Parollarni shifrlash

Firibgarlar foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlari yoki ularning elektron hamyonlaridan foydalanish uchun parollarni o‘g’irlashga harakat qilishadi. O‘g’irlangan parollardan hech kim foydalana olmasligi uchun Brauzer parollarni menejerda shifrlangan holda saqlaydi. Master parol bilan bu himoyani kuchaytirishingiz mumkin.

Brauzerda parollarni shifrlash

Parollar seyfi AES-256-GCM algoritmi yordamida kalitdan foydalanib shifrlanadi. AES-256 algoritmi ishonchli hisoblanadi: AQSH milliy xavfsizlik agentligi uni “Top Secret” darajasidagi davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni himoya qilish uchun tavsiya qiladi.

Lekin xaker shifrlash kalitini bilsa, hatto eng murakkab shifrlash algoritmi ham parollaringizni himoya qilolmaydi. Asosiy parol shifrlash kalitiga kuchli himoya o’rnatish imkonini beradi.

Kalit asosiy parol yordamida shifrlanadi.

Asosiy parol qurilmalarda saqlanmaydi, shuning uchun uni o‘g‘irlash mumkin emas. Asosiy parol bilan quyidagilar sizga qo’rqinchli emas:

  • smartfondan parollar ombori o‘g‘iriliklari;
  • olib qo‘yish sababli parollar o‘g’irlanishi yoki smartfondan yo‘qolishi;
  • Yandex serverida sinxronlangan maʼlumotlarni saqlash (shifrlash shunday tashkil etilganki, hatto Yandex ham sizning parollaringizni shifrdan chiqara olmaydi).

Ushbu himoya usuli ishonchsizroq, chunki:

  • Har bir inson sizning smartfoningizdagi mobil Yandex Brauzerni ochib, parollarni menejerda osongina ko‘rishi mumkin.
  • Shifrlash kaliti asosiy parol bilan emas, balki operatsion tizim bilan himoyalanadi. Smartfonga kirish imkoniyatini olish orqali xakerlar parollaringizni o‘g‘irlashi va shifrlashi mumkin.
  • Sinxronlash paytida Yandex parollarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Asosiy parol

Asosiy parol parollarni qo’shimcha ravishda himoya qiladi. Brauzer parollar omborini ochishga yoki veb-saytga kirish uchun avval saqlangan parolni avtorizatsiya shakliga kiritishga urinish bo’lganda asosiy parolni so’raydi.

Saytlardagi juda ko‘p parollar o‘rniga faqat bitta asosiy parolni eslab qolishingiz kifoya bo’ladi. Shu bilan birga, saytlar parollari yaxshi himoyalangan bo‘ladi. Omborga kirish asosiy parol bilan bloklanadi, uni o‘g‘irlash mumkin emas, chunki u qurilmalarda saqlanmaydi.

Asosiy parolni yaratish

Asosiy parolni o‘zgartirish

Asosiy parolni o‘chirib tashlash

Saqlash ombori bloklanishigacha vaqt

Asosiy parolni unutgan bo‘lsangiz

Asosiy parolni yaratish

Diqqat

Asosiy parolni eslab qoling, uni hech qayerga yozing va hech kimga ko‘rsatmang. Asosiy parolni esdan chiqarsangiz, uni birlamchi holatiga tashlashingiz mumkin faqat avval zaxira shifrlash kalitini yaratgan bo‘lsangiz.

Asosiy parolni yaratish uchun:

  1. Sozlamalar bandini tanlang.

  2. Asosiy parolni yaratishni bosing.

  3. Asosiy parolni kiriting. Murakkab, ammo yodda saqlash oson bo’lgan parol o’ylab toping.

  4. Yaratish tugmasini bosing.

  5. Asosiy parolni yana bir bor kiriting.

  6. Yaratishni bosing.

Endi brauzerda veb-sayt parolini saqlash va parollar menejerini ochish uchun asosiy parolni kiritishingiz kerak bo’ladi. Asosiy parol na smartfonda, na serverda saqlanmaydi. Faqat uning yordamida shifrlangan kalit saqlanadi.

Asosiy parolni o‘zgartirish

Asosiy parolni o‘zgartirish uchun:

  1. Sozlamalar bandini tanlang.

  2. Asosiy parolni o‘zgartirishni bosing.

  3. Joriy asosiy parolni kiriting va Davom etishni bosing.

  4. Yangi asosiy parolni kiriting. Murakkab, lekin oson eslab qolinadigan parollardan foydalanishni tavsiya qilamiz.

  5. Tasdiqlash uchun asosiy parolni qayta kiriting.

Shundan keyin asosiy parol bilan shifrlangan kalit qayta shifrlanadi va eng yaqin sinxronlash vaqtida boshqa qurilmalarga uzatiladi. Asosiy parol na smartfonda, na serverda saqlanmaydi.

Asosiy parolni o‘chirib tashlash

  1. Sozlamalar bandini tanlang.

  2. Asosiy parolni o‘chirib tashlashni bosing.

  3. Asosiy parolni kiriting va Davom etish tugmasiga bosing.

Shundan keyin Brauzer parollarga kirish uchun asosiy parolni so‘rashni to‘xtatadi. Eng yaqin sinxronlash paytida asosiy parol boshqa qurilmalarda o‘chiriladi.

Saqlash ombori bloklanishigacha vaqt

Omborga kirishga urinish bo’lganda brauzer qachon parollar omborini bloklashi va asosiy parolni so’rashini tanlang:

  1. Sozlamalar bandini tanlang.

  2. Saqlangan parollarni kiritishda kirishni tasdiqlash bandini bosing.

  3. Asosiy parolni kiriting va Davom etish tugmasiga bosing.

  4. Qanchalik tez-tez bo’limida Ilovani qayta ishga tushirilgandan keyin, Ekran bloklagandan keyin yoki Hech qachon variantini tanlang.

Asosiy parolni unutgan bo‘lsangiz

Bunday holatda faqat ombordagi parollarni o‘chirib tashlashingiz yoki asosiy parolni qaytadan yaratishingiz mumkin:

  1. Asosiy parolni kiritish muloqotida Parolni eslay olmayman tugmasini bosing.
  2. Parollarni o‘chirib tashlashga bosing.
  3. Smartfonda kod-parolni yaratgan bo‘lsangiz, uni kiriting.
  4. Asosiy parolni yana yarating.

Kod-parol, Touch ID, Face ID

Har safar asosiy parolni kiritmaslik uchun uning o‘rniga smartfoningizni bloklash uslubidan foydalaning(kod-parol, Touch ID yoki Face ID). Ombordagi parollar avvalgidek asosiy parol bilan shifrlanadi. Har gal blokdan chiqarilgandan keyin Brauzer avval asosiy parolni tiklaydi, keyin ombor shifrini ochadi.

Asosiy parolni o‘chirib yuborsangiz, Brauzer (Kod-parol, Touch ID yoki Face ID) so‘rashni to‘xtatadi.

Parollarni blokdan yechish usulini o‘zgartirish uchun:

  1. Sozlamalar bandini tanlang.

  2. Saqlangan parollarni kiritishda kirishni tasdiqlash bandini bosing.
  3. Asosiy parolni kiriting va Davom etish tugmasiga bosing.

  4. Tasdiqlash usuli bo’limida kerakli variantni tanlang. Ro‘yxatning tarkibi smartfonga bog‘liq.

Batafsil ma’lumot oling

Yordam xizmatiga yozish