Saytlar haqidagi sharhlar

Har qanday foydalanuvchi mobil Yandex Brauzerda tashrif buyurgan veb-sayti haqida sharh qoldirishi mumkin. Boshqa foydalanuvchilarga yordam berish uchun fikringizni bildiring.

Sharhlarni ochish

Veb-saytlar haqidagi sharhlarni o’qib chiqish uchun:

  1. Veb-saytni oching va Aqlli satrda ustiga bosing.

  2. Veb-sayt nomi ostida Sayt haqida ustiga bosing.

  3. Ochilgan oynada Veb-sayt haqida fikrlar tugmasini bosing.

Barcha sharhlarni ko’rib chiqish uchun pastga aylantiring. Bundan tashqari, sharhlarni relevantligi, ommabopligi va yangiligi bo’yicha saralashingiz, avval ijobiy yoki salbiylarini ko’rsatishingiz mumkin.

Sharhlar bilan ishlash

Sharh qoldirish
  1. Veb-saytni oching va Aqlli satrda ustiga bosing.

  2. Veb-sayt nomi ostida Sayt haqida ustiga bosing.

  3. Ochilgan oynada Veb-sayt haqida fikrlar tugmasini bosing.

  4. Baholang — kerakli yulduzchalar sonini belgilang. 1–3 ta yulduzli baho salbiy sharhlar, 4–5 ta yulduzli baho esa ijobiy sharhlar safiga tushadi.

  5. Sharh qoldirish tugmasini bosing.

  6. Saytdan olgan taassurotlaringizni yozing. Sharh yaratishga oid tavsiyalarni hisobga oling.

  7. Sharh yuborish tugmasini bosing.

Sharhni tahrirlash
  1. Veb-saytni oching va Aqlli satrda ustiga bosing.

  2. Veb-sayt nomi ostida Sayt haqida ustiga bosing.

  3. Ochilgan oynada Veb-sayt haqida fikrlar tugmasini bosing.

  4. Sizning sharhingiz ro’yxatda birinchi aks etadi.  → O’zgartirish tugmasini bosing. Sizning sharhlaringiz jamlangan sahifa ochiladi. Kerakli sharh sariq rang bilan ajratiladi.

  5. Kartochkada O’zgartirish ustiga bosing.

  6. Tuzatishlarni kiriting.

  7. Sharhni saqlash tugmasini bosing.

Sharhni olib tashlash
  1. Veb-saytni oching va Aqlli satrda ustiga bosing.

  2. Veb-sayt nomi ostida Sayt haqida ustiga bosing.

  3. Ochilgan oynada Veb-sayt haqida fikrlar tugmasini bosing.

  4. Sizning sharhingiz ro’yxatda birinchi aks etadi.  → O’zgartirish tugmasini bosing. Sizning sharhlaringiz jamlangan sahifa ochiladi. Kerakli sharh sariq rang bilan ajratiladi.

  5. Kartochkada O’chirish ustiga bosing.

  6. O‘chirish amalini tasdiqlang.

Sharhni baholash
  1. Veb-saytni oching va Aqlli satrda ustiga bosing.

  2. Veb-sayt nomi ostida Sayt haqida ustiga bosing.

  3. Ochilgan oynada Veb-sayt haqida fikrlar tugmasini bosing.

  4. Kerakli sharh ostida yoki belgisini bosing.

Sharh ustidan shikoyat qilisg

Agar qoidalarga zid, masalan, kattalar kontenti yoki haqoratlardan iborat sharhni payqasangiz, bizga yozing.

Brauzerda sharhlarni faolsizlantirish

Agar Brauzerda saytlar haqidagi sharhlar aks etishini istamasangiz:

  1. ustiga bosing.

  2. Qo’shimcha bo’limiga kiring.

  3. Sahifalardagi sharhlar sonini ko’rsatish funksiyasini faolsizlantiring.

Sharhlaringiz haqida maʼlumotlarni boshqarish

Siz qoldirgan barcha sharhlar Yandex serverlarida saqlanadi. Biz bu maʼlumotlarni ehtiyotkorlik bilan saqlaymiz: bizning barcha omborlarimiz SOC 2 standarti talablariga javob beradi — bu eng ishonchli xalqaro standartlardan biri.

Shaxsiy maʼlumotlarni Yandexdagi maʼlumotlaringiz sahifasida boshqarish mumkin.

  1. Yandexdagi ma’lumotlaringiz sahifasini oching va kerakli Yandex ID yordamida kirganingizga ishonch hosil qiling.

  2. Maʼlumotlarni yuklab olish tugmasini bosing.

  3. Arxivni hozirlash tugmasini bosing.

Yandex arxivni yuklab olganidan so’ng faylni yuklab olish mumkinligi haqida xat olasiz. Agar Yandexda pochtangiz bo’lmasa, yuklab olish holati haqida faqat sahifadagi maʼlumot orqali bilishingiz mumkin.

Sharh

Arxiv parol bilan himoya qilinadi. Qanday qilib parolni olish va arxivni ochish haqida Yandex ID Yordam xizmatida o’qib oling.

  1. Yandexdagi ma’lumotlaringiz sahifasini oching va kerakli Yandex ID yordamida kirganingizga ishonch hosil qiling.

  2. Maʼlumotlarni o’chirish bo’limida xizmat nomi mavjud tugmani bosing. Yandex bu xizmat uchun saqlaydigan maʼlumotlar bor ro’yxat ochiladi.

    Sharh

    Agar xizmat ro’yxatda bo’lmasa, ro’yxatning pastki qismidagi Boshqalarini ko’rsatish tugmasini bosing.

  3. Ma’lumotlar turi bor satrni tanlang.

  4. Ochilgan oynada O‘chirib tashlash tugmasini bosing.

O’chirilgandan keyin barcha maʼlumotlaringizdan foydalanish imkoniyatini yo’qotasiz. Ayrim maʼlumotlarni Yandex hali bir muddat saqlab turadi, chunki bu .

  1. ustiga bosing.

  2. Maxfiylik rukniga kiring.

  3. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  4. Kerakli xususiyatlarni yoqing:

    • Mahalliy tarix — qidiruv so’rovlari va siz tashrif buyurgan sahifalar.
    • So’rovlar veb-tarixiqidiruv so’rovlaringiz ro’yxati.
    • Veb-sahifa maʼlumotlaricookie fayllar (ularda login, parol, savatga qo’shilgan mahsulotlar haqidagi maʼlumotlar va boshqalar saqlanishi mumkin).
    • Kesh — ayrim maʼlumotlarning (musiqa, video, rasmlar va boshqalar) nusxalari bo’lib, sahifa qayta yuklanganida uni tezroq ochish va tarmoq yukini kamaytirish imkonini beradi.
    • Veb-saytlar uchun ogohlantirishlar — agar veb-sayt harakat (masalan, plaginni ishga tushirish) uchun ruxsat so’rasa va siz Bu veb-sayt uchun har doim bandini tanlasangiz, bu amal avtomatik ravishda bajariladi. Ogohlantirishlar ro’yxati tozalangandan so’ng, veb-saytlar harakatlar uchun yana ruxsat so’rashni boshlaydi.
    • Yuklanmalar — Brauzer orqali yuklab olingan fayllar ro’yxati.
    • Ochilgan varaqlar — Brauzerda ochilgan varaqlar.
  5. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  6. Ma’lumotlarni oʻchirilishini tasdiqlang.

Batafsil ma’lumot oling

Yordam xizmatiga yozish
Avvalgisi
Keyingisi