Yandex Metro nima?

Yandex Metro dunyoning aksariyat shaharlaridagi metrodagi safarlarni rejalashtirishga yordam beradi.

Shahar nomi yozilgan tugma bosilsa, ochiladigan roʻyxatdan boshqa shaharni tanlashingiz mumkin:

Marshrutni ikki usulda belgilashingiz mumkin:

1-usul

Qayerdan va Qayerga degan joylarga mos ravishda birinchi va oxirgi bekatlar nomlarini kiriting.

2-usul

Sxemada birinchi va oxirgi bekatlar nomi ustiga bosing.

Marshrutning boshi va oxirini belgilasangiz, sxemada eng qisqa variant taklif qilinadi, sxema chap tomonida esa – marshrut kartochkasi:

Eslatma:

  • Sxemani kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun yoki tugmasini bosing yoki sichqoncha aylantirgichini oldinga va orqaga aylantiring.

  • Sxema va kartochkada eng qisqa marshrut haqidagi axborot aks etadi.

    Agar kerakli bekatga bir nechta usulda borish imkoni mavjud boʻlsa, kartochkada almashinuvlar soni va safar davomiyligi koʻrsatilgan qoʻshimcha qatorlar ham chiqadi. Har bir marshrut haqida batafsil axborot olish uchun kerakli qatorni bosing.

Marshrut kartochkasida safar haqidagi batafsil axborot aks etadi:

  • Yoʻlga ketadigan oʻrtacha vaqt. Faqat bekatlar orasidagi va bir liniyadan boshqasiga oʻtishdagi safar hisobga olinadi; birinchi va oxirgi bekatlardagi eskalatorda chiqish va tushish vaqtlar hisobga olinmaydi.

  • Safar sxemasi. Bu yerda almashinuv vaqtini kamaytirish uchun poyezdning qaysi vagoniga chiqish kerakligi aks etadi.

Agar tuzilgan marshrutda harakatlanish cheklangan boʻlsa (masalan, almashinuvdagi eskalator taʼmirlanayotgan boʻlsa), marshrut sxemasida belgisi chiqib qoladi. Cheklov haqida batafsil axborot olish uchun uning ustiga bosing.

Yordam xizmatiga yozish



Shuningdek, xizmatga o‘tishingiz ham mumkin