Yandex Eats Servisi Foydalanuvchisi bilan kelishuv

1. Atama va taʼriflar

1.1. Bu hujjat maqsadlari yuzasidan quyida keltirilgan atamalar quyidagi maʼnolarda qoʻllaniladi:

Yandex Eats Servisi, Servis – barcha veb-saytlarni (shu jumladan, Internet tarmog‘ida eats.yandex.com/ manzilida joylashtirilganlarini), Yandex va uning affillangan shaxslarining EHM dasturlarini (shu jumladan, mobil qurilmalar uchun dasturlarni) anglatadi, ular Servis foydalanuvchisiga Foydalanuvchi bilan kelishuvda tavsiflanganidek, Tovar buyurtmasi va Yetkazib berishni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Foydalanuvchi — Tovar va Yetkazib berish xizmati uchun Buyurtma rasmiylashtirish maqsadida Foydalanuvchi bilan kelishuv shartlari asosida Servisdan foydalanuvchi shaxs.

Avtorizatsiya qilingan Foydalanuvchi — Servisda roʻyxatdan oʻtish vaqtida oʻziga berilgan login va paroldan foydalangan holda Servisda avtorizatsiyadan oʻtgan Foydalanuvchi.

Hamkor — Servis foydalanuvchilariga Buyurtmani rasmiylashtirishda Tovarni sotadigan, Shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa Servis Foydalanuvchilariga Yetkazib berishni ham amalga oshiradigan, Yandex ofertasini qabul qilgan va tuzilgan Shartnoma bo‘yicha Yandex Eats xizmatlarining buyurtmachisi bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;

Buyurtma — Foydalanuvchi tomonidan Servisda rasmiylashtirilgan Tovar va Yetkazib berish buyurtmasi, buning natijasida Foydalanuvchi Hamkor bilan Tovarni tayyorlash va/yoki oldi-sotdi shartnomasini hamda Yetkazib beruvchi bilan (yoki Hamkor tomonidan Yetkazib berish amalga oshirilgan taqdirda, tegishincha Hamkor bilan) ushbu Tovarni yetkazib berish shartnomasini Hamkor tomonidan belgilangan va Servisda joylashtirilgan shartlarda tuzadi;

Shartnoma — Buyurtmani rasmiylashtirish natijasida Foydalanuvchi Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuzadigan, Foydalanuvchi va Hamkor oʻrtasidagi Tovarni tayyorlash va/yoki uning oldi-sotdisi haqidagi shartnoma va/yoki Foydalanuvchi va Yetkazib beruvchi (yoki Yetkazib berish Hamkor tomonidan amalga oshirilsa, Hamkor) oʻrtasidagi yetkazib berish haqidagi shartnoma.

Tovar — oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlari va ichimliklar (Oʻzbekiston Respublikasi (“OʻzR”) qonun hujjatlariga muvofiq muomalada boʻlishi cheklangan mahsulotlar bundan mustasno), shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari boʻlib, ularni Foydalanuvchilarga sotish Foydalanuvchi Servisda rasmiylashtirgan Buyurtma asosida Hamkor tomonidan amalga oshiriladi. Foydalanuvchi bilan kelishuvda yoki Foydalanuvchi bilan kelishuvning 2.2-bandida keltirilgan boshqa hujjatlarda zikr qilinganda, Tovar ham bitta Tovarni, ham bir nechta Tovarni anglatadi, Foydalanuvchi bilan kelishuv yoki boshqa tegishli hujjatda boshqacha qoida belgilangan hollar bundan mustasno.

Yetkazib berish — Foydalanuvchi Servisda rasmiylashtirgan Buyurtma asosida Tovarni Foydalanuvchiga yetkazib berish xizmati. Foydalanuvchi bilan yetkazib berish haqida shartnomani tuzish Foydalanuvchining Servisda Buyurtma rasmiylashtirishi orqali Yetkazib beruvchi, yoki, agar Hamkor Yetkazib berishni xizmatini koʻrsatsa, tegishli Hamkor tomonidan amalga oshiriladi. Hamkor yoki Yetkazib beruvchi Tovarni Foydalanuvchiga yetkazib berish uchun uchinchi tomonlarni jalb qilish huquqiga ega.

Yetkazib beruvchi — Foydalanuvchi tomonidan Buyurtmasi rasmiylashtirilgan Tovarni Yetkazib beruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (Yetkazib berish Hamkor tomonidan amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno).

Foydalanuvchi bilan kelishuv — bu mazkur hujjat boʻlib, quyidagi sahifaga joylashtirilgan: https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda.

Yandex — “Y EATS” XK MChJ, manzil: TOSHKENT SHAHRI, MIRZO ULUGʻBEK TUMANI, ELOBOD MFY, CHUST KOʻCHASI, 1-UY

Promokod — Belgilangan simvollar ketma-ketligi boʻlib, u aktivatsiya qilinganida va Promokoddan foydalanishning boshqa shartlari bajarilganda, Foydalanuvchiga belgilangan miqdordagi chegirma bonus/balllar koʻrinishida taqdim etiladi (1 ball = 1 soʻm ekvivalentida). Promokod Foydalanuvchiga Servisda koʻrsatish yoʻli yoki boshqa usullar bilan yetkazilishi mumkin.

Bonuslar/ballar — Servisdan foydalanuvchilar sonini, Servis orqali joylashtirilgan buyurtmalar sonini ko‘paytirish va foydalanuvchilarning Servisga sodiqligini oshirish maqsadida foydalanuvchi faolligini rag‘batlantirish dasturlari doirasida Servisda belgilangan miqdorda yoki boshqa vositalar bilan taqdim etiladi. Ushbu bonuslar/ballar Foydalanuvchi tomonidan buyurtma qilingan Tovarlar, Servis yigʻimi va/yoki Tovarni Foydalanuvchiga yetkazib berish narxini to'lash uchun ishlatilishi mumkin.

Yandex Go ilovasi — mobil qurilmalarida “Yandex Go” dasturidan foydalanish boʻyicha litsenziya shartnomasi shartlari asosida Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, mobil qurilmalarga moʻljallangan “Yandex Go” dasturi; u internet tarmogʻida quyidagi hamma uchun ochiq sahifaga joylangan: https://yandex.com/legal/yandexgo_mobile_agreement/#index__russia_ru.

Yandex Eats ilovasi — mobil qurilmalarida “Yandex Eats” dasturidan foydalanish boʻyicha litsenziya shartnomasi shartlari asosida Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, mobil qurilmalarga moʻljallangan “Yandex Eats” dasturi; u internet tarmogʻida quyidagi hamma uchun ochiq sahifaga joylangan: https://yandex.com/legal/license_eda_uz.

Ishonchli vakil — Foydalanuvchi https://yandex.uz/legal/split_b2c/ru/ manzilida chop etilgan topshiriq shartnomasining shartlarida Hamkor bilan Foydalanuvchi nomidan va uning hisobidan Tovarni sotib olish va/yoki yetkazib berish shartnomasini tuzish hamda to‘lovni amalga oshirishni topshirishga haqli bo‘lgan uchinchi shaxsni bildiradi. Foydalanuvchining ushbu bandda nazarda tutilgan huquqi faqat Foydalanuvchiga ko‘rsatilgan topshiriq shartnomasini tuzish uchun Servisning tegishli funksionalligi mavjud bo‘lgan taqdirda yuzaga keladi.

1.2. Foydalanuvchi bilan kelishuvda Foydalanuvchi bilan kelishuvning 1.1-bandida belgilanmagan atamalar ishlatilishi mumkin. Bunday holda bu atama Foydalanuvchi bilan kelishuv matniga muvofiq tarzda talqin qilinadi. Foydalanuvchi bilan kelishuv matnida biror atamaning bir xil maʼnodagi talqini boʻlmasa, bu atamaning talqinini quyidagi tartibda belgilanadi: birinchi navbatda – OʻzR qonunchiligi, ikkinchi navbatda – Servisdagi talqin, undan keyin – internetda belgilangan (umumiy foydalaniladigan) talqin asosida.

2. Umumiy qoidalar

2.1. Bu Foydalanuvchi bilan kelishuv Foydalanuvchiga Yandex tomonidan bildirilgan Yandex Eats Servisidan foydalanish taklifini tashkil etadi.

2.2. Foydalanuvchining Servisdan foydalanishi ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuv, shuningdek, quyidagilar asosida tartibga solinadi:

“YANDEX” MChJ hujjatlari (ADRR: 1027700229193):

keyingi oʻrinlarda birgalikda “Tartibga soluvchi hujjatlar” deb yuritiladi.

2.3. Servis/uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlash orqali Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuvni, shuningdek, Tartibga soluvchi hujjatlarning shartlarini toʻliq hajmda, hech qanday cheklov va istisnolarsiz qabul qilgan hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuv va/yoki Tartibga soluvchi hujjatlarning biror qoidasiga rozilik bildirmasa, Foydalanuvchi Servisdan foydalanish huquqiga ega emas.

2.4. Yandex istalgan vaqtda Foydalanuvchini xabardor qilmasdan turib Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlarga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega. Foydalanuvchi bilan kelishuvning amaldagi tahriri Foydalanuvchi bilan kelishuvning 1.1-bandida koʻrsatilgan manzilda joylashgan. Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlarning yangi tahriri bilan tanishmaslikning xavfi Foydalanuvchi zimmasidadir, Foydalanuvchi bilan kelishuv yoki Tartibga soluvchi hujjatlarga oʻzgartirish kiritilgandan keyin Servisdan foydalanishda davom etish ularning yangi tahrirlarini qabul qilganlikni anglatadi.

2.5. Yandex tomonidan Foydalanuvchi bilan kelishuvning 2.4-bandida nazarda tutilgan tartibda Foydalanuvchi bilan kelishuvga qandaydir oʻzgartirish kiritilsa va Foydalanuvchi bu oʻzgartirishga rozilik bildirmasa, Foydalanuvchi Servisdan foydalanishni toʻxtatishi shart.

2.6. Servis Foydalanuvchiga restoran va/yoki do‘kon, va/yoki dorixona va/yoki Yetkazib beruvchidan restoran va/yoki do‘kon, va/yoki dorixona va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan va Servisda joylashtirilgan shartlarda Tovarga buyurtma berish va Yetkazib berishni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

Servisning funksional imkoniyatlari kombinatsiyasiga qarab, Foydalanuvchidan Servisning funksional imkoniyatlaridan foydalanish, jumladan, axborot xizmati ishlashini ta’minlash, Buyurtmalarni qo‘llab-quvvatlash, texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, Servisning samarali ishlashini ta’minlaydigan boshqa tarkibiy qismlar uchun Servis toʻlovi (bundan keyin “Servis yigʻimi” deb yuritiladi) olinishi mumkin.

Servis yigʻimi o‘zgaruvchan bo‘lib, quyidagi qoidaga muvofiq Buyurtmadagi barcha Tovarlar qiymatining foizi sifatida hisoblanadi:

Buyurtmadagi barcha Tovarlar qiymatining 5 (besh) foizi, biroq 4 990 (to‘rt ming to‘qqiz yuz to‘qson) so‘mdan kam va 7 990 (yetti ming to‘qqiz yuz to‘qson) so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

Servis yigʻimining yakuniy miqdori avtomatik algoritmlar asosida aniqlanadi va Foydalanuvchi tomonidan Buyurtmani tasdiqlashdan oldin Servis interfeysida aks ettiriladi.

Ayrim hollarda, Foydalanuvchilarning Servisga sodiqlik darajasini oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish doirasida Yandex Foydalanuvchiga Servis yigʻimi uchun chegirma taqdim etish huquqiga ega.

Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan barcha Servis funksiyalari, shuningdek, ularni har qanday rivojlantirish va/yoki yangilarini qo‘shish Foydalanuvchi bilan kelishuvning predmeti hisoblanadi.

2.7. Foydalanuvchining hududi, Yetkazib berish manzili, Hamkor tomonidan taqdim etilgan Tovar haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, boshqa holatlarga qarab, Servisning barcha yoki ayrim funksiyalari mavjud boʻlmasligi yoki cheklangan boʻlishi mumkin. Agar Foydalanuvchi funksiyalarni ochiqchasiga ishlata olmasa, ular Foydalanuvchi uchun mavjud emas (cheklangan) hisoblanadi. Bu cheklovlarni aylanib oʻtish maqsadida biror har qanday texnik va dasturiy usullardan foydalanish taqiqlanadi. Servisning Foydalanuvchi uchun mavjud boʻlmagan (cheklangan) funksiyalarini tartibga soluvchi Foydalanuvchi bilan kelishuv qoidalari bunday funksiyalar Foydalanuvchi uchun aniq shaklda mavjud boʻlmaguncha qoʻllanilmaydi. Servis funksiyalarining mavjudligi haqidagi axborot Foydalanuvchiga uning Yandexga yuborgan soʻrovi asosida taqdim etiladi.

2.8. Servisdan foydalanish orqali Foydalanuvchi Yandexdan reklama mazmuniga ega xabarlarni olishga rozilik beradi. Foydalanuvchi Servisning tegishli funksiyasidan foydalangan holda yoki olingan reklama xabaridagi koʻrsatmalarga rioya qilgan holda reklama xabarlarini olishni rad etishga haqli.

2.9. Foydalanuvchi Servisdan foydalanganda, Yandex Foydalanuvchi tomonidan Hamkorlar va/yoki Yetkazib beruvchilar bilan tegishli ravishda Tovarlarni tayyorlash va/yoki sotish hamda Yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan Shartnomalarda tomon hisoblanmaydi. Yandex faqat Foydalanuvchi bilan kelishuvning 2.6-bandida belgilangan Servis doirasida Buyurtma berish imkoniyatini taqdim etadi va faqat Servis yigʻimi doirasida javobgar bo'ladi.

2.10. Yandex O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-son Qonuni mazmuni doirasida isteʼmolchilarning daʼvolarini qabul qilish vakolatli tashkilot emas hamda Foydalanuvchi tomonidan Servisda Buyurtmasini rasmiylashtirgan Tovar va/yoki Yetkazib berish xizmati sifatining talabga javob bermasligi boʻyicha shikoyatlarni koʻrib chiqmaydi va qondirmaydi. Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish natijasida tuzilgan Shartnoma bilan bogʻliq masalalar yuzasidan, jumladan, ushbu Shartnomani bajarishga oid daʼvolar yuzasidan Yandex kompaniyasiga murojaat qilganda, Yandex tegishli maʼlumotlarni Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchiga taqdim etish, shuningdek, bu masalalar boʻyicha Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchidan olingan maʼlumotlarni Foydalanuvchiga yetkazish huquqiga ega.

2.11. Yandex Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning mazmuni va/yoki dolzarbligi, jumladan, Tovar va/yoki Yetkazib berish narxi, Tovarni tayyorlash va/yoki Yetkazib berishni amalga oshirish vaqti haqidagi axborot, shuningdek, ayni vaqtda Tovarning mavjudligi uchun javobgar emas.

2.12. Ayrim hollarda, Servisda Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida Foydalanuvchiga yetkazilgan maʼlumotlar, Foydalanuvchidan Yetkazib berish haqida qoʻshimcha ravishda undirilmaydi (Servisdan foydalanuvchilar sonini ko'paytirishga qaratilgan dasturni amalga oshirish munosabati bilan Yandex foydalanuvchilarga etkazib berishning to'liq qiymati miqdorida chegirmalar/bonuslar/ballar taqdim etadi).

2.13. Servisning alohida funksiyalaridan foydalanish imkoniyati, jumladan, Buyurtmani rasmiylashtirish, Foydalanuvchi Servisda roʻyxatdan va avtorizatsiyadan oʻtgandan keyin mavjud boʻladi. Roʻyxatdan oʻtishda Foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtish shaklida soʻraladigan oʻzi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishi, shuningdek, login sifatida ishlatiladigan email manzili va parolni koʻrsatishi kerak. Foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtish vaqtida biriktirilgan login va parolni uchinchi shaxslarga bermaslik, shuningdek, login va parolning maxfiyligi va xavfsizligini taʼminlash majburiyatini oladi. Servisda Foydalanuvchining login va paroli yordamida bajarilgan barcha harakatlar Foydalanuvchining oʻzi tomonidan bajarilgan hisoblanadi.

2.14. Foydalanuvchi Servisdan foydalanishda bittadan ortiq hisob ishlatish huquqiga ega emas. Agar Yandex foydalanuvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan shartlar buzilganligini koʻrsatuvchi holatlarni aniqlasa, Yandex Foydalanuvchi bilan kelishuvning 4.1-bandida nazarda tutilgan choralarni qoʻllashga haqli.

3. Servisda Buyurtmani rasmiylashtirish tartibi va shartlari

3.1. Faqat Avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirishi mumkin. Servisda Tovar yoki Yetkazib berish uchun buyurtma rasmiylashtirishdan oldin, Foydalanuvchi Tovarni tayyorlash va/yoki sotishga oid barcha shartlar, shuningdek, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan hamda Servisga joylangan Yetkazib berish shartlari va Servis yigʻimi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish majburiyatini oladi. Shu bilan birga, ochiq xatolar, jumladan, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan Tovar tavsifida yoʻl qoʻyilgan tipografik xatolar qonuniy majburlov kuchiga ega emas.

3.2. Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirishda Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma tuzadi va Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan Tovarni sotish va Yetkazib berishni amalga oshirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomaviy munosabatlarga kirishadi. Servisda Buyurtmani rasmiylashtirish Foydalanuvchining Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan va Servisda joylashtirilgan Tovarni sotish, Yetkazib berishni amalga oshirishning barcha muhim shartlariga, shuningdek, ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuvning Servisdan foydalanish shartlari va Servis yigʻimi miqdoriga roziligini anglatadi.

3.3. Foydalanuvchi tomonidan Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuziladigan Shartnomaning muhim shartlari Servisda chop etiladigan Tovar tavsifi, Hamkor tomonidan Yandexga taqdim etilgan uni tayyorlash va/yoki sotish shartlari, shuningdek, Hamkor yoki Yetkazib beruvchi tomonidan Yandexga taqdim etilgan Yetkazib berish shartlari tavsifida koʻrsatiladi.

3.4. Buyurtmani rasmiylashtirish orqali Foydalanuvchi Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi Shartnomaning bajarilishi uchun javobgarlikni oʻzida saqlagan holda Shartnomani bajarishni uchinchi shaxsga topshirishi mumkinligiga rozilik bildiradi.

3.5. Foydalanuvchi bilan tuzilgan Shartnoma (Shartnomalar) boʻyicha barcha huquq va majburiyatlar bevosita Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchida yuzaga keladi.

3.6. Foydalanuvchi bilan kelishuvning 4.2-bandiga zarar yetkazmagan holda, Foydalanuvchi uning oʻzi Servisdan foydalanish, jumladan, Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida Yandexga taqdim qilgan shaxsiy maʼlumotlarining qayta ishlanishi, shu jumladan, ularning Yandex tomonidan Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish natijasida shartnoma tuzadigan Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchiga uzatishiga (jumladan, transchegaraviy uzatish) rozilik bildiradi; bunday qayta ishlash Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan, jumladan, Yandex jalb qilgan uchinchi shaxslar orqali koʻrsatilgan Shartnomani bajarish maqsadida amalga oshiriladi. Foydalanuvchi Yandex Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan tegishli buyurtma bajarilgan sanadan boshlab kamida uch yil davomida saqlash huquqiga ega ekanligiga rozilik bildiradi.

3.7. Avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi oʻzi rasmiylashtirgan Buyurtmalar haqidagi maʼlumotlarni Servisning “Buyurtmalarim” boʻlimidan topishi mumkin. Servisning bu boʻlimida Avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi Buyurtma holati haqidagi maʼlumotlarni koʻrishi mumkin.

3.8. Servisda buyurtma rasmiylashtirish orqali, Foydalanuvchi (i) Buyurtma rasmiylashtirilgandan keyin; u oʻzgartirilgan taqdirda; Tovarni yetkazib berishdan oldin Buyurtmaning bajarilishiga taʼsir qiladigan holatlarda yoki uning holati haqida oʻz vaqtida xabar berish maqsadida Yandex va “YANDEX” MChJ tomonidan Foydalanuvchiga yuborilishi mumkin boʻlgan elektron pochta xatlarini, (ii) Foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan telefon raqamiga yuboriladigan xabarlarni (SMS), shuningdek, (iii) Servis, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi ishining sifatini baholash taklifi bilan Foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan raqamga qilinadigan chaqiruvlarni qabul qilishga rozilik beradi. Agar Foydalanuvchi unga xabar yuborish funksiyasini faolsizlantirsa, Foydalanuvchi uni Buyurtmani yetkazib berish imkoniyati/imkonsizligi haqida xabardor qilish maqsadida oʻzining elektron pochta manziliga Buyurtmani Yetkazib berish jarayoni haqidagi maʼlumotning yuborilishiga rozilik beradi.

3.9. Buyurtmani rasmiylashtirish orqali, Foydalanuvchi a) Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlar bilan toʻliq tanishgani, b) Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlari, shuningdek, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuziladigan Shartnoma predmeti va shartlarini toʻliq tushunishi, d) Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma tuzish va uning bajarilishi boʻyicha oʻz harakatlarining mazmuni hamda oqibatlarini toʻliq tushunishi, e) Servisdan foydalanish boʻyicha ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlar shartlarini toʻliq tushunishini tasdiqlaydi, shuningdek, Servis yigʻimini belgilash tartibini qabul qiladi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, sotilishi 18 yoshga toʻlganlikni talab qilinuvchi Tovarlarni (jumladan, alkogol va tamaki mahsulotlarini) oʻz ichiga olgan Buyurtmani rasmiylashtirishda Foydalanuvchi Hamkor va Yandexga oʻzining 18 yoshga toʻlganligini tasdiqlaydi va kafolatlaydi. Hamkor Foydalanuvchidan qoʻshimcha ravishda 18 yoshga toʻlganligini tasdiqlashni talab qilish huquqiga ega. Agar Foydalanuvchi yoshini tasdiqlay olmasa, Hamkor Tovarni sotishdan bosh tortish huquqiga ega.

3.10. Foydalanuvchi Tovar va Yetkazib berish xizmati, shuningdek, Buyurtmani rasmiylashtirish doirasida Servis yigʻimini toʻlash majburiyatini bajarmagan, Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.17-bandiga muvofiq, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuzilgan Shartnomani (Shartnomalarni) bajarishni rad etgan, Foydalanuvchi bilan kelishuv va/yoki Tartibga soluvchi hujjatlar qoidalarini buzgan, shuningdek, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuzilgan Shartnoma shartlarini takroriy ravishda buzgan taqdirda, Yandex Foydalanuvchining Servisdan foydalanish va Buyurtma rasmiylashtirish imkoniyatini bloklash huquqiga ega.

3.11. Foydalanuvchi Servisda Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida oʻzi va Buyurtmani qabul qiluvchi haqida toʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etishi lozim. Foydalanuvchi notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish natijasida kelib chiqadigan barcha oqibatlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.

3.12. Buyurtma rasmiylashtirish uchun Foydalanuvchi, Tovar va Yetkazib berish haqidagi maʼlumot bilan tanishib chiqqanidan keyin, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi Shartnomani bajarishi uchun Servis orqali kerakli barcha maʼlumotlarni, jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda, quyidagi maʼlumotlarni kiritadi: Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlari, yetkazib berish uchun toʻliq manzil (jumladan, aholi punkti nomi, metro bekati (agar boʻlsa), koʻcha (xiyobon, magistral va h.k.), uy raqami (jumladan, korpusi, tuzilishi, egaligi va boshqalar), kirish yoʻlagi raqami, xonadon raqami va qavati, domofon kodi (agar boʻlsa)), qabul qiluvchining ism-familiyasi, kontakt maʼlumotlari (telefon raqami va boshqalar), toʻlov usuli; shundan keyin “Buyurtmani yuborish” tugmasini (yoki boshqa analog tugmani) bosadi. Buyurtmani rasmiylashtirish orqali, Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuv, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuziladigan Shartnoma/Shartnomalarning shartlari bilan tanishgani va ularga hech bir eʼtirozsiz rozi ekanini, shuningdek, Tovar, Yetkazib berish va Servis yigʻimi toʻgʻrisidagi Servisga joylangan maʼlumotlar bilan tanishganini tasdiqlaydi.

3.13. Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi va Foydalanuvchi oʻrtasidagi Shartnoma/Shartnomalarni tuzish vaqti quyidagi tartibda belgilanadi:

3.13.1. Hamkor bilan Shartnoma/Shartnomalar Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish shaklida “Xuddi shunday! Toʻlov qilish” tugmasini (yoki shunga oʻxshash tugmani) bosgan vaqtda tuziladi, Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma esa, Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.14-bandiga muvofiq Tovarni Yetkazib beradigan Yetkazib beruvchi aniqlangan vaqtda tuziladi. Agar naqd pulsiz toʻlov usuli tanlangan boʻlsa, koʻrsatilgan tugmani bosganidan keyin, Foydalanuvchiga toʻlovni amalga oshirish uchun cheklangan vaqt beriladi, bu vaqtdan soʻng “XATO Toʻlov qilish (seans) vaqti tugadi. Yangi buyurtma rasmiylashtiring” xabari chiqadi. Agar biror sababga koʻra, belgilangan vaqtda toʻlov amalga oshmasa, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma/Shartnomalar tuzilmagan hisoblanadi.

3.13.2. Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.13.1-bandida nazarda tutilgan holatda “Xuddi shunday! Toʻlov qilish” tugmasini (yoki shunga oʻxshash boshqa tugmani) bosish orqali, Foydalanuvchi ushbu kelishuvning 6.8-bandida nazarda tutilgan Yetkazib beruvchilar orasidan Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.14-bandiga muvofiq aniqlangan Yetkazib beruvchi bilan Shartnoma tuzishga toʻliq va soʻzsiz rozilik bildiradi (aksept).

3.14. Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin Hamkor Buyurtmani bajarishni boshlagan (Hamkor tomonidan Tovar tayyorlash boshlangan) / Hamkor Tovarni yigʻishni boshlagan (agar shunday funksiya mavjud boʻlsa) vaqtdan boshlab 5 daqiqa (yoki ko’proq vaqt oralig’ida) ichida bir qator Yetkazib beruvchilar orasidan Tovarni Yetkazib beruvchi belgilanadi. Yandex Foydalanuvchini Hamkordan Buyurtmani bajarish boshlangani (Hamkor tomonidan Tovarni tayyorlash boshlangani / Hamkor tomonidan Buyurtmani yigʻish boshlangani) yuzasidan kelib tushgani haqida push-bildirishnoma orqali (bunday hollarda, agar Foydalanuvchi mobil qurilmasida Yandex Eats va/yoki Yandex Go ilovasidan bunday bildirishnomalarni olishni faolsizlantirgan boʻlsa, Foydalanuvchining ushbu push-bildirishnomalarni olmagani uchun javobgar boʻlmaydi; bu holatda tegishli maʼlumotni olmaslik xavfi uchun Foydalanuvchi javobgar hisoblanadi) yoki Foydalanuvchi Yandex Eats va/yoki Yandex Go ilovasi yordamida Buyurtmani rasmiylashtirganda, SMS orqali, Buyurtma veb-sayt yordami rasmiylashtirilganda Servisning “Buyurtmalarim” boʻlimida Buyurtmaning “Restoran tayyorlamoqda” holati orqali xabardor qiladi. Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuvning 6.9-bandida koʻrsatilgan telefon raqami orqali Yandexga murojaat qilib Buyurtmani bajaradigan Yetkazib beruvchi haqida maʼlumot olishi mumkin.

3.15. Foydalanuvchi 3.12-bandda nazarda tutilgan harakatlarni bajarish vaqtida, u isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunlarda belgilangan Tovar va Yetkazib berish, shuningdek, Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi haqidagi barcha maʼlumotlar Foydalanuvchiga toʻliq yetkazilganini tasdiqlaydi.

3.16. Hamkor quyidagi hollarda Buyurtmani bekor qilishi mumkin:

3.16.1. agar Hamkor Foydalanuvchi Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida taqdim etgan kontakt maʼlumotlari orqali Foydalanuvchi bilan bogʻlana olmasa (Hamkor foydalanuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan Buyurtma doirasida Tovarni yetkazib berishni amalga oshiradi);

3.16.2. agar Hamkor Shartnomani bajara olmasa.

3.16.3. Agar Hamkor Shartnomani toʻliq bajara olmasa, u 3.16.2-bandga muvofiq buyurtmani bekor qilishi yoki Buyurtma tarkibini oʻzgartirish maqsadida Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan telefon raqami orqali Foydalanuvchi bilan bogʻlanishi mumkin. Buyurtmaga oid oʻzgarishlar haqidagi maʼlumot Foydalanuvchining bunday oʻzgarishlarni tasdiqlashi imkoniyati bilan Servisda ham aks ettiriladi. Foydalanuvchi yangi shartlarga quyidagi usullardan biri orqali rozilik bildirsa, Buyurtma ushbu yangi shartlar asosida rasmiylashtirilgan hisoblanadi: a) telefon orqali; b) Servisda.

3.17. Buyurtmani rasmiylashtirgan Foydalanuvchi uni qabul qilib olish uchun Yetkazib berish manzilida bo‘lishi, shuningdek, Tovar yetkazib berilganda uni qabul qilishni va haqini to‘lashni ta’minlashi shart. Agar Foydalanuvchi Yetkazib berish manzilida bo‘lmasa, uning harakati yoki harakatsizligi tufayli yuzaga kelgan sabablarga ko‘ra Tovarni topshirishning imkoni bo‘lmasa, yoxud u Tovarni qabul qilishdan bosh tortsa (Foydalanuvchi bilan kelishuvning 3.18-bandiga rioya qilingan holda, sifatsiz yoki Foydalanuvchi rasmiylashtirgan Buyurtma shartlariga mos kelmaydigan Tovar bundan mustasno), 10 daqiqalik kutish muddati tugagach, Foydalanuvchi Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi bilan tuzilgan Shartnomani (Shartnomalarni) bajarishdan bosh tortgan hisoblanadi. Bunda Foydalanuvchi tomonidan Tovar va Yetkazib berish uchun to‘langan pul mablag‘lari Hamkor va Yetkazib beruvchining Buyurtmani bajarish bilan bog‘liq, shuningdek, Servisning Buyurtma haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlari chegirib qolingan holda Foydalanuvchiga qaytariladi.

3.18. Agar, Foydalanuvchining fikricha, Foydalanuvchiga yetkazilgan Tovarning sifati qoniqarsiz boʻlsa va/yoki Tovar rasmiylashtirilgan Buyurtmaga mos boʻlmasa, Foydalanuvchi aloqa shakli (yordam xizmati chati) orqali zudlik bilan Yandexga murojaat qilishi va yetkazib berilgan Tovarning rasmlari, shuningdek, Tovarning kamchiliklari tavsifini yuborishi kerak. Yandex Foydalanuvchilarning shikoyatlarini Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchiga yetkazish uchun qabul qiladi.

3.19. Tovar Yetkazib berish jarayonida Hamkor Yetkazib beruvchining vakiliga (tegishli sifatga ega va rasmiylashtirilgan Buyurtmaga mos) Tovarni topshirgan vaqtda oʻzining Shartnoma boʻyicha Tovarni Foydalanuvchiga topshirish majburiyatini bajargan hisoblanadi.

3.20. Servisda koʻrsatilgan Tovarni tayyorlash va/yoki sotish hamda Yetkazib berish vaqti taxminiy hisoblanadi.

3.21. Hamkor tomonidan Yandexga Buyurtmani qabul qilishga tayyorligi tasdiqlanmasligi, Buyurtmani yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lgan Yetkazib beruvchilar (Yetkazib beruvchilar kuryerlarining) yo‘qligi, Tovarning qonunchilik talablariga, xususan majburiy raqamli markirovkalashga mos kelmasligi, shuningdek Hamkor/Yetkazib beruvchining Buyurtma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini vaqtida va muvofiq tartibda bajarishiga to‘sqinlik qiladigan boshqa sabablarga ko‘ra Hamkor/Yetkazib beruvchi tomonidan Buyurtmani bajara olmagan hollarda Yandex Foydalanuvchiga Buyurtma to‘lovini qaytargan holda Buyurtmani to‘liq yoki qisman bekor qilish huquqiga ega.

3.22. Foydalanuvchi uchun "Ustuvor yetkazib berish"ni tanlash opsiyasi mavjud bo‘lishi mumkin. Agar ushbu opsiya tanlansa, Foydalanuvchi va Yetkazib beruvchi o'rtasidagi shartnoma Yetkazib beruvchiga Foydalanuvchi buyurtmasini boshqa foydalanuvchilar buyurtmalari bilan birlashtirilishini ("batching") taqiqlashni nazarda tutadi.

4. Servisdan foydalanish. Servisning alohida funksiyalari

4.1. Foydalanuvchi Foydalanuvchi bilan kelishuv va/yoki Tartibga soluvchi hujjatlarni takroriy ravishda buzgan hollarda, Yandex Foydalanuvchi bilan kelishuv va Tartibga soluvchi hujjatlar, shuningdek, qonunchilik talablari yoki uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilish maqsadida, oʻz ixtiyoriga koʻra, Foydalanuvchining oʻz hisobi yordamida Servisdan (yoki agar buning imkoni boʻlsa, Servisning muayyan funksiyalaridan) foydalanish imkoniyatini cheklash yoki uning hisobini butunlay bloklash yoxud unga nisbatan boshqa choralarni qoʻllash huquqiga ega.

4.2. Foydalanuvchi Yandex, uning filiallari yoki hamkorlariga Servisdan foydalanish, Servisda Buyurtma rasmiylashtirish, Buyurtmani rasmiylashtirish natijasida tuziladigan Shartnomani Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchi tomonidan bajarilishi maqsadlarida, shuningdek, ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuv va Maxfiylik siyosatida (quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://yandex.uz/legal/confidential/) belgilangan boshqa maqsadlarda Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash, Yandex hamkorlari, jumladan, Hamkorlar va/yoki Yetkazib beruvchilarga uzatish (jumladan, transchegaraviy uzatish), bu maʼlumotlarning Yandex hamkorlari, jumladan, Hamkorlar va/yoki Yetkazib beruvchilar tomonidan qayta ishlanishi uchun rozilik beradi.

4.3. Sifatni nazorat qilish va nizolarni hal qilish maqsadida Yandex Foydalanuvchi va Yandex yordam xizmati mutaxassislari, shuningdek, Hamkorlar va/yoki Yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi barcha suhbatlarni yozib olishi mumkin.

Foydalanuvchi Yordam xizmati mutaxassislarini haqoratlasa, ularga tahdid qilsa yoki boshqa nomaqbul soʻzlar bilan murojaat qilsa, Yordam xizmati mutaxassislari Foydalanuvchi bilan ham ogʻzaki, ham yozma shaklda muloqotni toʻxtatishga haqli.

4.4. Tegishli texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda, Yandex Eats Servisi Foydalanuvchiga uchinchi shaxsga (Ishonchli vakil) Hamkor bilan Foydalanuvchi nomidan va uning hisobidan Tovarni sotib olish va/yoki yetkazib berish shartnomasini tuzish hamda to‘lovlarni amalga oshirishni topshirish orqali Tovarlar va Yetkazib berish haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini beruvchi funksionallikdan foydalanishga imkoniyat berish huquqiga ega. Foydalanuvchi uchun bunday funksionallik mavjud bo‘lgan taqdirda, Foydalanuvchi Ishonchli vakil bilan quyidagi manzilda chop etilgan hujjatda ko‘rsatilgan shartlarda topshiriq shartnomasini tuzadi: https://yandex.uz/legal/split_b2c/ru/. Vakolatlarni Ishonchli vakilga o‘tkazish Foydalanuvchining ko‘rsatilgan topshiriq shartnomasi shartlarini aksept qilish orqali bildirilgan ixtiyoriy xohish-iroda ifodasining asosida amalga oshiriladi.

4.5. Foydalanuvchi ko‘rsatilgan topshiriq shartlari bilan tanishganligini tasdiqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda elektron shaklda bunday shartnoma tuzishga ochiqdan-ochiq rozilik beradi. Foydalanuvchining xatti-harakatlari, shu jumladan, lekin bular bilan cheklanmasdan Servisning tegishli funksiyasini tanlash, buyurtmani rasmiylashtirish, "to‘lash" tugmasini bosish yoki Ishonchli vakilga Foydalanuvchi nomidan va uning hisobidan bitim tuzishni topshirishga roziligidan dalolat beruvchi shunga o‘xshash harakatlar ofertaning aksepti deb tan olinadi. Ko‘rsatilgan topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan topshiriqni bajarishga doir munosabatlar faqat Foydalanuvchi va Ishonchli vakil o‘rtasida yuzaga keladi, Yandex Eats Servisi ushbu topshiriq shartnomasining tomoni bo‘lib hisoblanmaydi va bunday shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

4.6. Servisda 4.4-bandda ko‘rsatilgan funksionallik mavjud bo‘lgan taqdirda, Foydalanuvchiga Ishonchli vakilning xarajatlarini qoplash jadvali (bir martalik to‘lovlar miqdori va ularni to‘lash muddati) va https://yandex.uz/legal/split_b2c/ru/ hujjati shartlarida tuziladigan topshiriq shartnomalarini bajarish maqsadida Ishonchli vakil ko‘tarishi mumkin bo‘lgan xarajatlarning eng ko‘p miqdori (qismlarga bo‘lib to‘lash uchun mavjud bo‘lgan summa) to‘g‘risida taxminiy axborot, shuningdek, Tovar va/yoki Yetkazib berish haqini to‘lashi haqida boshqa axborot taqdim etilishi mumkin.

4.7. 4.6.-bandda ko‘rsatilgan axborot Ishonchli vakil tomonidan shakllantiriladi va taqdim etiladi, Yandex Eats Servisi Ishonchli vakil tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligi, aniqligi va dolzarbligi uchun javobgar bo‘lmaydi. Ushbu axborotni Foydalanuvchiga taqdim etish quyidagi manzilda chop etilgan hujjatda keltirilgan shartlarda topshiriq shartnomasini tuzish bo‘yicha Ishonchli vakilning majburiyati yoki kafolati bo‘lib hisoblanmaydi: https://yandex.uz/legal/split_b2c/ru/.

4.8. Foydalanuvchi Ishonchli vakilning takliflarini, shu jumladan, bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun mavjud bo‘lgan summani shaxsiylashtirish maqsadlarida o‘zining shaxsiy ma’lumotlari (Servisdagi identifikatori - Foydalanuvchining UID raqami, boshqa texnik identifikatorlari) "YANDEX SPLIT" (STIR 311598817, ro‘yxat raqami 2565590) MCHJ ga berilishi mumkinligiga rozilik beradi. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash quyidagi manzilda chop etilgan Maxfiylik siyosatining shartlariga muvofiq amalga oshiriladi: https://yandex.uz/legal/split_b2c/ru/. Foydalanuvchi ko‘rsatilgan Maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi va o‘z shaxsiy ma’lumotlarining qayta ishlanishiga ixtiyoriy ravishda rozilik beradi.

5. Tovar va/yoki Yetkazib berish uchun toʻlov

5.1. Foydalanuvchi rasmiylashtirgan Buyurtma doirasida Tovar va/yoki Yetkazib berish uchun toʻlov Foydalanuvchi tomonidan quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

5.1.1. Foydalanuvchi uchun ulangan bank kartasi orqali naqd pulsiz toʻlovlarni amalga oshirish funksiyasi mavjud boʻlishi mumkin (Foydalanuvchi bilan kelishuvning 5.4-bandi); bunday hollarda Yandex Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchining topshirigʻiga koʻra harakat qiladi. Toʻlovlarni qabul qilish qonun hujjatlariga muvofiq bunday xizmatlarni koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan toʻlovlarni (keyingi o‘rinlarda “naqd pulsiz toʻlov” deb yuritiladi) qabul qilishga vakolatli operator tomonidan amalga oshiriladi. Yandex naqd pulsiz toʻlov imkoniyatini taqdim etishga oid Servis faoliyatida xato va nosozliklar kuzatilmasligiga kafolat bermaydi.

5.1.2. Foydalanuvchi uchun Buyurtma haqini bevosita Buyurtma Yetkazib berilganda naqd pulda toʻlash funksiyasi mavjud boʻlishi mumkin. Agar Buyurtmani rasmiylashtirishda naqd pulda toʻlash usuli koʻrsatilmasa, bu Foydalanuvchi uchun bunday toʻlov usulidan foydalanish imkoniyati mavjud emasligini bildiradi.

Agar Foydalanuvchi tomonidan ilgari rasmiylashtirilgan Buyurtmalar uning aybi bilan yetkazilmagan boʻlsa, Yandex Foydalanuvchining naqd pul shaklidagi toʻlov usuli bilan Buyurtma rasmiylashtirishini rad etishga haqli.

5.1.3. Foydalanuvchi uchun, Hamkor tomonidan Tovar Yetkazib berilganda, bevosita Hamkorga naqd pulda toʻlov qilish imkoniyati mavjud boʻlishi mumkin (alohida hollarda). Toʻlovning bunday shakli Yandex ishtirokisiz amalga oshiriladi va Foydalanuvchi bilan kelishuv asosida tartibga solinmaydi.

5.2. Foydalanuvchi bilan kelishuvning 5.1, 5.1.1, 5.1.2-bandlarida nazarda tutilganidek, Buyurtma va Yetkazib berish uchun toʻlovda Yandex ishtiroki faqatgina Yandex Hamkorlar va Yetkazib beruvchilarning Foydalanuvchiga Tovarlarni sotish va yetkazib berishda yordam koʻrsatishi boʻyicha koʻrsatmalarini bajarish yuzasidan amalga oshiriladi, bunda pul mablagʻlari vakolatli operatorlar tomonidan qabul qilinadi.

5.3. Amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Tovarlar, Yetkazib berish uchun toʻlov qilish, Servis yigʻimini toʻlash vaqtida chek/cheklar Servisdagi “Buyurtmalar tarixi” boʻlimi yoki mazmunan shunga oʻxshash boʻlimga yuborish orqali Foydalanuvchiga taqdim etiladi.

5.4. Ulangan bank kartasi Servis interfeysida Foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilishi mumkin, bunda Foydalanuvchi quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:

  • Bank kartasi egasining ismi (“cardholder” qiymati);

  • Bank kartasi raqami;

  • Amal qilish muddati;

  • Himoya kodi.

Agar bank kartasi maʼlumotlari toʻgʻri, haqiqiy boʻlsa va bu kartadan Servis doirasida texnik jihatdan foydalanish mumkin boʻlsa, koʻrsatilgan bank kartasi Ulangan maqomini oladi va naqd pulsiz toʻlovlar uchun ishlatilishi mumkin. Barcha Ulangan kartalar Servis interfeysida koʻrsatiladi.

5.5. Naqd pulsiz toʻlov Foydalanuvchi tomonidan toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega operator ishtirokida amalga oshiriladi hamda toʻlov tizimlari, banklar (jumladan, Ulangan kartani chiqargan bank) va hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchilarining qoidalari bilan tartibga solinadi.

5.6. Foydalanuvchi bilan kelishuvning 5.4-bandiga muvofiq, oʻz maʼlumotlarini koʻrsatishda va keyinchalik Ulangan kartadan foydalanishda Foydalanuvchi oʻz nomiga chiqarilgan amaldagi bank kartasi haqida haqiqiy va toʻliq maʼlumotlarni taqdim etayotganini; toʻlov tizimlari qoidalari va Ulangan kartani chiqargan bankning talablariga, jumladan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibiga rioya qilishini tasdiqlaydi va kafolatlaydi.

5.7. Foydalanuvchi Servisda roʻyxatdan oʻtish vaqtida unga biriktirilgan login va paroldan foydalangan holda avtorizatsiya qilinganidan keyin, Servis doirasida amalga oshirilgan barcha harakatlar, jumladan Ulangan bank kartasi orqali amalga oshirilgan naqd pulsiz toʻlovlar Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan, deb hisoblanishini tushunadi va bunga rozilik bildiradi.

5.8. Agar Foydalanuvchi naqd pulsiz toʻlov fakti va/yoki miqdori va Servis doirasida Ulangan kartadan foydalanish bilan bogʻliq boshqa masalalardan norozi boʻlsa, Foydalanuvchi naqd pulsiz toʻlov amalga oshirilgan yoki murojaatga sabab boʻlgan boshqa harakat yoki hodisalar sodir boʻlgan vaqtdan boshlab 14 kun ichida ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuvda koʻrsatilgan rekvizitlar orqali Yandexga murojaat qilish huquqiga ega.

Agar bunday soʻrovni tekshirish natijasida Yandex naqd pulsiz toʻlov summasini toʻliq yoki qisman qaytarishga qaror qilsa, bu summa naqd pulsiz toʻlov amalga oshirilgan bank kartasining bank hisob raqamiga qaytariladi. Pul mablagʻlarini qaytarish tartibi toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega operator ishtirokida amalga oshiriladi hamda toʻlov tizimlari, banklar (jumladan, Ulangan kartani chiqargan bank) va hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchilari qoidalari bilan tartibga solinadi.

5.9. Yandex istalgan payt Foydalanuvchidan oʻzi tomonidan Servis doirasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni, jumladan, Ulangan karta maʼlumotlarini tasdiqlashni hamda shu munosabat bilan taqdim etmaslik Yandex ixtiyoriga koʻra notoʻgʻri maʼlumot taqdim etishga tenglashtirilishi va Foydalanuvchi bilan kelishuvning 4.1-bandida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan tasdiqlovchi hujjatlarni (xususan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni) talab qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

5.10. Foydalanuvchi Tovar va/yoki Yetkazib berish uchun Foydalanuvchi bilan kelishuvning 5.1.2 va 5.1.3-bandlarida nazarda tutilgan naqd pul shaklidagi toʻlovlarga oid masalalar yuzasidan Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchiga murojaat qilish huquqiga ega.

6. Boshqa shartlar

6.1. Foydalanuvchi Hamkor va/yoki Yetkazib beruvchilar bilan Shartnoma tuzish, shuningdek, Foydalanuvchi bilan kelishuvda nazarda tutilgan boshqa bitimlar va harakatlarni amalga oshirish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, layoqatli shaxs ekani va talab etilgan yoshga yetganini tasdiqlaydi.

6.2. Yandex quyidagilar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi:

6.2.1. Servis faoliyati va/yoki Foydalanuvchilarga Buyurtmani rasmiylashtirish imkonini beruvchi funksiyaning ishlashida Yandexga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yuzaga keladigan vaqtinchalik nosozlik va uzilishlar, shuningdek, bunday nosozlik va uzilishlar natijasida maʼlumotlarning yoʻqolishi.

6.2.2. Servisning ishonchliligi, sifati va tezligi.

6.3. Foydalanuvchining Yandexga murojaat qilish tartibi: barcha murojaatlar Servis interfeysida mavjud boʻlgan aloqa shakli (yordam xizmati chati) yordamida Yandex yordam xizmati orqali yuborilishi lozim. Servis funksionalligi Foydalanuvchiga Yandexga murojaat qilishning boshqa usullarini ham taqdim etishi mumkin.

6.4. Agar Servisda boshqacha belgilangan boʻlmasa, Servisda koʻrsatilgan barcha narxlar QQSni oʻz ichiga oladi.

6.5. Promokoddan foydalangan holda Tovar va/yoki Servis yigʻimi va/yoki Yetkazib berish haqini to‘lashda foydalaniladigan chegirmalar/bonuslar/ballarni taqdim etish Yandex Eats Servisining Promokodlardan foydalanish shartlarida (https://yandex.uz/legal/promocode_eda/) nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.

6.6. Yetkazib beruvchi tomonidan yetkaziladigan Tovarlarni identifikatsiyalash maqsadida bunday Tovarlar haqidagi maʼlumotlar Servisda kuryer tasviri aks etgan belgi bilan belgilanadi, shuningdek, Yetkazib berish Hamkor tomonidan amalga oshirilishi haqidagi maʼlumot bilan dastaklanadi.

6.7. Agar Hamkor tomonidan Buyurtmada Tovarlarning minimal qiymati (Yetkazib berish narxini hisobga olmagan holda Buyurtmaning minimal summasi) belgilangan bo‘lsa, bunday cheklov Foydalanuvchilarga Servisda «++XX so‘mdan boshlab buyurtma++» belgisi shaklida yetkaziladi, bunda XX da restoran va/yoki do‘kon va/yoki dorixona tomonidan ko‘zda tutilgan Buyurtmadagi Tovarlarning minimal qiymati ko‘rsatiladi.

6.8. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish haqidagi Qonun bilan nazarda tutilgan Hamkorlar/Yetkazib beruvchilar haqidagi maʼlumotlar tegishli Hamkor va/yoki Servis sahifasida Foydalanuvchi eʼtiboriga yetkaziladi. Servisda maʼlumotlari keltirilgan Hamkorning ish rejimi, agar Hamkor tomonidan boshqacha belgilanmagan boʻlsa, Hamkor tomonidan Buyurtmalarni qabul qilish vaqtiga mos keladi.

6.9. Ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuvni qabul qilish uchun muddat belgilanmaydi.

6.10. Yandex haqida:

Firma nomi: “Y EATS” XK MChJ

Tashkiliy-huquqiy shakli: Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona

Joylashgan joyi: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Elobod MFY, Chust Koʻchasi, 1-uy

Ro’yxatdan o’tish raqami: 2059526

Ro’yxatdan o’tish sanasi: 16.01.2023

STIR: 310150022

Chop etilgan sana: 21.08.2026

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda/07082025

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda/23072025

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda/16042025

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda/11042023

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda/03022023