Tanlov yopiq

MOBIL
ISHLANMALAR

Android
Flutter
Toshkent

Endi sohaga kirib kelayotgan mutaxassislar uchun stajirovka

Mobil ishlanmalarda oʻsing va foydalanuvchilarga asqotadigan ilovalarni yarating
MOBILE
APPS
ANDROID
Flutter
MOBILE
APPS
ANDROID
Flutter
MOBILE
APPS
ANDROID
Flutter
MOBILE
APPS
ANDROID

Stajorlar bajaradigan vazifalarning namunalari

Millionlab foydalanuvchilarga ega ilovalar ustida jamoa bilan hamnafas ishlang
P2P marketpleysda BDUI texnologiyalarning rivojlanishi
Yandex Go tizimida kechki ovqat uchun joyni tanlash uchun surat koʻrib chiqiladigan dasturni yaratish
Navigatorga ovoz qoʻshish

Nimalarni uddalash kerak

Dart, Kotlin va Java haqida tayanch bilimga ega boʻlish
Android yoki Flutter uchun, xususan oʻquv ilovalarini yozish tajribasiga ega boʻlish
Klassik algoritmlar va maʼlumotlar tuzilmasini bilish
Maʼlumotlar bazasi bilan ishlash va kliyent-server ilovalarini tashkil etish tamoyillarini tushunish
Jamoa ichida asosan rus tilida muloqot qilinadi, shu sababli bu tilni bilish ustuvorlik beradi

Saralov qanday oʻtadi

Omad yor boʻlsin!
1-bosqich
Yandex Kontest tizimida test vazifasi
Sizdan 4 soat ichida beshta platformaga oid va toʻrtta algoritmik masalani bajarish talab etiladi. Ularni Kotlin, Dart, Java, C++ tillarida bajarish mumkin. Internet aloqasi barqaror va chalgʻituvchi omillar kamligiga ishonch hosil qiling.

Unutmang: agar birorta vazifa juda murakkablik qilsa, taslim boʻlish kerak emas. Oʻzingizning haqiqiy bilim darajangizni koʻrsating, biz esa uni rezyume va anketangiz bilan uygʻunlikda baholaymiz.

Vazifani bajarishga kirishishdan oldin, mashq kontestidan oʻtish tavsiya etiladi — unda avvalgi yillarning test vazifalari jamlangan.

2-bosqich
Platforma va kodlash seksiyasi
Bu dasturchi bilan texnik suhbat jarayonidir. Unda sizdan oʻz tajribangiz, agar boʻlsa oʻquv yoki prodakshn-loyihalaringiz haqida gapirib berish soʻraladi. Bir nechta savollarga javob berishga va oʻzingiz tanlagan platforma: Android, yoki Flutter texnologiyalari haqida soʻzlab berishga tayyor turing. Ilova ishining hayot davri, UI, tarmoq, ko’p oqimlilik bilan ishlash asoslari haqidagi bilimlaringizni yana bir bor yangilab oling.

Android yoʻnalishi uchun esa — Kotlin va Java haqidagi savollarga shay turing. Flutter yoʻnalishi uchun Dart haqida savollar beriladi. Kod, xususan algoritmik kodlarni yozish vazifasiga tayyor turing.

3-bosqich
Algoritmik vazifalar seksiyasi
Bu saralovning muhim bosqichi: sizdan bir soatda ikkita algoritmik vazifani bajarish soʻraladi. Algoritmni oʻzaro onlayn muharrirda kod yozish orqali istalgan dasturlash tilida amalga oshirish mumkin.

Yaxshiroq tayyorlanish uchun bizning Habrʼdagi blogimizdajoylangan materiallarni oʻrganish Codeforces, LeetCode, vazifalari bilan chigalni yozish, shuningdek, 1.0 va 2.0 algoritmlariga oid mashgʻulotlar materiallari bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

4-bosqich
Rekruter bilan suhbat
Rekruter sizning bandligingiz, tajriba va loyihalaringiz, vazifalarga oid istaklaringiz boʻyicha bir nechta savol beradi. Orzuyingizdagi stajirovkaga oid oʻz koʻzlovingiz haqida qanchalik aniq soʻzlab bersangiz, sizni jamoaga olish va ular bilan yakuniy suhbatni tashkillashtirish shunchalik tezlashadi.

Yandex rivojlantirayotgan ilovalar bilan bu yerda tanishib chiqish mumkin.

5-bosqich
Jamoalar bilan yakuniy suhbatlar
Bu sizning boʻlajak hamkasblaringiz bilan tanishuv uchrashuvlaridir. Ular Yandex kompaniyasida ish qanday yoʻlga qoʻyilgani, ular nimalar bilan shugʻullanishi va sizga qanday vazifa berilishi haqida gapirib oʻtishadi, siz esa ularga oʻzingizni qiziqtirgan savollaringizni berishingiz mumkin boʻladi.

Oʻz tajribangiz, koʻnikmalaringiz haqida soʻzlab berishga, hamda jamoa faoliyati bilan bogʻliq bir shingil vazifalarni hal etishga shay turing.

Sizni nima kutadi

Yandex kompaniyasida rasmiy stajirovka; universitetdan amaliyotni rasmiylashtirish imkoniyati

Qulay grafik, haftada 20 / 30 yoki 40 soat

Stajirovka uchun haq toʻlanadi

Компенсация обедов

Yandex ichki resurslari va platformalaridan foydalanish imkoniyati

Оплата проезда и проживание в Москве на период стажировки для иногородних стажёров

Foydali materiallar

Android mobil ishlanmalar maktabining maʼruzalari

Android boʻyicha hujjatlashtirish

Kotlin boʻyicha hujjatlashtirish

Effective Java kitobi

Flutter mobil ishlanmalari maktabi maʼruzalari

Flutter boʻyicha qoʻllanma

Flutter rasmiy YouTube kanali

Dart boʻyicha hujjatlar

Flutter boʻyicha hujjatlar

Flutter boʻyicha blog

Karyerani Young&&Yandex kompaniyasida stajirovkadan boshlang

Yandexda ishlovchi har 4 nafardan bitta dasturchi karyerasini stajirovkadan boshlagan
backend
frontend
sinovdan oʻtkazish
tahlil
backend
frontend
sinovdan oʻtkazish
tahlil
backend
frontend
sinovdan oʻtkazish
tahlil
backend
frontend
sinovdan oʻtkazish
tahlil

FAQ

Xabarnomalarga obuna boʻling
Присоединяйтесь к телеграм-каналу
Mon Mar 31 2025 13:11:29 GMT+0300 (Moscow Standard Time)