Faylni ochish
Faylni bosing — u Yandex Disk sahifasida yoki brauzerdagi namoyish ekranida ochiladi.
Sharh
Agar Yandex Disk yoki brauzer biror formatdagi fayllarni ko‘rishga imkon bermasa, faylni yuklab oling: uni belgilang va yuqori paneldagi tugmasini bosing.
Suratni to‘liq ekran rejimida ko‘rish uchun uni bosing. Bu rejimda rasmni ulashish, yuklab olish va o‘chirishingiz mumkin (yuqori o‘ng burchakdagi belgilar yordamida). Agar suratning aslini ochishni yoki rasmni qayta nomlashni istasangiz, tugmasini bosing va menyuning kerakli bandini tanlang. Belgilarni berkitish va suratni to‘liq ko‘rish uchun uni bosing. Ekranni o‘ng yoki chapga varaqlab, jilddagi rasmlarni tomosha qiling.
Fayllarni ko‘rish
Ro‘yxatdagi fayllarni ko‘rishingiz yoki miniatyuralar kattaroq bo‘lishi uchun ularni plitka shaklida joylashtirishingiz mumkin.
Ko‘rinishni almashtirish uchun yuqori o‘ng burchakdagi tugmasini bosing va menyuning kerakli bandini tanlang: Ro‘yxat, Plitka yoki Yirik plitka.
Fayllarni nomi, hajmi, fayl turi va o‘zgartirilgan sanasi bo‘yicha tartiblash mumkin. Barcha mavjud variantlarni ko‘rish uchun tugmasini bosing.
Arxivlar tarkibi ro‘yxatini va har bir faylni alohida ko‘rishingiz mumkin. Faylni ko‘rish uchun uni bosing. Faylni Disk xotirangizga saqlash yoki uni qurilmaga yuklab olish uchun fayl tanlang va tegishli belgini bosing.
Rasm yoki video sifati pasaydi
Diskda rasm va videolar asl sifatda saqlanadi, chunki ular yuklanayotganda qo‘shimcha siqilmaydi. Lekin mobil veb-saytda ko‘rish uchun Disk trafik sarfini kamaytirish va Disk bilan ishlashni tezlashtirish uchun pasaytirilgan aniqlikda prevyu yaratadi. Suratlarni asl sifatida ko‘rish uchun uni mobil qurilmaga yuklab oling.