Набор октрыт до 15 июня
Tanlov yopiq

BACKEND
ISHLANMA

Python
C++
Java
Go
Kotlin
Scala
C
Москва, Санкт-Петербург, Екатеринбург, Новосибирск, Нижний Новгород, Минск

Endi ish boshlagan mutaxassislar uchun stajirovka

Qizgʻin yuklamali xizmatlar va murakkab tizimlarni ishlab chiqish va ishlatish koʻnikmalarini egallang.
PYTHON
C++
JAVA
GO
BACKEND
PYTHON
C++
JAVA
GO
BACKEND
PYTHON
C++
JAVА
GO
BACKEND

Stajorlar hal etadigan vazifalardan namuna

Shuningdek, butun Yandex uchun yuzlab petabayt maʼlumotlarni saqlovchi omborni takomillashtirishadi
Ijrochilar bilan ishlash, biznesning asosiy koʻrsatkichlarini monitoring qilish, yanada koʻp tafsilotlarga ega hisobotlarni toʻplash va boshqa koʻplab amallar uchun vositalarni taqdim etuvchi Yandex Go dispetcherlik xizmatini rivojlantirish
Yandex Taxi xalqaro hamkorlik mahsulotlarini rivojlantirish — taksoparklarga oʻz biznesini boshqarish va yuksaltirishgam bizga esa butun dunyo boʻylab xizmatni ishga tushirishga yordam beruvchi yechimlarni ishlab chiqish.
Yandex Go mobil ilovasining Yetkazish qismini ishlab chiqish, kichik va oʻrta kompaniyalar uchun yetkazishning har xil ssenariylarini joriy qilish, logistika platformamizning va Yandex yaratgan boshqa: Eats va Taxi kabi xizmatlarning qanday tuzilganini oʻrganish.

Nimalarni uddalash kerak

Algoritmlar va maʼlumotlarning tayanch tuzilmalarini tushunish
Dasturlash tillarining birida kod yoza olish
Agar siz oʻquv yoki haqiqiy loyihalarda, dasturlash va matematika boʻyicha xakatonlar yoki olimpiadalarda qatnashgan boʻlsangiz, bu sizga ustunlik beradi
Jamoa ichida asosan rus tilida muloqot qilinadi, shu sababli bu tilni bilish ustuvorlik beradi

Saralov qanday oʻtadi

Omadingizni bersin!
1-bosqich
Yandex Contest tizimida sinov vazifasini bajarish
Siz 5 soat ichida 5 ta vazifani bajarishingiz kerak. Vazifani bajarishni boshlashdan oldin, oʻquv kontestdan oʻtishni tavsiya qilamiz: unda avvalgi yillardagi sinov vazifalari jamlangan. Vazifalarni turli xil, masalan Python, C++, Java, Go, PHP, C#, C, Kotlin, Scala, JavaScript kabi tillarda yechish mumkin. Barcha yechimlar avtomatik tekshiriladi. Agar sizning vazifangiz tekshiruvdan oʻtmasa, ehtimoliy chegaraviy hodisalarni hisobga olishga, stress-testlar yozishga va mavjud xatoliklarni yanada chuqur tahlil qilishga urining. Eng muhimi — shuni unutmang: keyingi bosqichga oʻtish uchun barcha vazifalarni bajarish shart emas. Eng kichigidan boshlang, biz esa sizning bilim va koʻnikmalaringizga baho beramiz.
2-bosqich
Texnik suhbat
Sinov vazifasidan muvaffaqiyatli oʻtilgach, sizni 2–3 ta texnik suhbatga taklif qilishadi. Ularning har bittasi bir soatcha davom etadi.

Sizdan kod yozish, algoritmlar va maʼlumotlar tuzilmasiga oid 2-3 ta masalani yechish, shuningdek, nazariya boʻyicha bir nechta savollarga javob berish soʻraladi. Algoritmlar va tanlangan dasturlash tilini yaxshi bilish — texnik suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtish garovi.

Algoritmlarning murakkabligini baholay bilish, oʻqiladigan kod yozish, xatolarni diqqat bilan tekshirish, chegaraviy holatlar haqida unutmaslik juda muhim. Suhbat oluvchi bilan muloqot qila bilish, xususan, maslahatlarni eshitish va ularga munosabat bildirish, savol berishdan choʻchimaslik, ovoz chiqarib mulohaza yuritish, yuzaga kelgan gʻoyalarni aytish bundan-da muhimdir. Mustaqil loyihalar tajribasi, ular xoh oʻquv, ish yoki shaxsiy maqsadda boʻlsin, hamisha ustunlik beradi. Oldindan bir nechta shunday misollarni eslasangiz va ularni suhbat davomida biz bilan boʻlishsangiz, foydadan xoli boʻlmaydi.

Ustunlik beradi
  • Aloqa tarmoqlari va asosiy tarmoq protokollari: IP, TCP, UDP, HTTP, REST, Torrent, GRPC qanday tuzilganini tushunish
  • Maʼlumotlar bazasi, SQL haqida bilish
  • Unix (Ubuntu), OPS (boshqaruv, Linux bilan ishlash) buyruq satri bilan ishlash
  • Koʻp oqimli dasturlash haqida tushunchaga ega boʻlish
  • Parallel yoki taqsimlangan hisoblashlar tajribasi
  • OOP asosiy patternlarini bilish (ularni mustaqil amalga oshirish va ishlatishga urinish).
3-bosqich
Jamoalar bilan yakuniy uchrashuvlar
Bu sizning boʻlgʻusi hamkasblaringiz bilan tanishuv uchrashuvlaridir. Ular galma-gal Yandex kompaniyasida ish qanday yoʻlga qoʻyilgani, nima bilan shugʻullanishlari va sizga ajratilgan rol haqida soʻzlab berishadi, siz esa ulardan oʻzingizni qiziqtirgan savollarni soʻray olasiz. Oʻz tajribangiz, koʻnikmalaringiz haqida gapirib berishga hamda jamoa faoliyatiga aloqador bir nechta vazifalarni yechishga shay turing.

Sizni nima kutadi

Yandex kompaniyasida rasmiy stajirovka; universitetdan amaliyotni rasmiylashtirish imkoniyati

Qulay grafik, haftada 20, 30 yoki 40 soat

Stajirovka uchun haq toʻlanadi

Компенсация обедов

Yandex ichki resurslari va platformalaridan foydalanish imkoniyati

Оплата проезда и проживание в Москве на период стажировки для иногородних стажёров

Foydali materiallar

Bekend dasturchilarni qanday yollaymiz

Stajirovkaning saralov bosqichidan toʻsqinlik qiluvchi 10 ta xato Yandexʼda suhbat

Yandexʼda suhbat

Bekenderlar uchun stajirovka, muammo va xatolarsiz qanday ularning safiga qoʻshilish mumkin

Yandex suhbatlarida algoritmik seksiyalar qanday oʻtadi

Yandex Contest nima

Oʻquv kontesti

Algoritmlar boʻyicha mashqlar

Yakuniy suhbatga qanday tayyorlanish mumkin

Bekend ishlanmalar maktabi maʼruzalari

Yandexʼning Xabrdagi blogi

CodeRun

LeetСode

Yandex Taʼlim: Bilimlar bazasi

Python haqida qoʻllanma

Python haqida foydali materiallar kutubxonasi

Python 3.10 hujjatnomasi

Yangi dasturchilar uchun Java boʻyicha baza

Spring Boot bilan ishlash boʻyicha qoʻllanma

Javani oʻrganish yondashuvlari haqida xodim hikoyasi

Qoʻllanma: С++ asoslari

С++ tilida endi dasturlashni boshlagan dasturchi suhbatdan qanday oʻtadi

C++ Core Guidelines

The C++ Asynchronous Framework

Tayanch resurs

Dasturlash tilidan qanday qilib samaraliroq foydalanish mumkin

Xotirani toʻgʻri ishlatish haqida

Boshqa dasturlash tilida yozuvchilar uchun Go sintaksisi bilan tanishuv

Ishlanma muhiti bilan tanishish va kichik bekend yozish imkonini beruvchi foydali maqola va namunalar

Hujjatnomaning rasmiy sahifasi

Dasturlash tili raqobatbardoshligiga oid muhim idioma

Go sintaksisini oʻrganish uchun rasmiy tur

Go boʻyicha qoʻllanmalarning rasmiy termasi

Martabani Young&&Yandex kompaniyasida amaliyotdan boshlang

Yandexda ishlovchi har toʻrtinchi dasturchi oʻz martabasini ish amaliyotidan boshlagan
backend
frontend
sinovdan oʻtkazish
tahlil
backend
frontend
sinovdan oʻtkazish
tahlil
backend
frontend
sinovdan oʻtkazish
tahlil
backend
frontend
sinovdan oʻtkazish
tahlil

FAQ

Xabarnomalarga obuna boʻling
Присоединяйтесь к телеграм-каналу
Tue Feb 18 2025 15:37:45 GMT+0300 (Moscow Standard Time)