Hisobingiz himoyasi
Yandex sizni texnologik jihatdan himoya qilishning barcha choralarini ko‘radi — firibgarlar hisobingizga kirish uchun shaxsiy axborotingizdan foydalanishi juda qiyin bo‘ladi. Ammo buzib kiruvchi shaxsga Yandex hisobingizni buzib kirishdan ko‘ra parolingizni aniqlashi yoki nazorat savoliga javobni bilib olishi osonroq bo‘lishi mumkin.
Mening hisobimga buzib kirish kimga kerak?
Yandex ID hisobingizga kirganidan keyin firibgar istalgan Yandex xizmatida o‘zini siz deb ko‘rsatishi va masalan, Yandex Pochtangiz yordamida spam tarqatishi mumkin. Agar Pochtangizda tanishlar, hamkasblar yoki sheriklaringizning manzillari qolgan bo‘lsa, firibgarlar sizning nomingizdan kompyuter viruslarini yuborishi yoki qarz so‘rashi mumkin. Demak, hisobingizning himoyasi nafaqat sizga, balki sizga ishongan odamlarga ham kerak.
Agar Yandex xizmatlaridan faol foydalansangiz yoki Pochtaga boshqa saytlardagi muhim hisoblarni ulagan bo‘lsangiz, buzib kiruvchi shaxs yanada kattaroq zarar yetkazishi — pullaringizni sarflashi yoki sevimli o‘yiningiz hisobiga kirishi mumkin.
Quyidagi holatlarda hisobingiz himoyasiga alohida e’tibor qarating:
-
Yandexning pulli xizmatlaridan foydalansangiz (Music, Taxi va boshqa xizmatlarda bank kartasi ma’lumotlarini kiritgansiz yoki to‘lagansiz);
-
Yandexdagi pochta manzilingiz boshqa kompaniyalarning pulli xizmatiga ulangan, masalan AppStore yoki Steam;
-
Yandex Pochtangizga sizning pullaringizni boshqaruvchi banklardan xatlar yoki siz sir saqlashni istagan boshqa istalgan xatlar kelsa;
-
biror oʻyin hisobini registratsiya qilishda Yandex pochta manzilini kiritgan boʻlsangiz (World of Tanks, World of Warcarft va h.);
-
sizda Yandexga tashqi kirish usullari sozlangan – masalan, ijtimoiy tarmoqlardagi profil orqali;
-
siz elektron hamyon yoki boshqa toʻlov xizmatlarida roʻyxatdan oʻtish uchun oʻz Yandex Pochtangizdan foydalandingiz.
Sizga hatto hisobingizni buzishga asos yo‘qday tuyulsa ham, bu hol olib kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga ko‘z yumish kerak emas.
Hisobga qanday buzib kirish mumkin
Hisobingizga kirish uchun yovuz niyatli kishi quyidagilarni sinab ko‘rishi mumkin:
Parolingizni aniqlashi
Sodda parolni aniqlash qiyin emas. Misol uchun, agar ismingiz Valentina boʻlsa va siz 1975-yilda tugʻilgan boʻlsangiz, valentina1975
parolini aniq tekshirib koʻrishadi. Parolingiz tez-tez foydalaniladiganlardan biri boʻlsa (masalan, qwerty
yoki password1
), firibgarlar barcha sodda parollarni sinab, parolingizni topishiga koʻp vaqt ketkazishmaydi.
Parolingizni aniqlash qiyin bo‘lishi uchun uni bizning tavsiyalarga binoan yanada murakkablashtiring.
Parolingizni bilib olish
Registatsiya qilishingiz bilan parolingizni sizdan boshqa hech kim bilmaydi. Lekin siz uni bilib-bilmay fosh qilib qo‘yishingiz mumkin:
-
Parolni qarindoshlar, do‘stlar yoki hamkasblarga bildirishingiz mumkin. Agar siz ularga to‘liq ishonsangiz ham, sizdan boshqalarga ma’lum bo‘lgan sir ortiq sir bo‘lmaydi.
-
Siz parolni soxta xat yoki SMSga javob tariqasida yuborishingiz mumkin. Firibgar shaxs parolni yuborish so‘ralgan Yandex xabarini soxtalashtirishi mumkin, vaholanki, Yandex hech qachon bunday ko‘rinishda parolni so‘ramaydi.
Firibgarlik xatlari haqida batafsil Yandex Pochta Yandex Supportining Fishing bo‘limida tanishish mumkin.
-
Siz parolni soxta saytda kiritishingiz mumkin. Firibgarlar butun boshli saytni soxtalashtirishi va uni oʻxshash manzilga joylashtirishlari mumkin, masalan
yanclex.uz
.Bu yuz bermasligi uchun sayt haqiqiy ekaniga ishonch hosil qilmaguncha parolni kiritmang.
-
Siz turli saytlarda bir xil paroldan foydalanishingiz mumkin. Agar buzib kiruvchi shaxs sizning biror saytga kiradigan parolingizni aniqlasa, u paroldan boshqa ommabop xizmatlarga, jumladan, sizning Yandexdagi hisobingizga kirishga aniq urinib ko‘radi.
Buning oldini olish uchun har safar registratsiyada yangi parolni o‘ylab toping. Agar siz koʻplab xizmatlarda roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, barcha parollarni eslab qolish oson boʻlmaydi. Bu holda parollar menejeridan foydalanib koʻring, lekin unga shaxsiy maʼlumotlaringizni taqdim etishdan oldin tanlangan dastur yoki kengaytmaga oid sharhlarni oʻrganishni unutmang.
-
Kompyuteringizda sizning harakatlaringizni kuzatuvchi virus bo‘lishi mumkin. Bunday virus yordamida yovuz niyatli kishi siz klaviatura yordamida teradigan barcha harakatlarni ko‘rishlari mumkin, jumladan, Yandexdagi login va parolingizni.
Buning oldini olish uchun antivirus o‘rnating va uni doimiy ravishda yangilab boring. Bepul antivirusni bizning ro‘yxatimizdan tanlashingiz mumkin.
Tashqi xizmatdagi profilingizni buzib kirish (masalan, ijtimoiy tarmoqlar)
Tashqi hisoblar sahifasida sanalgan xizmatlar uchun Yandexdagi hisobingizga kirishga ruxsat berilgan boʻlishi mumkin. Agar gʻaraz niyatli shaxs tashqi xizmatda profilingizni buzib kirsa, u bir zumda Yandexdagi hisobingizga ham kira olishi mumkin.
Buning oldini olish uchun tashqi xizmatdagi profilingizni Yandex ID hisobi kabi himoya qilishga urining: kirish uchun murakkab parol oʻylab toping, imkon qadar telefon raqamini tasdiqlang.
Qoʻshimcha pochta manzilingizga buzib kirish
Xavfsizlik yorlig‘i Tiklash usullari bo‘limida Yandex IDga ulangan barcha manzillar keltirilgan. Yandex Pochtadan boshqa barcha manzillardan hisobga kirishni qayta tiklashda foydalanish mumkin: Yandex xatda qayta tiklash uchun kod yuboradi. Agar firibgar shaxs qoʻshimcha manzilingizga buzib kirgan boʻlsa, u ushbu manzilni koʻrsatgan holda Yandexdagi hisobingizga kirishni «qayta tiklashi» mumkin.
Buning oldini olish uchun qoʻshimcha manzillaringizning har birini xuddi Yandex ID hisobini himoya qilganday himoya qiling: kirish uchun murakkab parol yarating, iloji boʻlsa, telefon raqamini tasdiqlang.
Nazorat savolingizga javobni topishi yoki bilib olishi mumkin
Agar kirishni qayta tiklash uchun telefon raqami yoki qo‘shimcha pochta manzilidan foydalanmayotgan bo‘lsangiz, firibgar shaxs sizning nazorat savolingizni topishi yoki bilib olishi kerak bo‘ladi.
Topish qiyin bo‘lgan javobni bizning tavsiyalar yordamida yaratish mumkin. Ammo sizning nazorat savolingizga javobni aldov yo‘li bilan bilib olishga urinadigan firibgarlardan ham ehtiyot bo‘lish lozim. Masalan, agar nazorat savoli sizning sevimli taomingiz qaysi bo‘lsa, sizga ijtimoiy so‘rovnoma shaklida bunday yozishlari mumkin:
Firibgarlar xatining namunasi
Salom!
Men gastronomiyaga bag‘ishlangan yirik saytning vakili bo‘laman. Auditoriyaning didini yaxshiroq tushunish uchun biz oddiy ijtimoiy soʻrov o'tkazyapmiz: sizning sevimli taomingiz nima?
Hurmat bilan, fake-food.uz loyihasi muallifi
Hisobingizni qanday himoya qilish mumkin
Hisobingizni buzib kirish yoki o‘g‘irlikdan himoya qilish uchun imkon qadar Yandex ID hisobiga telefon raqamini ulang yoki bir martalik parol bilan kirish funksiyasini yoqing. Shundan keyin sizning hisobingiz xavfsizligi faqatgina parolga bog‘liq bo‘lishdan to‘xtaydi va kirishga oid muammoni hal qilish osonroq bo‘ladi.
Agar bir martalik parol bilan kirishni yoqishni istamasangiz, doimiy parolingizni himoya qilishga harakat qiling:
Murakkab parol yarating
Topish va terish qiyin bo‘lgan parolni bizning tavsiyalar yordamida yaratish mumkin.
Parolingizni hech kimga aytmang
Registatsiya qilishingiz bilan parolingizni sizdan boshqa hech kim bilmaydi. Parolni tasodifan firibgarlarga bildirib qo‘ymaslik uchun uni hech kimga aytmang va shubhali saytlarda kiritmang.
Dasturlar va ilovalar uchun (masalan pochta mijozlari) maxsus parollar yaratgan xavfsizroqdir.
Parolingizdan boshqa xizmatlardan foydalanmang
Parolingizni bitta xizmatda aniqlab olgan buzib kiruvchi shaxs parol boshqa ommabop saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va o‘yinlarga mos kelish yoki kelmasligini albatta tekshirib ko‘radi.
Agar siz koʻplab xizmatlarda roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, barcha parollarni eslab qolish oson boʻlmaydi. Bu holda parollar menejeridan foydalanib koʻring, lekin unga shaxsiy maʼlumotlaringizni taqdim etishdan oldin tanlangan dastur yoki kengaytmaga oid sharhlarni oʻrganishni unutmang.
Kirishni qayta tiklash vositalaringizni himoya qiling
Buzib kiruvchi shaxs hisobingizga kirishni "qayta tiklay olmasligini" taʼminlashga harakat qiling:
-
Agar telefon raqamini tasdiqlagan bo‘lsangiz, u faol ekanini ta’minlang. Raqamni o‘zgartirganda uni darhol Telefonlar sahifasidan ham o‘zgartiring.
-
Agar kirishni qayta tiklash uchun qoʻshimcha pochta manzillaridan foydalansangiz, qoʻshimcha manzillaringizning har birini xuddi Yandex ID hisobini himoya qilganday himoya qiling: kirish uchun murakkab parol yarating, iloji boʻlsa, telefon raqamini tasdiqlang.
-
Agar kirishni qayta tiklash uchun faqat nazorat savolidan foydalansangiz, nazorat savolini ishonchliroq qilish borasidagi bizning tavsiyalar bilan tanishing.
Birov hisobingizga buzib kirgan bo‘lsa nima qilish lozim
Agar siz Yandexning ishida biror shubhali narsani sezgan boʻlsangiz (masalan, tanishlaringiz siz yubormagan xatlarni olsa yoki faollik tarixida siz bajarmagan amallar paydo boʻlsa), unda hisobingizga buzib kirilgan boʻlishi mumkin.
Hisobingiz ustidan nazoratni qaytarish uchun bizning ko‘rsatmalarga amal qiling.
Ishonchli parolni qanday topish mumkin
Yaxshi parol — uni topish yoki terish murakkab bo‘lgan paroldir.
Diqqat
Hech qachon va hech kimga sizning hisobingizga kirishda foydalanish mumkin bo‘lgan parolni aytmang. Parolingizni qanchalik ko‘p odam bilsa, uni yovuz niyatli kishining bilish ehtimoli shunchalik katta bo‘ladi.
Murakkab parol yaratish uchun quyidagilardan foydalaning:
- Ham katta, ham kichik lotin harflari.
- Raqamlar.
- Tinish belgilari:
!
@
#
$
%
^
&
*
-
_
=
+
;
:
"
|
,
.
<
>
/
?
(~
va'
dan tashqari).
Qanday parollar ishonchsiz?
Parol sifatida nimalardan foydalanmaslik kerak:
-
Siz boshqa saytlar yoki ilovalarda allaqachon foydalanadiganingiz parollar. Kimdir, masalan, sizning ijtimoiy tarmoqdagi parolingizni bilib olgan bo‘lsa, shu parol yordamida nafaqat Yandex, balki boshqa ijtimoiy tarmoqlar, pochta xizmatlari va onlayn banklarga kirishga urinib ko‘rishadi.
-
Oddiy soʻzlar (
margarita
,begemot
), shuningdek, harflarning taxmin qilsa boʻladigan tartibit (qwerty
,123456
). -
Siz Internetda qayerdadir ko‘rsatgan bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar: ism, tug‘ilgan kun, pasport raqami va h. Hatto hech kim bilmaydi deb hisoblanadigan qizlik familiyadan ham foydalanish kerak emas.
Kirishni qayta tiklash usullari
Agar ro‘yxatdan o‘tishda siz telefon raqamini tasdiqlashni rad etsangiz, sizning hisobingiz faqat nazorat savoli yordamida himoyalanadi. Amalda, nazorat savoliga javob bu oddiy parol kabi topish yoki taxmin qilish mumkin bo‘lgan yana bitta paroldir. Shuning uhun biz imkon qadar kirishni qayta tiklashning ishonchliroq usulini o‘rnatishni tavsiya etamiz.
Agar nazorat savolidan foydalanishingizga to‘g‘ri kelsa, uni himoya qilishga harakat qiling.
Yandex Kalit
Android va iOS bazasidagi qurilmalarda hisobni himoyalash uchun Yandex Kalit ilovasini o‘rnatish mumkin. Yandexga har bir kirish uchun ilova siz uni kiritishingiz zahoti ishlashdan to‘xtaydigan bir martalik parol yaratadi.
Bir martalik parol bilan kirish — bu Yandex ID himoyasining eng ishonchli usulidir. Bunday himoyani buzish uchun yomon niyatli shaxslar boshqa narsalar qatori qurilmangizni o‘g‘irlashi va uning qulfini ochishi kerak.
Bu himoya usuli haqida batafsil Yandex Kalit bo‘limida tanishing.
Telefon raqami
Himoyalangan telefon raqami sizga Yandex SMS orqali yuboradigan kod yordamida hisobingizga kirishni qayta tiklash imkonini beradi. Unga keladigan xabarlarni ortiq o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmasangiz, himoyalangan raqamni o‘zgartirishni unutmang.
Agar yovuz niyatli kishi hisobingizga kirish imkonini topsa ham sizda hisob ustidan nazoratni qaytarish va parolni o‘zgartirish uchun kamida 14 kun vaqt bo‘ladi.
Bu himoya usuli haqida batafsil Telefon raqamlarini ulash bo‘limida tanishing.
Qo‘shimcha pochta manzili
Qo‘shimcha pochta manzili sizga Yandex shu manzilga xat orqali yuboradigan kod yordamida o‘z hisobingizga kirishni qayta tiklash imkonini beradi. Hisobingizga kirish imkonini topgan firibgarlar hisob ustidan nazoratni qaytarishingizga xalaqit berish uchun qo‘shimcha email manzilini Yandex ID hisobidan nisbatan oson uzishi mumkin. Shuning uhun biz imkon qadar kirishni qayta tiklashning ishonchliroq usulini o‘rnatishni tavsiya etamiz.
Agar qo‘shimcha elektron pochta manzilidan foydalansangiz, unga yovuz niyatli kishi Yandex ID hisobingizga ham kirishi mumkin. Qo‘shimcha elektron pochta manzilini yaxshilab himoya qilish lozim: kuchli parol yaratish, iloji bo‘lsa, ikki faktorli autentifikatsiyani yoqish yoki telefon raqamini ulash.
Bu himoya usuli haqida batafsil Qo‘shimcha email manzillari bo‘limida tanishing.
Nazorat savoli
Agar siz kirishni qayta tiklashning boshqa usullaridan foydalanmasangiz, hisobingiz buzib kirilishdan nazorat savoli yordamida himoyalanadi. Shuning uchun nazorat savoliga javobni topish yoki taxmin qilish xuddi parolni topish yoki taxmin qilish kabi qiyin bo‘lishi kerak.
Sharh
Nazorat savoliga javobni esda saqlab yurmaslik uchun bir martalik parol bilan kirishni yoqing, telefon raqamini tasdiqlang yoki qo‘shimcha pochta manzilini kiriting.
Nazorat savoliga faqat sizga ma’lum bo‘lgan javobni ko‘rsatgan ma’qul. Onangizning qizlik familiyasi, sevimli taom, uy hayvonining laqabi, telefon yoki xonadon raqami — bu ma’lumotlarning barchasi tanishlaringiz yoki hatto jamoatchilikka ma’lum bo‘lishi mumkin (masalan, ularni ijtimoiy tarmoqda ko‘rsatgan bo‘lsangiz). Javobini eslab qolish sizga oson, firibgarlarga esa qiyin bo‘lgan o‘zingizning nazorat savolingizni ko‘rsatishga urinib ko‘ring.