Shaxsiy tugmalar

Agar siz xatlar bilan bir xil turdagi amallarni tez-tez bajarsangiz, pochta qutisining yuqori qismiga qo‘shimcha tugmalarni kiritishingiz va bir marta bosish orqali amallarni bajarishingiz mumkin.

Sozlamalarga ega qalqib chiquvchi oynani ochish uchun:

  1. Xatlar ro‘yxati ustidagi yuqori menyu ustiga kursorni olib keling.
  2. Chiqqan belgisini bosing.

Quyidagi amallarni sozlashingiz mumkin:

  • Arxivlash — xatni Arxiv jildiga joylashtirish;
  • Boshqaga uzatish — xatni ko‘rsatilgan manzilga yuborish;
  • Jildga — xatni ko‘rsatilgan jildga joylashtirish;
  • Yorliq — xatga ko‘rsatilgan yorliqni o‘rnatish;
  • Avtomatik javob — xatga andoza bilan javob berish.

Tugmani tahrirlash uchun tugmaning yuqori o‘ng burchagidagi belgisini bosing. Tugma sozlanishini birlamchi holatiga qaytarmoqchi bo‘lsangiz, uning ustiga bosing.

Kerakli tugmalar sozlanganda, Tayyor tugmasini bosing.

Istalgan vaqtda shaxsiy tugmalar sozlamalarini o‘zgartirish mumkin, buning uchun pochta qutisining yuqori menyusida belgisini bosish kifoya.

Yordam xizmatiga yozish