Disk xizmatiga WebDAV orqali ulanish
WebDAV yordamida Yandex Disk fayllari bilan bevosita Windows'dagi Provodnik yoki macOS'dagi Finder'da ishlashingiz mumkin. Disk kompyuteringizdagi oddiy jild sifatida koʻrsatiladi.
2026-yil 22-iyundan boshlab WebDAV orqali ulanish faqat Yandex 360 tarifiga ega foydalanuvchilar uchun mavjud.
Bu usul kimga mos keladi
WebDAV orqali ulanishda fayllar faqat bulutda saqlanadi. Ular bilan ishlash uchun barqaror internet kerak: agar aloqa uzilib qolsa, hujjatlaringizni ocha olmaysiz.
Aksariyat vazifalar uchun Yandex Disk dasturidan foydalanishni tavsiya qilamiz. WebDAV'dan farqli oʻlaroq, unda quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
- fayllarni bulutdagi xotiradan kompyuterga saqlab, ular bilan internetsiz ishlash;
- fayllarga havolalarni ulashish;
- umumiy jildlar bilan ishlash;
- fayllarni xavfsiz oʻchirish (ular chiqitdonga tushadi, u yerdan ularni qayta tiklash mumkin, WebDAV orqali esa fayllar butunlay oʻchiriladi);
- ichki muharrir yordamida skrinshot olish va ularni Disk xizmatiga avtomatik saqlash.
WebDAV'ni faqat alohida dastur oʻrnatishni istamasangiz va mavjud cheklovlar sizni qoniqtirgan taqdirdagina sozlashga arziydi.
Ilova parolini yarating
Diskni kompyuterga ulash uchun maxsus ilova paroli kerak boʻladi.
Xavfsizligingiz uchun Yandex ID asosiy parolingizni tashqi dasturlarga bermaydi. Ilova paroli faqat bitta xizmatga – bu holatda Diskka kirish imkonini beradi. Agar kimdir bu parolni bilib qolsa, u sizning pochtangizga yoki butun Yandex hisobingizga kira olmaydi.
- Yandex ID ilovasini oching.
- Xavfsizlik → Ma’lumotlaringizga kirish → Ilova parollari rukniga kiring.
- Ilova parolini yaratish boʻlimidan WebDAV fayllari turini tanlang.
- Ilova paroli uchun nom oʻylab toping. Masalan, siz uni qaysi dastur yoki operatsion tizim uchun yaratayotgan boʻlsangiz, oʻshaning nomini koʻrsating.
- Keyingi tugmasini bosing. Ilova paroli yangi oynada ko‘rsatiladi, uni nusxalang va saqlang.
Yaratilgan parolni faqat bir marta koʻrish mumkin. Agar uni unutsangiz, Yandex ID sozlamalarida joriy hisobni oʻchirib tashlang, yangisini yarating va kompyuterdagi ulanish sozlamalarida uni almashtiring.
Bunda Yandex'ning asosiy paroli oʻzgarmaydi va fayllaringiz hech qayerga yoʻqolmaydi.
Operatsion tizimda Disk qanday ulanadi
Diskni ulash tartibi sizning operatsion tizimingizga bogʻliq.
- Fayl boshqaruvchisida Bu kompyuter boʻlimini oching.
- Yuqoridagi panelda Tarmoq diskiga ulanish tugmasini bosing.
- Ochilgan oynada Hujjatlar va rasmlarni saqlashingiz mumkin boʻlgan veb-saytga ulanish → Keyingi tugmasini bosing.
- Boshqa tarmoq joylashuvini tanlash → Keyingi tugmasini bosing.
- Tarmoq manzili yoki Internet manzili maydonida
https://webdav.yandex.rukiriting va Keyingi tugmasini bosing. - Yandex'dagi loginingizni va ilova parolini kiriting.
- Hisob maʼlumotlarini eslab qolish opsiyasini yoqing va OK tugmasini bosing.
- Fayl boshqaruvchisida koʻrsatiladigan disk nomini kiriting, soʻngra Keyingi → Tayyor tugmalarini bosing.
Shundan soʻng oʻz Diskingizga Fayl boshqaruvchisi orqali kirishingiz mumkin boʻladi.
- Finder vazifalar panelida Oʻtish → Serverga ulanish bandini oching.
https://webdav.yandex.ruserver manzilini kiriting va Ulanish tugmasini bosing.- Yandex'dagi loginingizni va ilova parolini kiriting.
- Ulanish tugmasini bosing.
Sozlama Nautilus fayl menejeriga ega boʻlgan Ubuntu distributivi uchun bayon qilingan. Boshqa distributivlar uchun qoʻshimcha amallar talab qilinishi mumkin.
- Fayllar → Boshqa joylar → Serverga ulanish boʻlimini oching.
davs://webdav.yandex.rumanzilini kiriting va Ulanish tugmasini bosing.- Yandex'dagi loginingizni va ilova parolini kiriting.
- Ulanish tugmasini bosing.
Boshqa dasturlarda Yandex Disk qanday ulanadi
Fayllar bilan ishlash uchun boshqa dasturlarda Yandex Diskni ulash uchun ushbu sozlamalardan foydalaning:
- Server manzili: https://webdav.yandex.ru.
- Port (agar talab qilinsa): 443.
- Login (foydalanuvchi nomi): Yandex'dagi loginingiz.
- Parol: ilova paroli.
- Shifrlash: SSL/TLS. Agar ulanayotgan dasturingiz SSL bilan ishlamasa, serverga ulana olmaysiz.
WebDAV API orqali Yandex Disk bilan ishlash haqida alohida Maʼlumotnomada aytib oʻtganmiz.
Ehtimoliy muammolar va ularning yechimi
Login yoki parol xato
Loginda ortiqcha boʻshliqlar yoʻqligini va parol sifatida Yandex hisobingizning asosiy parolini emas, balki ilova parolini kiritayotganingizni tekshiring.
Ilova parolini unutdim
Ilovaning eski parolini oʻchirib tashlang va yuqoridagi koʻrsatmalarga muvofiq yangisini yarating.
Oʻchirilganda fayllar chiqitdonga tashlanmaydi
Agar siz fayl yoki jildni WebDAV ulanishi orqali oʻchirib tashlasangiz, ular chiqitdonga tushmaydi, balki butunlay oʻchib ketadi. Ularni qayta tiklab boʻlmaydi. Bu WebDAV'ning oʻziga xos ishlash xususiyati.