Kamera, mikrofon va ovozni sozlash
Telemostda birinchi marta chaqiruv qilganingizda yoki kiruvchi chaqiruvga javob berganingizda, ilova mikrofonga va kameraga (agar bu video chaqiruv bo‘lsa) kirishni so‘raydi. Ruxsatni darhol yoki keyinroq oddiy usulda berishingiz mumkin. Ushbu ruxsatlarsiz Telemost orqali chaqiruv qilib bo‘lmaydi.

Oddiy usulda ruxsat berish
Android
iOS
- Telefon sozlamalarini oching.
- Ilovalar va bildirishnomalar → Barcha ilovalarni ko‘rsatish → Telemost → Ruxsatlar rukniga kiring.
- Kamera va Mikrofon opsiyalarini yoqing.
- Telefon sozlamalarini oching.
- Ilovalar roʻyxatini varaqlab, Telemost bandini tanlang.
- Kamera va Mikrofon opsiyalarini yoqing.
Kamera va mikrofonni yoqishni sozlash
Guruhli chaqiruvlarga darhol kamera va mikrofon yoniqligida yoki har doim ularsiz ulanishingiz mumkin. Buni Profil → Chaqiruv sozlamalari ruknida boshqarish mumkin.

Ovoz manbasini tanlash
Telemost ovoz manbasini avtomatik tanlaydi. Uchrashuv vaqtida ovoz manbasini qo‘lda o‘zgartirishingiz mumkin — masalan, ovozni baland qilish yoki simsiz quloqliklarni ulash:
- Boshqaruv panelini yuqoriga suring.
- Ovoz manbasi tugmasini bosing.
- Telefon, Dinamik yoki Bluetooth qurilmasini tanlang, zarur bo‘lsa, uchrashuv ovozini o‘chiring.
Maqola foyda berdimi?
Avvalgisi
Keyingisi