"Yandex Biznes orqali joylashtirish" xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha oferta
- 1. TA’RIFLAR VA ATAMALAR
- 2. SHARTNOMA PREDMETI
- 3. XIZMAT KO'RSATISH SHARTLARI
- 4. XIZMATLARNING NARXI VA TO‘LOV SHARTLARI
- 5. OFERTA AKSEPTI VA SHARTNOMANI TUZISH
- 6. OFERTA SHARTLARINING AMAL QILISH MUDDATI VA ULARGA O'ZGARTIRISH KIRITISH
- 7. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA UNGA O'ZGARTIRISH KIRITISH
- 8. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
- 9. KAFOLATLAR
- 10. MAS'ULIYAT VA MAS'ULIYATNI CHEKLASH
- 11. BOSHQA SHARTLAR
- 12. KORRUPSIYAGA QARSHI QO'SHIMCHA SHART
- 13. IJROCHI REKVIZITLARI:
Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
Ushbu hujjat TashGisTechnologies MChJ XKning (“Ijrochi”) quyida keltirilgan shartlar asosida haq evaziga Xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tegishli Shartnoma tuzish taklifini ifodalaydi.
*Xizmatning oldingi nomi: “Yandex.Spravochnik”. Yandex.Spravochnik nomi hujjatlarda va xizmatning funksionalligi bilan bog'liq boshqa materiallarda mavjud bo'lishi mumkin.
1. TA’RIFLAR VA ATAMALAR
1.1. Ushbu hujjat maqsadlari uchun quyida keltirilgan atamalar quyidagi ma'nolarda qo'llaniladi:
Oferta — bu ushbu “Yandex Biznes orqali joylashtirish” xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha oferta hujjati bo'lib, internet tarmog'ida https://yandex.uz/legal/oferta_geo veb manzilida joylashtirilgan.
Yandex.uz — bu internet tarmog'ida yandex.uz domeni manzillari bo'yicha joylashtirilgan axborot resurslari.
Xizmatlar — bu Ijrochi tomonidan Oferta va Amaldagi hujjatlar shartlariga muvofiq Buyurtmachiga taqdim etiluvchi xizmatlar.
Oferta Aksepti — bu Ofertaning 5-bo'limida ko'rsatilgan harakatlarni bajarish orqali Ofertani to'liq va so'zsiz qabul qilish. Oferta Aksepti Shartnomani tuzishni bildiradi.
Shartnoma — bu Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasidagi haq evaziga Xizmatlar ko'rsatish bo'yicha shartnoma bo'lib, u Oferta Aksepti orqali tuziladi.
Buyurtmachi — Oferta Akseptini amalga oshiruvchi shaxs. Buyurtmachi, shuningdek, reklama beruvchi, litsenziat yoki amaldagi hujjatlar shartlariga ko'ra boshqa shaxs bo'lishi mumkin.
Veb-interfeys — bu Xizmatlarga buyurtma berish, Ijrochi va Buyurtmachi tomonidan Shartnomaning bajarilishi bo'yicha statistik va boshqa ma'lumotlarni olish uchun mo'ljallangan dasturiy interfeys (agar u mavjud bo'lsa) bo'lib, shuningdek, Ijrochi va Buyurtmachi uchun Shartnomani bajarilishida masofadan turib o'zaro aloqasini ta'minlaydi. Veb-interfeysga kirish imkoniyati Buyurtmachiga Yandex.uz veb-saytida Buyurtmachining logini va parolidan foydalangan holda avtorizatsiya qilingandan so'ng taqdim etiladi (agar avtorizatsiya qilishning boshqa vositalaridan foydalanish tegishli Amaldagi hujjatlar shartlari bilan nazarda tutilmagan bo'lsa).
API — bu Xizmatlarni taqdim etish uchun foydalaniladigan Buyurtmachi dasturiy ta'minoti va Ijrochi tizimlari o'rtasidagi o'zaro aloqa interfeysi. API vositasida Buyurtmachiga Xizmatlarga buyurtma berish, statistik ma'lumotlar va boshqa ma'lumotlarni olish, shuningdek, Ijrochi va Buyurtmachining Shartnomani bajarish jarayonida masofadan turib o'zaro aloqa qilish imkoniyati berilishi mumkin. Buyurtmachining dasturiy ta'minoti va Ijrochining tizimlari o'rtasidagi o'zaro aloqa Amaldagi hujjatlar shartlari va/yoki Ijrochi va Buyurtmachi o'rtasida kelishilgan holda API orqali amalga oshiriladi.
Tijorat siri — bu Ijrochi tomonidan Shartnoma bo'yicha xizmatlarning narxi, uni aniqlash tartibi, Xizmat birligining narxi, statistik ma'lumotlar va uchinchi shaxslarga noma'lumligi va unga qonuniy asosda erkin kirish imkoni yo'qligi sababli, Ijrochi uchun potensial tijorat qiymatiga ega bo'lgan, boshqa ma'lumotlarga nisbatan o'rnatilgan ma'lumotlarning maxfiyligining maxsus rejimi.
1.2. Ofertada Ofertanig 1.1-bandida belgilanmagan atamalar ishlatilishi mumkin. Bunday holda, bunday atamaning talqini Oferta matniga muvofiq amalga oshiriladi. Agar Oferta matnida atamaning bir ma'noli talqini bo'lmasa, quyida belgilangan atama talqiniga amal qilish kerak: birinchi navbatda - Amaldagi hujjatlar bilan, ikkinchidan - O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, uchinchidan - Ijrochining veb-saytlari va manbalaridagi ma'lumotlarga muvofiq, keyin esa - Internet tarmog'ida yuzaga kelgan (umumiy foydalaniluvchi) talqinda.
2. SHARTNOMA PREDMETI
2.1. Shartnoma predmeti bo'lib Ijrochi tomonidan Oferta shartlari va tegishli Amaldagi hujjatlarga muvofiq haq evaziga Buyurtmachiga Xizmatlar ko'rsatish.
2.2. Oferta shartlari bo'yicha Ijrochi tomonidan ko'rsatiladigan Xizmatlarga quyidagi majburiy hujjatlar ("Qo'llaniladigan hujjatlar") qo'llaniladi:
2.2.1. "Yandex Biznesda ustuvorlik bilan joylashtirish" xizmati:
- Internet tarmog'ida https://yandex.uz/legal/directory_conditions manzilida joylashtirilgan, "Yandex Biznesda ustuvorlik bilan joylashtirish. Joylashtirish shartlari", https://yandex.uz/legal/directory_conditions
2.2.2. "Yandex Biznesda brendli ustuvorlik bilan joylashtirish" xizmati:
- Internet tarmog'ida https://yandex.uz/legal/branded_priority_conditions manzilida joylashtirilgan, "Yandex Biznesda brendli ustuvorlik bilan joylashtirish. Joylashtirish shartlari", https://yandex.uz/legal/branded_priority_conditions
2.2.3. Xizmatlar: “Geoxizmatlardagi pinlar”, “Geoxizmatlardagi bilbordlar”, “Geoxizmatlardagi premium bilbordlar”, “Geoxizmatlardagi bannerlar”, “Geoxizmatlardagi premium bannerlar”, “Yandex Navigatorda marshrut tavsiyasi”, “Geomediya reklamasi. Mavsumiy paket”, “Lite geomediya reklamasi” (“Lite geomediya reklamasi” xizmati agent loginida ishlayotgan Buyurtmachilar uchun mavjud emas):
- Internet tarmog'ida joylashtirilgan xizmatlar tavsifi: https://yandex.uz/adv/prices;
Internet tarmog'ida https://yandex.uz/legal/media_procedure manzilida joylashtirilgan “Yandex internet-mediya pozitsiyalarida materiallarni joylashtirish tartibi”.
2.3. Buyurtmachi tomonidan sotib olinayotgan Xizmatlardan qat'iy nazar, Ijrochi va Buyurtmachi o'rtasidagi tegishli Shartnomaga Amaldagi hujjatlar hisoblanuvchi quyidagi hujjatlarning talablari qo'llaniladi:
2.3.1. “Foydalanuvchi kelishuvi” (https://yandex.uz/legal/rules);
2.3.2. “Umumiy qoidalar. Reklama materiallariga qoʻyiladigan talablar” (https://yandex.uz/legal/general_adv_rules);
2.3.3. “Yandexda reklama joylashtirish qoidalari. Reklama materiallariga qoʻyiladigan talablar” (https://yandex.uz/legal/adv_rules);
2.3.4. Maxfiylik siyosati (https://yandex.uz/legal/confidential);
2.4. Amaldagi hujjatlar va Oferta talablari o'rtasida ziddiyatlar yuzaga kelgan taqdirda, Amaldagi hujjatlar qoidalari qo'llaniladi.
3. XIZMAT KO'RSATISH SHARTLARI
3.1. Xizmatlar, faqat Buyurtmachi tomonidan Oferta Aksepti amalga oshirilgan Xizmatlar birliklari uchun (masalan, reklama yoki boshqa kampaniyalar, buyurtmalar va h.k.) taqdim etiladi.
3.1.1. Xizmat Ijrochi tomonidan, Xizmat uchun to'lov amalga oshirilgan va Buyurtmachi tomonidan reklama kampaniyasini (boshqa materiallarni) Buyurtmachi shaxsiy kabineti veb-interfeysidagi tegishli tugmani faollashtirish (bosish) orqali ishga tushirilgan (joylashtirilgan) sanadan yoki avtomatik ravishda Xizmat uchun to'lov amalga ochirilgan va reklama kampaniyasi (boshqa materiallar) yaratilgan (joylashtirilgan) sananing 3(uchinchi)-kunidan (UTC+3), yoxud avtomatik ravishda Xizmat uchun to‘lov amalga oshirilgan va Buyurtmachi bilan oldindan kelishilgan holda Ijrochi tomonidan reklama kampaniyasi (boshqa materiallar) to‘xtatilgan (to'xtatib qo‘yilgan) sananing 3 (uchinchi)-kunidan (UTC+3) boshlab, taqdim etiladi.
3.2. Buyurtmachi (Buyurtmachi vakili) xizmatlarni ko'rsatish va Xizmatlarni ko'rsatish natijalaridan foydalanish bilan bog'liq barcha zarur harakatlarni mustaqil ravishda amalga oshiradi.
3.3. Xizmatlar Ijrochi tomonidan Buyurtmachining reklama yoki boshqa materiallarini joylashtirish va (yoki) Buyurtmachining bunday materiallarini Ijrochining tizimlari va xizmatlariga yuklash bilan bog'liq bo'lgan hollarda, Buyurtmachi (Buyurtmachining vakili) tegishli reklama yoki boshqa kampaniyalar, buyurtmalar va h.k.larni mustaqil ravishda tayyorlaydi va tahrir qiladi, shu jumladan barcha zarur materiallarni (keyingi o‘rinlarda - “Materiallar” deb yuritiladi) mustaqil ravishda tuzadi, ularni joylashtirish shartlari va tartibini, Amaldagi hujjatlarda belgilangan talablarni hisobga olgan holda tanlaydi. Buyurtmachi mustaqil ravishda va to'liq hajmda Materiallarni joylashtirish va / yoki ulardan foydalanish uchun barcha javobgarlikni o'z zimmasiga oladi va ularning amaldagi qonunchilikning barcha talablariga muvofiqligini kafolatlaydi. Buyurtmachi, shuningdek, Materiallarni joylashtirish bilan bog'liq barcha zarur sozlamalar va shartlarni, shuningdek, Materiallarning o'zini mustaqil ravishda saqlash majburiyatini oladi.
3.3.1. Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga Buyurtmachi Materiallarida ko'rsatilgan telefon raqamini, almashtiruvchi telefon raqamiga almashtirishga imkon beradigan maxsus funksionaldan foydalanish imkoniyatini berishi mumkin. Almashtiruvchi telefon raqami telefon qo'ng'iroqlarini Buyurtmachi tomonidan Materiallarda ko'rsatilgan telefon raqamiga yo'naltiradi. Buyurtmachi almashtiruvchi raqam taqdim etilganda aloqa xizmatlari Ijrochi tomonidan ko'rsatilmasligini tushunadi va bunga rozi bo'ladi. Almashtiruvchi telefon raqamini taqdim etish xizmati O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mavjud bo‘lmasligi mumkin. Ushbu Oferta bo'yicha ko'rsatiladigan Xizmatlar narxiga almashtiruvchi raqamni taqdim etish bo'yicha xizmat narxi kiritilgan. Bitta aksiya doirasida bitta almashtiruvchi raqam taqdim etiladi.
3.4. Ijrochi Buyurtmachi tomonidan taqdim etilayotgan va/yoki yuklanayotgan Materiallarning Oferta va/yoki Amaldagi Hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish huquqiga ega, lekin bunga majbur emas. Ijrochi, shuningdek, har qanday Materialni joylashtirish, tarqatish va/yoki boshqacha tarzda foydalanishni rad etishga haqli, lekin Materialni joylashtirish, tarqatish va/yoki boshqa tarzda foydalanish uchun qabul qilish fakti Ijrochi tomonidan Buyurtmachida Materiallarning o'ziga nisbatan qandaydir huquqlarning, shuningdek, Buyurtmachi tomonidan tanlagan bunday Materiallardan foydalanish usullarining, mavjudligi uchun tasdiq hisoblanmaydi.
3.5. Xizmatlarni taqdim etish, shu jumladan Materiallarni yuklash maqsadida, agar Amaldagi hujjatlarda boshqacha usul nazarda tutilmagan yoxud Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasida alohida kelishib olinmagan bo'lsa, Buyurtmachiga Yandex.uz veb-saytida Buyurtmachining login va parolidan foydalangan holda Buyurtmachini avtorizatsiya qilish sharti bilan Veb-interfeysga kirish huquqi berilishi mumkin. Buyurtmachi foydalanilayotgan har qanday avtorizatsiya vositalarining (jumladan, login va parolning) xavfsizligi va maxfiyligi uchun mustaqil ravishda javobgar bo'ladi. Buyurtmachi tomonidan tegishli Veb-interfeysda yoxud Buyurtmachining avtorizatsiya vositalaridan foydalangan holda tegishli API orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar Buyurtmachi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Buyurtmachi uchinchi shaxslar oldida, Buyurtmachining avtorizatsiya vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan barcha harakatlari uchun mustaqil ravishda javobgar bo'ladi. Ijrochi uchinchi shaxslar tomonidan bunday avtorizatsiya vositalaridan foydalanishi uchun javobgar bo'lmaydi.
3.6. Ijrochi, Xizmatlarni ko'rsatishni to'xtatib turish va/yoki Buyurtmachi bilan Shartnoma(lar)ni bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqini, quyidagi hollarda o'zida saqlab qoladi:
3.6.1. oldindan to'lov shartlari asosida tuzilgan Shartnoma bo'yicha Ijrochi tomonidan ko'rsatilgan Xizmatlarning narxi Buyurtmachi tomonidan Ijrochining hisob raqamiga Xizmatlarni ko'rsatish uchun oldindan to'lov sifatida o'tkazilgan summaga teng bo'lib qolsa yoki undan oshsa;
3.6.2. Buyurtmachi Ijrochi yoxud Ijrochining afillangan shaxsi yoki Ijrochi shaxslari guruhiga kiruvchi shaxs oldida Xizmatlar uchun to'lov qilishda qarzdorlikka ega bo'lsa, ayniqsa, to'lovni kechiktirish shartlari asosida tuzilgan Shartnoma yoxud Buyurtmachi va Ijrochi bilan afillangan shaxs o'rtasida tuzilgan boshqa shartnoma bo'yicha Ijrochiga ko'rsatilgan Xizmatlar uchun to'lov muddatini buzgan bo'lsa;
3.7. Buyurtmachi Ijrochining oldindan roziligisiz Shartnoma bo'yicha o'z huquqlarini istalgan uchinchi shaxsga o'tkazishga haqli emas;
3.8. Buyurtmachi Shartnoma maqsadlari uchun, shu jumladan ko'rsatilayotgan Xizmatlarning narxini, hajmini va sifatini aniqlash uchun faqatgina Ijrochining statistik ma'lumotlaridan foydalanilishiga rozilik bildiradi, ular Buyurtmachiga tegishli Veb-interfeysda yoki API orqali taqdim etilishi mumkin. Ijrochi bunday statistik ma'lumotlar uchun hech qanday kafolatlar yoki ishontirishlarni taqdim etmaydi, shuningdek, ular Buyurtmachiga doimiy rejimda yoxud qandaydir aniq ko'rinish yoki formatda mavjud bo'lishiga kafolat bermaydi. Buyurtmachi Ijrochining xizmatlarning ishlashini ta'minlash uchun zarur bo'lgan hollarda, shuningdek, Buyurtmachiga, shuningdek uchinchi shaxslarga, Xizmatlarni lozim darajada ko'rsatish uchun zarur bo'lgan hollarda, statistik ma'lumotlarni tuzatishga haqli ekanligiga rozilik bildiradi.
3.9. Ijrochi Buyurtmachiga Buyurtmachi tomonidan Xizmatlardan foydalanish va foydalanish natijalari (samaradorligi) bo'yicha hech qanday kafolat bermaydi. Xizmatlar, shuningdek, tegishli Veb-interfeyslar, API va Ijrochi va Buyurtmachi tomonidan foydalaniladigan tizimlar "qanday bo'lsa shunday" taqdim etiladi. Buyurtmachi, o'zi mustaqil ravishda va Ijrochining majburlovisiz Ijrochini Xizmatlarni yetkazib beruvchisi sifatida tanlaganligini, shuningdek, Buyurtmachi xarid qilayotgan Xizmatlarning tarkibi va hajmi Buyurtmachining shaxsiy manfaatlarini ko'zlab o'zi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanganligini tasdiqlaydi.
3.10. Ijrochi quyidagi majburiyatlarni o'z bo'yniga oladi:
3.10.1. Oferta shartlari bo'yicha tuzilgan Shartnomaga muvofiq Buyurtmachiga Xizmatlarni ko'rsatish.
3.10.2. “Maxfiylik siyosati” (https://yandex.uz/legal/confidential) shartlariga muvofiq Buyurtmachi va tegishli Veb-interfeys yoki API orqali yuklanayotgan uning maʼlumotlari uchun maxfiylikni taʼminlash. Bunda, Xizmatlar ko'rsatish doirasida omma e'tiboriga taqdim etishga mo'ljallangan Materiallarning maxfiyligi, birinchi ko'rsatishgacha va/yoki bunday Materiallarni joylashtirishni boshlashgacha, ta'minlanadi. Maxfiylikni ta'minlash bo'yicha shartlar, shuningdek, bunday ma'lumotlarni oshkor qilish Xizmatlarni taqdim etish maqsadlari uchun (masalan, Buyurtmachiga hisob-fakturalar va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha tegishli hisobotlarni berish uchun) asosli ravishda zarur bo'lgan holatlarga, shuningdek, ma'lumotlarning oshkor etilishi Buyurtmachi tomonidan Oferta shartlarini va/yoki Amaldagi hujjatlarni buzilishi bilan bog'liq bo'lsa, amal qilmaydi.
3.11. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
3.11.1. Xizmatlarni ko'rsatishga to'sqinlik qiladigan texnik, texnologik yoki boshqa sabablarga ko'ra, bu sabablarni bartaraf etish vaqti davomida, vaqtincha to'xtatib turish.
3.11.2. Oferta va/yoki Amaldagi hujjatlarga muvofiq Buyurtmachi o'z majburiyatlari va/yoki kafolatlarni buzgan taqdirda, Shartnoma bo'yicha Xizmatlarni ko'rsatishni to'xtatib turish va/yoki Buyurtmachini bir tomonlama suddan tashqari tartibda xabardor qilish orqali Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish.
3.11.3. Agar Buyurtmachi O'zbekiston Respublikasi rezidenti (soliq rezidenti) bo'lmasa, Ijrochi Buyurtmachining soliq maqomini tasdiqlovchi hujjatlarini olmaguncha Xizmatlarni ko'rsatishni boshlamaslikka haqli.
3.11.4. Ushbu Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarish uchun Veb-sayt va Materiallarga tashrif buyuruvchilaridan Buyurtmachi almashtiruvchi telefondagi telefon suhbatlari natijasida olinadigan ma'lumotlarga kirish huquqiga ega bo'lish. Ijrochi tomonidan taqdim etiladigan almashtiruvchi raqamidan foydalanganda Buyurtmachi, Ijrochining bunday telefon suhbatlarga, shu jumladan Shartnomani bajarish maqsadlarida, telefon suhbatlarini tinglash, yozib olish, tizimlashtirish va tahlil qilishga to'liq va so'zsiz roziligini beradi.
3.12. Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarni o'z bo'yniga oladi:
3.12.1. Xizmatlardan foydalanish va Xizmatlarni taqdim etish natijalari bilan bog'liq, Buyurtmachidan barcha zarur va talab qilinadigan harakatlarni mustaqil ravishda amalga oshirish (Materiallarni tayyorlash va taqdim etish, Veb-interfeys yoki API orqali, lekin belgilanganlar bilan cheklanmagan holda, Xizmatlarni taqdim etish uchun zarur parametrlar va sozlamalarni tanlash).
3.12.2. Shartnomani bajarishda, shu jumladan Materiallarni tayyorlash, joylashtirish va/yoki boshqacha tarzda foydalanish jarayonida, Ijrochining Ofertada va/yoki Amaldagi hujjatlarda bayon etilgan bunday Materiallarga qo'yiladigan barcha talablariga rioya qilish, shuningdek, Buyurtmachi tomonidan Xizmatlar ko'rsatish va Xizmatlarni ko'rsatish natijalaridan foydalanish uchun qonun hujjatlari, shu jumladan reklama to'g'risidagi qonun hujjatlari, raqobatni himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari, talablariga, lekin shu bilan cheklanmasdan, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlariga, shu jumladan intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalariga bo'lgan huquqlarga, rioya qilish.
3.12.3. Shartnoma bo'yicha, Buyurtmachiga taqdim etilgan imkoniyatlarni, Materiallardan foydalanish, yuklash, joylashtirish va/yoki tarqatishda, shuningdek, statistik ma'lumotlardan, boshqa ma'lumotlardan va Xizmatlarni ko'rsatish natijalaridan foydalanishda, suiiste'mol qilmaslik. Xususan, Buyurtmachi Ijrochi tizimlari, xizmatlari va boshqa mahsulotlarining normal ishlashiga ta'sir qiladigan harakatlarni amalga oshirmaslik, shu jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, Shartnomaga tegishli bo'lgan statistik ma'lumotlarni, shuningdek, Ijrochining uchinchi shaxslar bilan tuzgan boshqa shartnomalarini o'zgartirishga qaratilgan firibgarlik harakatlarini amalga oshirmaslik, majburiyatini oladi.
3.12.4. Xizmatlarni ko'rsatish natijalaridan foydalanish bilan bog'liq Buyurtmachi faoliyati yoxud Buyurtmachining tegishli tovarlari, ishlari va (yoki) xizmatlari litsenziyalanishni va/yoki majburiy sertifikatlanishni talab qilgan, yoxud Xizmatlarni ko'rsatish maqsadlarida Ijrochi uchun Buyurtmachi, uning tovarlari, ishlari va/yoki xizmatlari to'g'risidagi boshqa ma'lumotlarga asosli ravishda muhtojlik bo'lgan taqdirda - tegishli litsenziyalar, sertifikatlarning tegishli tartibda tasdiqlangan nusxalarini, shuningdek Ijrochi tomonidan talab qilinadigan ma'lumotlarni, Ijrochi tomonidan tegishli so'rov yuborilgan sanadan boshlab 1 (bir) ish kunidan kechiktirmay, Ijrochiga taqdim etish. Ko'rsatilgan hujjatlar va/yoki ma'lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, Ijrochi bunday hujjatlar va/yoki ma'lumotlar taqdim etilmaguncha Xizmatlarni ko'rsatishni to'xtatib turish yoki to'xtatishga haqli. Buyurtmachi ushbu bandda ko'rsatilgan o'zi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga berishga o'z roziligini bildiradi.
3.12.5. Ijrochining Xizmatlari uchun Oferta va/yoki Amaldagi hujjatlarda belgilangan muddat va shartlar doirasida haq to'lash.
3.13. Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan reklama iste'molchilarining e'tiborini jalb qilishga qaratilgan Reklama joylashtirilgan taqdirda, Tomonlar 2006-yil 13-martdagi 38-FZ-sonli "Reklama to'g'risida"gi Rossiya Federatsiyasi Qonunining 18.1-moddasi qoidalariga va Rossiya Federatsiyasining Internet tarmog'idagi reklamaning hisobga olinishi va markirovkasini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar qoidalariga rioya qilishga bir-birlariga e'lon qiladilar, kafolatlaydilar va majburiyatini oladilar. Tomonlar 13.03.2006 yildagi 38-FZ-sonli “Reklama to‘g‘risida”gi Federal qonunning (keyinchalik matnda - “Reklama to‘g‘risidagi qonun” deb yuritiladi) 18.1-moddasida nazarda tutilgan talablarni tegishli tarzda, vijdonan va to‘liq hajmda bajarish majburiyatini oladilar. Ushbu bilan Hamkor topshiriq beradi, Ijrochi esa, Hamkor va (yoki) uning kontragentidan olingan (agar qo‘llanilsa) oʻzgarmagan shakldagi (bunday holatda, faqat texnik talablar bilan asoslangan o‘zgarishlarga yo‘l qo‘yiladi; keyinchalik matnda “IRYRga ma’lumot taqdim etish” deb yuritiladi), tarqatilgan reklama materiallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartib va muddatlarda, reklama maʼlumotlari operatori (keyinchalik matnda “RMO” deb yuritiladi) orqali ommaviy axborot vositalari, ommaviy kommunikatsiyalar, axborot texnologiyalari sohasida nazorat qilish bo‘yicha funksiyalarni amalga oshiradigan ijroiya hukumati federal organining (keyinchalik matnda “Roskomnadzor” deb yuritiladi) internet-reklama yagona reestriga (keyinchalik matnda “IRYR” deb yuritiladi) taqdim etishni oʻz zimmasiga oladi .
3.13.1. Tomonlar, yuqorida ko'rsatilgan maxfiylik ma'lumotlari bo'yicha talablar, https://yandex.ru/legal/ord_terms manzilida joylashtirilgan, IRYRga Reklama to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish shartlariga muvofiq, “Yandex Reklama ma’lumotlari operatori” (ADRR (Asosiy davlat ro'yxatga olish raqami): 1227700413962; keyingi o'rinlarda matnda “Yandex RMO” deb yuritiladi) Mas'uliyati cheklangan jamiyati orqali ijro etilishini kelishib oldilar. Shubhalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun Ijrochi hech qanday hollatlarda Yandex RMO, IRYR va (yoki) Roskomandzorning harakatlari yoki harakatsizligi uchun javobgar bo‘lmaydi. Agar Hamkorda Reklama to‘g‘risidagi qonunning 18.1-moddasida nazarda tutilgan, Yandex RMO, IRYR va (yoki) Roskomandzor mas’uliyati doirasidagi talablarni bajarish bo‘yicha da’volari va (yoki) sharhlari bo‘lsa, Hamkor bunday da’volar, sharhlar va savollarni bevosita tegishli shaxslar va (yoki) davlat organlariga yuborish majburiyatini oladi.
3.13.2. Shubhalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun Ijrochi boshqa Tomon va (yoki) uning kontragenti (agar qo‘llanilsa) tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi, uning to‘g‘riligi, dolzarbligi, to‘liqligi, Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligi va IRYRda reklama to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish shartlariga muvofiqligi uchun javobgar bo‘lmaydi. Bunday holatda, Hamkor Ijrochi o‘z majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarishi mumkin bo‘lgan tartibda, muddatda va faqat tegishli interfeysdan foydalangan holda zarur ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi. Yuqorida aytilganlar, xususan, Hamkor Ijrochiga Shartnoma bo‘yicha tarqatilayotgan reklama, uning reklama beruvchilari, reklama tarqatuvchilari, reklama tizimining operatorlari va reklama joylashtirishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar (agar qo‘llanilsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi, ishonchliligi, dolzarbligi va o‘z vaqtida taqdim etilishini kafolatlashini, shuningdek, Hamkor ko‘rsatilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Ijrochiga yuborish huquqiga ega ekanligini, shuningdek, Ijrochiga ko‘rsatilgan shaxslarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni IRYRga taqdim etishni buyurishini anglatadi (agar qo‘llanilsa). Shuningdek, Hamkor 1 (bir) kalendar kun ichida Ijrochi tomonidan Yandex RMO, IRYR va (yoki) RF davlat organlaridan Reklama to‘g‘risidagi qonunning 18.1-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarish bo‘yicha savollarni qabul qilish munosabati bilan Ijrochi so‘rovlariga javob berishni o‘z zimmasiga oladi.
3.14. Hamkor Reklama toʻgʻrisidagi qonunning 18.1-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarish maqsadida Yandex IDda hisob qaydnomasini (https://passport.yandex.ru) yaratishda Buyurtmachi tomonidan koʻrsatilgan telefon raqami IRYRga uzatiladigan reklama to‘g‘risidagi maʼlumotlarga kiritilishi mumkinligiga rozi.
4. XIZMATLARNING NARXI VA TO‘LOV SHARTLARI
4.1. Ijrochi tomonidan taqdim etilgan Xizmatlarning narxi Buyurtmachiga API orqali uzatiladigan tegishli Veb-interfeysda ko'rsatilgan, yoxud tegishli Amaldagi hujjatlarda va/yoki Ijrochining veb-saytlarida ko'rsatilgan Xizmatlar narxlariga muvofiq belgilanadi.
4.2. Xizmatlarni taqdim etish maqsadlari uchun hisobot davri, agar Amaldagi hujjatlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, kalendar oyini tashkil qiladi.
4.3. Xizmatlarning narxi Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga berilgan hisob-fakturada ko'rsatiladi (agar hisob-fakturani berish Amaldagi hujjatlarda nazarda tutilgan bo'lsa) yoki Buyurtmachi tomonidan tegishli Veb-interfeysda, Xizmatga buyurtma berishda, O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi talablariga muvofiq stavkada QQSni hisobga olgan holda, mustaqil ravishda beriladi.
4.4. Xizmatlar uchun toʻlov Buyurtmachi tomonidan oʻzbek sumida naqd pulsiz to'lov usuli orqali amalga oshiriladi.
4.5. Xizmatlar Buyurtmachiga, agar Amaldagi hujjatlarda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, Xizmatlar uchun oldindan to'lov asosida taqdim etiladi. Buyurtmachi, Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga berilgan hisob-faktura asosida yoki tegishli Veb-interfeysda Xizmatga mustaqil buyurtma berganda Buyurtmachi tomonidan hisob-faktura berilgan sanadan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida, buyurtma qilinayotgan Xizmatlarning umumiy qiymatining 100% (yuz foiz) miqdorida avans to'lovini amalga oshiradi. To'lovni amalga oshirishda Buyurtmachi o'zi haqidagi dolzarb va ishonchli ma'lumotlarni, xususan, buyurtmachi yuridik shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) yoki jismoniy shaxs ekanligini ko'rsatadi. Buyurtmachi tomonidan hisob-fakturani to'lash Oferta Aksepti hisoblanadi va Oferta shartlari asosida Shartnoma tuzishni keltirib chiqaradi. To'lov maqsadida tegishli hisob-faktura raqami ko'rsatilishi kerak.
4.6. Ijrochining ixtiyoriga ko'ra (va faqatgina alohida Xizmatlar uchun), Buyurtmachiga, quyidagi shartlarga majburiy amal qilgan taqdirda, Xizmatlar uchun to'lovni qisman yoki to'liq kechiktirishni ham taqdim etilishi mumkin:
4.6.1. Buyurtmachi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti va Ijrochi Xizmatlarining doimiy buyurtmachisi (Ijrochi ixtiyoriga ko‘ra) bo'lsa;
4.6.2. Buyurtmachining Ijrochi oldida (yoki Ijrochining afillangan shaxslariga) har qanday shartnomalar, shu jumladan Oferta shartlari bo'yicha tuzilgan Shartnoma bo'yicha, Xizmatlar uchun haq to'lash bo'yicha qarzlari mavjud bo'lmasa;
4.6.3. Buyurtmachi oldingi Xizmatlar uchun to'lovni qisman yoki to'liq kechiktirishni taqdim etishlar uchun, Buyurtmachiga to'lovni kechiktirish shartlari asosida ko'rsatilgan Xizmatlar uchun to'lov muddatini kamida ketma-ket 6 (olti) kalendar oyida buzmagan bo'lsa;
4.6.4. Buyurtmachi tomonidan Xizmatlarning tegishli turi uchun nazarda tutilgan va Buyurtmachiga Xizmatlar uchun to'lovni qisman yoki to'liq kechiktirishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan boshqa harakatlar bajarilgan bo'lsa;
4.6.5. Buyurtmachi Ijrochining manfaatlari va uning hisobidan harakat qiluvchi agentlik yoki Xizmatlarni xarid qilishda uchinchi shaxslar (xizmatlarning oxirgi buyurtmachilari) manfaatlari va ularning hisobidan harakat qiluvchi agentlik bo'lmasa;
4.6.6. Buyurtmachi Oferta Akseptini to'lovni kechiktirish shartlarida qabul qilgan bo'lsa (Ofertaning 5.1.2-bandi).
4.7. Xizmatlar uchun to'lovni qisman yoki to'liq kechiktirishni taqdim etishning batafsil shartlari Buyurtmachiga Ijrochi tomonidan tegishli Veb-interfeys, API, elektron pochta orqali yoki Ijrochining ixtiyoriga ko'ra boshqa usulda yetkazilishi mumkin.
4.8. To'lovni kechiktirish, agar hisob-fakturani berishda Ijrochi bilan boshqa muddat kelishilmagan yoki Amaldagi hujjatlar bilan boshqa muddat yoki to'lov muddatini hisoblash qoidalari nazarda tutilmagan bo'lsa, hisob-faktura berilgan kundan boshlab 15 (o'n besh) kalendar kunlik muddatga beriladi. Belgilangan muddatda Buyurtmachi buyurtma qilingan Xizmatlar narxini hisob-faktura summasining 100% (yuz foiz) miqdorida to'lash majburiyatini oladi.
4.9. Ijrochi, o'z xohishiga ko'ra, lekin ilgari buyurtma qilingan Xizmatlar hajmini hisobga olgan holda, Buyurtmachi tomonidan to'lovni kechiktirish shartlarida buyurtma qilinishi mumkin bo'lgan Xizmatlarning maksimal narxini belgilaydi.
4.10. Oferta maqsadlari uchun kalendar kunlarda hisoblanadigan muddatga ishlanmaydigan bayram kunlari ham kiradi.
4.11. Xizmatlar uchun to'lov naqdsiz to'lov usuli, xususan, bank pul o'tkazmasi yoki Ijrochi tomonidan qabul qilinadigan boshqa mavjud usul orqali amalga oshiriladi (Buyurtmachiga Veb-interfeys orqali yoki Ijrochining tanloviga ko'ra boshqa usul bilan xabar qilinadi). Buyurtmachi tomonidan tanlangan usul/shakldan foydalanishning xavfsizlik, maxfiylik, shuningdek, boshqa shartlari, Buyurtmachi va tegishli tashkilotlar o'rtasidagi shartnomalar bilan tartibga solinadi.
4.12. Ijrochi bankining korrespondent hisobiga tegishli summaning kelib tushgan paytidan boshlab, Xizmatlar Buyurtmachi tomonidan to'langan deb hisoblanadi. Ba'zi hollarda, Ijrochining ixtiyoriga ko'ra, to'lov faktini quyidagilar tasdiqlashi mumkin: a) naqdsiz to'lov qilinganda to'lov topshiriqnomasining elektron nusxasi; b) to‘lov amalga oshirilgan bank muhri bo'lgan to‘lov haqidagi kvitansiyasining elektron nusxasi; c) Buyurtmachi tomonidan elektron to'lov amalga oshirilgan taqdirda, Ijrochi tomonidan to'lov tizimi orqali Ijrochi foydasiga to'lov faktini verifikatsiya qilish.
4.13. Buyurtmachi, agar Shartnomani to'xtatish yoki bekor qilish vaqtida Buyurtmachi tomonidan amalga oshirilgan Xizmatlar uchun oldindan to'lov miqdori unga haqiqatda ko'rsatilgan Xizmatlar narxidan oshsa, ko'rsatilgan summalar o'rtasidagi farq Buyurtmachi tomonidan boshqa (shu jumladan kelajakdagi) shartnomalar doirasida Ijrochining Xizmatlari uchun to'lov hisobidan to'langan deb tan olinishiga, rozilik bildiradi, quyidagi hollar bundan mustasno: 1) Oferta shartlarida va/yoki Amaldagi hujjatlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lsa; 2) Shartnoma to'xtatilganda Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasida boshqa tartib qo'shimcha ravishda kelishilgan bo'lsa. Ushbu shart o'z kuchini saqlab qoladi va Shartnoma bekor qilinganidan yoki to'xtatilgandan keyin ham amal qiladi.
4.14. Har oyda (Hisobot davrining oxirgi kunida) va/yoki Shartnoma (hisob-faktura) bo‘yicha Xizmatlar ko‘rsatilishi tugallangandan so‘ng, Ijrochi hisobot davrida haqiqatdan ko'rsatilgan Xizmatlar hajmiga muvofiq bajarilgan ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun elektron topshirish-qabul qilish dalolatnomasini tuzadi va uni Hisobot davri tugaganidan keyin 10 (o'n) kalendar kunidan kechiktirmay Buyurtmachiga beradi (yuboradi). Dalolatnoma bilan bir vaqtda Ijrochi Buyurtmachiga elektron shaklda tegishli hisob-fakturalarni beradi.
4.15. Agar Ijrochi tomonidan hisobot davri uchun elektron Dalolatnoma va hisob-faktura berilgan (yuborilgan) kundan boshlab 10 (o'n) kun ichida Ijrochi Buyurtmachidan asoslantirilgan yozma e'tirozlarni olmagan bo'lsa, Xizmatlar Ijrochi tomonidan lozim darajada ko'rsatilgan va Buyurtmachi tomonidan Dalolatnomada ko'rsatilgan hajmda qabul qilingan deb hisoblanadi;
4.16. Yuqorida ko'rsatilgan muddat tugagandan so'ng, Buyurtmachining Xizmatlardagi kamchiliklar, jumladan miqdori (hajmi), narxi va sifati bo'yicha, shikoyatlari qabul qilinmaydi.
5. OFERTA AKSEPTI VA SHARTNOMANI TUZISH
5.1. Buyurtmachi Oferta Akseptini quyidagi hollarda amalga oshiradi:
5.1.1. Shartnoma oldindan to'lov shartlarida, Shartnoma tuzilayotgan Xizmatlar uchun hisob-faktura bo'yicha oldindan to'lash yo'li bilan, bunday hisob-fakturani to'lash uchun Ofertada belgilangan muddat davomida, tuzilayotgan taqdirda. Oferta Aksepti va hisob-fakturani to'lash belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda, bunday buyurtma qilinadigan Xizmatlarga nisbatan Oferta o'z kuchini yo'qotadi, Ijrochi esa, Buyurtmachi oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas, maxfiylik majburiyatlari bundan mustasno. Yuqoridagilarning ma'nolarini kamaytirmagan holda, Ijrochi, Ofertada ko'rsatilgan muddat o'tkazib yuborilgan taqdirda, Buyurtmachini bu haqda xabardor qilgan holda, Buyurtmachi tomonidan Oferta Akseptini qabul qilish huquqiga ega.
Ijrochi, ushbu bandda ko'rsatilgan hisob-fakturani berishi uchun, Buyurtmachi Ijrochining geoproduct-order@yandex-team.ru elektron pochta manziliga tegishli arizani yuboradi. Ijrochi Buyurtmachining arizasini qondirgan taqdirda, Ijrochi ushbu bandda ko'rsatilgan hisob-fakturani beradi. Ijrochi Buyurtmachining so'rovini rad etgan taqdirda, Oferta Aksepti Buyurtmachi tomonidan amalga oshirilmaydi.
5.1.2. Shartnoma to'lovni kechiktirish shartlari bilan tuzilgan taqdirda, Oferta Aksepti Shartnoma shartlariga rozilik bildirish yo'li bilan quyidagi usulda amalga oshiriladi:
5.1.2.1. tegishli Veb-interfeysda katakchani belgilash, API orqali tegishli rozilikni yuborish yoxud Buyurtmachi tomonidan Xizmatlarni taqdim etish doirasida taqdim etiladigan Ijrochining tegishli xizmati yoki mahsulotining funksionalidan haqiqatda foydalanish va
5.1.2.2. tolovni kechiktirish shartlari asosida Xizmatlar uchun hisob-fakturalarni berish. Ijrochi, ushbu bandda ko'rsatilgan hisob-fakturani berishi uchun, Buyurtmachi Ijrochining geoproduct-order@yandex-team.ru elektron pochta manziliga tegishli arizani yuboradi. Ijrochi Buyurtmachining arizasini qondirgan taqdirda, Ijrochi ushbu bandda ko'rsatilgan hisob-fakturani beradi. Ijrochi Buyurtmachining so'rovini rad etgan taqdirda, Oferta Aksepti Buyurtmachi tomonidan amalga oshirilmaydi.
5.1.3. Agar to'lovni kechiktirish shartlari asosida Xizmatlar uchun hisob-faktura berilgan paytdan boshlab 15 (o'n besh) kalendar kun o'tgach, Buyurtmachi bunday hisob-fakturani to'lamagan bo'lsa va ko'rsatilgan muddatda Xizmatlarni ko'rsatish fakti mavjud bo'lmasa, Ijrochi bunday hisob-fakturani bekor qilish huquqiga ega va tegishli Shartnoma tuzilmagan deb hisoblanadi.
5.2. Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasida, agar Amaldagi hujjatlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoxud bunday cheklovlar ko'rsatilayotgan Xizmatlarning o'ziga xosliklari bilan bog'liq bo'lsa, bir vaqtning o'zida cheklamagan miqdordagi Shartnomalar tuzilishi mumkin.
5.3. Ushbu bo'lim maqsadlari uchun, Buyurtmachining akseptga o'xshash, ammo bunday bo'lmagan harakatlari, shu jumladan, ko'rsatib o'tilganlar bilan cheklanmagan holda, noto'g'ri rekvizitlardan foydalangan holda, hisob raqami yoki to'lovchining ismini ko'rsatmasdan pul o'tkazish, Oferta Aksepti deb tan olinmaydi.
6. OFERTA SHARTLARINING AMAL QILISH MUDDATI VA ULARGA O'ZGARTIRISH KIRITISH
6.1. Oferta Internet tarmog'ida https://yandex.uz/legal/oferta_geo manzilida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va Oferta Ijrochisi tomonidan chaqirib olinmaguncha amal qiladi.
6.2. Ijrochi, Oferta shartlariga, shuningdek, Amaldagi hujjatlarga o'zgartirishlar kiritish va/yoki Ofertani chaqirib olish, shuningdek, o'z xohishiga ko'ra istalgan vaqtda, Amaldagi hujjatlardan istalgan birining amal qilishini bekor qilish huquqini o'zida saqlab qoladi. Ijrochi tomonidan Oferta va/yoki Amaldagi hujjatlarga o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bunday o'zgartirishlar Oferta va/yoki Amaldagi hujjatlarning o'zgartirilgan matni Internet tarmog'ida joylashtirilgan paytdan, agar bunday joylashtirishda o'zgartirishlarning kuchga kirishining boshqa muddati qo'shimcha ravishda aniqlanmagan bo'lsa, e'tiboran kuchga kiradi.
7. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA UNGA O'ZGARTIRISH KIRITISH
7.1. Ofertaning 5-bo'limiga muvofiq Buyurtmachi tomonidan amalga oshirilgan Oferta Aksepti, Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasida Oferta shartlari asosida Shartnoma tuzadi.
7.2. Shartnoma Buyurtmachi tomonidan Oferta Akseptini amalga oshirgan paytdan boshlab kuchga kiradi va: a) tomonlarning Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajargunga qadar yoki b) Shartnoma bekor qilingunga qadar, amal qiladi.
7.3. Buyurtmachi Ofertaga va/yoki Amaldagi hujjatlarga o'zgartirishlarni kiritish, Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasida tuzilgan va amaldagi Shartnomaga ushbu o'zgartirishlar kiritilishiga olib kelishiga rozilik bildiradi va Shartnomaga kiritilgan ushbu o'zgartirishlar Oferta va/yoki Amaldagi hujjatlarga kiritilgan o'zgartirishlar bilan bir vaqtda kuchga kirishini, tan oladi.
7.4. Shartnoma amal qilish muddati davomida Ijrochi tomonidan Ofertani chaqirib olgan taqdirda, agar Ijrochi tomonidan Ofertani chaqirib olishda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, Shartnoma chaqirib olingan paytdan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
8. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
8.1. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
8.1.1. Shartnoma taraflarining kelishuvi binoan istalgan vaqtda.
8.1.2. Shartnoma taraflaridan birining tashabbusi bilan, boshqa tomon tarafidan Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda, o'sha tomonni majburiy yozma ravishda xabardor qilish bilan.
8.1.3. Oferta va/yoki Amaldagi hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo'yicha.
9. KAFOLATLAR
9.1. Shartnomaning amal qilish muddati davomida Ijrochi Shartnomani bajarish jarayonida yuzaga kelgan har qanday to'xtalish va xatolarni, ular yuzaga kelgan taqdirda, imkon qadar tez muddatlarda, bartaraf etish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi. Bunda, Ijrochi bunday xato va to'xtalishlar, shu jumladan Ijrochiga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra, mavjud bo'lmasligiga kafolat bermaydi.
9.2. Oferta matnida tog'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan kafolatlardan tashqari, Ijrochi Shartnoma bo'yicha boshqa hech qanday to'g'ridan-to'g'ri yoki nazarda tutiladigan kafolatlarni bermaydi va Xizmatlarning Buyurtmachining aniq maqsadlari yoki kutilgan natijalariga (KPI, biznes va mediya maqsadlariga) muvofiqligi bilan bog'liq har qanday kafolatlar yoki shartlarini tog'ridan - to'g'ri rad etadi.
9.3. Buyurtmachi Ijrochiga quyidagilarni kafolatlaydi:
9.3.1. Tegishli Veb-interfeys, Yandex.uz veb-saytida ko'rsatganda yoki bunday ma'lumotlar boshqa yo'l bilan uzatilganda, Buyurtmachi ishonchli ma'lumotlarni, shu jumladan o'ziga tegishli shaxsiy ma'lumotlarni ko'rsatganligini.
9.3.2. Buyurtmachi Shartnomani ixtiyoriy ravishda tuzadi, bunda Buyurtmachi: a) Oferta shartlari bilan to'liq tanishib chiqqan bo'ladi, b) Oferta va Shartnoma predmetini to'liq tushunadi, c) Shartnomani tuzish va bajarish bilan bog'liq o'z harakatlarining ma'nosi va oqibatlarini to'liq tushunadi.
9.3.3. Buyurtmachi Shartnomani tuzish va bajarish uchun zarur bo'lgan barcha huquq va vakolatlarga ega.
9.3.4. Materiallarni joylashtirish, tarqatish, shuningdek, Buyurtmachi tomonidan Xizmatlardan va/yoki Xizmatlarni ko'rsatish natijalaridan foydalanishi, amaldagi qonunchilik va/yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini buzmaydi va buzilishiga olib kelmaydi.
10. MAS'ULIYAT VA MAS'ULIYATNI CHEKLASH
10.1. Shartnoma shartlarini buzganlik uchun tomonlar Shartnomada va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.
10.2. Ijrochi hech qanday holatlarda Shartnoma bo'yicha quyidagilar uchun hech qanday javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi: a) Buyurtmachi va/yoki uchinchi shaxslarning harakatlari/harakatsizligining bevosita yoki bilvosita natijasi bo'lgan har qanday harakatlar/harakatsizliklar uchun; b) Buyurtmachi va/yoki uchinchi shaxslarning har qanday bilvosita yo'qotishlari va/yoki yo'qotilgan foydalari uchun, Ijrochining bunday yo'qotishlar ehtimolini oldindan ko'ra olganmi yoki yo'qligidan qat'i nazar; c) Buyurtmachi tomonidan Xizmatlarga to'lov qilish uchun tanlangan shaklidan foydalanish (foydalanishning mumkin emasligi) va foydalanishning (foydalanishning imkoni yo'qligi) har qanday oqibatlari, shuningdek Buyurtmachi va/yoki uchinchi shaxslar tomonidan ma'lumotni uzatish/qabul qilishning har qanday vositalaridan va/yoki usullaridan foydalanish/foydalanishning mumkin emasligi uchun; d) Xizmatlarni ko'rsatish natijalarining Buyurtmachining aniq maqsadlari yoki kutilgan natijalari (KPI, biznes va mediy rejalarga) o'rtasidagi nomuvofiqlik uchun.
10.3. Ijrochining Shartnoma bo'yicha javobgarligining umumiy hajmi, shu jumladan, Shartnoma yoki uning bajarilishi bilan bog'liq Buyurtmachining har qanday da'vosi yoki shikoyati bo'yicha jarima sanksiyalari hajmi (penyalar, jarimalar) va/yoki qoplanadigan zararlar miqdori, tegishli hisob-faktura bo'yicha Xizmatlar narxining 10% (o'n foiz) bilan cheklanadi.
10.4. Tomonlar, ushbu Shartnoma bo'yicha majburiyatlarni qisman yoki to'liq bajarmaganlik uchun quyidagi hollarda javobgarlikdan ozod qilinadilar, agar bu bajarmaganlik Shartnoma tuzilgandan keyin yuzaga kelgan fors-major holatlarining natijasi bo'lsa yoxud Shartnoma bo'yicha tomonlarning majburiyatlarini bajarmaganligi, tomonlar oldindan ko'ra olmaydigan yoki oqilona choralar ko'rish bilan oldini ololmaydigan favqulodda xarakterdagi hodisalarning natijasi bo'lsa. Fors-major holatlarga, tomonning ta'sir qila olmaydigan va ularning yuzaga kelishi uchun u javobgar bo'lmaydigan hodisalar, shu jumladan: urush, qo'zg'olon, ish tashlash, zilzila, suv toshqini, boshqa tabiiy ofatlar, yong'in, tomonlarning aybisiz sodir bo'lgan elektr ta'minotidagi uzilishlar, Shartnoma tuzilgandan keyin qabul qilingan va Shartnomada belgilangan majburiyatlarning bajarilishini imkonsiz qiladigan davlat organlarining harakatlari va hujjatlari, aloqa tarmoqlari va/yoki uchinchi shaxslarning har qanday xizmatlari va mahsulotlarining (shu jumladan, Internet tarmog'i xizmatlarining provayderlari) mavjud emasligi; shuningdek, tomonlarning oldindan ko'ra olmagan va nazorati ostida bo'lmagan, lekin ko'rsatilganlar bilan cheklanmagan holda, hodisalar va holatlar kiradi.
10.5. Buyurtmachi quyidagilar uchun to'liq hajmda javobgarlikni o'z bo'yniga oladi: a) qonunchilikning barcha talablariga rioya qilish uchun, shu jumladan reklama to'g'risidagi (agar u Xizmatlar ko'rsatishga tegishli bo'lsa), intellektual mulk to'g'risidagi, raqobatni himoya qilish to'g'risidagi qonunlarga, lekin Materiallar uchun ko'rsatilganlar bilan cheklanmagan holda, ularni joylashtirish yoki tarqatish uchun, shuningdek, Buyurtmachi tomonidan Xizmatlardan foydalanish yoki ularni taqdim etish natijalari uchun; b) Yandex.uzda foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishda u tomonidan ko‘rsatilgan ma'lumotlarning ishonchliligi (yoki avtorizatsiya qilishning boshqa usullaridan foydalanganda) va Ofertada ko'rsatilgan Buyurtmachining kafolatlari va va'dalarining ishonchliligi uchun.
10.6. Buyurtmachi o'z kuchi va o'z hisobidan nizolarni va uchinchi shaxslarning Materiallar bilan bog'liq, ularni joylashtirish yoki tarqatish, shuningdek Buyurtmachi tomonidan Xizmatlardan foydalanishi yoki ularni ko'rsatish natijalari bilan bog'liq shikoyatlarni hal qilish majburiyatini oladi. Ko'rsatib o'tilgan hollarda Buyurtmachi, shuningdek, Ijrochining talabiga binoan Ijrochidan davlat organlari yoki uchinchi shaxslar tomonidan so'ralayotgan barcha ma'lumotlarni tezkorlik bilan taqdim etish, Ijrochiga Materiallar, ularning joylashtirilishi yoki tarqatilishi, shuningdek, Buyurtmachi tomonidan Xizmatlardan yoki ularni ko'rsatish natijalaridan foydalanish, natijasidagi shikoyatlar, buyruqlar va da'volar sabab Ijrochiga yetkazilgan zararlarni (shu jumladan sud xarajatlarini) qoplash majburiyatini oladi.
10.7. Buyurtmachi tomonidan to'lovni kechiktirish asosida unga ko'rsatilgan Xizmatlar uchun to'lov muddatini buzsa, Ijrochi Buyurtmachidan kechiktirilgan har bir kun uchun o'z vaqtida to'lanmagan summaning 0,1% miqdorida jarima undirishga haqli.
10.8. Buyurtmachi tomonidan Shartnoma shartlari, shu jumladan Ijrochining Tijorat sirini oshkor qilmaslik majburiyatlari buzilgan taqdirda, Ijrochi Buyurtmachi tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etgunga va bunday qoidabuzarlik tufayli Ijrochiga yetkazilgan zararni to'liq hajmda qoplagunga qadar Xizmatlarni ko'rsatishni to'xtatib turishga va/yoki Buyurtmachining elektron pochta manzili orqali Buyurtmachiga tegishli bildirishnomani yuborgan holda Shartnomani bekor qilishga haqli. Ijrochi, Ijrochining Xizmatlari uchun oldindan to'lov hisobiga Buyurtmachidan olingan pul mablag'laridan ushlab qolish yo'li bilan Buyurtmachidan Shartnomaga muvofiq taqdim etilgan jarimalar va yo'qotishlar summalarini undirishga haqli.
10.9. Ijrochi va uchinchi shaxs o'rtasida tuzilgan shartnoma asosidagi reklama materiallari, kontent yoki boshqa ma'lumotlar uchun Xizmatlar ko'rsatish ilgari Ijrochi tomonidan (uning afillangan shaxslari, hamkorlari va/yoki Ijrochi shaxslari guruhiga kiruvchi shaxslar) jarima sanksiyalarini to'lash uchun asos bo'lgan bo'lgan taqdirda, tegishli shartnoma qaysi uchinchi shaxs bilan tuzilishidan qat'iy nazar, Ijrochiga (uning afillangan shaxslariga, hamkorlariga va/yoki Ijrochining shaxslari guruhiga kiruvchi shaxslar), shu sabab bilan yuzaga kelgan zararlarni to'liq qoplab berilmaguncha, Ijrochi Shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Ijrochi, shuningdek, Ijrochi bilan tuzilgan shartnomani bajarishda uchinchi shaxs qo'llangan va buning natijasida Ijrochiga (uning afillangan shaxslari, hamkorlari va/yoki Ijrochi shaxslari guruhiga kiruvchi shaxslar) davlat organlari tomonidan jarima sanksiyalarini qo'llash to'g'risidagi buyruqlarni qo'yishga asos bo'lib xizmat qilgan, qayd yozuvini Shartnoma maqsadlari uchun foydalanayotgan shaxsga, tegishli shartnoma qaysi uchinchi shaxs bilan tuzilishidan qat'iy nazar, Ijrochiga (uning afillangan shaxslariga, hamkorlariga va/yoki Ijrochining shaxslari guruhiga kiruvchi shaxslar), shu sabab bilan yuzaga kelgan zararlarni to'liq qoplab berilmaguncha, Xizmatlarni ko'rsatishni rad etishga haqli.
10.10. Agar xizmatlar Ijrochining aybi bilan to'liq hajmda, xususan, tegishli Hisob-fakturada ko'rsatilgan summadan kamroq summada ko'rsatilgan taqdirda, Ijrochi, agar Tomonlar qo'shimcha ravishda boshqacha kelishuvga erishmasalar, Xizmatlarni ko'rsatish muddatini Ijrochining o'z majburiyatlarini to'liq bajargunga qadar, uzaytirish majburiyatini oladi. Tomonlar, munozarali vaziyatlarda, Ijrochi tomonidan Shartnoma bo'yicha ko'rsatiladigan Xizmatlar narxining yetarli darajada tasdig'i, Ijrochining Veb-interfeysda real vaqt rejimida Buyurtmachi uchun mavjud bo'lgan statistik ma'lumotlari, ekanligiga kelishib oldilar.
11. BOSHQA SHARTLAR
11.1. Shartnoma, uni tuzish va bajarish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Oferta va Amaldagi hujjatlar bilan tartibga solinmagan yoki to‘liq tartibga solinmagan barcha masalalar, O‘zbekiston Respublikasining moddiy qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
Agar Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasidagi Shartnoma bo'yicha nizolar Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yo'li bilan hal etilmasa, ular quyidagicha ko'rib chiqiladi:
11.1.1. Toshkent shahar tumanlararo xo‘jalik sudida - agar nizo xo‘jalik sudi tomonidan hal etilishi lozim bo‘lsa;
11.1.2. Boshqa hollarda, Ijrochining davlat ro'yxatidan o'tgan joydagi umumiy yurisdiksiya sudi tomonidan.
11.2. Shartnoma bo'yicha har qanday bildirishnomalar birinchi tomondan boshqa tomonga quyidagicha yuborilishi mumkin: 1) elektron pochta orqali; 2) yetkazib berishni tasdiqlash bilan pochta orqali yoki yetkazib berishni tasdiqlash bilan kuryerlik xizmati orqali.
11.3. Agar Oferta va/yoki Amaldagi hujjatlarning bir yoki bir nechta qoidalari biron-bir sababga ko‘ra haqiqiy emas, yuridik kuchga ega emas bo'lsa, bunday qoidalarning haqiqiy emasligi Oferta va/yoki Amaldagi hujjatlarning, o'z kuchida qolayotgan boshqa qoidalarining haqiqiyligiga ta’sir qilmaydi.
11.4. Oferta shartlariga zid bo'lmagan holda, Buyurtmachi va Ijrochi istalgan vaqtda yozma ikki tomonlama hujjat shaklida Xizmatlarni ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish huquqiga ega.
11.5. Buyurtmachi, Ijrochi tomonidan ushbu Oferta doirasida joylashtirilgan Materiallardan, shu jumladan ular tarkibidagi intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalaridan, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan har qanday usullar yordamida, butun dunyo bo'ylab Ijrochining o'z reklamasi, marketing, axborot va boshqa maqsadlarda, ularga bo'lgan mutlaq huquqlarning amal qilish muddati davomida, foydalanishga roziligini bildiradi. Ushbu bandga muvofiq mukofot undirilmaydi.
Buyurtmachi, Materiallarga bo'lgan tegishli huquqlarga va joylashtirilgan Materiallardan foydalanish uchun belgilangan huquqlarni Ijrochiga taqdim etishga vakolatlarga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Agar Buyurtmachida ushbu bandda ko'rsatilgan Materiallardan foydalanishning barcha yoki alohida usullariga, shuningdek ulardan foydalanish muddati va/yoki hududiga e'tirozlari bo'lsa, Buyurtmachi Ijrochining elektron pochtasiga (geoproduct-order@yandex-team.ru) tegishli bildirishnomani, aniq e'tirozlarni ko'rsatgan holda, yuborish majburiyatini oladi.
12. KORRUPSIYAGA QARSHI QO'SHIMCHA SHART
12.1. Ijrochi va Yandex guruhining boshqa kompaniyalari o'zlarining barcha faoliyatida biznes yuritish etikasining yuqori standartlariga amal qiladilar. Ijrochi va Yandex guruhining boshqa kompaniyalari o'z kontragentlaridan Yandex kompaniyalar guruhining mahsulot va xizmatlarni yetkazib beruvchilari uchun Ish yuritish kodeksida nazarda tutilgan ishlashning asosiy tamoyillariga rioya qilishlarini kutib qolishadi. Ushbu Kodeksning nusxasi Yandex portalining korporativ bo'limida https://company-docs.s3.yandex.net/procurement/docs/Supplier_Code_RUS_2021.pdf manzilida mavjud.
12.2. Tomonlar amaldagi barcha korruptsiyaga qarshi qonunlarga rioya qiladilar.
Tomonlar, ularning har biri tomonidan korrupsion harakatlar va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq rasmiyatchiliklarni soddalashtirish, muayyan masalalarni yanada tezroq hal qilishni ta'minlash maqsadidagi ko'maklashish/to‘lovlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishni to‘liq taqiqlashni nazarda tutadigan, poraxo‘rlik va korrupsiyaga mutlaqo toqat qilmaslik siyosatini yuritishini tan oladilar va tasdiqlaydilar.
Tomonlar, ularning afillangan shaxslari, xodimlar, shuningdek Tomonlarning majburiyatlarni bajarishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi vositachilar va vakillar (shu jumladan, agentlar, komissionerlar, bojxona brokerlari va boshqa uchinchi shaxslar), biron-bir pul mablag'larini qabul qilmaydilar, to'lamaydilar, to'lashni taklif qilmaydilar va to'lashga/olishga yoki har qanday shaxslarga, har qanday noqonuniy ustunliklarni olish maqsadida, shu jumladan qonunda belgilangan tartibni chetlab o'tish, yoki boshqa noqonuniy maqsadlarni ko'zlovchi harakatlar yoki qarorlarga ta'sir ko'rsatish maqsadida, to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita har qanday qimmatbaho narsalarni (shu jumladan nomoddiy) o'tkazishga ruxsat bermaydilar.
Ushbu bandning qoidalari Tomonlar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan holatlar tasdig'i hisoblanadi. Tomonlar Shartnomani tuzishda bunday tasdiqlarga tayanadilar.
Tomonlardan biri ushbu bandda nazarda tutilgan talablarni bajarish majburiyatlarini buzgan taqdirda, Tomonlardan biri shartnomani bekor qilish to'g'risida yozma xabarnoma yuborish orqali darhol bir tomonlama Shartnomani suddan tashqari tartibda bekor qilishga haqli. Shartnoma boshqa Tomonning tegishli yozma bildirishnomasini olgan kundan boshlab 10 (o'n) kalendar kuni o'tgandan keyin bekor qilingan hisoblanadi.
Tomonlardan birida ushbu bandning har qanday qoidalarining buzilishi sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘lishi mumkin degan gumonlar yuzaga kelsa, tegishli Tomon boshqa Tomonni o‘z gumonlari to‘g‘risida imkon qadar qisqa vaqt ichida yozma ravishda xabardor qilish majburiyatini oladi.
Tomonlar ushbu bandning buzilishi/buzilish xavfi to'g'risidagi bildirishnomalarni berish uchun quyidagi manzillardan foydalanishga rozilik bildiradilar:
Ijrochiga xabar berish uchun: https://yandex.hotline.b1.ru
Boshqa Tomonni xabardor qilish uchun: hisob-fakturani berish vaqtida ko'rsatilgan elektron pochta manzili.
13. IJROCHI REKVIZITLARI:
"TashGisTechnologies" MChJ XK
Joylashgan manzil: 100077, O‘zbekiston, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Chust ko‘ch., 1
Ro‘yxatga olish raqami: 998615
STIR: 308553310
Bank rekvizitlari
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi hisob raqami 20208000905400877001
MFO: 00450
STIR: 308553310
SWIFT: NBFAUZ2X
Joylashtirilgan sana 2024-yil 20-avgust
Kuchga kirish sanasi 2024-yil 20-avgust