Sinxronlash nimaga kerak?
Diqqat
Begona yoki ochiq qurilmalarda sinxronlashni yoqmang, Inkognito rejimidan foydalaning.
Odatiy sozlamalarda Tablo, xatchoʻplar, parollar, xaritalar, avtomatik kiritish ma’lumotlari, tarix, varaqlar va varaqlar guruhlari (agar ularni guruhlar menyusida bulutli qilgan bo‘lsangiz), kengaytmalar va sozlamalar sinxronlanadi.
Sinxronizatsiya quyidagi imkoniyatlarni beradi:
sinxronlangan qurilmalarda parollar menejeridan foydalanish (parollarni avtomatik qo‘yish, parollarni shifrlangan omborda saqlash, saytga kirish imkoniyatini tiklash, asosiy parolni esdan chiqargan bo‘lsangiz);
Sinxronlashni yoqqaningizdan keyin serverda saqlanadigan ma’lumotlarni o‘zgartirganingizda u har gal amalga oshiriladi. Masalan: smartfonga bukmark kiritsangiz — Brauzer uni serverga yuboradi va bir vaqtning o‘zida boshqa qurilmalarda kiritgan barcha o‘zgartirishlaringizni yuklab oladi (oxirgi sinxronlash vaqtidan boshlab).
Sinxronlashni qanday yoqish mumkin?
Diqqat
Agar Brauzeringizda bir nechta profil ishlatilayotgan bo‘lsa, sinxronlashdan oldin o‘z profilingizda ekanligingizga ishonch hosil qiling (aks holda o‘z sozlama va ma’lumotlaringizni hozirgi vaqtda faol bo‘lgan boshqa birovning profili ma’lumotlari bilan aralashtirib yuborishingiz mumkin).
Quyidagi shartlar bajarilganida sinxronlash ishlaydi:
Barcha qurilmalarda (kompyuter, smartfon, planshet) Yandex Brauzer o‘rnatilgan;
Varaq guruhlarini sinxronlash uchun guruhlar menyusini oching va qaysi guruhlarni bulutga saqlashni tanlang.
Sinxronizatsiyani yoqish uchun:
→ Ma’lumotlarni saqlash tugmasini bosing.
Sharh
Agar Ma’lumotlarni saqlash tugmalari mavjud boʻlmasa, sinxronlash allaqachon yoqilgan.
Ochilgan oynada kerakli hisobni tanlang va Yandex ID bilan kiring.
ustiga bosing, keyin profilingiz rasmi ustiga bosing.
Qaysi maʼlumotlarni sinxronlash kerak ekanini koʻrsating.
Sharh
Qurilma sinxronlanishini birinchi marta yoqqaningizda, u bir necha daqiqadan yarim soatgacha davom etishi mumkin. Ma’lumotlar Brauzer ishini sekinlashtirmaslik uchun bosqichma-bosqich yuklanadi.
Sinxronlash yoqilmayapti
Windows 7
Boshqa Windows versiyalari
Brauzer operatsion tizimga oʻrnatilgan sertifikatlardan foydalanadi, shuning uchun sertifikat muammosini tizimning oʻzida hal etish lozim:
Serverdan o‘chirib tashlangandan so‘ng, ma’lumotlarni qayta tiklab bo‘lmaydi. Foydalanmay qo‘ygan kompyuteringizni shunchaki o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, sinxronlangan ma’lumotlarni o‘chirib tashlash shart emas. Bu holatda kompyuterni sinxronizatsiyadan uzing, shundan keyin profilingizni barcha maʼlumotlar bilan oʻchirib tashlang.
Barcha sinxronlangan qurilmalardan ma’lumotlar qanday o‘chirib tashlanadi:
→ Sozlamalar → Umumiy sozlamalar → Sinxronlash sozlamalari tugmasini bosing.
Sinxronlangan ma’lumotlarni o‘chirib tashlashni bosing.
Ma’lumotlar oʻchirilsinmih? oynasida Ha, oʻchirilsin tugmasini bosing.
Shundan so‘ng, ma’lumotlaringiz serverdan, keyingi sinxronlash seansida esa — hisob qaydnomangizga ulangan barcha sinxronlangan qurilmalardan o‘chirib tashlanadi.
Sinxronlashni faolsizlantirish
→ Sozlamalar → Umumiy sozlamalar → Sinxronlash sozlamalari tugmasini bosing.
Sinxronlashni faolsizlantirish tugmasini bosing.
Sharh
Shuni esda tutingki, faqat server bilan aloqa uzilib qoladi va bundan oldin yuklab olingan maʼlumotlar Brauzerda qoladi. Agar bu maʼlumotlar mazkur kompyuterda talab etilmasa, ularni oddiy usulda oʻchirib tashlang. Bundan tashqari, barcha qurilmalarda sinxronlangan maʼlumotlarni oʻchirish mumkin.