Порядок размещения материалов на интернет-медийных позициях Яндекса/Yandeks internet-media pozitsiyalarida materiallarni joylashtirish tartibi
|
Яндекс оказывает Услуги по размещению медийной рекламы (Услуги) при условии соблюдения рекламодателем следующих условий, если иной порядок не предусмотрен в соответствующем договоре. 1. Для размещения рекламных материалов (формат — баннер) рекламодатель направляет запрос на размещение в письменном виде или через веб-интерфейс. 2. Яндекс в течение 1 (одного) рабочего дня дает ответ о наличии возможности для подобного размещения. 3. При условии возможности размещения рекламных материалов рекламодатель должен в течение 1 (одного) рабочего дня с момента получения ответа от Яндекса подтвердить письменной или направленной через веб-интерфейс заявкой свое желание забронировать размещение рекламных материалов. 3.1. Заявка должна содержать следующие условия размещения рекламных материалов: наименование рекламодателя, название рекламной кампании; наименование услуги; таргетинг; тип размещения Материалов (динамика или статика); период размещения, объем показов, стоимость заказываемых Услуг; иные условия и настройки, имеющие значение при оказании Услуг. 4. В случае наличия возможности размещения и получения письменной заявки от рекламодателя Яндекс обязуется подтвердить такое размещение путем бронирования размещения рекламных материалов в письменном виде или через веб-интерфейс в течение 1 (одного) рабочего дня с момента получения заявки. 5. Не менее чем за 2 (два) рабочих дня до начала срока размещения рекламных материалов рекламодатель обязан предоставить Яндексу рекламные материалы (предоставляются в рабочее время — с 10 до 19 часов). Рекламные материалы должны соответствовать требованиям Яндекса, а также требованиям действующего законодательства РФ. 6. Яндекс размещает рекламные материалы в оговоренные в заявке сроки при условии: 6.1. оплаты рекламодателем счета на оплату Услуг и поступления денежных средств на расчетный счет Яндекса (в случае оказания Услуг на условиях предоплаты) или 6.2. выставления счета на оплату Услуг (в случае оказания Услуг на условиях отсрочки платежа). 7. В случае предоставления рекламных материалов, не соответствующих требованиям Яндекса (в том числе рекламной политике Яндекса) или действующего законодательства Республики Узбекистан, рекламодатель должен либо изменить рекламные материалы, либо отказаться от их размещения. 8. Яндекс не размещает рекламные материалы в случае, если 8.1. рекламодатель не предоставил рекламные материалы, за исключением случаев, описанных в п. 7 выше; 8.2. требования п. 6 выше не выполнены; 9. В случае если рекламные материалы невозможно разместить по причинам, указанным в п. 8 выше, Яндекс по своему усмотрению имеет право: 9.1. начать размещение таких рекламных материалов со сдвигом начала срока размещения, пропорционально времени задержки их предоставления Яндексу или согласовать новый срок оказания Услуг, если это возможно; 9.2. в случае если перенос сроков невозможен, срок размещения соответственно сокращается на срок задержки предоставления рекламных материалов (при этом перерасчет стоимости Услуг не производится), если иное не согласовано сторонами. 10. Рекламодатель вправе в одностороннем порядке отказаться от Услуг медийной рекламы (полностью или частично) и по согласованию с Яндексом внести изменения в срок оказания Услуг при условии предварительного письменного, в том числе по факсу или электронной почтой, уведомления Яндекса за 20 (Двадцать) календарных дней до начала оказания Услуг. 11. В случае нарушения рекламодателем срока уведомления, указанного выше, рекламодатель, по письменному требованию Яндекса, обязан выплатить штраф в размере 10% (десять процентов) от стоимости Услуг. 12. В случае досрочного отказа рекламодателя от Услуг в момент их оказания (по уже запущенным размещениям) или переноса срока оказания Услуг менее, чем за 5 (пять) рабочих дней до начала оказания Услуг, рекламодатель по письменному требованию Яндекса выплачивает штраф в размере 100% (ста процентов) от стоимости переносимых/отмененных Услуг. 13. В случае использования Рекламодателем Сервиса «Аудитории» (https://audience.yandex.ru) для целей размещения медийной Рекламы на интернет-медийных позициях Яндекса, Рекламодатель в обязательном порядке соглашается с документом «Правила предоставления сервиса «Аудитории», опубликованным в сети Интернет по адресу: https://yandex.ru/legal/audience_tos. |
Agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, Yandeks reklama beruvchi tomonidan quyidagi shartlarga rioya qilgan holda media reklamani joylashtirish bo’yicha xizmatlarini (Xizmatlarini) taqdim etadi. 1. Reklama materiallarini joylashtirish uchun (banner formati) reklama beruvchi yozma ravishda yoki veb-interfeys orqali joylashtirish uchun so’rov yuboradi. 2. Yandeks 1 (bir) ish kuni ichida bunday joylashtirish imkoniyati haqida javob beradi. 3. Reklama materiallarini joylashtirish imkoniyatini hisobga olgan holda, reklama beruvchi Yandeksdan javob olingan kundan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida yozma so’rov yoki veb-interfeys orqali yuborilgan ariza bilan reklama materiallarini joylashtirishni bron qilish istagini tasdiqlashi shart. 3.1. Arizada reklama materiallarini joylashtirish uchun quyidagi shartlar bo’lishi kerak: reklama beruvchining nomi, reklama kampaniyasining nomi; xizmat nomi; targeting; Materiallarni joylashtirish turi (dinamik yoki statik); joylashtirish davri, ko’rsatishlar hajmi, buyurtma qilingan Xizmatlarning narxi; Xizmatlarni taqdim etishda muhim bo’lgan boshqa shartlar va sozlamalar. 4. Joylashtirish imkoni mavjudligi va reklama beruvchidan yozma so’rov olinganligi taqdirida, Yandeks so’rov olingan kundan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida reklama materiallarini joylashtirishni bronlashni yozma ravishda yoki veb-interfeys orqali bunday joylashtirishni tasdiqlash majburiyatini oladi. 5. Reklama beruvchi reklama materiallarini joylashtirish muddati boshlanishidan kamida 2 (ikki) ish kunidan oldin Yandeksga reklama materiallarini taqdim etishi shart (ish vaqtida - soat 10:00 dan 19:00 gacha taqdim etiladi). Reklama materiallari Yandeks talablariga, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligi talablariga javob berishi kerak. 6. Yandeks quyida keltirilgan shartlar bilan reklama materiallarini arizada ko’rsatilgan muddatlarda joylashtiradi: 6.1. reklama beruvchi tomonidan xizmatlar uchun to’lov uchun hisobining to’lanishi va pul mablag’larning Yandeks hisobiga kelib tushishi (xizmatlar oldindan to’lov asosida taqdim etilgan bo’lsa) yoki 6.2. Xizmatlar uchun to’lov hisobini berish (xizmatlarni kechiktirilgan to’lov asosida taqdim etishda). 7. Yandeks talablariga (shu jumladan Yandeks reklama siyosatiga) yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq bo’lmagan reklama materiallarining taqdim etilishi taqdirida reklama beruvchi reklama materiallarini o‘zgartirishi yoki joylashtirishdan voz kechishi lozim. 8. Yandeks quyidagi holatlarda reklama materiallarini joylashtirmaydi: 8.1. reklama beruvchi reklama materiallarini taqdim etmagan bo’lsa, yuqoridagi 7-bandda ko’rsatilgan hollar bundan mustasno; 8.2. yuqoridagi 6-band talablari bajarilmagan bo’lsa; 9. Reklama materiallarini yuqoridagi 8-bandda ko’rsatilgan sabablarga ko’ra joylashtirishning imkoni bo’lmasa, Yandeks o’z xohishiga ko’ra quyidagi huquqlarga ega: 9.1. bunday reklama materiallarini joylashtirish davrining boshlanishini, ularni Yandeksga taqdim etishning kechikishiga mutanosib ravishda o’zgartirish bilan joylashtirishni boshlash yoki iloji bo’lsa, Xizmatlarni taqdim etishning yangi muddatini kelishib olish; 9.2. boshqa muddatga o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda, joylashtirish muddati tegishli ravishda reklama materiallarini taqdim etishning kechikish davriga qisqartiriladi (shu bilan birga, Xizmatlar qiymati qayta hisoblanmaydi), agar tomonlar bu borada boshqa kelishuvga erishmagan bo’lsalar. 10. Reklama beruvchi bir tomonlama ravishda reklama ko’rsatish xizmatlaridan (to’liq yoki qisman) voz kechishga va Yandeks bilan kelishilgan holda, xizmatlarni taqdim etish muddatiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega, oldindan yozma ravishda, shu jumladan faks yoki elektron pochta orqali Xizmatlar boshlanishidan 20 (yigirma) kalendar kun oldin Yandeksga xabarnoma yuborishi sharti bilan. 11. Reklama beruvchi tomonidan yuqorida ko’rsatilgan ogohlantirish muddati buzilishi taqdirida, reklama beruvchi Yandeksning yozma arizasiga ko’ra, Xizmatlar narxining 10% (o’n foizi) miqdorida jarima to’lashi shart. 12. Reklama beruvchi Xizmatlarni taqdim etish vaqtida ulardan voz kechishi holatida (allaqachon ishga tushirilgan joylashtirishlar uchun) yoki Xizmatlar boshlanishiga 5 (besh) ish kunidan kam bo’lmagan vaqt qolganda Xizmatlar ko’rsatilishi muddatini keyinga o’tkazishi taqdirida, reklama beruvchi Yandeksning yozma arizasiga ko’ra o‘tkaziluvchi/bekor qilinuvchi Xizmatlar qiymatining 100 % (yuz foiz) miqdorida jarima to‘laydi. 13. Yandeks Internet-media pozitsiyalarida reklama beruvchi tomonidan media reklamalarini joylashtirish maqsadida “Auditoriya” xizmatidan (https://audience.yandex.ru) foydalanilishi taqdirida, Reklama beruvchi Internetda quyidagi manzilda nashr etilgan “Auditoriya” xizmati taqdim etilishi qoidalari” hujjatiga zaruriy ravishda muvofiq bo’ladi: https://yandex.ru/legal/audience_tos. |
|
Дата публикации документа: 25 октября 2022 г. |
Nashr qilingan sana: 25.10.2022. |