Yandex 360 Premium

Yandex 360 — bu raqamli makon bo‘lib, unda quyidagi xizmatlar yordamida muhim voqealarni rejalashtirish va saqlash, xotiralarni ulashish oson: Pochta, Disk, Taqvim, Telemost, Hujjatlar va Eslatmalar.

Yandex 360 bilan Pochtada yanada koʻproq imkoniyatlardan foydalana olasiz.

Yandex 360 Premium nima beradi

  • veb-versiyalarda ham, ilovalarda ham reklama chiqmaydi.
  • Yordam xizmati murojaatlarga uch soat ichida javob beradi.
  • Avtomatik tarzda asosiy xatlar, ya’ni siz odatda birinchi navbatda tekshiradiganlaringiz ajratilib ko‘rsatiladi.
  • Oson esda qoladigan chiroyli pochta manzilini ulash mumkin — masalan alex@designer.uz.
  • Yangi tarqatmalarni tasdiqlashni va faqat sizni qiziqtirganlarini qabul qilishni yoqish mumkin.

Batafsil

Qanday qilib Premium ulash, tarifni almashtirish yoki unga oid muammoni yechish haqida Yandex 360 Premium yordam sahifasida o‘qing.