Hujjatlarni tahrirlash

Hujjatlar, jadvallar va taqdimotlarni bevosita Yandex Diskda yaratish va tahrirlash mumkin.

Fayllarning quyidagi formatlari dastaklanadi: hujjatlar — DOCX; jadvallar — XLSX; taqdimotlar — PPTX.

Muharrirda ochish mumkin bo‘lgan maksimal fayl hajmi:

  • hujjatlar va jadvallar uchun — 100 MB;
  • taqdimotlar uchun — 200 MB.

Diqqat

Agar siz muharrirda eski formatdagi hujjatni ochsangiz (DOC, RTF, ODT, XLS, ODS, PPT, ODP), Yandex Disk ushbu hujjatning yangi formatdagi nusxasini yaratishni taklif qiladi (DOCX, XLSX, PPTX). Nusxani tahrirlash mumkin bo‘ladi va asl hujjat ko‘rish uchun ochiq qoladi.

Shuningdek, barcha hujjatlar bilan bir joyda — Yandex Hujjatlar orqali ishlashingiz mumkin.

Hujjat yaratish

Yangi hujjat, jadval yoki taqdimot yaratish uchun chapdagi panelda Yaratish tugmasini bosing va fayl turini tanlang. Shuningdek, kontekstli menyu yordamida ham hujjatlar yaratishingiz mumkin.

Agar sizda allaqachon tahrirlanishi kerak bo‘lgan hujjat bo‘lsa, uni Diskdan oching yoki kompyuterdan yuklab oling.

Muharrirda ishlash

Hujjatni muharrirda ochish uchun uni ikki marta bosing.

Barcha o‘zgarishlar avtomatik saqlanadi. Hujjatda ishni yakunlab, Disk jildiga qaytish uchun brauzerdagi muharrir varag‘ini yoping.

Faylning nomini o‘zgartirishingiz, yuklab olishingiz yoki chop etishingiz mumkin. Faylni boshqarishning qo‘shimcha imkoniyatlarini ko‘rish uchun Fayl menyusini oching.

Hujjatlarni birgalikda tahrirlash

Diskdagi hujjatni bir vaqtning o‘zida 40 tagacha foydalanuvchi tahrirlashi mumkin. Hujjatga do‘stlaringiz yoki hamkasblaringiz bilan o‘zgartirish kiritish uchun uni ulashing:

  1. Diskda hujjat ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va kontekst menyudan Ulashish bandini tanlang. Muharrirning sahifasidan ham ulashish mumkin — yuqori o‘ng burchakdagi Ulashish tugmasini bosing.

  2. Ruxsat darajasini tanlang: Ko‘rish yoki Tahrirlash.

    Diqqat

    Shaxsiy ruxsatni sozlash — kimgadir ko‘rish uchun, kimgadir tahrirlash uchun — hozircha bu imkonsiz.

  3. Agar kerak bo‘lsa, havola xavfsizligi sozlamalarini ko‘rsating.

    Sharh

    Faqat Yandex 360 tariflarida mavjud.

    • Ruxsat darajasi Ko‘rish bo‘lgan hujjatlarga parol o‘rnatish mumkin — siz parolni ulashgan odamlar hujjatni ochishi mumkin:
    1. Parol o‘rnatish opsiyasini yoqing.
    2. Kamida 4 ta belgidan iborat parol kiriting va eslab qoling.
    3. Tayyor tugmasini bosing.

    Parol o‘rnatgandan keyin uni tahrirlashingiz yoki faolsizlantirishingiz mumkin.

    Agar havolani ijtimoiy tarmoq yoki messenjer orqali ulashsangiz
    • Agar siz parolni o‘rnatsangiz, so‘ngra himoyalangan havolani ijtimoiy tarmoq yoki messenjer orqali ulashsangiz, u holda hujjatning prevyusi va nomi yashiriladi.
    • Agar siz ijtimoiy tarmoq yoki messenjer orqali ochiq havolani ulashsangiz va keyinchalik parol o‘rnatsangiz, foydalanuvchilar prevyuni va hujjat nomini ko‘radilar, lekin havola tarkibi parol bilan himoyalangan bo‘ladi.

    Sharh

    Tahrirlash kirish darajasidagi hujjatlarga muharrir ichida parol o‘rnatish mumkin.

    • Fayl yoki jildni yuklab olishni taqiqlang (Ruxsat darajasi Ko‘rish bo‘lsa) — bunday havola orqali o‘tgandan so‘ng Yuklab olish, Yandex Diskga saqlash va Chop etish tugmalari boshqalar uchun mavjud bo‘lmaydi. Hujjatni faqat ochiq sahifadan ko‘rish mumkin bo‘ladi.

    Diqqat

    Shuni yodda tutingki, hujjatning skrinshotini olish yoki uni videoga yozib olish imkoniyati saqlanib qoladi.

    • Amal qilish muddatini belgilang — muddati tugagach, havola olib tashlanadi va uni qayta ulashmaguningizcha hujjat foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lmaydi.

  4. Havolani nusxalash ustiga bosing va uni qulay usulda ulashing.

Tahrirlash ruxsati berilmadi

Agar ruxsat berishni sozlash oynasida faqat Ko‘rish opsiyasi bo‘lsa, lekin Tahrirlash bo‘lmasa, demak, bu hujjatni birgalikda tahrirlash imkoni mavjud emas.

Nega bunday bo‘lishi mumkin:

Hujjat eski muharrirda ochilgan

Ehtimol, bu hujjat uchun birgalikda tahrirlash imkoniyatiga ega yangi muharrir hali ishga tushmagan bo‘lishi mumkin. Hujjat ochilgan varaqni yoping va qayta ulashib ko‘ring.

Hujjat eski formatda

DOC, PPT, XLS formatidagi hujjatlarni faqatgina birgalikda ko‘rish uchun ochish mumkin. Bunday hujjatni boshqa odamlar bilan birgalikda tahrirlash uchun avval uni muharrirda oching — hujjatning yangi formatdagi nusxasi yaratiladi va uni endi ulashish mumkin bo‘ladi.

Hujjat umumiy jildda joylashgan, uning egasi eski muharrirdan foydalanadi

Ushbu hujjat joylashgan jild egasidan uni tahrirlash imkoniyatini sozlashni so‘rang. Shunda egasida birgalikda tahrirlash imkoniyatiga ega yangi muharrir yoqiladi. Shundan keyin siz ham hujjatni ulashishingiz mumkin.

Tarixni ko‘rish

O‘zingiz tahrirlayotgan fayllarning tahrirlanish tarixi bilan tanishishingiz mumkin.

Yordam xizmatiga yozish