Dastur o‘rnatish

Kompyuterda Telemostdan foydalanish uchun avval maxsus dasturni o‘rnatish kerak:

  1. Yandex Telemost sahifasini oching va pastki o‘ng burchakda Dastur o‘rnatish tugmasini bosing.
  2. Yuklab olingan faylni ishga tushiring va dasturni o‘rnatish tugallanishini kuting. Shundan so‘ng Yandex Telemost avtomatik ochiladi.

Dastur yuklab olinmayapti yoki o‘rnatilmayapti

  1. Operatsion tizimingiz dastaklanishini tekshiring.

    Windows

    Operatsion tizim versiyasini bilish uchun:

    1. Ishga tushirish tugmasini bosing.
    2. Parametrlar → Tizim haqida bandini tanlang.
    3. Qurilmada o‘rnatilgan tizim versiyasi va turini tekshiring.

    Yandex Telemost dasturi faqat 64-bitli Windows 10, Windows 11 versiyalarida dastaklanadi.

    32-bitli Windows versiyasili kompyuterga Telemost dasturini o‘rnatish mumkin emas — buning o‘rniga Telemostdan brauzerda foydalanishingiz mumkin.

    macOS

    Yandex Telemost dasturi macOS 11 yoki undan yuqori versiyalarida (Big Sur va keyingi macOS versiyalari) dastaklanadi.

    Operatsion tizimingiz eskirgan bo‘lsa, uni yangilang. Yangilanishni olish haqida Apple maqolasida o‘qing.

  2. Internetga ulanish barqarorligini tekshiring.

  3. Proksi-serverlar yoki fayrvollardan foydalansangiz, dasturni o‘rnatish vaqtida ularni o‘chiring.

Yordam xizmatiga yozish