Ekranni ulashish
Ekraningizni boshqa ishtirokchilarga ko‘rsatishingiz mumkin:
-
Namoyish tugmasini bosing.
-
Agar birinchi marta ekranni ulashayotgan bo‘lsangiz, Telemostga ekranga kirish ruxsatini bering.
-
Nimani ulashmoqchi ekaningizni tanlang:
-
ekran — uchrashuv ishtirokchilari ekranda bajarayotgan barcha harakatlaringizni ko‘radi;
-
ochilgan dasturlardan birining oynasi — ishtirokchilar faqat ushbu dasturni ko‘radi, boshqa oynalarda bajarayotgan barcha harakatlaringiz kadr ortida qoladi.
-
-
Agar audio ishlatilgan materiallarni ko‘rsatayotgan bo‘lsangiz va suhbatdoshlaringiz ovozni eshitishini xohlasangiz, Kompyuter ovozini ulashish tugmasi yordamida ovozni uzatishga ruxsat bering (faqat Windows 10 va undan yuqori versiyalardagi operatsion tizimda). Mikrofon o‘chirilsa ham ekrandan ovoz uzatiladi.
-
Ekran namoyishini boshlash tugmasini bosing.
-
Namoyishni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz,
tugmasini bosing.
Menga ekran ulashilmoqda
Ko‘rilayotgan namoyishni butun ekranga yoyish uchun tugmasini bosing. Oldingi ko‘rinishga qaytish uchun
tugmasini bosing.
Ekran namoyishi ishlamayapti
-
Kompyuter internetga ulanganiga ishonch hosil qiling. Masalan, https://ya.ru?lang=uz saytini ochib ko‘ring. Kirish imkoni bo‘lmasa, routeringizni qayta yuklang. Agar bu yordam bermasa, aloqa operatoriga murojaat qiling.
-
Telemostni yoping, keyin yana oching.
-
Qurilmangizning operatsion tizimi sozlamalarida kameraga va mikrofonga ruxsat berilganligini tekshiring.
-
Windows bor kompyuterda Telemostdan foydalansangiz, mikrofon yoki kamera boshqa dasturda ishlatilmayotganligiga ishonch hosil qiling — bu ularning Telemostda ishlamasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Agar muammo hal bo‘lmasa, yordam xizmatiga murojaat qiling.