Diskda qidirish
Faylni uning nomi, tarkibi, kengaytmasi yoki xususiyatlari bo‘yicha qidirishingiz, shuningdek, jildni uning nomi bo‘yicha topishingiz mumkin.
Buning uchun fayllar ro‘yxati ustidagi qidiruv qatoriga so‘rovni kiriting va Enter tugmasini yoki belgisini bosing.
Agar kerakli fayl topilmasa, so‘zlar xatosiz yozilganiga ishonch hosil qiling, so‘rovdagi so‘zlar sonini kamaytirishga harakat qiling, Savatni tekshiring.
Qidiruvga oid tavsiyalar
Agar faylning nomini to‘liq eslay olmasangiz, uni kiritishni boshlang — Disk sizga mos variantlarni ko‘rsatadi. Shuningdek, Disk tavsiyalarida avvalgi so‘rovlaringiz ham chiqadi.
Qidiruv qatoriga yana nima yozish mumkin
Fayl nomi va kengaytmasi, jild nomi
Rasmda tasvirlangan narsaning nomi
Fayl nomi va kengaytmasi, jild nomi
Kerakli faylni uning nomida pastki chiziq, defis yoki nuqta belgilari bo‘lsa ham uni topishingiz mumkin. Masalan, alice list
so‘rovi bo‘yicha siz Alice_list.pdf
, Alice-list.pdf
, Alice.list.pdf
fayllarini topasiz.
Qidiruv morfologiyasini hisobga oladi. Masalan, hisobot
so‘rovi bo‘yicha siz “Sentyabr hisobotiga tahrirlar” yoki “Avgust va sentyabr hisobotlarini taqqoslash” nomli faylni topasiz.
Agar so‘rovingizda xato yoki harf terish xatosi bo‘lsa, qidiruv uni tuzatadi. Masalan, qo‘shimcha hujjat
yoki ljrevtyn
so‘rovini kiritganingizda ham “hujjat” nomli faylni topasiz.
Muayyan kengaytmali fayllarni topish uchun qidiruv satrida ushbu kengaytmani yoki fayl nomini va kengaytmani ko‘rsating. Fayl yoki jild nomini ham ko‘rsatishingiz mumkin. Masalan, cheshire jpg
so‘rovi orqali “Cheshire Cat” jildida saqlangan suratlarni topishingiz mumkin.
Arxivdagi fayl nomi
Agar qidirilayotgan fayl RAR
yoki ZIP
arxiviga qadoqlangan bo‘lsa, siz uni ham topishingiz mumkin — buning uchun qidiruv qatoriga fayl nomini kiriting.
Hujjatdagi matn
Agar siz hujjat yoki elektron kitob nomini eslay olmasangiz, lekin matndagi iborani bilsangiz — bu iborani qidiruv so‘rovida ishlating. Matnli qidiruvda quyidagi fayl formatlari qo‘llab-quvvatlanadi:
- hujjatlar:
DOC/DOCX
,XSL/XSLX
,PPT/PPTX
,ODT
,ODS
,ODP
,CSV
,RTF
,TXT
,PDF
,HTML
; - kitoblar:
FB2
,EPUB
.
Surat meta-axboroti (EXIF)
Muayyan kamera bilan olingan barcha suratlarni topishingiz mumkin — buning uchun qidiruv satrida ushbu kamera nomini kiriting. Masalan, sony nex 5
yoki iphone X
so‘rovi orqali siz ushbu qurilmalar yordamida olingan barcha rasmlarni topasiz.
Audio fayl meta-axboroti
Audio faylni topish uchun qidiruv qatoriga janr yoki albom nomini kiritishingiz mumkin — masalan, rock
so‘rovi orqali siz Led Zeppelin — Stairway to heaven.mp3
faylini topasiz.
Rasmdagi matn
Agar siz rasmda tasvirlangan matndan bir nechta so‘zni bilsangiz, ularni qidiruv so‘rovida ishlating — shunda siz skanerlangan hujjatlar, tashrif qog‘ozlari yoki e’lonlarning suratlarini topishingiz mumkin. Qidiruv OCR texnologiyasi yordamida rus va ingliz tillaridagi matnni taniy oladi.
Rasmda tasvirlangan narsaning nomi
Rasmda nima tasvirlanganini bilsangiz, uni topishingiz mumkin. Masalan, ko‘cha
so‘rovi orqali ta’tilda olgan suratlaringizni topasiz.
Xizmatda begona fayllar bo‘yicha qidiruv bormi?
Yo‘q, Yandex Disk fayllari indekslanmaydi. Begona faylni yuklab olish uchun bu fayl e’lon qilingan va unga havola sizga ma’lum bo‘lishi kerak.
Blog va forumlarda fayllaringizga havolalar joylashda hazir bo‘ling: agar faylingiz juda faol yuklab olinsa, yuklab olish imkoniyati cheklanadi.