Yandex servislarining foydalanuvchi shartnomasi

Bu amal qilish muddati 20.10.2022 y. da tugagan hujjatning eski versiyasidir. Amalda bo‘lgan versiya quyidagi manzilga joylashtirilgan: https://yandex.uz/legal/rules.

Bu hujjat quyidagi manzilda joylashtirilgan hujjatning rus tiliga (o'zbek tiliga) tarjimasi bo‘lib hisoblanadi: https://yandex.ru/legal/rules, Mazkur hujjatning rus tilidagi versiyasi bilan ushbu tarjima orasida qarama-qarshiliklar bo‘lsa, faqat rus tilidagi versiyasi ustun yuridik kuchga ega bo'ladi. Ushbu hujjatning faqat https://yandex.ru/legal/rules manzili bo'yicha joylashgan versiyasi yuridik jihatdan majburiy bo‘lib hisoblanadi.

1. Umumiy qoidalar

1.1. “YANDEKS” MChJ (bundan buyon “Yandex”) Internet tarmog‘idan Foydalanuvchiga (bundan keyin - Foydalanuvchi) – o‘zining servislaridan ushbu Foydalanuvchi Shartnomasida (bundan keyin- Shartnoma, “FSh”) bayon etilgan shartlarda foydalanishni taklif qiladi. Shartnoma, Shartnomaning 1.4-bandida ko'zda tutilgan tartibda Foydalanuvchi uning shartlariga rozilik bildirgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

1.2. Yandex Foydalanuvchilarga navigatsiya, aloqa, turli xil axborot va materiallarni (kontent) qidirish, joylashtirish va saqlash, kontentni personallashtirish, xarid qilish vositalarini va h.k. ham qo‘shganda keng ko'lamli servislardan erkin foydalanishni taklif etadi. Hozirgi paytda mavjud barcha servislar, shuningdek, ularning har qanday rivojlanishi va / yoki yangilarining qo'shilishi ushbu Shartnomaning mavzusi hisoblanadi.

1.3. Yandex servislaridan foydalanish Ushbu Shartnoma, Yandex qidiruv tizimidan foydalanish uchun Litsenziyasi, (https://yandex.uz/legal/termsofuse), Maxfiylik siyosati (https://yandex.uz/legal/confidential), shuningdek, alohida servislardan foydalanish shartlari bilan tartibga solinadi. Shartnoma Yandex tomonidan maxsus ogohlantirilmagan holda o'zgartirilishi mumkin, agar Shartnomaning yangi tahririda o‘zgacha nazarda tutilgan bo‘lmasa, Shartnomaning yangi tahriri ushbu xat boshida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha Internet tarmog‘ida joylashtirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. FSh amaldagi tahriri har doim https://yandex.uz/legal/rules manzili bo‘yicha sahifada mavjud.

1.4. Qandaydir servis/ uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlar, yoki ro‘yxatdan o‘tish taomilini tamomlar ekan Foydalanuvchi Shartnoma shartlarini, to'liq, hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz va istisnolarsiz qabul qilgan hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi Shartnomaning qandaydir qoidasiga rozi bo'lmasa, Foydalanuvchi Yandex servislaridan foydalanishga haqli emas. Agar Yandex Shartnomaning 1.3-bandida nazarda tutilgan tartibda Shartnomaga Foydalanuvchi rozi bo‘lmagan o'zgartirishlarni kiritgan bo'lsa, Foydalanuvchi Yandex xizmatlaridan foydalanishni to'xtatishi kerak.

2. Foydalanuvchini ro‘yxatga olish. Foydalanuvchining qayd yozuvi

2.1. Yandex servislaridan ayrimlari yoki servislarning ayrim alohida funksiyalaridan foydalanish uchun Foydalanuvchi ro'yxatga olish taomilidan o'tishi kerak, natijada Foydalanuvchi uchun noyob qayd yozuvi yaratiladi.

2.2. Ro'yxatga olish uchun Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tish shaklida taklif etilgan savollar yuzasidan o‘zi haqida ishonchli va to'liq ma'lumotni taqdim etish va ushbu ma'lumotni dolzarb saqlash majburiyatini oladi. Agar foydalanuvchi noto'g'ri ma'lumotni taqdim qilsa yoki Yandex Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni to'liqsiz yoki ishonchsiz deb hisoblash uchun asoslar bor deb hisoblasa, Yandex o'z xohishiga ko'ra, foydalanuvchining qayd yozuvini bloklash yoki o'chirishga va Foydalanuvchiga Servislardan (yoki ularning ayrim funksiyalaridan) foydalanishni rad etish huquqiga ega.

Ro'yxatga olish vaqtida Foydalanuvchi qayd yozuvi uchun (avatar) rasm yuklashi mumkin. Qayd yozuvining tasviriga Yandex servislaridan foydalanish doirasida Foydalanuvchi tomonidan chop etilgan materiallar ilova etilishi mumkin. Qayd yozuvining tasviri ushbu Shartnomaning 4-bo'limi talablariga muvofiq bo'lishi kerak Qayd yozuvining tasviri sifatida Foydalanuvchining rasmidan foydalanilgan holda Yandex Foydalanuvchining rasmini Yandexning servislarida, reklama mahsulotlarida, korporativ bloglarda va Yandexning boshqa resurslardagi akkauntlarida chop etish va keyinchalik undan foydalanishga haqli ekanligini Foydalanuvchi tushunadi va bunga rozi bo'ladi.

2.3. Yandex istalgan paytda Foydalanuvchidan Yandex xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Foydalanuvchining hisobga olish yozuvida ko‘rsatilgan va Foydalanuvchi haqida axborotni o‘z ichiga olgan ma'lumotlarni (shu jumladan Biriktirilgan karta ma'lumotlarini), shuningdek Yandex xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan, Yandeks (uning afillirlangan shaxslari) xizmatlarida Foydalanuvchining hisobga olish yozuvidan foydalangan holda avtorizasiyadan o‘tgandan keyin Foydalanuvchi uchun ochiq bo‘ladigan boshqa axborotni tasdiqlashni talab qilish huquqini saqlab qoladi.. Yandex istalgan paytda Foydalanuvchidan ro‘yxatga olish paytida ko‘rsatgan ma’lumotlarni tasdiqlashini talab qilish va bu bilan bog‘liq ravishda tasdiqlovchi hujjatlarni (xususan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar) so‘rash huquqini o'zida saqlab qoladi, ularning taqdim etilmasligi Yandex ixtiyoriga ko‘ra ishonchsiz axborot berish bilan tenglashtirilishi va ushbu Shartnomaning 2.2 bandida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar Foydalanuvchi taqdim etgan hujjatlarda ko'rsatilgan Foydalanuvchi ma'lumotlari ro'yxatga olish vaqtida ko'rsatilgan ma'lumotlarga mos bo'lmasa, shuningdek, ro'yxatdan o'tishda ko'rsatilgan ma'lumotlar Foydalanuvchini identifikatsiyalashga imkon bermasa, Yandex Foydalanuvchi tomonidan qayd yozuvidan erkin foydalanishni va Yandex servislaridan foydalanishni rad etish huquqiga ega.

2.4. Foydalanuvchining qayd yozuvidagi Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlari Yandex tomonidan Maxfiylik siyosati shartlariga muvofiq saqlanadi va ishlov beriladi (https://yandex.uz/legal/confidential).

2.5. Foydalanuvchining qayd yozuviga kirish uchun vositalar.

2.5.1. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Foydalanuvchi hisobga olish yozuviga kirish uchun o‘ziga login (Foydalanuvchi hisobga olish yozuvining belgilardan iborat noyob nomi) va parollni mustaqil ravishda tanlaydi. Yandex muayyan loginlardan foydalanishni taqiqlash hamda login va parolga qo‘yiladigan talablarni (uzunlik, foydalanish ruxsat etiladigan belgilar va h.k. belgilash huquqiga ega).

2.5.1.1. Foydalanuvchiga hisobga olish yozuvini ro‘yxatdan o‘tkazishning soddalashtirilgan tartibini mobil telefoni raqamini, Foydalanuvchining familiyasi va ismini ko‘rsatgan holda bajarish imkoniyati berilishi mumkin. Shundan keyin Yandex xizmatlarida avtorizasiyadan o‘tishni Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida kiritilgan mobil telefoni raqamini va unga jo‘natilgan tasdiqlash kodini ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiradi. Ayrim hollarda avtorizasiyadan o‘tish uchun Foydalanuvchidan ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ma'lum qilingan familiya va ismni ko‘rsatish talab etilishi ham mumkin. Yandex

Ayrim Yandex xizmatlaridan va (yoki) ularning ayrim funksiyalaridan soddalashtirilgan tartibda yaratilgan hisobga olish yozuvi yordamida foydalanishning iloji bo‘lmasligi mumkin. Yandeks xizmatlarining barcha funksiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun Foydalanuvchi hisobga olish yozuvi uchun login va parolni Bitimning 2.5.1-bandida belgilangan tartibda tanlashi lozim.

2.5.2. Hisobga olish yozuvini Bitimning 2.5.1-bandida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin Foydalanuvchi hisobga olish yozuviga kirish uchun autentifikasiya muqobil vositasidan o‘zi o‘rnatgan parolni o‘zgartirish yo‘li bilan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur vositadan foydalanishga Foydalanuvchining hisobga olish yozuvini boshqarish interfeysida ikki omilli autentifikasiyani sozlash yo‘li bilan ruxsat beriladi.

2.5.3 Foydalanuvchi qayd yozuviga kirganidan so‘ng, u o‘zining qayd yozuvi ostida ishlashi yakunlagunga qadar Foydalanuvchi o‘z qurilmasida kiritgan qayd yozuvi ma’lumotlari qurilmaning brauzerida avtomatik ravishda saqlanib qolishi mumkin va Yandeks хizmatlaridan har bir foydalanishda qayd yozuviga kirish manbalarini qo‘shimcha ravishda kiritishni talab etmaydi.

Qurilmaning brauzerida avtomatik ravishda saqlanib qolgan Foydalanuvchining qayd yozuvi ma’lumotlari Yandeks хizmatlariga, shu jumladan uning affillangan shaхslarning (shu jumladan “YANDEKS” MChJ bilan bir guruhga kiruvchi) xizmatlari, saytlari, ilovalari va boshqa dasturiy mahsulotlariga hamda “Beru” xizmatiga (https://beru.ru) kirish uchun ishlatilishi mumkin, ushbu Kelishuvning 2.8.2 bandida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.

2.6. Foydalanuvchi o'z qayd yozuviga kirish uchun o'zi tanlagan vositalarning xavfsizligi (topib olishga barqarorligi) uchun mustaqil ravishda javobgardir, shuningdek, ularning maxfiyligini mustaqil ravishda ta'minlaydi. Foydalanuvchi Yandex servislari doirasida yoki ulardan Foydalanuvchining qayd yozuvi ostida foydalanib sodir etgan barcha xatti-harakatlari (va ularning oqibatlari), jumladan, Foydalanuvchi tomonidan foydalanuvchi qayd yozuviga kirish uchun ma'lumotlarning uchinchi shaxslarga har qanday shartlarda (shu jumladan shartnomalar yoki bitimlar bo‘yicha) berilishi uchun mustaqil javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Bunda Foydalanuvchi qayd yozuvi ostida Yandex servislari doirasida yoki ulardan foydalanib amalga oshirilgan barcha harakatlar Foydalanuvchining o‘zi tomonidan sodir etilgan deb hisoblanadi, Foydalanuvchi 2.7. bandda nazarda tutilgan tartibda Yandexga Foydalanuvchining qayd yozuvidan foydalangan holda Yandex servislariga ruxsatsiz kirilgani va / yoki qayd yozuviga kirish uchun o‘z vositalari (maxfiy so‘z yoki ikki faktorli autentifikatsiya vositalari) maxfiyligining har qanday buzilishi to‘g‘risida xabar bergan hollar bundan mustasno.

2.7. Foydalanuvchi Yandex servislariga Foydalanuvchi qayd yozuvidan foydalanib ruxsatsiz (Foydalanuvchi ruxsat bermagan holda) kirilgan har qanday holat va / yoki qayd yozuviga kirish uchun o‘z vositalari (maxfiy so‘z yoki ikki faktorli autentifikatsiya vositalari) maxfiyligining har qanday buzilishi to‘g‘risida darhol Yandexga xabar berishi shart. Xavfsizlik maqsadlarida Foydalanuvchi Yandex servislari bilan ishlashning har bir sessiyasi oxirida mustaqil ravishda o'z qayd yozuvini xavfsiz ravishda yopishi shart ("Chiqish" tugmasi). Yandex, Foydalanuvchining Shartnomaning ushbu qismi qoidalarini buzganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday ma'lumotlarni yo'qotish yoki zararga uchrash hollari uchun javob bermaydi.

2.8. Foydalanuvchining o‘z qayd yozuvidan foydalanishi.

2.8.1. Foydalanuvchi Yandex servislaridan biron-bir qismini (shu jumladan, servislar orqali Foydalanuvchi kirishi mumkin bo‘lgan kontent), yoki ularga kirish huquqini qayta ishlab chiqarish, takrorlash, nusxa ko‘chirish, sotish va qayta sotish, shuningdek qandaydir tijorat maqsadlarida foydalanish huquqiga ega emas, Foydalanuvchining bunday ruxsatni Yandex-dan olgan, yoki u qandaydir servisning Foydalanuvchi shartnomasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

2.8.2. Foydalanuvchilar qayd yozuvlarining ayrim toifalari, agar bu ro'yxatga olish vaqtida yoki ma'lum bir servisdan foydalanish shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, ba'zi Yandex servislari yoki ularning alohida funksiyalaridan foydalanishni cheklashi yoki taqiqlashi mumkin.

2.9. Ro'yxatga olishni tugatish. Yandex, sabablarni tushuntirmasdan, jumladan, Foydalanuvchi tomonidan Shartnoma buzilgan hollarda yoki Shartnomaning 1.3. bandida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarning shartlarida buzilgan holda, shuningdek tegishli servisdan foydalanmaslik holatlarida Foydalanuvchining qayd yozuvini bloklash yoki o'chirishga, shuningdek, Yandex servislariga biron-bir qayd yozuvidan foydalanib kirishni taqiqlash va istalgan kontentni o‘chirishga haqli, xususan:

2.9.1. Yandex.Mail servisidagi pochta qutisi, agar Foydalanuvchi undan 24 oydan uzoqroq vaqt mobaynida foydalanmasa, o‘chiriladi.

2.10. Foydalanuvchi qayd yozuvining o‘chirilishi.

2.10.1. Foydalanuvchi o'z qayd yozuvini istalgan vaqtda barcha Yandex servislarida yo'q qilish, yoki tegishli funksiya bo'lsa, ularning ayrimlariga nisbatan uning amal qilishini bekor qilish huquqiga egadir.

2.10.2. Yandex tomonidan qayd yozuvini o'chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

2.10.2.1. qayd yozuvi Foydalanuvchining qayd yozuviga kirish imkoni bo'lmaydigan bir oy muddatga bloklanadi, bunda shunday qayd yozuvi yordamida joylashtirilgan kontent o'chirib tashlanishi mumkin;

2.10.2.2. agar yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida Foydalanuvchining qayd yozuvi tiklansa, Foydalanuvchining qayd yozuviga kirish tiklanadi, ammo uning yordami bilan joylashtirilgan kontentni tiklashning iloji bo‘lmasligi mumkin;

2.10.2.3. agar yuqorida ko'rsatilgan muddat mobaynida Foydalanuvchining qayd yozuvi qayta tiklanmasa, undan foydalanib joylashtirilgan barcha kontentlar o'chiriladi, login esa boshqa foydalanuvchilar tomonidan ishlatilishi mumkin. Endilikda, qayd yozuvini, ya’ni unga tegishli har qanday ma'lumotni tiklash, shuningdek, ushbu qayd yozuvidan foydalangan holda Yandex servislariga kirish imkoni bo‘lmaydi.

2.10.3. Shartnomaning 2.10.2.1., 2.10.2.2., 2.10.2.3. bandlarida keltirilgan keltirilgan tartib shuningdek qandaydir qayd yozuvidan foydalanib ma’lum servislarga kirishni taqiqlashga ham qo‘llanadi (loginning boshqa foydalanuvchilar tomonidan foydalanish uchun ochiq bo‘lishi bundan mustasno).

3. Foydalanish va saqlash to‘g‘risida umumiy qoidalar

3.1. Yandex barcha Foydalanuvchilar uchun yoki Foydalanuvchilarning ayrim toifalari uchun (Foydalanuvchi joylashgan joyiga, servis ko'rsatilayotgan tilga va boshqalarga bog‘liq ravishda) servislardan foydalanishga cheklashlar o‘rnatish huquqiga ega, shu jumladan: alohida servis funksiyalarining mavjudligi / yo'qligi, Yandex.Mail servisidagi pochta xabarlarini, boshqa kontentni saqlash muddati, bitta ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi tomonidan yuborilishi yoki qabul qilinishi mumkin bo'lgan maksimal xabarlar soni, elektron pochta xabari yoki disk bo‘shlig‘ining maksimal hajmi, belgilangan muddat davomida servisga maksimal murojaatlar soni, kontentni maksimal saqlash muddati, yuklab olinadigan kontentning maxsus parametrlari va h.k.z. Yandex o'z servislariga avtomatik murojaatni taqiqlashi, shuningdek avtomatik ravishda (masalan, elektron pochta spamini) hosil qilingan har qanday ma'lumotlarni olishni to'xtatishi mumkin.

Yandex Foydalanuvchi jihozi va o‘z jihozini himoya qilish maqsadida xabarlar tarkibida zararli dasturlar yoki kod mavjud bo‘lganida yoki Yandex xizmatining avtomatik filtrlash vositalari va antivirus himoyasi ko‘rsatilgan xabarlarda zararli dasturlar yoki kodlar mavjudligini aniqlaganda istalgan xabarni qabul qilish va uni Foydalanuvchiga yetkazib berishni cheklab qo‘yish huquqiga ega. Foydalanuvchi Yandex ko‘rsatilgan maqsadlarda Yandex xizmatining avtomatik filtrlash vositalari va antivirus himoyasining ish sifatini yaxshilash uchun ko‘rsatilgan xabarlarda mavjud bo‘lgan bunday zararli dasturlar va kodlarni tahlil qilish va o‘rganishni amalga oshirish huquqiga egaligi to‘g‘risida xabardor qilindi va u bunga rozidir.

3.2. Yandex Foydalanuvchilariga axborot xabarlarini yuborish huquqiga ega. Yandex servislaridan foydalanar ekan Foydalanuvchi, shuningdek, “Reklama to‘g‘risida” Federal Qonunning 18-moddasi,1-qismiga muvofiq reklama xususiyatiga ega xabarlarni olishga rozilik beradi. Foydalanuvchi reklama xususiyatiga ega xabarlarni olish yoki unga aloqador bo'lgan servisning tegishli funksionalidan foydalanish yo‘li bilan reklama xususiyatiga ega xabarlarini olishdan bosh tortish huquqiga ega.

3.3. Yandex xizmatlari sifatini oshirish maqsadlarida va/yoki ular tomonidan so‘rov o‘tkazish uchun jalb qilinadigan shaxslar Foydalanuvchi tomonidan xizmatga navbatdagi tashrif buyurilishi vaqtida axborot xabarini yuborish yoki Foydalanuvchi tomonidan hisob qaydnomasida ko‘rsatilgan kontakt ma’lumotlari bo‘yicha aloqani amalga oshirish (telefon qo‘ng‘iroqlari yoki elektron xatlar vositasida) yo‘li bilan turli savollar bo‘yicha foydalanuvchilarning fikrlari va sharhlarini to‘plashni amalga oshirish huquqiga egadirlar. To'plangan fikrlar va sharhlardan statistik ma'lumotlarni shakllantirish uchun foydalanish mumkin, ulardan esa Yandex servislarida foydalanish mumkin. Foydalanuvchi tomonidan so‘rovni o‘tkazishda taqdim etilgan mulohazalar shuningdek Yandex tomonidan Yandex servislarida yoki Yandex bilan affillangan shaxslarning servislarida xuddi Foydalanuvchining nomini (logini) ko‘rsatish kabi, ko‘rsatmasdan ham chop etilishi mumkin. Foydalanuvchi mulohazalarini qoldirayotganda ushbu Shartnomaning talablariga, shu jumladan ushbu Shartnomaning 5. bandida belgilangan talablarga amal qilish majburiyatini oladi.

4. Foydalanuvchi kontenti

4.1. Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan kontentning amaldagi qonun hujjatlarining talablariga muvofiqligi uchun, shu jumladan Foydalanuvchining u yoki bu kontentni joylashtirishi yoki kontentning mazmuni uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jumladan, mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini, uchinchi shaxslarning boshqa intellektual huquqlarini buzgan hollarda uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlikni ham qo‘shganda, va / yoki ularga tegishli moddiy emas boyliklarga tajovuz qilsa, Foydalanuvchi mustaqil ravishda javobgar bo‘ladi.

4.2. Foydalanuvchi Yandex Foydalanuvchi tomonidan Yandex servislari vositasida joylashtiriladigan va / yoki tarqatiladigan har qanday kontentni ko‘rib chiqishga majbur emasligini, shuningdek Yandex o‘z ixtiyoriga ko‘ra Foydalanuvchiga Yandex servislari orqali erishish mumkin bo‘lgan har qanday kontentni joylashtirishi va /yoki tarqatishini rad etish huquqiga (lekin majburiyatiga emas) ega ekanligini tan oladi va bunga roziligini bildiradi. Foydalanuvchi kontentdan foydalanish bilan bog‘liq barcha xavflarni, shu jumladan bu kontentning ishonchliligi, to‘liqligi yoki foydali ekanligini mustaqil ravishda baholashi kerakligini anglaydi va bunga o‘z roziligini bildiradi.

4.3. Foydalanuvchi servislar ishining texnologiyasi Foydalanuvchi kontentining Yandex tomonidan nusxa olinishini (qayta ishlab chiqarilishi), shuningdek uning u yoki bu servisning texnik talablariga muvofiq bo‘lishi uchun Yandex tomonidan qayta ishlanishi talab etilishi mumkinligini tushunadi va qabul qiladi

5. Yandex servislaridan foydalanish shartlari

5.1. Foydalanuvchi Servisdan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan o‘z harakatlari, shu jumladan, bunday harakatlar uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib kelsa, shuningdek, Servisdan foydalanishda qonun hujjatlariga amal qilinishi uchun uchinchi shaxslar oldida mustaqil javob beradi.

5.2. Yandex servislaridan foydalanish chog'ida Foydalanuvchi:

5.2.1. noqonuniy, zararli, tuhmat bo‘lgan, axloqni haqorat qiluvchi, zo'ravonlik va shafqatsizlikni namoyish etuvchi (yoki targ'ibot bo'lib hisoblanuvchi), intellektual mulk huquqlarini poymol qiluvchi, irqiy, etnik, jinsiy, diniy, ijtimoiy belgilariga ko‘ra odamlarga nafrat va / yoki kamsitishni targ‘ib qiluvchi, qandaydir shaxslar yoki tashkilotlarga qarshi haqoratdan iborat, pornografiya, bolalar erotikasi elementlarini o'z ichiga oluvhchi (yoki targ'ibot bo'lib hisoblanuvchi), jinsiy xarakterdagi xizmatlar reklamasini namoyish etuvchi (yoki targ'ibot bo'lib hisoblanuvchi), giyovandlik moddalari yoki ularning analoglarini, portlovchi moddalar yoki boshqa qurolni tayyorlash, qo‘llash yoki o‘zgacha foydalanish tartibini tushuntiruvchi kontentlarni yuklash, yuborish, topshirish yoki har qanday boshqa usul bilan joylashtirish va / yoki tarqatish;

5.2.2. uchinchi shaxslarning, shu jumladan balog‘at yoshiga yetmagan shaxslarning huquqlarini buzish va / yoki ularga har qanday ko‘rinishda ziyon yetkazish;

5.2.3. o‘zini boshqa inson yoki tashkilot va/yoki hamjamiyat vakili, shu jumladan Yandex xodimi, forumlarning moderatori, sayt egasi deb tanishtirish, shuningdek tarmoqda boshqa shaxslarni noqonuniy ifoda qilishning har qanday boshqa shakllarini qo‘llash, shuningdek Foydalanuvchilar yoki Yandexni qandaydir subyektlar yoki obyektlarning xususiyatlari va tavsiflari borasida adashtirish;

5.2.4. qonunga binoan yoki qandaydir shartnoma munosabatlariga muvofiq ravishda tegishli huquqlarga ega bo‘lmay turib kontentni yuklash, yuborish, topshirish yoki har qanday boshqa usul bilan joylashtirish va / yoki tarqatish;

5.2.5. maxsus tarzda ruxsat berilmagan reklama axborotini, spam (shu jumladan qidiruv mohiyatidagi), begona elektron pochta manzillarining ro‘yxatini, “piramida”, ko‘p darajali marketing (MLM) sxemalari, internet-pul topish va e-mail-biznes tizimlari, “baxt maktublari” yuklash, yuborish, topshirish yoki har qanday boshqa usul bilan joylashtirish va / yoki tarqatish, shuningdek Yandex servislaridan ushbu tadbirlarda ishtirok etish uchun foydalanish, yoki Yandex servislaridan faqat foydalanuvchilarni boshqa domenlarning sahifalariga jo‘natish uchun foydalanish;

5.2.6. har qanday kompyuter yoki telekommunikatsiya uskunalari yoki dasturlarni buzish, yo‘q qilish yoki funksionalligini cheklashga, shuningdek ruxsatsiz kirishni amalga oshirishga mo‘ljallangan viruslar yoki boshqa kompyuter kodlari, fayllar yoki dasturlarni o‘z ichiga olgan qandaydir materiallarni, shuningdek tijorat dasturiy mahsulotlarining seriya raqamlari va ularni generatsiya qilish uchun dasturlar, Internetdagi pullik resurslarga ruxsatsiz kirish uchun loginlar, maxfiy so‘zlar va boshqa vositalarni yuklash, yuborish, topshirish yoki har qanday boshqa usul bilan joylashtirish va / yoki tarqatish, shuningdek yuqorida ko‘rsatilgan axborotga havolalarni joylashtirish;

5.2.7. boshqa shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini ruxsatsiz yig'ish va saqlash;

5.2.8. veb-saytlar va Yandex servislarining normal ishlashiga to'sqinlik qilish;

5.2.9. Shartnomada belgilangan cheklashlar va taqiqlarni buzishga qaratilgan harakatlarga ko‘maklashish;

5.2.10. qonun hujjatlari, shu jumladan xalqaro huquq normalarini boshqacha tarzda buzish huquqiga ega emas.

6. Servislarning mazmuniga mutlaq huquqlar va kontent

6.1. Yandex servislari yordamida erkin foydalanila oladigan barcha obyektlar, shu jumladan tasviriy elementlar, matn, grafik tasvirlar, illyustratsiyalar, video, EHM uchun dasturlar, ma'lumotlar bazalari, musiqa, tovushlar va boshqa obyektlar (bundan buyon matnda servislarning mazmuni), shuningdek Yandex servislarida joylashtirilgan har qanday kontent Yandex, Foydalanuvchilar va boshqa huquq egalarining mutlaq huquqlari obyektlari bo‘lib hisoblanadi.

6.2. Kontentdan, shuningdek, servislarning qandaydir boshqa elementlaridan foydalanish faqat u yoki bu servis taqdim etadigan funksional doirasida amalga oshirilishi mumkin. Yandex servislari tarkibidagi hech qanday kontent, shuningdek Yandex servislarida joylashtirilgan har qanday kontent huquq egasining oldindan roziligisiz boshqa usulda foydalanilishi mumkin emas. Foydalanish deganda, shu jumladan: qayta ishlab chiqarish, nusxa ko‘chirish, qayta ishlash, istalgan asosda tarqatish, freymda aks ettirish va h.k.z. tushuniladi. RF qonun hujjatlarida yoki Yandexning u yoki bu servisidan foydalanish shartlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollar istisnoni tashkil etadi.

Foydalanuvchining servislar tarkibidagi elementlardan, shuningdek har qanday kontentdan shaxsiy notijorat maqsadlari uchun foydalanishiga, mualliflik huquqining barcha qo‘riqlash belgilari, turdosh huquqlar, tovar belgilari, mualliflik haqidagi boshqa xabarnomalarni saqlab qolish, muallif/ huquq egasining nomi (yoki taxallusini) o‘zgartirmasdan saqlash shartlari bilan ruxsat beriladi. RF qonun hujjatlarida yoki Yandexning u yoki bu servisidan foydalanish shartlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollar istisnoni tashkil etadi.

7. Saytlar va uchinchi shaxslar kontenti

7.1. Yandex servislari Internet tarmog‘idagi boshqa saytlarga (uchinchi tomon saytlariga) ishoratlarni o'z ichiga olishi mumkin. Yandex tomonidan ko‘rsatilgan uchinchi shaxslar va ularning kontentining muayyan talablarga (ishonchliligi, to'liqligi, qonuniyligi va boshqalar) muvofiqligi tekshirilmaydi. Yandex foydalanuvchi servislardan foydalanib kiradigan uchinchi shaxslarning veb-saytlarida joylashtirilgan har qanday axborot, materiallar, shu jumladan uchinchi shaxslarning veb-saytlarida chop etilgan har qanday fikr va mulohazalar, reklamalar va boshqalar uchun, shuningdek bunday saytlar yoki kontentning foydalanishga ochiqligi va Foydalanuvchining ulardan foydalanish oqibatlari uchun javobgar bo'lmaydi.

7.2. Har qanday saytga, mahsulotga, xizmatga, tijoriy yoki tijoriy bo'lmagan istalgan axborotga Saytda joylashtirilgan ishorat (har qanday shakldagi) Yandex tomonidan mazkur mahsulotlarning (xizmatlar, faoliyatni) ma’qullanishi yoki tavsiya qilinishi bo‘lib hisoblanmaydi, bu Yandex resurslarida ochiqdan-ochiq ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.

8. Yandex servislarida reklama

8.1. Yandex RF qonun hujjatlarida belgilangan doirada Yandex servislarida joylashtirilgan reklama uchun javobgar bo‘ladi.

9. Kafolatlarning yo'qligi, mas'uliyatning cheklanganligi

9.1. Foydalanuvchi Yandex servislaridan barcha xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda foydalanadi. Servislar “bor boricha” taqdim etiladi. Yandex hech qanday javobgarlikni, shu jumladan servislarning Foydalanuvchining maqsadlariga muvofiqligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi;

9.2. Yandex servislar: Foydalanuvchining talablariga muvofiq ekanligi / muvofiq bo‘lishini; servislar uzluksiz, tez, ishonchli va xatosiz taqdim etilishini; servislardan foydalanib olinishi mumkin bo‘lgan natijalar aniq va ishonchli bo‘lishini va qandaydir maqsadlar uchun yoki qandaydir sifatda (masalan, qandaydir faktlarni aniqlash va/yoki tasdiqlash uchun) foydalanishi mumkinligini; servislardan foydalangan holda olingan qandaydir mahsulot, xizmatlar, axborot va boshqalarning sifati Foydalanuvchining kutganlariga muvofiq bo‘lishini kafolatlamaydi;

9.3. Foydalanuvchining Yandex servislaridan foydalanib olishi mumkin bo'lgan har qanday axborot va / yoki materiallardan (shu jumladan ko'chirib olinadigan dasturiy ta'minot, xat, har qanday yo'riqnomalar va ko'rsatmalar va boshqalar), Foydalanuvchi xavfi va xatarlarni o'z zimmasiga olgan holda foydalanishi va ko‘rsatilgan axborotni va / yoki materiallardan foydalanishning mumkin bo'lgan oqibatlari, shu jumladan Foydalanuvchining kompyuteriga yoki uchinchi shaxslarga yetkazilishi mumkin bo'lgan zarar uchun, ma'lumotlarning yo'qolishi yoki boshqa zarar uchun mustaqil ravishda javobgar bo‘ladi;

9.4. Yandex Foydalanuvchining Yandex servislari yoki servislarning alohida qismlari / funksiyalaridan foydalanish natijasida yuzaga keladigan har qanday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi;

9.5. Har qanday holatlarda ham, Yandexning Rossiya fuqarolik kodeksining 15-moddasiga muvofiq javobgarligi Rossiya Federatsiyasining 10 000 (o'n ming) rubli bilan cheklangan va uning harakatlarida ayb bo‘lsagina unga nisbatan qo'llanadi.

10. Boshqa qoidalari

10.1. Ushbu Shartnoma Foydalanuvchi va Yandex o'rtasida servislardan foydalanish to'g'risidagi kelishuvni o‘zida namoyon qiladi hamda Foydalanuvchi va Yandex bilan oldingi barcha kelishuvlarning o‘rniga o‘tadi.

10.2. Ushbu Shartnoma Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi va talqin etiladi. Ushbu Shartnomada tartibga solinmagan masalalar Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi. Ushbu Shartnoma bilan tartibga solinadigan munosabatlardan kelib chiqadigan barcha mumkin bo'lgan nizolar Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Rossiya qonunlari normalari bo'yicha hal qilinadi. Ushbu Shartnomaning matnida, agar o‘zga qoida aniq ko'rsatilgan bo'lmasa, "qonun hujjatlari" atamasi Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarini va Foydalanuvchi joylashgan mamlakatning qonun hujjatlarini bildiradi.

10.3. Ushbu Shartnoma doirasida ko'rsatiladigan xizmatlarning bepulligini hisobga olib, Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi normalar Foydalanuvchi va Yandex o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas.

10.4. Shartnomaning hech bir qoidasi Foydalanuvchi va Yandex o'rtasida agentlik munosabatlarini o'rnatish, sheriklik munosabatlari, qo'shma faoliyat munosabatlari, shaxsiy yollash munosabatlari yoki Shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko'rsatilmagan boshqa har qanday munosabatlar sifatida tushunilishi mumkin emas.

10.5. Agar biror sababga ko'ra ushbu Shartnomaning bir yoki bir nechta qoidasi haqiqiy emas yoki yuridik kuchga ega emas deb topilsa, bu Shartnomaning qolgan qoidalarining haqiqiyligiga yoki qo'llanilishiga ta'sir qilmaydi.

10.6. Shartnoma qoidalari Foydalanuvchi yoki boshqa foydalanuvchilar tomonidan buzilgan hollarda Yandexning harakatsizligi Yandexni keyinchalik uning manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli choralar ko'rish huquqidan mahrum qilmaydi va Yandex keyinchalik xuddi shunday yoki shunga o'xshash qonunbuzarliklar sodir bo'lgan taqdirda uning o‘z huquqlarida voz kechishini bildirmaydi.

10.7. Ushbu Shartnoma rus tilida tuzilgan va ayrim hollarda tanishish uchun Foydalanuvchiga boshqa tilda berilishi mumkin. Shartnomaning rus tilidagi varianti va boshqa tildagi nusxasi o'rtasida farq bo'lsa, ushbu Shartnomaning rus tilidagi variantining qoidalari qo'llaniladi.

 

Chop etilgan sana: 22.06.2020

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/rules/18072019

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/rules/25062019

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/rules/20022019

Oldingi versiyasi: https://yandex.uz/legal/rules/09112018