Qogʻoz hujjatlar skaneri
Pochta ilovasida o‘rnatilgan skaner mavjud. U qog‘oz hujjatlarni aqlli kamera yordamida skanerlash va keyin ularni PNG
, PDF
yoki JPG
formatida saqlash imkonini beradi. Skaner avtomatik ravishda kontrastni oshiradi, matnli maydonni ajratadi va hosil boʻlgan rasmni tenglashtiradi.
Skanerni ochish
Quyi burchakda Yana tugmasini bosing va Skanerni tanlang.
Hujjatni skanerlash
-
Skanerni oching.
-
Kamerani hujjatga qarating va suratga oling yoki uni qurilma galereyasidan tanlang. Ilova rasmni qayta ishlashini kuting. Olingan natija sizni qoniqtirmasa, hujjatni yana bir bor skanerlash uchun Boshidan suratga olish tugmasini bosing.
-
Agar bir nechta sahifani skanerlashni xohlasangiz, Yana bir sahifa tugmasini bosing.
-
Aks ettirish rejimini tanlang:
- asl nusxa – qoʻshimcha qayta ishlashsiz surat;
- skanerlangan – qayta ishlangan surat (matnni tanlash, kontrastni oshirish);
- oq-qora – qayta ishlangan surat, yarim tuslarsiz faqat qora va oq rang qoldirilgan.
-
Agar kerak bo‘lsa, skanni aylantirishingiz yoki kesishingiz mumkin.
-
Saqlashni bosing.
-
Nomini kiriting va hujjat formatini tanlang (
PNG
,PDF
yokiJPG
). -
Nima qilish kerakligini tanlang:
- qurilma galereyasiga saqlash;
- Diskka saqlash (rasm Skanlar jildiga saqlanadi);
- ulashish (ijtimoiy tarmoqda, messenjerda yoki boshqa joyda).
Hujjatni koʻrish
Agar skan qilingan hujjatni Yandex Diskka saqlagan bo‘lsangiz, u Skanlar jildida paydo bo‘ladi.