Boshqa brauzerlardan ma’lumotlarni import qilish

Google hisobdan ma’lumotlarni import qilish

Agar Google hisobingiz bo‘lsa va Google Chrome brauzerida sinxronlash yoqilgan bo‘lsa, u yerdan parollar, bukmarklar, tarix va boshqa ma’lumotlarni nusxalashingiz mumkin. Yandex maxfiylik siyosatiga muvofiq ma’lumotlaringizni ishonchli tarzda saqlaydi. Ma’lumotlarni ko‘p marta nusxalashingiz mumkin, ular takrorlanmasdan shunchaki birlashib ketaveradi.

  1. tugmasini bosing.

  2. Umumiy bo‘limida Google’dagi ma’lumotlardan nusxa olish tugmasini bosing.

  3. Nusxa olinadigan ma’lumotlarni tanlang:

    • Veb-saytlardagi parollar;
    • Avtomatik kiritish ma’lumotlari;
    • Bukmarklar;
    • Tarix.
  4. Google hisobiga kirish va nusxalash tugmasini bosing, avtorizatsiya sahifasi ochiladi.

  5. Google’da avtorizatsiyadan o‘ting.

    Sharh

    Nusxalash paytida qayta avtorizatsiya yoki kirishni tasdiqlash talab etilishi mumkin (Google ko‘rsatmalariga amal qiling).

Shundan so‘ng ma’lumotlarni nusxalash boshlanadi.

  • Nusxalash paytida:

    • nusxalash tugamaguncha Brauzerni yopmang, bu bir necha daqiqa davom etishi mumkin;
    • bu vaqtda brauzerdan foydalanishda davom etishingiz mumkin, nusxalash fonda amalga oshiriladi;
    • bu vaqt mobaynida pastki o‘ng tomondagi tugmasi ko‘rinishda bo‘ladi.
  • Agar nusxalash muvaffaqiyatli yakunlansa:

    • “Google’dagi ma’lumotlaringiz muvaffaqiyatli nusxalandi” xabarini olasiz;
    • pastki o‘ng tomondagi tugmasi ko‘rinishini oladi.
  • Agar nusxalash muvaffaqiyatsiz yakunlansa:

    • “Google’dagi ma’lumotlaringiz nusxalanmadi” xabarini olasiz;
    • pastki o‘ng tomondagi tugmasi ko‘rinishini oladi;
    • ma’lumotlarni qaytadan nusxalashga urinib ko‘rishingiz mumkin.

    Diqqat

    Google Chrome brauzeringizda ma’lumotlarni shifrlash yoqilgan bo‘lsa, undan ma’lumotlarni import qila olmaysiz.

Boshqa brauzerdan ma’lumotlarni sinxronlash orqali import qilish

  1. Mobil qurilmada sinxronlashni yoqing:

    1.  →  → Sinxronlashni yoqish tugmasini bosing.

    2. Login va parolingizni kiriting yoki ro’yxatdan hisobni tanlang.

      Sharh

      Agar siz Yandexda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, siz sinxronlashni yoqolmaysiz, chunki serverdagi ma’lumotlar Yandex IDda saqlanadi. Ro’yxatdan o’tish uchun Registratsiya tugmasini bosing va hisob parametrlarini to’ldiring.

    3. Kirish tugmasini bosing.

    Sinxronlangan ma’lumotlar ro‘yxatiga o‘tish uchun  →  → Sinxronlash tugmasini bosing.

  2. Kompyuter uchun Yandex Brauzer o'rnating.

  3. Sinxronlashni yoqing va qaysi ma’lumotlarni sinxronlash kerakligini belgilang.

  4. Boshqa brauzerdan ma’lumotlarni import qiling.

    Ma’lumotlarni bevosita Yandex Brauzeringiz sozlamalarida ko‘rsatilgan brauzerlardan import qilishingiz mumkin.

    Diqqat

    Google Chrome brauzeringizda ma’lumotlarni shifrlash yoqilgan bo‘lsa, undan ma’lumotlarni import qila olmaysiz.

    Agar brauzeringiz sozlamalarda ko‘rsatilmagan bo‘lib, lekin ma’lumotlarni HTML-faylga bukmarklar orqali saqlash imkoniyatiga ega bo‘lsa, ma’lumotlarni ushbu fayl orqali ko‘chiring. Ma’lumotlarni import qilishni boshlashdan avval, ma’lumotlaringizni HTML-faylga saqlab qo‘ying. Buni qanday amalga oshirishni brauzeringiz qo‘llanmasida ko‘rib chiqing.

    1.  → Sozlamalar tugmasini bosing.

    2. Umumiy sozlamalar bo‘limining Sinxronlash blokida Ma’lumotlarni import qilish tugmasini bosing.

    3. Brauzerlardan birini yoki bukmarkli HTML-faylni tanlang.

    4. Qaysi ma’lumotlarni import qilish kerakligini ko‘rsating.

      • Tarix;
      • Bukmarklar;
      • Parollar;
      • Qidirish tizimlari;
      • Oxirgi ochilgan varaqlar;
      • Tizim sozlamalari.
    5. Ko‘chirishni bosing.

    Nusxalash yakunlangach, ma’lum vaqtdan keyin ma’lumotlar sinxronlanadi va mobil Brauzerda paydo bo‘ladi.

Yordam xizmatiga yozish