Qidirish imkoniyatlari

Aqlli satr, ovozli qidiruv va sahifa bo’yicha qidiruv funksiyalaridan foydalaning. Mobil Yandex Brauzerida maʼlumotni rasmlar asosida ham qidirishingiz mumkin.

Sharh

Qidirish natijalarida keraksiz kontent chiqmasligi uchun oilaviy qidiruv rejimini yoqing. Bu haqda batafsil axborot Bolalar uchun qidirishni cheklash bo’limi, Yandex qidirish tizimi haqidagi savol-javoblar hujjatida keltirilgan.

Aqlli satr

Aqlli satr ‒ bu Brauzerning sayt manzil va qidiruv axboroti uchun asosiy element. Aqlli satr brauzerning yuqori qismida joylashgan.

Saytni ochganingizda Aqlli satr ekranda joy egallamasligi uchun yo’qolishi mumkin. Agar uni qaytarmoqchi bo’lsangiz, Brauzerning quyi chegarasiga bosing.

Sharh

Aqlli satrni Android bildirishnomalar paneliga ham kiritishingiz mumkin. Buning uchun Sozlamalarda Bildirishnomalar bo’limida Bildirishnomalar panelida Zenni ko’rsatish parametrini yoqing.

Panelni ochish uchun aksariyat qurilmalarda ekranning yuqori chetini pastga surish lozim.

So’rov yaratish yoki saytga kirish

  1. Aqlli satrda so’rov, manzil yoki sayt nomini kiriting (so’rovlar ovoz va klaviatura yordamida ham berilishi mumkin).

  2. Virtual klaviaturada matn kiritish tugmasini bosing.

Brauzer sizga kerakli narsani ‒ sayt yoki qidiruv sahifasini o’zi aniqlaydi va natijani chiqaradi.

Aqlli satrdagi belgilar

— Aqlli satrni tozalash;

— ochilgan sahifani yangilash;

Yandexga o’tish;

, , , ulanish xavfsizligi belgilari;

— boshlash.

Maʼlumotlarni kiritishdagi ishoralar

 — qidiruv so’rovining ko’p uchraydigan variantlari (uni Aqlli satrga joylashtirish uchun kerakli variantni bosing);

— qidiruv so’rovining variantlari (uni Aqlli satrga joylashtirish uchun kerakli variantni bosing);

— siz allaqachon kirgan saytlar;

— ommabop veb-saytlar.

Sayt sahifasi bo‘ylab qidirish

  1.  → Matnda qidirish tugmasini bosing.

  2. Qidirish uchun so‘z yoki jumlani kiriting.

Brauzer sahifadagi barcha kerakli so’zlarni ko’rsatadi. Ular o‘rtasida almashish uchun va belgilaridan foydalaning. Qidiruvni yopish uchun chapdagi belgisini bosing.

Matn asosida qidirish

Sizni qiziqtirgan savol haqida qo’shimcha axborot olish uchun:

  1. Kerakli so’z yoki iborani tanlang:

    • so’zni tanlash uchun uni bosing va ushlab turing;

    • bir necha so’zni tanlash uchun birinchi so’zni bosing va keyin chiqqan slayderni o’ngga suring.

  2. Aqlli satr ustidagi panelda Yandexda topish ustiga bosing.

Natija Yandex qidiruv tizimida ochiladi.

Rasmlar asosida qidirish

Brauzerda siznikiga o’xshash rasmlarni qidirishingiz yoki obyektni suratga olishingiz va u nima ekanini so’rashingiz mumkin. Qidiruv uchun Yandex kompyuter ko’rish algoritmlari ishlatiladi. Qidiruv natijalarida rasmingizning aniq va biroz farqli nusxalari aks etadi. Masalan, bir xil zotli mushukchalarning suratlari.

Quyidagi kabi rasmlarni topish uchun:

  1. Sayt sahifasida tanlangan rasmni bosing va ushlab turing.

  2. Kontekst menyusida Rasm asosida qidirish tugmasini bosing.

Qidiruv natijasi Yandex Rasmlar sahifasida ochiladi.

  1. Aqlli satrda tugmasini bosing.

  2. Qidiruv rejimini tanlang.

  3. Planshet kamerasiga suratga oling yoki suratlar galereyasidan rasm tanlang (pastki o’ng burchakda oxirgi suratning kichik nusxasi tushirilgan dumaloq belgini bosing).

Alisa natijani aniqlaydi va shunga o’xshash rasmlarni taklif qiladi. Qidiruv natijalari O’xshashlar bo’limida bo’ladi.

Yordam xizmatiga yozish
Avvalgisi
Keyingisi