Video uchrashuv yaratuvchisi avtomatik ravishda uning tashkilotchisiga aylanadi va ishtirokchilarning mikrofonlarini, ularning videolarini va ekran namoyishini o‘chirishi, shuningdek, uchrashuvni yozishni taqiqlashi, kutish xonasidan ishtirokchilarni kiritishi yoki ularni uchrashuvdan chiqarishi mumkin. Masalan, ma’ruzada tinglovchilardan biri mikrofonni o‘chirishni unutgan bo‘lsa, tashkilotchi barcha uchun mikrofonlarni o‘chirishi mumkin. Agar uchrashuv katta bo‘lsa va ishtirokchilarni boshqarish bir kishiga qiyinchilik tug‘dirsa, tashkilotchi yordam uchun bir nechta hamtashkilotchilarni tayinlashi mumkin.
Uchrashuv tashkilotchisi kim ekanini bilish uchun ishtirokchilar ro‘yxatini oching.
Hamtashkilotchi etib tayinlash
Faqat Yandex ID bilan Telemost hisobiga kirgan uchrashuv ishtirokchisini hamtashkilotchi etib tayinlash mumkin.
Galereyada
Hamtashkilotchi etib tayinlanadigan uchrashuv ishtirokchisi ustiga sichqoncha kursorini olib boring.
Uning ismidan o‘ng tomonda bosing.
Hamtashkilotchi etib tayinlash bandini tanlang.
Ishtirokchilar ro‘yxatida
Uchrashuv ishtirokchilari ro‘yxatini oching .
Hamtashkilotchi etib tayinlanadigan ishtirokchini ro‘yxatda toping.
Uning ismidan o‘ng tomonda bosing.
Hamtashkilotchi etib tayinlash bandini tanlang.
Ishtirokchi “ uchrashuv hamtashkilotchisi etib tayinladi” xabarini oladi.
Sharh
Hamtashkilotchilarni oldindan — Yandex Taqvimda uchrashuv yaratishda tayinlash mumkin. Bu qanday qilinadi
Kutish xonasi
Tashkilotchi va hamtashkilotchilar ushrashuvda qatnashish ruxsatini nazorat qilish uchun kutish xonasidan foydalanishlari mumkin — shunda tasodifiy ishtirokchi ruxsat berilmaguncha uchrashuvga qo‘shila olmaydi.
Kutish xonasi qanday ishlashini tanlash mumkin:
Kutish xonasi o‘chirilgan — foydalanuvchilar darhol uchrashuvga qo‘shilishlari mumkin.
Barcha uchun kutish xonasi — foydalanuvchilar tashkilotchi ruxsat berganda uchrashuvga qo‘shilishlari mumkin.
Tashqi ishtirokchilar uchun kutish xonasi — faqat tashkilot domenida hisobi bor foydalanuvchilar darhol uchrashuvga qo‘shilishlari mumkin, qolgan ishtirokchilar tashkilotchi ruxsatini kutishadi. Bu ruxsat turi barcha yangi uchrashuvlar uchun birlamchi sifatida o‘rnatilgan.
Kutish xonasi sozlamalarini o‘zgartirish
Uchrashuv vaqtida kutish xonasi sozlamalarini o‘zgartirish faqat yangi foydalanuvchilarga taalluqli va uchrashuvga qo‘shilib bo‘lganlarga tegishli emas. Agar kutish xonasini faolsizlantirsangiz, unda bo‘lganlarning barchasi uchrashuvga avtomatik qo‘shiladi.
Sozlamalarni o‘zgartirish uchun:
Uchrashuv ishtirokchilari ro‘yxatini oching .
Joriy kirish ruxsati turidan o‘ng tomondagi ustiga bosing.
Tushuvchi ro‘yxatdan kirish ruxsati turini tanlang: Kutish xonasi faolsizlantirilgan yoki Hamma uchun kutish xonasi.
Sharh
Kutish xonasi sozlamalarini oldindan — Yandex Taqvimda uchrashuv yaratishda tanlash mumkin. Bu qanday qilinadi
Kutish xonasidan ishtirokchilarni kiritish
Agar kutish xonasi faollashtirilgan bo‘lsa, tashkilotchi va hamtashkilotchilar ruxsat kutayotgan ishtirokchilarni uchrashuvga qo‘shishlari mumkin:
Uchrashuv ishtirokchilari ro‘yxatini oching .
Kutayotganlar sahifasiga o‘ting.
Ruxsat beriladigan ishtirokchi qarshisida Kiritish tugmasini bosing. Barcha ishtirokchilarga ruxsat berish uchun Hammasini kiritish tugmasini bosing.
Mikrofonlarni o‘chirish
Uchrashuv ishtirokchisi mikrofonini bir nechta usulda o‘chirish mumkin:
Galereyada
Mikrofoni o‘chirilmagan uchrashuv ishtirokchisi ustiga sichqoncha kursorini olib boring.
Ishtirokchi “Tashkilotchi mikrofoningizni o‘chirdi” xabarini ko‘radi. Shundan so‘ng, ishtirokchi istalgan vaqtda ovozni odatdagidek yoqishi mumkin.
Tashkilotchi ovoz bilan uchrashuvga qo‘shilgan barcha ishtirokchilarning mikrofonlarini bir vaqtning o‘zida o‘chirishi mumkin:
Galereyada
Galereyada ismingizni toping.
Ismdan o‘ng tomondagi tugmasini bosing.
Hamma uchun mikrofonlarni o‘chirish tugmasini tanlang.
Ishtirokchilar ro‘yxatida
Uchrashuv ishtirokchilari ro‘yxatini oching .
tugmasini bosing.
Hamma uchun mikrofonlarni o‘chirish tugmasini tanlang.
Videoni o‘chirib qo‘yish
Uchrashuv ishtirokchisiga videoni bir nechta usulda o‘chirib qo‘yish mumkin:
Galereyada
Video o‘chiriladigan uchrashuv ishtirokchisi ustiga sichqoncha kursorini olib boring.
Uning ismidan o‘ng tomonda bosing.
Kamerani o‘chirish tugmasini tanlang.
Ishtirokchilar ro‘yxatida
Uchrashuv ishtirokchilari ro‘yxatini oching .
Video o‘chiriladigan ishtirokchini ro‘yxatdan toping.
Uning ismidan o‘ng tomonda bosing.
Kamerani o‘chirish tugmasini tanlang.
Ishtirokchi “Tashkilotchi kamerangizni o‘chirdi” xabarini oladi. Shundan so‘ng, ishtirokchi istalgan vaqtda o‘zi uchun videoni odatdagidek yoqishi mumkin.
Tashkilotchi uchrashuvda video yoqilgan barcha ishtirokchilarning kameralarini bir vaqtning o‘zida o‘chirishi mumkin:
Galereyada
Galereyada ismingizni toping.
Ismdan o‘ng tomondagi tugmasini bosing.
Barcha uchun kameralarni o‘chirish bandini tanlang.
Ishtirokchilar ro‘yxatida
Uchrashuv ishtirokchilari ro‘yxatini oching .
tugmasini bosing.
Barcha uchun kameralarni o‘chirish bandini tanlang.
Qo‘llarni tushirish
Uchrashuv ishtirokchisi qo‘lini bir nechta usulda tushirish mumkin:
Galereyada
Qo‘li ko‘tarilgan uchrashuv ishtirokchisi ustiga sichqoncha kursorini olib boring.
Tashkilotchi barcha ko‘tarilgan qo‘llarni bir vaqtning o‘zida tushirishi mumkin, masalan, uchrashuv ishtirokchilari buni o‘zlari qilishni unutgan bo‘lsa:
Galereyada
Galereyada ismingizni toping.
Ismdan o‘ng tomondagi tugmasini bosing.
Hamma uchun qo‘llarni tushirish bandini tanlang.
Ishtirokchilar ro‘yxatida
Uchrashuv ishtirokchilari ro‘yxatini oching .
tugmasini bosing.
Hamma uchun qo‘llarni tushirish bandini tanlang.
Ekran namoyishini to‘xtatish
Galereyada
Ekranini ulashayotgan uchrashuv ishtirokchisi ustiga sichqoncha kursorini olib boring.
Ishtirokchi “Tashkilotchi ekraningizni namoyishini to‘xtatdi” xabarini ko‘radi. Shundan so‘ng, ishtirokchi istalgan vaqtda ekranni odatdagidek qayta ulashishi mumkin.
Ishtirokchilarga uchrashuvni yozib olishni taqiqlash
Birlamchi bo‘yicha Telemost istalgan ishtirokchisiga uchrashuvni brauzerda va kompyuter dasturida yozib olishga ruxsat beradi. Tashkilotchi va hamtashkilotchilar bu imkoniyatni boshqarishi mumkin:
Uchrashuv vaqtida ekranning pastki qismida → Ishtirokchilar huquqlari tugmasini bosing.
Uchrashuv ishtirokchilariga yozib olishni taqiqlash uchun Uchrashuvni yozib olish opsiyasini o‘chiring. Bunda uchrashuv tashkilotchisi va hamtashkilotchilari uchun yozib olish imkoniyati saqlanib qoladi.
Ishtirokchilarga uchrashuvni yozib olishni taqiqlaganingizda:
barcha ishtirokchilarda brauzer uchun Telemost va kompyuter uchun Telemostda Yozib olishni boshlash menyu bandi yo‘qoladi;
yozayotgan ishtirokchilarga taqiq o‘rnatilganligi haqida xabar keladi, yozib olish to‘xtatiladi va saqlanmaydi.
Uchrashuvdan olib tashlash
Tashkilotchi va hamtashkilotchilar foydalanuvchini uchrashuvdan olib tashlashi mumkin. Imkoniyatlar uchrashuvga kimning ruxsati borligiga bog‘liq:
Faqat xodimlar uchun
Hamma uchun
Uchrashuv ishtirokchilari ro‘yxatini oching .
Olib tashlanadigan ishtirokchini ro‘yxatdan toping.
Uning ismidan o‘ng tomonda bosing.
Uchrashuvdan olib tashlash bandini tanlang.
Zarur bo‘lsa, 24 soatga ruxsatni yopish opsiyasini yoqing va Olib tashlash tugmasini bosing.
Opsiya o‘chirilsa, ishtirokchi 1 daqiqadan keyin uchrashuvga qayta ulanishi mumkin.
Uchrashuvdan olib tashlangan ishtirokchi quyidagi xabarni ko‘radi: “Bu uchrashuvdan olib tashlandingiz. Keyinroq qayta ulaning”.
Ishtirokchiga kirish ruxsati yopilgan bo‘lsa, quyidagi xabar chiqadi: “Bu uchrashuvdan olib tashlandingiz. Uchrashuvga kun davomida ruxsat yo‘q, keyinroq qayta ulaning”.
Uchrashuv ishtirokchilari ro‘yxatini oching .
Olib tashlanadigan ishtirokchini ro‘yxatdan toping.
Uning ismidan o‘ng tomonda bosing.
Uchrashuvdan olib tashlash bandini tanlang.
Uchrashuvdan olib tashlangan ishtirokchi “Uchrashuvdan olib tashlandingiz” xabarini ko‘radi.
Barcha ishtirokchilar uchun uchrashuvni yakunlash
Uchrashuv tashkilotchisi va hamtashkilotchilari uchrashuvni barcha ishtirokchilar uchun bir vaqtning o‘zida yakunlashi mumkin:
Uchrashuvdan chiqish tugmasini bosing .
Barcha uchun uchrashuvni yakunlash bandini tanlang.