Xat mavjud bo‘lmagan manzilga yuborilgan
Agar siz Yandex pochta qutingizdan xat yuborgan bo‘lsangiz va uning yetkazilmagani haqida quyidagi xabarlardan biri ko‘rsatilgan hisobotni olgan bo‘lsangiz: «Bad destination mailbox address», «Bad destination system address», «Bad destination mailbox address syntax», «DNS: no such domain», «Invalid mailbox», «Invalid recipient», «Host or domain name not found», «Mailbox unavailable», «No such user here», «The email account that you tried to reach does not exist», «Unrouteable address», «User not found», «User unknown», «401 4.5.4 Invalid arguments – possible version mismatch» bu xat mavjud bo‘lmagan manzilga yuborilganini anglatadi.
Oluvchining manzili ortiqcha tinish belgilari, bo‘shliqlar yoki qo‘shtirnoqlar yo‘qligini tekshiring. Manzilni oluvchidan aniqlashtiring va xatni qayta yuboring.