Fayllarni yuklash

  1. Ekranning yuqori o‘ng burchagidagi tugmasini bosing.

  2. Fayllarni yuklash bandini tanlang. Disk sizga yangi rasm yoki video olishni, galereyadagi rasmni yoki qurilmadagi faylni tanlashni taklif qiladi.

Jild yaratish

  1. Ekranning yuqori o‘ng burchagidagi tugmasini bosing.
  2. Jild yaratish bandini tanlang.
  3. Jild uchun nom yozing.
  4. Saqlash tugmasini bosing.

Fayl serverga yuklanmayapti

Quyidagi sabablarga ko‘ra faylni yuklashda xatolik yuz berishi mumkin:

Proksi-server, firewall yoki antivirus yuklashga xalaqit bermoqda

Proksi-server yoki firewall ishlatayotgan bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek, yuklashga antivirus ham ta’sir qiladi. Ularni vaqtincha o‘chirib turing va fayllarni qayta yuklang.

Disk xotirangizda joy tugadi

Diskda bo‘sh joy tugayotganida, unga kirish cheklanadi. Cheklovni yechish uchun ortiqcha fayllarni o‘chirish, savatni tozalash (undagi fayllar ham joy egallaydi) yoki qo‘shimcha joy xarid qilishingiz kerak. Aks holda, 44 kundan keyin Disk xizmatiga kirish butunlay bloklanadi va yana 6 oydan keyin barcha fayllaringiz butunlay o‘chirib tashlanadi. Bu haqida batafsil Yandex Disk Ma’lumotnomasida.

Yordam xizmatiga yozish