Rasmdan tarjima qilish

Surat va rasmlardagi matnni tarjima qilish uchun:

  1. Rasmni Matn degan varaqqa tashlang yoki Rasmlar rukniga kirib, kerakli rasmni tanlang.

  2. Xizmat rasmdagi matnni qaysi tildan yoki qaysi tilga tarjima qilishni avtomatik tarzda aniqlaydi. Agar bu amalga oshmasa, ro‘yxatlardan tilni tanlang.

Tarjima qilingan rasmni oʻz qurilmangizda saqlash uchun tarjimaning yuqori oʻng tomonidagi Yuklab olish tugmasini bosing.

Rasmdan matnni nusxalash uchun sahifaning yuqori oʻng burchagidagi Matn sifatida ochish tugmasini bosing. Xizmatning bosh sahifasi ochiladi, rasmdagi matn esa birlamchi matn blokida chiqadi. Bu matnni Termalarga saqlashingiz ham mumkin. Buning uchun  ustiga bosing.

Asl rasmni koʻrish uchun yuqori oʻng burchakdagi Asl variantni tanlang. Tarjimani koʻrish uchun — Tarjimani tanlang.

Xizmat matnni tanimayapti

Xizmat yetarli darajada tiniq bo‘lmagan, kursiv yoki qo‘lyozma matnni tanimaydi. Tiniq suratga olishga harakat qiling.


Yordam xizmatiga yozish

Shuningdek, xizmatga o‘tishingiz ham mumkin

 Яндекс Переводчик