Ilovani sozlash
Ilova sozlamalarini ochish uchun Sozlamalar tugmasini bosing.
Shahar
Roʻyxatdan kerakli shaharni tanlang.
Sxema tili
Sxema tilini tanlang.
Sozlama faqat sxema obyektlaridagi tilni almashtiradi. Interfeys tili telefon sozlamalari bilan aniqlanadi.
Bu borilgan mamlakatda interfeys tilini almashtirmasdan mahalliy tilda sxemani ishlatish imkonini beradi.
Turli mamlakatlardagi shaharlar uchun har xil tillar mavjud.
Bildirishnomalar
Metropolitenga doir muhim yangiliklar (yoʻl toʻsilishlari, yangi bekatlarning ochilishi va boshqalar) haqida xabar olish uchun ushbu parametrni yoqing.
Bekatlarni bosib tanlang
Agar:
-
parametri faolsizlatirilgan boʻlsa, bekat nomini bosilgandan keyin Shu yerdan va Shu yerga tugmalari chiqadi. Avval bekat nomiga, shundan keyin esa ushbu kerakli tugmalarga bosing.
-
parametri yoqilgan boʻlsa, bekat sxemada uning nomiga bosilgan zahoti Qayerdan yoki Qayerga maydonchasiga kiritiladi.
Yoʻl haqini toʻlash
Ilovaning joriy versiyasida yoʻl kartalariga pul toʻlash funksiyasidan faqat Moskva shahrida foydalanish mumkin.
Yoʻl haqini toʻlash boʻlimiga qarang.
Ilova haqida
Dastur haqida axborot sahifasini ochadi. Litsenziya shartnomasi va Yandex platformasining turli mobil ilovalariga havolalarni oʻz ichiga oladi.
Aloqa
Ilovaning yordam xizmatiga xabar yuborish imkonini beradi.
Shuningdek, quyidagi tugmani ham bosish mumkin.