Parolni saqlash

Veb-saytda parolni birinchi marta kiritganingizda mobil Yandex Brauzer uni saqlashni taklif qiladi. Veb-saytga keyingi tashriflaringizda saqlangan parol avtomatik tarzda kiritiladi.

Parolni saqlash

Maʼlumotlarni himoya qilish uchun murakkab, ammo oson esda qoladigan parollarni o’ylab toping yoki ularni generatsiya qiling. Parollarni quyidagicha saqlashingiz mumkin:

Odatda Brauzer saytga kiritilgan parolni eslab qoladi. Agar bu qoniqtirmasa, parol kiritilgan paytda virtual klaviatura ustida qalqib chiquvchi Brauzerda parolni saqlash parametrini faolsizlantiring.

Agar asosiy parol yaratgan bo’lsangiz, uni kiriting. Asosiy parol shifrlash algoritmida ishlatiladi va parollar omborini ishonchli himoya qiladi, chunki uni faqat siz eslaysiz.

  1. Maʼlumotlarim → Parollar tugmasini bosing.

  2. Agar asosiy parolni yaratgan bo‘lsangiz, omborxonaga kirish uchun uni kiriting.

  3. Pastki o’ng burchakda  ustiga bosing.

  4. Veb-sayt manzili, login va parolni kiriting.

  5. tugmasini bosing.

Parollar generatori

Generatsiya qilingan parolni topish qiyin, chunki u harf, raqam va tinish belgilarining tasodifiy to’plamidan iborat. Parolni eslab qolishning hojati yo’q: menejer uni shakl maydoniga avtomatik tarzda kiritadi, xohlasangiz parolni ko’rishingiz mumkin.

Parolni yaratish uchun:

  1. Matn kiritish maydonchasini bosing.
  2. Virtual klaviatura ustida yaratilgan parolga bosing (brauzer ro‘yxatdan o‘tish shaklini yoki parol almashtirilishini aniqlashi bilanoq u avtomatik tarzda paydo bo‘ladi).

Yaratilgan parol xotiraga kiritiladi. Asosiy parol bilan xotira himoyasini kuchaytiring.

Parolni avtomatik ravishda almashtirish

Loginni kiriting. Loginni kiritish paytida virtual klaviatura ustida siz veb-saytga kirishda ishlatgan loginlar paydo bo’la boshlaydi. Ulardan birini tanlang, shunda avtorizatsiya shakli maydonlarida login va parol paydo bo’ladi.

Agar asosiy parolni yaratgan bo’lsangiz, loginni tanlangandan yoki kiritgandan keyin asosiy parolni kiriting. Bu brauzer sayt parolini ochishishi va uni shaklga qo’yishi uchun kerak.

Loginlar orasida almashtirish

Boshqa nom bilan avtorizatsiyadan o’tish uchun kursorni login kiritish maydoniga joylashtiring. Brauzer virtual klaviatura ustida loginlaringiz ro’yxatini ko’rsatadi. Keragini tanlang.

Yordam xizmatiga yozish