Pochta vidjeti (Android)

Siz asosiy ekranga Yandex Pochta vidjetini oʻrnatishingiz mumkin. Vidjet yangi xat yozish yoki tanlangan jildni koʻrish uchun tez oʻtish imkonini beradi. Uni ekranga joylashtirish uchun:

  1. Vidjetlar menyusiga oʻtish uchun ekranning boʻsh joyiga bosing va ushlab turing.
  2. Yandex Pochta vidjetini tanlang.
  3. Vidjetda aks etadigan elektron pochta jildini tanlang.

Xat yozish

Xat yozishga oʻtish uchun uchun vidjet oynasining oʻng yuqori burchagidagi belgini bosing.

Xat yozish oynasida qanday ishlash kerakligi haqida bilish uchun Yaratish va elektron pochta yuborish boʻlimiga qarang.

Xatlarni oʻqish

Tanlangan jildda xatni oʻqish uchun uning qisqa taʼrifini bosing.

Agar vidjet jildini almashtirmoqchi bo‘lsangiz, uni o‘chirib tashlang va qayta qo‘shing.

Xatlar bilan ishlash haqida koʻproq maʼlumot olish uchun Xatlarni oʻqish va Xatlar roʻyxati bilan ishlash boʻlimlariga qarang.

Yordam xizmatiga yozish

Yandex Pochta ilovasida muammolarga duch kelsangiz, ilovaning o‘zidagi aloqa shakli orqali xato haqida bizga xabar bering:

  1. Ekranni chapdan torting.
  2. Jildlar ro‘yxati ostida Yordam va dastaklash bandini tanlang.
  3. Muammo bandini tanlang.
  4. Muammo mavzusini tanlang.
  5. Muammoni imkon qadar batafsil tavsiflang.

Diqqat

Mobil ilovaga aloqador muammolar haqida ilovaning o‘zidan yozing, Yordam sahifasidan emas. Shunday usulda murojaatingiz tegishli mutaxassislarga kelib tushadi va sizga tezroq javob berishadi. Shuningdek, ilovadan yuborilganda bizning mutaxassislarimiz muammoni bartaraf etishga yordam beradigan texnik axborotni ko‘radilar. Agar ilova kutilmaganda ishlamay qolsa va undan yubora olmasangiz, quyidagi aloqa shakli orqali xato haqidagi xabarni yuboring.