QIP pochta foydalanuvchilariga

QIP.ru pochta xizmatini dastaklashni to‘xtatdi. Foydalanuvchilar pochta qutisiga kirish imkoniyatini yo‘qotmasligi uchun QIP.ru ularni Yandex Pochta serveriga ko‘chirdi. QIP pochtasi foydalanuvchilari pochta qutisi ishini Yandex Pochta interfeysida davom ettirishi mumkin, bunda eksi manzili va quti ma’lumotlarini saqlab qoladi.

Pochta qutisiga qanday kirish mumkin?

Pochta qutisiga kirish uchun elektron pochtaning to‘liq manzilini (masalan, login@qip.ru) va parolni avtorizatsiya sahifasida kiritishi kerak bo‘ladi, keyin xizmatga nazorat savoli va javobini yozish orqali o‘zini tanishtirishi kerak — agar parolni qayta tiklash kerak bo‘lsa, — shuningdek, foydalanuvchi kelishuvini qabul qilish kerak. Shundan keyin Yandex ID sahifangiz ochiladi — undan Pochtaga o‘tish mumkin.

Qolaversa, pochta qutisidan Yandex Pochta ilovasi orqali foydalanishingiz ham mumkin. Avtorizatsiya ekranidagi pochta xizmatlari ro‘yxatida Yandex xizmatini tanlang, login va parolni kiriting. Login sifatida elektron pochta manzilini to‘liq kiriting.

Agar parolni unutsam nima qilish kerak?

Afsuski, Yandex Pochtada QIP pochta qutisi parolini tiklash uchun zarur ma’lumotlar yo‘q.

Shaxsiy ma’lumotlar qanday o‘zgartiriladi?

Afsuski, shaxsiy ma’lumotlarni (ism, tavallud sana, shahar, mamlakat, parol, ikki bosqichli autentifikatsiya) sozlay olmaysiz.

Pochta qutisiga kirishga urinishda xatolik yuz beradi

Agar xatolik haqida “Bunday login qabul qilinmaydi” yoki “Bunday manzil mavjud emas” kabi xabar ko‘rsangiz, demak, QIP.ru sizning pochta ma’lumotlaringizni bizga bermagan. Shu sababli QIP pochta qutingizdan Yandex pochtasida foydalana olmaysiz. Bunday bo‘lganidan afsusdamiz.

Men pochta qutimga kirdim, lekin xatlarning bir qismi yo‘q

Biz QIP pochtasi foydalanuvchilariga QIP.ru Yandex serverlariga ko‘chirib o‘tgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bera olamiz. Biz yo‘qotishlar xavfini minimallashtirganmiz, lekin istisno tariqasida korrespondensiyaning bir qismi ko‘chirishgacha yo‘qotilgan bo‘lishi mumkin.

Eski nom bilan yangi pochta qutisi ocha olamanmi?

Agar sizda masalan, login@qip.ru nomli pochta qutisi bo‘lsa, shunday nom bilan Yandex xizmatida yangi pochta qutisini ro‘yxatdan o‘tkazolmaysiz. Buning sababi domen egasi QIP bo‘lib qolishidadir. Pochta qutilari jismonan bizning serverimizda, lekin ularni boshqarish imkoniyati mavjud emas.

Qutiga kira olmayapman. Lekin unga juda ko‘p saytlar ulangan. Nima qilish kerak?

Agar pochta qutingizga kira olmasangiz, demak QIP.ru sizning pochta qutingiz ma’lumotlarini bizga bermagan. Shu sababli QIP pochta qutingizdan Yandex pochtasida foydalana olmaysiz. Bunday bo‘lganidan afsusdamiz.

Agar internet-do‘konlar, forumlar yoki boshqa saytlarda ro‘yxatdan o‘tishda QIP pochta qutingizdan foydalangan bo‘lsangiz, bu saytlardan xatlarni qabul qila olmaysiz. Bu xatlarni yo‘qotmaslik uchun bunday qilishingizni maslahat beramiz:

  1. Yandex xizmatida yangi nom bilan pochta qutisini ro‘yxatdan o‘tkazing. Eski nom bilan ro‘yxatdan o‘tolmaysiz.

  2. Internet-do‘kon, forum yoki boshqa saytdagi hisob sozlamalarida yangi pochta qutisini kiriting. Bu saytlardan yangi xatlar yangi Yandex pochta qutingizga keladi.

    Sharh

    Ayrim saytlarda hisob qaydnomasini o‘zgartirish uchun tasdiqlash talab qilinadi. Eski pochta qutisi bilan buni amalga oshira olmaysiz — o‘zgarishlarni tasdiqlashda telefon raqamidan yoki boshqa vositalardan foydalanib ko‘ring.

O‘tkazish qaysi pochta domenlariga ta’sir qildi?

QIP.ru barcha pochta domenlari pochta qutisi egalari Yandex Pochta xizmatidan foydalanishi mumkin.

Domenlarning to‘liq ro‘yxati
  • aeterna.ru
  • fotoplenka.ru
  • front.ru
  • hotbox.ru
  • hotmail.ru
  • krovatka.su
  • land.ru
  • mail15.com
  • memori.ru
  • newmail.ru
  • nightmail.ru
  • nm.ru
  • photofile.ru
  • pochtamt.ru
  • pop3.ru
  • qip.ru
  • rbcmail.ru
  • smtp.ru
  • 5ballov.ru

Pochta uzilishlarsiz yetib borishini ta’minlovchi domenlar konfiguratsiyasi nazorati oldingidek QIP.ru tomonidan amalga oshirilishini hisobga olish kerak.

QIP hisobi qanday o‘chirib yuboriladi?

Afsuski, QIP hisobini o‘chirib bo‘lmaydi.

QIP pochta qutilarini faqatgina administrator boshqara oladi. Foydalanuvchilar o‘zi buni qila olmaydi. Pochta qutilari administratori oldingidek QIP hisoblanadi, Yandex emas, shuning uchun biz QIP pochta qutisini ham o‘chira olmaymiz.

Ro‘yxatda mening savolim yo‘q

Bizga teskari aloqa shakli orqali yozing.

Yordam xizmatiga yozish

Agar sizda masalan, login@qip.ru nomli pochta qutisi bo‘lsa, shunday nom bilan Yandex xizmatida yangi pochta qutisini ro‘yxatdan o‘tkazolmaysiz. Buning sababi domen egasi QIP bo‘lib qolishidadir. Pochta qutilari jismonan bizning serverimizda, lekin ularni boshqarish imkoniyati mavjud emas.