Xat yozish
Yangi xat yaratish uchun ekraning yuqori chap burchagida Yozish tugmasini bosing.
Oluvchilarni tanlang
Bitta oluvchi
Kimga maydonchasiga oluvchi manzilini kiriting yoki manzillar kitobidan kontaktni tanlang. Ismingiz, familiyangiz yoki pochta manzilingizning birinchi harflarini yozishni boshlaganingizda, mos keluvchi kontaktlarga ega maslahatlar ro‘yxati chiqib keladi.
Ism va familiya asosida qidirish uchun siz lotin yozuvining o‘rniga kirillcha harflardan foydalanishingiz mumkin va aksincha. Masalan, “Cheshir Mushuk” kontaktini qidirish uchun lotincha “k” yoki kirillcha “к” kiritishingiz mumkin. Yaqinda yozishgan manzillar takliflar ro‘yxatida birinchi bo‘lib chiqadi.
Bir nechta oluvchilar
Siz birdaniga bir nechta oluvchiga xat yuborishingiz mumkin. Buning uchun Kimga maydoniga bir nechta manzillarni vergul va bo‘sh joy bilan kiriting, masalan cheshire.katze@yandex.uz, just.mad.hatter@yandex.uz, just.white.rabbit@yandex.uz
.
Sharh
Bitta xatni Pochta veb-interfeysida bitta oluvchiga 50 tadan, pochta dasturida — 35 tadan ko‘p bo‘lmagan oluvchiga yuborish mumkin. Batafsil axborotni Koʻp xat yuborish maqolasidan oling.
Agar sizning xatingizning asosiy oluvchisi bo‘lsa, qolganlarga u ko‘rib chiqish uchun yuborilsa, Kimga maydonchasiga asosiy manzilni, qolganlarini esa Nusxa maydonchasiga kiriting. Nusxa maydonini ko‘rish uchun yuqori o‘ng burchakdagi Nusxalar, Kimdan tugmasini bosing.
Kimga va Nusxa maydonlariga kiritilgan barcha manzillar xat oluvchilarga ko‘rinadi. Agar siz ushbu manzillarning birortasi boshqalarga ko‘rinmasligini xohlasangiz, ularni Yashirin nusxa maydonchasiga ko‘chiring.
Diqqat
Yashirin nusxada ko‘rsatilgan oluvchi xabarni qabul qilmasligi mumkin: ayrim spam-filtrlar bunday xatlarni o‘chirib tashlaydi.
Manzilni Kimga maydonchasidan boshqa maydonga o‘tkazish uchun (masalan, Nusxalash maydonchasida) sichqonchaning chap tugmachasini bosib, ushlab turib, kerakli manzilni harakatlantiring.
Yuboruvchi manzilini tanlang
Siz turli yuborish manzillaridan foydalanib xat yozishingiz mumkin – bular Yandexdagi asosiy pochta manzilingiz, pochta alialaridan biri yoki boshqa xizmatdagi pochta manzilingiz (masalan, Gmail yoki Mail.Ru) boʻlishi mumkin.
Xatlar yuboriladigan manzilni tanlash
Barcha xatlar uchun
- Shaxsiy maʼlumotlar sozlamalar bo‘limida xatlar yuboriladigan manzillarni tanlashingiz mumkin. Standart holatda ushbu manzil barcha xatlar uchun ishlatiladi. Shuningdek, u foydalanuvchi ismi va portreti bosilganida Yandex Pochta sahifalarining yuqori oʻng burchagida ham chiqariladi.
Aniq bir xat uchun
-
Xat yozish sahifasida yuborish manzilini tanlashingiz mumkin. Tanlangan manzil faqat mana shu xat uchun ishlatiladi.
- O‘ng yuqori burchakda Nusxalar, Kimdan tugmasini bosing.
- Kimdan maydonida ismni bosing.
Matnni tuzing
Ko‘rinish paneli asboblaridan foydalanib matnning bir qismini kursiv bilan yoki qalin qilib ajratishingiz, shrift rangini va o‘lchamini o‘zgartirishingiz, markirovka qilingan yoki raqamlangan ro‘yxatni belgilashingiz, xatga rasm qo‘shishingiz, havola kiritish va h.k mumkin.
Agar siz dizaynni oʻchirishni xohlasangiz, matnning bir qismini tanlang va tugmasini bosing.
Fayl kiriting
Fayllarni xatga biriktirish mumkin:
Kompyuterdan yuklash
- Xat kiritish maydoni ostida
tugmasini bosing.
- Kompyuterda kerakli fayllarni tanlang va Ochish tugmasini bosing.
Diqqat
Agar bir necha faylni bir vaqtda biriktirish imkoni boʻlmasa, Ctrl + F5 tugmalarini bosgan holda sahifani yangilang va biriktirmani kiritishga qayta urining. Batafsil axborot uchun Biriktirmani kirita olmayapman bo‘limiga qarang.
Agar faylni xato sabab kiritgan boʻlsangiz, rasmchaning yuqori oʻng burchagida ustiga bosing.
Ko‘plab pochta xizmatlari 10 MB dan ortiq hajmdagi biriktirmalarni qabul qilmaydi. Agar bunday biriktirma qabul qilinishiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, ularni bo‘laklarga bo‘lgan holda (bir nechta xatda) yuboring yoki kerakli fayllarni xatga Yandex Disk orqali qo‘shing.
Agar biriktirma hajmi 25 MB dan oshib ketsa, fayllar Yandex.Diskingizdagi Pochta biriktirmalari jildiga avtomatik tarzda yuklanadi. Batafsil axborotni Yandex.Disk yordami sahifasidan oling.
Bitta biriktirmaning maksimal hajmi – 1 GB. Kattaroq fayllarni faqat Yandex 360 Premium boʻlganda xatlarga biriktirish mumkin.
Yandex Diskdan biriktirish
- Xat kiritish maydoni ostida
tugmasini bosing.
- Kerakli fayl yoki jildni tanlang va Biriktirish tugmasini bosing.
Qabul qiluvchi xatda biriktirmani yuklab olish mumkin bo‘lgan havolalarni oladi. Yuklangan fayllarga havolalardan faqat yozishma ishtirokchilari foydalanishi mumkin.
Sharh
Diskdan yuklanadigan faylning maksimal hajmi – 10 GB. Xatdagi bunday biriktirmalar soni cheklanmagan.
Agar faylni Diskdan biriktira olmasangiz, ehtimol, Diskingizda joy qolmagan. Batafsil axborotni Disk yordami sahifasidan oling.
Pochta biriktirmalaridan kiritish
Faylni qachondir olgan yoki yuborgan barcha fayllaringiz ro‘yxatidan biriktirishingiz mumkin.
- Xat kiritish maydoni ostida
tugmasini bosing.
- Kerakli biriktirmaga ega xat jildini tanlang. Jild nomlari ingliz tilida ko‘rsatiladi.
- Faylni tanlang va Biriktirish tugmasini bosing.
Rasmni xatga joylang
Rasmni xatning ichiga biriktirmasdan bir necha usullar bilan joylash mumkin:
Almashuvlar oynasi yordamida
-
1. Rasmni vaqtincha xotiraga nusxalang. Masalan, agar sizga boshqa saytdan rasm kerak bo‘lsa, uning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Rasmni nusxalash bandini tanlang (Google Chrome — Rasmni nusxalash).
2. Xat yaratish sahifasini oching, rasm joylashtiriladigan joyga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va menyudan Joylash bandini tanlang.
Kompyuterdan tortish
-
Rasmni xat yaratish sahifasiga torting.
Sharh
Matn kiritish maydoniga tortilganda, rasm xatning ichiga joylashtiriladi. Maydondan pastga siljitilganda, rasm biriktirma sifatida kiritiladi.
Ko‘rinish paneli yordamida
-
1. Matn kiritish maydoni ustidagi panelda
→ Kompyuterdan tugmasini bosing.
2. Rasmni tanlang va Ochish tugmasini bosing.
3. Talab qilinsa, rasm oʻlchamini oʻzgartiring. Buning uchun uni tanlang va burchaklaridan birini ushlab torting.
Belgi kiriting
Agar xatni muhim deb belgilash yoki boshqa belgi qo‘yishni xohlasangiz, kirish maydoni ostida → Belgilar qo‘shish → Muhim (yoki boshqa belgi) tugmasini bosing.
Yuborilgan xatlar roʻyxatida xat agar oʻzingiz uchun muhim deb belgilagan boʻlsangiz yoki kiritilgan beli boʻlsa qizil rangda ajratiladi. Qabul qiluvchida belgilaringiz koʻrinmaydi.
Imzoni tanlang
Agar sizda bir nechta imzo bo‘lsa, xat yaratishda keraklisini tanlang yoki avtomatik imzo tanlashni sozlang.
- Kursorni joriy imzo ustiga tuting.
tugmasini bosing — u imzo blokining yuqori oʻng burchagida chiqadi.
- Imzoni tanlang.
Manzilga qarab
- Muayyan pochta aliasidan xat yuborishda imzodan foydalanish uchun manzilga bog‘lash opsiyasini Shaxsiy ma’lumotlar sahifasidagi Imzolaringiz bo‘limida yoqing va kerakli elektron manzilni tanlang.
Xat tiliga qarab
-
Tizim qo‘shilgan imzolar tilini aniqlaydi: masalan, ingliz tilida xatga javob berilganda, avtomatik ravishda shu tildagi imzo qo‘yiladi. Bu imzoni boshqa tilda yozilgan xatlarga qo‘yish uchun uni Imzolaringiz boʻlimida kerakli tilga ulang:
1. Kursorni imzoning yuqori o‘ng burchagiga tuting.
2. Chiqqanbelgisini bosing.
3. Ro‘yxatdan kerakli tilni tanlang:.
4. Saqlash tugmasini bosing.
Tahrir qilishni biroz ortga suring
Siz xat yozganingizda barcha o‘zgarishlar har 10 soniyada avtomatik tarzda qoralama sifatida saqlanadi. Siz xat yozishni istalgan payt ortga surishingiz va keyinroq uni tahrirlashingiz mumkin. Tahrirlash oynasini pastga tushirish uchun oynaning yuqori o‘ng burchagidagi belgini bosing. Qayta chiqarish uchun Pochtaning quyi oʻng burchagidagi xat sahifasiga bosing.
Xat andozasini yarating
Agar siz tez-tez bir xil yoki o‘xshash mazmunga ega xatlarni (masalan, taklifnomalar yoki rezyumelar) yuborsangiz, ularni andoza sifatida saqlashingiz mumkin. Qoralamalardan farqli o‘laroq, ular xat yuborilganidan keyin yo‘qolib ketmaydi. Hamkorlar, hamkasblar yoki tanishlar uchun xatlar yaratib, bitta andozani bir necha bor ishlatishingiz mumkin.
Andozani yaratish uchun:
- Xat yozing, mavzusini kiriting. Kerak boʻlsa, biriktirma kiriting.
- Hammasi tayyor bo‘lganda,
→ Shablon sifatida saqlash:
tugmasini bosing.
Siz yaratgan barcha shablonlar Qoralamalar → Andozalar lohida jildida saqlanadi va faqat mavzu, biriktirmalar va xat matnini qabul qiluvchilarni ko‘rsatmasdan o‘z ichiga oladi.
Xatni yuboring
Yuborishdan oldin qoʻshimcha variantlarni sozlashingiz mumkin — bildirishnomalar yoki kechiktirilgan yuborish.
Xat tayyor bo‘lganida, Yuborish tugmasini bosing.
Agar mos opsiya yoqilgan bo‘lsa, yuborishni bir necha soniya ichida bekor qilish mumkin.
Bildirishnomalar
Agar xat yetkazilganligi haqida hisobot olishni xohlasangiz, yuborishdan oldin → Xat yetkazilganligi haqida xabar berish (xat kirish maydoni ostida) tugmasini bosing.
Xat oluvchiga yetkazilganda hisobot sizning pochta qutingizga keladi.
Diqqat
Hisobotda xatning yetkazilgani haqida xabar qilinadi, u oʻqigani haqida emas.
Javobini kutayotgan muhim xat yuborsangiz, oʻz vaqtida javob olmaganingiz haqida eslatma olishingiz mumkin.
Buning uchun yuborishdan oldin:
→ Javob bo‘lmasa, eslatilsin (xat kirish maydoni ostida) tugmasini bosing.
- Javobni qancha vaqt kutishga tayyor ekaningizni tanlang.
Agar oluvchi belgilangan muddat ichida javob bermasa, siz yana bir marta xat yuborish uchun eslatma olasiz.
Javobini kutayotgan barcha xatlarini koʻrish uchun jild roʻyxati ostidagi tugmasini bosing.. Agar xatga javobni kutmaslikka qaror qilsangiz, uni oching va Kutilmasin tugmasini bosing.
Keyinroq yuborish
Agar siz xatni belgilangan sana va vaqtda yuborilishini istasangiz:
tugmasini bosing (xat kiritish maydoni tagida).
- Xatni qachon yuborish kerakligini belgilang, — taklif qilingan variantlardan birini tanlang yoki sana va vaqtni qoʻlda belgilang.
Sharh
Xatni yuborish joriy sanadan boshlab bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirilishi mumkin.
Xat yuborilishini bekor qilish
Agar xatni adashib yuborgan boʻlsangiz, yuborgandan keyin bir necha soniya ichida yuborishni bekor qilishingiz mumkin. Opsiyani yoqish uchun:
- O‘ng yuqori burchakda
→ Barcha sozlamalar belgisini bosing.
- Interfeys bandini tanlang.
- Xatlarni tahrirlash va yuborish bo‘limida → Xat yuborishni bekor qilish kerakli intervalni belgilang: 5, 10, 20 yoki 30 soniya.
Xat yuborishni bekor qilishni o‘chirish uchun O‘chirilgan qiymatidan foydalaning.