Yandex Diskdagi qoidabuzarlik haqida xabar berish

Qaysi materiallar ustidan shikoyat qilmoqchisiz?

Diskdagi faylda quyidagilar mavjud bo‘lsa, ushbu usuldan foydalaning:

  • Pornografiya yoki intim xizmatlar reklamasi.
  • Qurol-yarog‘ yoki giyohvand moddalarni tayyorlash yoxud sotish haqidagi ma’lumotlar.

Yandex xizmatlaridan foydalanish to‘g‘risidagi Foydalanuvchi kelishuvining 5.2.1-bandiga muvofiq, Yandex xizmatlaridan foydalanishda foydalanuvchi quyidagi materiallarni yuklash, jo‘natish, uzatish yoki boshqa har qanday usulda joylashtirish va/yoki tarqatishga haqli emas:

  • Pornografiya yoki bolalar erotikasi elementlarini o‘z ichiga olgan (yoki ularni targ‘ib qiladigan), shuningdek, jinsiy xarakterdagi xizmatlarni, jumladan boshqa xizmatlar niqobi ostida reklama qiladigan (yoki targ‘ib qiladigan) materiallar.
  • Giyohvand moddalar yoki ularning analoglari, portlovchi moddalar yoxud boshqa qurollarni tayyorlash, qo‘llash yoki ulardan boshqa usulda foydalanish tartibini tushuntiradigan materiallar.

Yandex Diskda shunday materiallarni aniqlasangiz, bu haqda bizga shakl orqali xabar bering. Biz, albatta, barchasini tekshiramiz va zarur choralarni ko‘ramiz.

Ushbu usuldan foydalaning:

  • Tasviringiz yoki shaxsiy ma’lumotlaringiz Diskda joylashtirilgan bo‘lsa.
  • Mualliflik huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa.
  • Faylda sizga nisbatan haqorat yoki tuhmat mavjud bo‘lsa.

Huquqlaringizni buzuvchi materiallarga (fayllar, fotosuratlar, fikrlar va boshqa ma’lumotlarga) kirishni cheklashimiz uchun shaklni to‘ldiring. Bu anonim kontentga nisbatan qabul qilingan tartib va tamoyilga muvofiq talab etiladi.

Kim ariza berishi mumkin

  • Huquqlari buzilgan jismoniy shaxs.
  • Jismoniy yoki yuridik shaxsning vakili. Jismoniy shaxs nomidan ish yuritayotgan bo‘lsangiz, amaldagi ishonchnoma nusxasini ilova qiling. Yuridik shaxs nomidan ish yuritayotgan bo‘lsangiz, vakolatlaringizni tasdiqlovchi hujjatni ilova qiling. Bu ishonchnoma yoki, masalan, sizni bosh direktor etib tayinlash to‘g‘risidagi qaror ham bo‘lishi mumkin.

Arizada nimalar bo‘lishi kerak

  1. Ariza beruvchining qaysi huquqlari qaysi materiallar tomonidan va qanday tarzda buzilgan.
  2. Ariza beruvchining huquqlarini buzuvchi materiallarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar.
  3. Bizdan qanday choralar ko‘rish talab etilishi.
  4. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari: seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan.
  5. Aloqa ma’lumotlaringiz: F.I.O., pochta manzili, telefon raqami va email manzili.
  6. Sana va imzo.

pdf formatidagi tayyor shablondan foydalanishingiz mumkin. Shablonni yuklab olish

Arizani qanday yuborish kerak

Dastlab ariza nusxasini quyidagi usullardan biri orqali yuboring.

  • Elektron shaklda: arizani skanerlang va uni quyidagi shakl orqali murojaatga ilova qiling.
  • Faks orqali: +7 495 739 70 70 (“Yordam xizmatiga” degan izoh bilan).

So‘ng arizaning asl nusxasini quyidagi manzilga yuboring: 119021, Moskva shahri, Lev Tolstoy ko‘chasi, 16-uy Batafsil

Barcha murojaatlar ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi bo‘yicha sinchiklab tekshiriladi. So‘rovingiz bo‘yicha ishni faqat imzolangan ariza nusxasini elektron shaklda yoki faks orqali olganimizdan keyin boshlashimiz mumkin.

Mos keladigan shaklni tanlang:

Bu yerda boshqa noqonuniy yoki huquqlaringizni buzuvchi materiallar haqida xabar berishingiz mumkin.